Mavzu:O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li O‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta’kidlashimiz mumkinki, istiqlolga erishganimizdan so‘ng avvalgi tuzum davrida shakllangan ziddiyatlardan tashqari, ko‘plab yangi, o‘tish davri bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga chiqdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bozor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asoslangan modeliga o‘tish jarayonini ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirish kerak edi. O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li “O`zbek modeli”ning asosiy tamoyillari, amalga oshirish yo‘llari, bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston: bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida e’lon qilindi. “O`zbek modeli”ning asosiy tamoyillari, amalga oshirish yo‘llari, bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston: bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida e’lon qilindi. Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustuvorligini ta’minlash. Bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun poydevor vazifasini o‘tashini, ya’ni O‘zbekistonda iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi. Tamoyilda iqtisodiyotning o‘ziga xos ob’ektiv qonunlari mavjudligi, ularni e’tiborga olmasdan ish yuritish mumkin emasligi aks etgan. Iqtisodiy qonunlarning ob’ektivligini tan olib, xo‘jalik faoliyatini ular talabiga mos holda yuritish – o‘tish davri uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega bo‘lgani sababli uni siyosiy kurashlar, turli mafkuralar qurboniga aylantirish mumkin emas. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi lozim. Biroq, bu iqtisodiyotga siyosat ta’siridan tamomila holi deb qarashni bildirmaydi. O‘zbekistondagi taraqqiyot zaruratidan kelib chiqqan siyosat iqtisodiyotga faol ta’sir qilishi lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |