Mavzu: Nizolarni hal etishning yangi metodlari
Pedagogik muloqot
Pedagogik tahlil
Psixologik muhit ta’siri
Nizo lotincha «konflikt» so‘zidan olingan bo‘lib, «to‘qnashish», ya’ni maqsad, qiziqish, nuqtai nazar, fikrlar, kishilarning o‘zaro ta’sirlashuvidagi qarama-qarshi yo‘nalishlar borasida to‘qnashishlaridan iborat. Hozirgi kunda nizolarni samarali bartaraf etish pedagogik jamoadagi psixologik muhitni emotsional yaxshilash, hamkorlikda ishlash samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Jamoa bilan ishlash sharoitida samarali natijalarga erishish o‘qituvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini to‘g‘ri boshqarish asosida jamoada ma’naviy-ahloqiy muhit yaratishni taqozo etmoqda.
Pedagogik muloqot deganda, odatda, o'qituvchining o'quvchi bilan dars mobaynida va darsdan tashqari bo'ladigan aniq pedagogik funksiyalarga ega va qulay psixologik muhitni yaratish, shuning bilan birga, boshqa xildagipsixologik optimal ilmiy faoiliyat va pedagog bilan o'quvchilar uchun o'rtasidagi munosabatlar uchun yo'nal-tirilgan professional muloqot
shakli tushuniladi.
1-bosqich
|
2-bosqich
|
3-bosqich
|
4-bosqich
|
5-bosqich
|
o'zaro bir-birini tushunish
|
umumiy yoki mos keladigan qiziqishlarni topish
|
muloqot uchun taklif etiladigan sifat va qabul qilinadigan prinsiplar
|
individual ta'sir etish va suhbatdoshga moslashish
|
umumiy qoidalarni yaratish va o'zaro harakat qilish
|
Aloqa qilish metodikasi
Prinsiplardan foydalanish bosqichlariga amal qilish hamsuhbatga ta’sir ko‘rsatishning va nizolarga shart-sharoit tug‘dirmaslikning eng yaxshi vositasiga aylanadi. Nizolarning buzg‘unchilik oqibatini muvaffaqiyatli hal etish ularni atroflicha o‘rganishni talab etadi. Bunga esa jamoaning yuqori darajada rivojlanganligi va iliq ijtimoiy psixologik muhitga ega bo‘lishi orqali erishiladi.
O`quvchilar yosh davrlar xususiyatlarini o`rganishga qiziqish, o`quvchi shaxsiga qiziqish, vaziyatni o`quvchi ko`zi bilan ko`rishga va baholashga intilish, o`zini ular o`rniga qo`yib ko`rish-oqilona pedagogik tahlil asosini tashkil etadi. Tajribali o`qituvchilar fikricha bunday tahlil mavjud vaziyatdan chiqishda, nizolarni bartaraf etishda, o`z xato va kamchiliklarii anglashda va takrorlamaslikda o`z tajribasini sinab ko`rish imkonini beradi. SHu bilan birgalikda o`qituvchi ortiqcha hayajonsiz qaror qabul qilish, ta`sir ko`rsatishning an`anaviy usullardan vos kechish kabilarga o`rganadi. Bu o`z o`rnida usullaridan o`qituvchilar tanlash erkinligini oshiradi,
kasbiy shakllaishiga ko`maklashadi.
Nizo
Muam-mo
Nizoli vaziyat
Nizo ishtirok-chilari
insident
«Bolalarni o’rganish ularni o`qitish va tarbiyalash bilan yoritib olib boriladi, o`qitish va tarbiyalash esa ularni o`rganish orqali amalga oshiriladi, - pedagogik mehnatning to`laqonli yagona yo`li aynan mana shundan iborat» - deb yozgan edi S. M. Rubiniyon. Ta`kidlash lozimki, tarbiyachi o`quvchi shaxsini bevosita o`zgartira olmaydi, balki bolaning xususiy faoliyati uchun zarur sharoit yaratib beradi, bola bu sharoitda o`z - o`zini tarbiyalaydi. SHuning uchun ham tarbiya har doim o`z natijasidan ancha yiroq, shu bilan birgalikda xar doim bir - biri bilan bog’lik va teskari aloqadorlikda. Demak, tarbiyachi tarbiyani amalga oshirmaydi, balki u bolani tarbiyalaydigan sharoitni, faoliyatni tashkil etib berishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Pedagogik Konfliktologiya fanidan ma’ruza matni. Tuzuvchi o’qituvchi Qarshiboyeva G 2.R.X. Dushanov; Y.A.Farfiyev “Kasbiy psixologiya”. Toshkent 2010 Internet saytlar 1.www.kutubxona.uz 2.www.referat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |