Mavzu: O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li



Download 444,68 Kb.
bet1/10
Sana29.05.2022
Hajmi444,68 Kb.
#617408
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4.Taqdimot.

Mavzu:O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li

O‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta’kidlashimiz mumkinki, istiqlolga erishganimizdan so‘ng avvalgi tuzum davrida shakllangan ziddiyatlardan tashqari, ko‘plab yangi, o‘tish davri bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga chiqdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bo­zor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqti­so­di­yotda chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholining ij­ti­mo­iy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi.

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asos­lan­­­gan modeliga o‘tish jarayonini ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amal­­ga oshirish kerak edi.

O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li

“O`zbek modeli”ning asosiy tamoyillari, amalga oshirish yo‘llari, bosqich­lari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u il­miy asoslangan mashhur besh tamoyilda o‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘z­be­kis­ton: bozor muno­sabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida e’­lon qi­lin­di.

“O`zbek modeli”ning asosiy tamoyillari, amalga oshirish yo‘llari, bosqich­lari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u il­miy asoslangan mashhur besh tamoyilda o‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘z­be­kis­ton: bozor muno­sabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida e’­lon qi­lin­di.

Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustu­vor­li­gi­ni ta’­minlash. Bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning barcha so­ha­­lari uchun poydevor vazifasini o‘tashini, ya’ni O‘zbekistonda iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi. Ta­mo­yil­da iqtisodiyotning o‘ziga xos ob’ektiv qonunlari mavjudligi, ularni e’tiborga olmasdan ish yuritish mumkin emasligi aks etgan. Iq­ti­so­diy qonun­larning ob’ektivligini tan olib, xo‘jalik faoliyatini ular ta­labiga mos holda yuritish – o‘tish davri uchun muhim ahamiyatga ega ekan­li­gi qayd etil­gan. Iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega bo‘lgani sababli uni siyo­­siy kurashlar, turli mafkuralar qurboniga aylan­ti­rish mumkin emas. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz o‘ziga xos ich­ki qonunlarga mu­­vofiq rivojlanishi lozim. Biroq, bu iqtisodiyotga siyosat ta’siridan tamomila holi deb qa­rashni bildirmaydi. O‘zbekistondagi taraqqiyot zaruratidan kelib chiq­qan siyosat iqtisodiyotga faol ta’sir qilishi lozim bo‘ladi.


Download 444,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish