Malakaviy bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Malakaviy bitiruv ishi 64 betni tashkil qilib, kirish, ikki bob, beshta paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Bitiruv ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv ishnning ilmiy natijalari Tarix-falsafa fakulteti talabalari uchun ma’lumot manbai sifatida, boshqa fakultet talabalari uchun «Siyosatshunoslik» fanida hamda «Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini o’zlashtirish jarayonida foydalanish va shu mavzu bo’yicha tadqiqitlarni olib boruvchi mutaxasislar foydalanish uchun maqsadga muvofiqdir.
I-BOB. FUQAROLIK JAMIYATINING NAZARIY-TARIXIY TALQINI.
1.1.§ O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari
Xar qanday davlat o’z jamiyatining tarixiy, madaniy va axloqiy merosi, negizlari asosida rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’taradi uning istiqbol omillarini kengaytiradi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yana shunday davlatchilik merosi insoniyatning tarixi rivojiga ulkan xissa qo’shgan1.
Prezident I.A.Karimov tarixchi olim va jurnalistlar bilan bo’lgan uchrushuvida ta’kidlaganidek xozir O’zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq balki umumjaxon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jaxon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, saykal topgan. Darxaqiqat, Mavarounnaxr oralig’ida paydo bo’lgan ulkan davlatchilik madaniy meros insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki xolda qadimiy davlatchilik, madaniyati sifatida ma’lum. Ayni paytda bunday meros mustaqilligimiz sharofati bilan milliy davlatchilik to’g’risidagi ta’limotlarni urganish imkoniyatini ochib berdi2.
I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi. T.: 2010. 70-b
I.A. Karimov O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruza. 1995 yil, 23 fevral. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” kitobida, 3 jild, - Toshkent: O’zbekiston, 1996 yil, 10 bet.
12
Ma’lumki O’zbekistonda milliy davlatchiligimiz to’g’risidagi eng qadimgi manba "Avesto"dir. U eramizdan oldingi 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to’g’risidagi ijtimoiy qarash xiisoblanadi. Agar "Avesto" da ilgari surilgan g’oyalarga e’tibor beradigan bo’lsak, bugungi adolatparvar demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g’oyalarimiz bilan xamoxang ekanligini ko’ramiz1.
Davlatchiligimiz asoslarini shakllantirish borasida "Avesto" deyarli bir ijtimoiy masalalar, qadimgi geografik tushunchalar, etnik jamoalar, viloyat xududlari ularning nomlari, qadimgi mamlakatlarning ruyxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy tuzum asoslari, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi xaqidagi ma’lumotlarini uz ichiga kamrab oladi.
Manbada avvola inson erki, komilligi, ruxiy sog’lomligi masalalari ustuvor kuyiladi. Masalan, men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman deyiladi. "Yasna" (14) kitobida Axuramazda, insonlar o’rtasida bo’layotgan munosabatlar uzaro samimiylik, xurmat, begaraz yordam va okibatli bo’lish zururligiga, yomon fikrlardan xoli bo’lishga ishora qiladi. Kattaga xurmat va kichikka izzat, sabr-bardoshlilik xalollik, mexr okibat va boshqa bir qator tamoyillar borki milliy goyamizning asosiy tamoyillariga uygun keladi2.
G’oyalarning bunday tarzda qo’yilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma-yon yashashidan iborat, degan falsafaning moxiyatini anglashga undaydi. 3 Shu tariqa "Avesto" usha zamonda yashagan odamlar o’rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirishda davlatga bo’lgan extiyoj va zururiyati ularoq yuzaga kelgan manba bo’lib xisoblanadi.
"Avesto"da eng muxim masalalardan biri bu xuquqiy munosabatlarning nazariy jixatdan shakllanganligidir. Unda inson xayoti va odamlar o’rtasidagi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar xuquqga asoslanganligi xaqida ma’lumot bor. Xaqiqat yaxshi so’z va maqsad, poklik va ezgulikka intilish, suv, er, olov, xonadon va chorvani asrab-avaylash axloqiy burch bo’lib sanalgan. Inson uzining ishlari va
Otamurodov S. “Avesto” “Milliy g’oyamiz manbayi jamiyat va boshqaruv” 2002 y, 34 bet
Абдукомилов Р.Авестийский текст о государственности и правой вопрос--- и эволюции структуры, O’zbekiston tarixi, 2000y 3 son, 22 bet
Otamurodov S. “Avesto” Milliy g’oyamiz manbayi jamiyat va boshqaruv” 2002 y, 34 bet
fikrlari bilan yaxshilik, yorug’lik va baxt keltiruvchi, xayot va xaqiqat beruvchi oliy tangri Axuramazdaga yordamchi bo’lib xizmat qiladi.
Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki maqsaddan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan axdnomani buzish katta gunox xisoblangan. "O Spitamen shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi shu bilan birga o’rtaga tegishli barcha mol-mulkga putur etkazadi. O Spitamen, axtingni buzma" (yasht. X bob) 1
Tarixiy xujjatlar asosida aytish mumkinki, "Avesto"ning "Yasna", "Visprat", "Yasht", "Videvdat" kitoblarida ilgari surilgan xuquqiy ta’limotlar Rim xuquqidan qadimiyroq xisoblanadi, boz ustiga ular keyinchalik tashkil topgan davlatlar siyosiy tizimning shakllanish manbasi bo’lib xam xizmat qilgan. Shu tariqa "Avesto" Grek mutafakkirlari va Rim xuquqshunoslari ijodida o’zining xar tomonlama mukammaligi bilan ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, inson xuquqi jismoniy va xuquqiy shaxs erkinligi, inson erkinligi, erkak va ayolning tengligi masalasi, ozchilikning xuquqiy, voyaga etmaganlar xuquqi shartnomalarning majburiylik xuquqi, mol-mulk xuquqi, oila xuquqi shartnomalarning majburiylik xuquqi, jinoyatning qasddan yoki extiyotsizlik natijasida sodir etilgan jinoyat turlari ishlab chiqilgan, ug’rilik yoki bosqinchilik farqlari tasniflangan ximoya xuquqi va sud ishlarini yuritish xamda tashkil etish kabi boshqa xuquqiy tamoyillari o’z ifodasini topgan.
X-XIII asrlar O’rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr bo’lgan xalqning o’z mustaqilligi uchun kurashishi, bunda xurriyat va inson erkinligi g’oyalari millatni ma’naviy yuksalishga olib kelgan. Bu davr uz mazmuni, salmogi jixatidan O’rta Osiyoda uygonish davri deb tarixga kiradi2. Uyg’onish davri madaniyatining o’zigi xos tomonlari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat edi:
Dunyoviy ma’rifatga intilish bu yulda utmish va kushni mamlakatlarning madaniyati yutuklaridan keng foydalanish ayniqsa ijobiy-falsafiy, diniy, tarixiy xamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
Sa’dullayev A, Aminov, Mavlonov, U Norqulov O’zbekiston tarixi, Davlat va jamiyat taraqqiyoti. Т.Akademiya 2000 y. 31 bet
O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. T.: “O’zb”, 1995. 182 bet
Tabiatga qiziqish
Insonni ulug’lash
Qomusiylik
Davlat qurilishi va boshqaruv
Davlat raxbari
Bu davrning yirik namoyondalaridan biri Abu Nasr Farobiy o’zining "Fozil odamlar shahri" asarida insoniyat jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishning muayyan tabiiy davlatga bo’lgan ehtiyojlarining paydo bo’lishini, unda adolat va axloqning shakllanish qonuniyatlari nazariy jixatdan tasnifini yaratganligi bilan mashxurdir. Shu tariqa yaxshi davlat shakllari va unda boshqaruvning muntazam, izchil siyosiy tizimini yaratishga erishadi. Masalan, fozillar shahrining (davlat nazarda tutiladi) tarkib topishi va unda qanday axloqiy sifatdagi shaxsning raxbar bo’lishi tasniflari bugungi demokratik jamiyat qurishning bevosita nazariy talablari bilan uyg’un keladi. Bu borada A.N.Farobiy-ularning o’zlaridan saylangan raxbar yoki boshliqlar xoqimi mutloq bo’lmaydi, ular odamlar ichidan kutarilgan, sinalgan eng olijanob raxbarlikka loyiq kishilar bo’ladi. Shuning uchun bunday raxbarlar uz saylovchilarini to’la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muxofaza qiladilar1 deb takidlaydi. Davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bogliq axloqiy qadriyatlarni tizimlashtirish, e’tiborli jixati shundaki, Farobiy qarashlaridagi "xoqimi mutloq bo’lmasligi, saylovchilar irodasi", "ozodlik" kabi fikrlari nafaqat shu davr, balki butun insoniyat madaniyatining-demokratiyani bosh goyasi bo’lib xizmat qiladi.
Ayni paytda, Farobiy fozil shaharlarning (davlatning) ziddiyatli bo’lgan shaharlarning ijtimoiy mohiyatini ochib beradiki, bu totalitar davlat tizimiga xos keladi. Masalan, johil shaxrining bir necha xususiyatlarini ko’rsatadi. Bunday shaharlar adolatli jamiyat qurish to’g’risidagi ta’limotlarga zid ekanligi ko’rsatiladi.
Davlat va uning boshqaruviga daxldor masalalar Yusuf Xos Xojib ijodida xam katta urin tutgan. U "Kutadg’u bilig" dostonida davlatni boshqarish amallari
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” 1993 y, Т. 198 bet
qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishga qaratilgan qarashlari bilan e’tiborlidir.
U davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini, hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini tasniflaydi.1 Shoxlikka da’vogarlar onadan bir ajib iste’dod bilan tug’iladilar va ular darxol yaxshi yomonni ajratish fitratiga ega bo’ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir kungil ato etadilar, qolaversa yaxshi ish yuritish uquvi bilan xam ishlaydi2 deydi. Ayni paytda ana shunday iste’dodning tasniflarini Farobiy singari 12 sifatlarini ko’rsatish bilan birga uning vazifasi va majburiyatlarini belgilaydi. Bunda u jamiyat tabaqalarini 15 toifaga ajratib, xar biriga ko’rsatilishi lozim bo’lgan muruvvatni adolatli davlatni mustaxkamlashda va uning boshqaruvini tashkil etishda muxim omil ekanligiga e’tiborni qaratadi.
Unga zamondosh bo’lgan qomusiy olim Ibn Sino O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlarning buyuk namoyondasi tibbiyot, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy ta’limotlar tarixiga ulkan xissa qo’shgan mutafakkirdir.
Adolatli davlat boshqaruvchisi uning mukammal tizimini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan O’rta asrlar mutafakkiri Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asari muxim manba xisoblanadi. Amaldorlarni axloqiy fazilatlarga qarab tanlash adolat va insofni oyok osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borishi, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro sifatlari to’g’risidagi fikrlari bilan axamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning "Ko’pchilik bo’lib qabul qilingan qaror eng sabobli bo’ladi va shunday yul tutish kerak"3 degan qarashlari ajdodlarimizning davlat qurilishining demokratik tartiblariga nechog’lik darajada axamiyat berganligidan dalolat beradi.
Diniy-ilmiy tadqiqotlarda borliq, iloxiy qudrat, inson komilligi, adolat-insof, diyonat, vijdon kabi g’oyalar inson ruxiyatini poklash orkali erkin jamiyatga chorlanadi. Bu borada J.Rumiy shunday deydi "Inson bir buyuk mu’jiza va uning
Yusuf Xos Xojib "Qutadg’u bilig" Т, Fan 1971y 328-b
O’sha asar 329 bet
Nizomulmulk “Siyosatnoma” Т.Adolat 1997 y. 98 bet.
ichida xamma narsa yozilgan. Biroq zulmat va pardalar borki, ular yozuvlarni o’qishga imkon bermaydi. Zulmat va pardalar, turli-tuman mashg’ulotlar insonning dunyo ishlari borasida olgan tadbirlari va kunglining so’ngsiz orzularidir".1 Darhaqiqat, J.Rumiyning qarashlarida insonning farqi uning komilligiga asoslanadi. Shuning uchun u dunyoga erki, dini, millati, tabaqasidan qat’i nazar, barcha insonlarga barobar murojaat qiladi. "Menga vaxdan mayini tutgil, uzgalarni ham ondin baxramand etgil, toki jamoat bo’lib, fakat suvratda bo’lmish tafovutlarni bartaraf etaylik. Biz xammamiz yagona yogochning butoklari, yagona qo’shinning navkarlarimiz".2 Jaloliddinning bashariyat birligi xaqida gapirishi davr uchun mislsiz jasorat edi.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot rivojining ma’naviy asoslarini urganishda O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilar oqimining axamiyati xam aloxida muxim urin tutadi. Tasavvuf ta’limoti asosida adolat, xaqiqat, to’g’rilik, mexr-shafqat, insof, iymon-e’tiqod, ilm, mexnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy g’oyalarni targibot qiluvchi futuvvatga asoslangan bir kancha diniy, siyosiy oqimlar paydo bo’ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga goyaviy kuch sifatida qarshi qo’yiladi.
Bu borada A.Yassaviy shunday deydi: "Shayx uldurkim niyoz olsa, miskinlarga, garib, bechoralarga bergaylar. Agar olib o’zi esa, murot et emishdek bo’lgay. Agar tun qilib kiysa, ul tun tuzguncha Xaq Taola namoz, ruzasini qabul qilmagay va biror olgan Niyozidin non qilib esa, Xaq Taola oni duzaxda turluk azobga girifdor qilgay va agar andog shayxga xar kishi e’tiqod qilsa kofir bo’lgay".3
Yassaviyning xikmatlarida raxbar shaxslarning sifatlari to’g’risidagi talqinlar deyarli ijodining asosini tashkil etadi. Chunki, shu davrda xalq orasida katta obru-e’tiborga ega bo’lgan sufiy shayxlar siyosatiga bevosita aralashib kelganlar. Bu borada Amir Kulolning ugli, amir Umarning qarashlari (1406 yil
Rumiy “Ichingdagi ichingdadir”. Т.”Yozuvchi” 1997 y 51 bet
Fish Red, Jaloliddin Rumiy. Т. "Adabiyot va san’at" nashr 1986 y, 241 bet 3Axmad Yassaviy. “Devoni hikmat”. Т. "G’.G’ulom" nash. 1992 y. 8 bet
ulgan) siyosatning nazariy va amaliy moxiyatini ochishda e’tiborlidir. Unda siyosatga shunday nisbat beriladi.
"Bilgilkim, siyosat-tutib turish va tartibga solishdir, yomon kishilarni qo’rquv va titroqda tutmoq, yaxshilarni taqdirlamoq kerak. Agar siyosat bo’lmasa, davlatning muxim ishlari amalga oshmaydi: agar tartibot, jazo qonunlari bo’lmasa, davlat ishlari xam unglanmaydi. Chunki, hukmdorning, jamoaning ko’rki, davlat va dinning rivoji siyosatdir". Ya’ni din orkali siyosatda umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilishi va bunday siyosat esa, bevosita davlat qonunlari orkali oilada uz tasdigini topishiga erishmok lozim deb xisoblayman".1
Amir Temur uz davridagi xizmatlarining eng asosiy eng buyugi-bu uning davlat arbobi sifatida adolat g’oyalariga asoslangan milliy davlatchilik ta’limotlarining xuquqiy negizlarini yaratganligi xamda uni tadbik etib berganligidir. Shu tariqa uz siyosiy faoliyatini shunday xulosalaydi: "xar mamlakatning yaxshi kishilariga men xam yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuklar va axloqsiz odamlarni mamlakatimizdan kuvib chikardim. Pastkash va razil odamlarga uzlariga loyik ishlar topshirdim, hamda hadlaridan oshishlariga yo’l quymadim"2.
Undan tashqari «Ulug’larni va sharaf - e’tiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim»3 deb ta’kidlaydi A.Temur o’z tuzuklarida
Shu davrning yirik klassik namoyondalardan biri Alisher Navoiydir. U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta xissa qo’shadi ayniqsa, adolasizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to’g’risidagi qarashlari o’z ifodasini topadi: "…davlat ishi bilan mashgul amaldorlik choglarimda kungil mulkini turli odatlarning xujumi bo’lgaladi. Goh amirlik urnida utirdim va hukumat maxkamasida xalqning arzdodini surdim va goh podshox yonida vazirlik
www.Ziyonet.uz.
Temur tuzuklari. T.: 1994y. 124 bet
O’sha asar 144 bet
qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko’rsatdim "1 deydi.
A.Navoiy adolat to’g’risidagi qarashlarida inson ruxiyati bilan boglik ijtimoiy illatlarning moxiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chikish sababalarini taxlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshoxning odilligi, balki, fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarning adolatli, ma’nan sog’lom bo’lishi lozimligiga e’tiborni qaratadi: "oilamda bo’lmish xar nav’ odam bilan ko’rishdim; katta-kichikning fe’li atvorini o’rgandim; yaxshilik va yomonlikning sharbatini ichib, zaxrini totib ko’rdim. Baxil va paskashlarning zaxmini, saxovatli kishilarning malxamini kunglim darxol sezadigan bo’lib qoldi"2 deydi. Ayni paytda, inson ruxiyati bilan boglik illatlar moxiyatiga shunday nisbat beradi: "Yaxshilikka mukofot-kupollik; odob bilan qilingan xushmuomila evaziga kekkayish, takaburlikdan o’zgacha munosabat kurmaymiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan un zarb eyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavoze’ kursatsang, ming qupollik va dilsiyoxlikka hozir bilib turmog'ing lozim".3 Shu tariqa, u "Maxbub ul qulub" asarida xar xil odamlarning fe’l-atvori va axvoli, yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati xaqidagi qarashlari asosida jamiyat ijtimoiy munosabatlarning yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat o’rtasidagi axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi.
Adolat g’oyasi Navoiyning juda ko’p asarlarida turli tarzda ifodalangan. "Xayrat ul-Abror", "Saddi Iskandariy", "Farxod va Shirin", "Sab’ai sayyora", dostonlarining, "Maxbub ul-qulib" asarlarining bosh goyasi adolatdir. Yana shuni aytish kerakki, Navoiyda insondagi juda kup ijobiy xislatlar, chunonchi sadokat, vafo, xayo, saxovat kabilar xam adolat bilan boglab tushuntiriladi. Zero, kishida adolat tuygusi bo’lmasa, unda boshqa sifatlar xam bo’lmaydi 4 deb qaraydi.
A.Navoiy zamondoshlari, Arastu, Aflotun, Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiyning ilmiy merosi, asarlarini kunt bilan urgangan, ularning ilmiy va
Komilov N/ Navoiy va zamonamiz. Jahon adabiyoti, 2001, fevral soni 10 bet
Аlishеr Nаvоiy. «Mаhbub ul qulub». T., 1983.-122 b
Аlishеr Nаvоiy. «Mаhbub ul qulub». T., 1983.-120 b
Komilov N/ Navoiy va zamonamiz. Jahon adabiyoti, 2001, fevral soni 10 bet
insonparvarlik g’oyalaridan xabardor bo’lib, uzi shu yunalishda katta meros qoldirgan ijodkorlar Zaxriddin Muxammad Bubur, Xusayin Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniylardir. Ular davlashunoslik, axloqshunoslik, adabiyot, ta’lim-tarbiya, nasr va nazm soxalarida ijod qilgan yirik olimlardir. Davlat boshqaruvi va uning siyosati bilan boglik bo’lgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni M.Z.Boburning "Boburnoma"1 Koshifiyning "Axloqiy Muxsiniy"2, Davoniyning asarida atroflicha bayon qiladi. Ular jamiyatning paydo bo’lishi, ijtimoiy tabakalar, davlat va uni boshqarish yullari, adolatli va adolasiz podshoxlar, ularning fuqarolarga munosabati, axloq va ta’lim-tarbiya masalarini o’z navbatida o’tmish davlatchilik madaniy merosimiz bilan bogliq bo’lgan qadriyatlarimizni yanada boyitishga xizmat qilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XIV-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy yuksalish uz mazmun-moxiyati bilan IX-XII asrlardagi O’rta Osiyodagi Uygonish davrining uzviy davomi edi. Xulosa shundaki, bunday madaniy meroslarning monandlikka intilishi, uning davriy uygunlashuvi xalqlar xayotida taraqqiyot xamda yuksalishiga poydevor bo’lgan nazariy ta’limotlarning rivojlanish boskichlarini kuzatamiz.
Ammo, O’zbekiston xalqlari davlatchilik tarixi o’z taraqqiyotida bir xilda rivojlangan emas. XVI-XIX asrlar O’rta Osiyo xayotida murakkab va keskin burilish davri bo’ldi. Uning murakkabligi avvalo Amir Temur imperiyasining parchalanishi xamda vorislar o’rtasidagi nizolar bilan boglanadi. Doimiy ixtiloflar moydoniga aylanib qolgan Movaraunnaxr Shayboniyxon lashkarlari tomonidan bosib olinadi. Davlatda egasizlik, boshbodoklik xukm suradi.
Mana shunday sharoitda haqiqiy ilm o’rnini diniy aqidaviy qarashlar egallaydi. Natijada anik va tabbiiy fanlar kuvgunga uchraydi, ayniksa matematika va astronomiya orqada koladi. Buning oqibatida ilm-fan rivojining darajasi keskin pasayib ketadi. Ayni paytda, bu davr oldingi mutafakkirlarning ilgor g’oyalarining uzaro faol ta’siri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining
Qarang: Bobur. “Boburnoma”. Т. “Yulduzcha”, 1989
Qarang: Ma’naviyat yulduzlari. R.Maxmudov; “A.Qodiriy” nash. 1999. 227 bet
asosiga, xoqimiyat uning raxnomalari qolida manfaatlarini nikoblovchi mafkuraga aynaladi. Natijada jamiyatda diniy tazyik kuchayadi. Din peshvolari davlat siyosatiga bevosita aralashishi okibatida bir yoklama mafkuraviy zulm ortib boradi. Xar qanday ijodiy xur fikr ta’kibga olinadi1.
Shunga qaramay O’rta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa adabiyot, tarix, musika fanlari, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi, qator madrasa va machitlar kurildi. Jumladan, Ibn Muxammad Yusuf Al-Korabogiy, Muxammad Sharif, Mashrab va Sufi Olloyor, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Komil Xorazmiy, Avaz Utar, Bedil, Fuzuliy, Axmad Xoji ijodiyotida ilgor ijtimoiy g’oyalar yaratiladi.
Shu davr shark mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlarini chukur urgangan olim I.Muminov ayniksa, Bedilning falsafiy ijodiga katta baxo beradi. Bedil dastlab islom falsafasini xamda xind falsafasini urganganligini kayd etadi. Uning g’oyalari ma’rifatli bo’lishga, bilim va xunarni urganishga, ayni payt, yovuzlikka murosasiz bo’lishga da’vat qilganligini kursatadi2.
E’tirofli jixatlari shundaki, shu davr ijodkorlari kaysi soxada ijod qilmasin, shaxs va ziyolilikka xos kudratda ularning asosiy dikkati xalq va uning turmush dardi bilan bevosita boglik bo’lganligiga amin bo’lamiz. Mulla Olim Maxmud Xoji uzining "Tarixi Turkiston" asarida shunday deydi. "Turkiston xonlari vaktidagi musulmoniyalar nixoyat darajada axvoli olamidan xabarsiz bo’ldilar. Zolim xakamlarga rost va to’g’ri so’zni aytadurgonlar kolmay, zolimlar uchun besh-un tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad so’zlar aytib, alar qanday so’z aysa ma’kul deydurgonlar bo’lgon edilar. Ilmu maorifda bo’lsa Turkistonda utgan Ibn Sino, Farobiy, Ulugbek, Ali Kushchi urniga ulturgon olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikka tabdil bo’lib, jaxl balosiga mubtalo bo’lgon edilar…"3.
Demak, jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar ana shulardan iborat. Bu fan milliy istiqlol goyasi bilan chambarchas boglik xolda rivojlanadi.
O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. “O’zb”, 1995. 182 bet
Mo’minov I. O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkurning rivojlanishi tarixidan. Т.: “Fan”, 1960. 77 bet
Mulla Olim Maxdumhoji “Tarixi Turkiston” “Nafas” nashriyoti, 1992 yil 100-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |