Ikkinchi tamoyil – davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. Davlat islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga izchillik bilan rioya etishi, eskilik tarafdorlari qarshiligini bartaraf etishi shart. Bu qoida madaniy bozor iqtisodiyoti konsepsiyasiga tayanadi. O‘zbekiston mustabid-rejali, ma’muriy-buyruqbozlik uslubida boshqarilgan iqtisodiyotdan erkin demokratik iqtisodiyot tomon borar ekan, G‘arb mamlakatlari asrlar davomida boshidan kechirgan tarixiy jarayonni o‘tashi shart emas. G‘arbda “beayov va tartibsiz” bozor iqtisodiyoti “yovvoyi kapitalizm” nomini olgan va uzoq davr amalda bo‘lgan. Ikkinchi tamoyil – davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. Davlat islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga izchillik bilan rioya etishi, eskilik tarafdorlari qarshiligini bartaraf etishi shart. Bu qoida madaniy bozor iqtisodiyoti konsepsiyasiga tayanadi. O‘zbekiston mustabid-rejali, ma’muriy-buyruqbozlik uslubida boshqarilgan iqtisodiyotdan erkin demokratik iqtisodiyot tomon borar ekan, G‘arb mamlakatlari asrlar davomida boshidan kechirgan tarixiy jarayonni o‘tashi shart emas. G‘arbda “beayov va tartibsiz” bozor iqtisodiyoti “yovvoyi kapitalizm” nomini olgan va uzoq davr amalda bo‘lgan. Ikkinchi tamoyil davlat iqtisodiyotga minimal darajada aralashib, uni o‘z holiga qo‘yishi zarur, degan g‘oyalarni inkor etadi va davlatning bu borada faolligini bildiradi. Jahonda davlatning iqtisodiy sohadagi funksiyasiga oid to‘plangan tajriba demokratik jamiyatda davlatdan o‘zga umummilliy manfaatni ifodalovchi siyosiy institut bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Uchinchi tamoyil – qonunlarning va ularga rioya qilishning ustuvorligini ta’minlash. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini hech qanday istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga so‘zsiz rioya qilishi lozim. Bu tamoyilga ko‘ra, qonunlar siyosiy hokimiyatni ta’minlovchi kuch, ularga jamiyat a’zolarini yuridik qonunlarga bo‘ysundiruvchi mexanizm sifatida qaraladi. Qonunlar va qonun osti hujjatlar barchaning faoliyatiga tegishli, ammo ular ham eskiradi, ularni hayot taqozosiga ko‘ra yangi qonunlarbilan almashtirish zarur, ya’ni qonunchilikka ijodiy yondoshuv talab qilinadi. Iqtisodiy hayotga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik yuridik qonunlarni ham o‘zgartirib borishni talab qiladi. Uchinchi tamoyil talablari yangicha qonunchilikni yaratishni taqozo etadiki, bu birinchidan, O‘zbekistonning milliy mustaqilligini, ikkinchidan, bozor islohotlarini amalga oshirish uchun huquqiy baza yaratadi. Uchinchi tamoyil siyosiy tizimning bozor iqtisodiyoti talablariga monand tarzda demokratlashuvini bildiradi. Bu tizim sharoitida inson huquqlari, erki, farovonligini ta’minlash bosh vazifaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |