2.2§. Islohatlarning «o’zbek modeli» va modernizasiyalashtirish imkoniyatlari
Samarali, ilg’or o’zgarishlaru yangilanishlarga ochiq fuqarolik jamiyati shakllanishining eng muhim omili bu – ijtimoiy va siyosiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish jarayonidir.
XXI asr davlatlar va xalqlar hayotiga daxldor juda ko’plab o’zgarishlar olib keldi. Shu nuqtai nazardan respublikamiz oldida, nafaqat, belgilangan yalpi islohatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ayni paytda, jahon iqtisodiy taraqqiyotining yangi shart-sharoitlariga moslashish, ulardan xalq farovonligi yo’lida oqilona foydalanish vazifasi turibdi.
Islohatlarning o’zbek modeli hali to’liq foydalanilmagan juda katta imkoniyatlarga ega. Ana shu imkoniyatlarni to’la amalga oshirish o’laroq, O’zbekiston XXI asr jahon hamjamiyati mehvarida xosu mos qonuniy o’rnini topishi muqarrar. Albatta, buning uchun butun xalq yakdilu bo’lib, tinimsiz samarali mehnat qilish zarur.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma
majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha dastlabki yillarida islohatlarni amalga oshirishning quyidagi olti ustivor strategik yo’nalishini belgilab berdi.
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish.
Sud-huquq tizimini isloh etish.
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash.
O’zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish.
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish
Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish.
Ayni paytda I.A.Karimov to’rtta muhim savolni qayd etib, ularga yaqin vaqt ichida aniq javoblar topish zarurligini ta’kidladi:
Birinchidan, biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimalarni olib o’tishimiz
mumkin va zarur?
Ikkinchidan, nimalardan biz voz kechishimiz darkor?
Uchinchidan, o’z hayotimizni qanday yo’llar bilan yaxshilamoqchimiz? To’rtinchidan, yangi ming yillikda qanday muammolarning echimi bizning
diqqat – e’tiborimiz markazida turmog’i lozim?
Yurtboshimiz siyosiy falsafaning navbatdagi kashfiyoti bo’lmish ustivor yo’nalishlar mushtaraklikda Ushbu savollarga javoblar topish imkonini berish baravarida O’zbekistonda fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Barcha ustuvor yo’nalishlarni o’zida uyg’un tajassum etgan, yuqoridagi savollarga aniq amaliy javoblar izlab topishga yo’naltirilgan tub yangilanishlarning kaliti bo’lib, shubhasiz, kuchli fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Shunday qilib, ichdan, botinan rivojlanish tamoyili davlat boshqaruvi bilan uyg’un holda O’zbekistonni o’z strategik maqsadi sari dadil va ishonchla, olg’a intilishining bosh mezoniga aylandi.
Ushbu mezon, shubhasiz iqtisodiyot erkinligi bilan bog’liq.
Ma’lumki, firma va korxonalar o’z faoliyatlarida yolg’iz xo’jalik jabhasi bilangina chegaralanib qolishmaydi. Chet El iqtisodiyot va ijtimoiyot nazariyasida firmalar jamiyat tarkibiga bevosita singib ketishi tabiiyligi allaqachonlar tan
olingan. Firmalar – yolg’iz iqtisodiyot birligini emas. Ular nafaqat, tovar va xizmat bozorida faoliyat ko’rsatishadi, ayni paytda, odamlarning hamkorlikda o’z hayotiy rejalari hamda intilishlarning ruyobga chiqishini belgilovchi va koordinasii qiluvchi murakkab ijtimoiy tizilmadir.
Bizning nazarimizda, bunday yondashuv, ayniqsa, sharqona jamiyat uchun xarakterli. Jumladan, o’zbekistonda kichik va o’rta tadbirkorlik, mahalla tipidagi ishlab chiqarish tashkilotlari darajasidagi ijtimoiy muammolar echimiga yo’naltirilgan firmalar, ayniqsa, keng tarqalgan. Shu sababli fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va mahalliy hokimiyat organlari bozor islohatlarining tadbirkorlikni rag’batlantirish, xususiy mulkni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, iste’mol bozorini xaridorgir mahsulotlar bilan to’ldirish, odamlarning moddiy farovonligini oshirish, aholining kuchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash kabi hayotiy zarur muammolarni hal etishga safarbar qilingan. Aynan ana shu o’rinda fuqarolik jamiyatining mustahkam asosi, ishlab chiqarish munosabatlarining, to’plangan moddiy-mulkiy boyliklarning murakkab tizimlaridan iborat poydevori barpo etiladi.
Bozor jarayonlarining o’zini o’zi boshqarib turishi asosida funksional iqtisodiyt tizimlarni tipik misoli bo’lib, raqobat muhitini shakllantirish, ichki narx navo ko’rsatkichlarini qo’llab-quvvatlash, tovar, xizmat tex’nika, texnologiya. Nou-xau kapitalning turli shakllari, ishchi kuchlari va boshqalarning harakati uchun muta’dil yaratib berishga qaratilgan tarkiblar faoliyatiga yo’l ochiladi.
Funksional iqtisodiyot tizimining tipik misoli bo’lib, raqobat muhitini shakllantirish, ichki narx-navo ko’rsatkichlarini qo’llab-quvvatlash, umumehtiyoj talabini rag’batlantirish, to’lov va tashqi savdo muvoziyligini qo’llab-quvvatlash, milliy tovar ishlab chiqaruvchilar xorij raqobatidan himoya qilish, ishsizlikning darajasini mu’tadil saqlab turish, atrof-muhitni himoya qilish va boshqalar hisoblanadi.
Funksional iqtisodiyot tizimlari aniq maqsadga yo’naltirilgan tizimlar (bank, soliq, sug’o’rta, ijtimoiy muhofaza va b)dan, avvalo, shunisi bilan farq qiladiki, ular uchun o’zini o’zi boshqarib, ta’minlab turish xos bo’lib, belgilangan
miqyoslardan har qanday chekinish mikro va makroiqtisodiy ko’rsatkichlari muvozanatini tiklovchi juda ko’plab mexanizmlarni jalb etishga turtki bo’ladi.
Masalan, arzon import tovarlarning kirib kelishi ichki bozor muvozanatini buzadi. Bu esa fuqarolik jamiyatida ichki tovar ishlab chiqaruvchilarni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlar raqobatidan himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish bilan bog’liq o’zaro kelishilgan sa’y-harakatlarga olib keladi. Funksional iqtisodiy tizimlarning turli xil elementlari orqali ichki bozor chetdan kirib kelayotgan tovarlarga boj miqdori, import kvotalari o’zgaradi, belgilanmagan har xil to’siqlar yuzaga keladi. Oxir-oqibatda ichki bozorda raqobatning optimal sharoitlari tiklanadi.
Raqobat muhitini shakllantirish tizimi kichik va o’rta kompaniyalarni yirik monopoliyalar tomonidan vijdonsizlarcha g’irromlik raqobatidan himoya qiladi va umummilliy manfaatlar yo’lida tabiiy monopoliya faoliyatini tizginli boshqarib turadi.
Funksional iqtisodiy tizimlar barcha xo’jalik mexanizmlarining samarador faoliyatini ta’minash uchun bozor infratuzilmalarining turli xil elementlarini tanlab-tanlab birlashtiradi. Mazkur funksional tizim tarkibiga qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokmiyatlar, davlat muassasalari, tovar ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi va boshqa bozor subektlari, tahliliy hamda axborot markazlari, xususiy tijorat tarkiblaridan iborat turli institusional muassasalar kiradi. Masalan, raqobat muhitini shakllantirish bo’yicha funksional tizimning yaxlit tarkibiy tuzilishga asos bo’luvchi muhim element bo’lib, nainki, monopoliyaga qarshi qo’mitalar, ayni paytda, tovar bozoridagi vaziyatni, milliy hamda jahon bozorlarining konyuktura va firma tarkiblarini o’rganuvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ham xizmat qiladi.
O’zini-o’zi boshqaradigan iqtisodiyot tizimida davlatning roli keskin o’zgaradi. Davlat fiunksional iqtisodiy tizimning bir me’yorda ishlashini ta’minlovchi barcha xo’jalik tizimini koordinasiya qiluvchi bosh markazga aylanadi, ular tarmoqlarning kengayishi va tarkiblarining takomillashuvi imkonini yuzaga keltiradi. Natijada davlat faqat makroiqtisodiy muvozanat barqarorligini
ta’minlash hamda qo’llab-quvvatlash maqsadidagina muayyan me’yorlar doirasidagina bozor ishlariga aralashadi, xolos.
Iqtisodiy rivojlanishning o’zini o’zi boshqarish modelining ustunligi aynan shundaki, bunday xo’jalikda funksional iqtisodiyot tizimining mavjudligi oqibati o’laroq, talab va takliflar, mablag’ va investisiyalar, daromad va buromad, eksport va import o’rtasidagi nisbatlar optimalligiga olib keluvchi jarayonlkar kuaro, soat sayin davom etadi.
Oqibat-natijada milliy bozorning yuksak barqarorligi va muvozanat tengligi ta’minlanadi. Bu, o’z navbatida, milliy iqtisodiy tizim dinamizmiga, uning jahon xo’jalik tizimi sharoitida raqobatbardosh bo’lishiga imkon beradi.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ijtimoiy adolatga yo’naltirilgan rasional va samarali iqtisodiy siyosat, eng avvalo, islohatlarning hozirgi bosqichida, bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir tomondan, fuqarolik jamiyatiga hos o’zini o’zi tashkil etish, odamlarda, firmalarda, korxonalarda, tashabbuskorlik va o’zaro manfaatdorlik madaniyati, ikkinchi tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak samaradorligini ta’minlashga qaratilgan davlatning boshqaruv faoliyatidir.
Islohatlarni yanada chuqurlashtirish strategik yo’llaridan biri – fuqarolik jamiyatining o’zini o’zi ichdan uyushtirishiga uni tashkil etishning davlat shakllarini qarama-qarshi qo’yish emas, balki ularning barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlovchi o’zaro uzluksiz aloqalardir.
Xorijdagi ko’p sonli tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy erkinlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, mamlakat taraqqiyotining iqtisodiy salohiyati, fuqarolar farovonligi, demak, iqtisodiy salohiyati, fuqarolar farovonligi, demak, iqtisodiy salohiyati, fuqarolar farovonligi, demak iqtisodiy rivojlanish ham yuksak bo’ladi. Ya’ni qashshoqlikdan, iqtisodiy qoloqlikdan badavlatlikka hamda iqtisodiy rivojlanishning yuqoriligi yalpi iqtisodiy rivojlanishning yuqoriligi yalpi iqtisodiy erkinlikka keng yo’l ochadi.
Fuqarolik jamiyatining mazmun-mohiyati ijtimoiy hayotga davlatning aralashuvini qat’iy doirada belgilanishini taqazo etadi. Davlat aralashuvining
cheklanganligi iqtisodiy va boshqa sohalarga daxldor bo’lib, uning ta’minoti strategik xarakter kasb etadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, butun dunyoda liberal qarashlari etalon sifatida qabul qilingan F.Xaek tasavvurida ham iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurat ekanligi qayd etiladi.
Ma’lumki, Xaekning asosiy g’oyalari jamiyatning alohida shaxslar tashabbuslari majmui, degan qarashlar bilan bog’liq. Yakka shaxslarning mustaqil, o’zboshimcha xatti-harakatlari kutilmagan, markazlashtirilgan rejalashtirish yordamida ham amalga oshirish imkoni bo’lmagan oqibatlarga olib keladi. Erkin individual iqtisodiy faoliyat murakkab ijtimoiy munosabatlarni keltirib chiqaradi, bo’lak barcha erkinliklarga imkon yaratadi.
Iqtisodiyot erkinligi «botiniy bilim»ga asoslanadi. Insoniy munosabatlar murakkab va subektivdir. Bozorning foyda, zarar, raqobat singari hodisalar jamiyatning doimo o’zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondiruvchi innovatsiyani taqdirlab, boshqacha usullar bilan tashkil etish imkoni bo’lmagan ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiradi.
Optimallashtirishning aynan ana shu jarayonlari uchun qonunlarning qat’iy ustuvorligi zarurat. Ayni paytda, to’g’ri qonunchilik yakka shaxs faoliyatini muayyan doirada cheklaydi ham. Lekin muayyan aniq vaziyatda nima qilish lozimligini uqtirmaydi. Bu shaxsning o’ziga, vaziyat taqozosidan kelib chiqqan holda, o’z manfaatlarini ruyobga chiqarishning qonuniy yo’llarini, imkoniyatlarini izlab topish uquviga bog’liq. Aynan ana shu hukumatning majbur etish amaliga asoslangan buyruqbozlik usuli bilan ziddiyatga kirishadi1.
Mustaqillikning dastlabki yillarida erishilgan ulkan yutuqlarni inobatga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbek modeli» tamoyillaridan kelib chiquvchi, ayni paytda, ularning yangicha sharoitdagi o’ziga xos mantiqiy davomi bo’lmish olti ustuvor yo’nalishi tub mundarijasi bilan, avvalo, ana shu muammolar echimiga bag’ishlangan.
Қаранг: Хайек Ф.Н. Путь к рабству. Пер. с англ. –М.: 1992.
Birinchi ustuvor yo’nalish – mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. Yo’lboshchi davlatimizda tub islohatlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekan, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo’li o’z mohiyatiga e’tiboriga ko’ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o’zgarishlarning asosiy bog’lovchi bo’g’ini ekanligini
ta’kidladi. Ayni paytda, erkinlashtirish jarayonlariga, jamiyatni demokratiyalashtirish natijalariga bu yo’lda erishilgan dastlabki bosqich sifatida qaralishi uqtirildi.
Ijtimoiy taraqqiyot shakli bo’lmish erkinlashtirish qator qator muhim komponentlar qo’yidagicha belgilandi:
Birinchidan, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zaruratiga asoslangan siyosiy sohani erkinlashtirish.
Siyosiy hayot erkinligi, avvalo, demokratiya, deganidir. Demak, Ushbu ustuvor yo’nalish bevosita demokratiyaning umumtan olingan tamoyillariga, jumladan, fuqarolarning saylov huquqi, o’z hoxish-irodasini erkin ifodalash, manfaatlarini ruyobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratishga asoslanadi. Shunday zamin yaratildi.
Ikkinchidan, eng avvalo, davlatning boshqaruv rolini chegaralashga, xo’jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirishi, mulkdorlarning maqei hamda huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish.
Uchinchidan, hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodalat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borish, ularning haq-huquqlari hamda erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish.
Ushbu ustuvor yo’nalishlar orasida, shubhasiz, iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish alohida maqomga ega. Gap shundaki, shaxsning moddiy manfaatlari manbai bo’lgan mehnat faoliyati inson hayotida taqdirilomon ahamiyatga ega. Shu bois fuqarolarning ta’minlanishi, albatta, shart bo’lgan huquqlari, erkinliklari va mas’uliyat-majburiyatlari jamiyatda mavjud imtiyozlardan foydalanish imkonini beruvchi ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq. Mazkur haqiqatdan kelib chiqilgani holda, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlashdan iborat erkinlashtirish siyosatining beshinchi ustuvor yo’nalishi mundarijaviy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy hamda mineral xomashyo salohiyatidan to’la va samarali foydalanishga, eksportga moslashgan hamda import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratildi.
I.A.Karimov o’z siyosiy-iqtisodiy ta’limotida iqtisodiyotni erkinlashtirish bilan bog’liq birinchi galdagi asosiy vazifani mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish, xususiy mulkchilik etakchi o’rinda turadigan ko’p o’kladli iqtisodiyotni barpo etish, deb belgiladi1.
Iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish o’zining zarur va mukammal asoslariga ega. Ulardan biri – iqtisodiy o’sishning ustuvorligi. Keyingi o’n yillikdagi xalqaro tajriba iqtisodning tanazzul holati sharoitida erkinlashtirish bilan bog’liq o’zgarishlar samarasiz ekanligini yaqqol ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish o’ziga xosligi bilan ajralib turibdi. Eng avvalo, u ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning «o’zbek modeli»ni amaliyotda ijrosini ta’minlash bilan bog’liq dastlabki islohatlarning o’ziga xos xususiyatlari va maroiqtisodiyot jarayonlarining hozirgi umumiy holati bilan belgilanadi.
Ma’lumki, iqtisodiy islohatlarning strategik pirovard natijasi hamma vaqt ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodi sari yo’l islohatlar boshlanishining ilk ibtido shart-sharoitlari bilan bog’liq bosqichma-bosqich qadamlar orqali belgilanadi.
Qarang: Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. -T.: O’zbekiston, 1999. 370 -404-betlar
Ana shu qoidadan kelib chiqilgani halda, O’zbekiston kuchli ijtimoiy himoyaga asoslangan tamaddun bozor iqtisodiyotiga o’tishning tadrijiy yo’lini tanladi. Aynan ana shu tamoyil milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosatida ham qo’llanildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning bosqichma-bosqich yo’li narx-navoni erkinlashtirish amaliyotidan boshlandi. Sabab – narx-navo erkinligi milliy iqtisodiyyotni yalpi erkinlashtirishning tamal toshidir. Chunki bozorning o’zi o’zini boshqarish, jumladan, narx-navoni belgilash imtiyoziga ega xo’jalik tizimidir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bozor erkinligi siyosatining yangi bosqichi islom Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda»dasturiy asarida kashf etilgan strategik ustuvor yo’nalishlar kvintessensiyasidan boshlanadi. Kitobda milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishning ettita asosiy komponenti qayd etilgan. Ustuvor vazifalar, avvalo, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |