Konfliktogen – konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida tarjima qilinаdi. Konfliktlar murakkablashib boradi, shunga yarasha odamlarning havot tajribasi ham bosiqlik, mulohazakorlik, jiddiylik tomon o'zgarib boradi. Chunki inson ulg`aygan sari o‘z his-tuyg`ularini jilovlashga, ularni muqim tartibga solishga, ularni boshqarishga o‘rganadi.
Axborotlar almashinuv jarayonida, biz o`zimizning so`zlarimiz va amallarimizga emas, balki bizga aytilgan boshqka odamlarning so`zlari va amallariga ko`proq e'tiborliroqmiz. Boshqalardan kelayotgan informatsiyani diqqat bilan fil`trlaymiz, o`zimiz junatayotgan informatsiyani esa — filtrlamasdan, tug`ri jo`natamiz. Shu nuqtai nazardan, hamma o`zgalardan kelayotgan axborotga emotsional yondoshamiz, o`zimizdan ketayotgan informatsiyani esa ko`proq shundayligicha, ya'ni boricha junatamiz. Buning natijasida konfliktogenlar eskalatsiyasi paydo bo`ladi.
Ular o`z navbatida konfliktga olib keladi. Bizga kelayotgan axborotlar konfliktogenlar, biz unga tabiiy ravishda o`zimizdan konfliktogenlar bilan javob beramiz.Konfliktogenlar taxdidiga uchragan odam, odatda, o`zining psixologik va emotsional xolatini himoya qilishga o`tadi. Shu bois, u konfliktogenga nisbatan o`zidagi emotsional taxdid bilan munosabat bildiradi. Mazkur emotsional taxdid ko`pchilik xollarda ovoz, mimika, intonatsiyadagi agressiya bilan ifoda qilinadi. Agressiyaga doim o`ziga yarasha agressiya bilan javob qaytariladi. Ammo o`ziga qaratilgan agressiyani bosib ketish uchun javobiy agressiya yanada kuchliroq bo`ladi. Chunki odam “buni adabini berib qo`ymasam, shunday bo`laveradi”, deb o`ylaydi. Natijada har ikki tomonda konfliktogenlar miqdori keskin orta boradi. Inson emotsional va psixologik xolati unga qarata yunaltirilgan haqorat, piching, kesatiq, sukish, nafsoniyatga tegish, zo`ravonlik, o`z fikrini o`tkazishga intilish,
tazyiq kabilarga, doimiy ruy beradigan adolatsizlikka bundan o`zgacha munosabat bildira olmaydi.
Insonlar orasidagi turli munosabatlarni tartibga solish uchun har bir millatda etik va estetik qadriyatlar shakllantiriladi. Shu bois, odamlar milliy axloqiy qadriyatlar va normalar asosida tarbiya qilinadi.
Konfliktogenlar eskalatsiyasi yuzaga kelmasligi uchun:
konfliktogenlarning o`zingiz va atrofdagilar yuragida yig`ishishiga yo`l qo`ymaslik;
konfliktogenlar vuj udga kela boshlaganda esa, ulardan o`z fikri va ongini ozod qilish yo`llarini qidirish;
o`zimizda vujudga kelishi mumkin bo`lgan konfliktogenlar boishqalar kunglida ham yuzaga kelishi mumkinligini nazarga olishimiz darkor.
Konfliktogenlarning ko`pchiligini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |