Mavzuning ishlanganligi.Fuqarolik jamiyati barpo etishning nazariy va amaliy jihatlari, ushbu jamiyatning huquqiy madaniyati, ma’naviy-ahloqiy asoslariga oid muammolar O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida barcha ijtimoiy gumanitar yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning diqqat markazida turibdi.
So’nggi yillarda fuqarolik jamiyatining mohiyati, tabiati hamda uni shakllantirish jarayonlariga bag’ishlangan, shuningdek tegishli huquqiy madaniyat, huquqiy ong va huquqiy mafkura tahliliga doir bir qator siyosiy-nazariy, falsafiy, huquqiy, tarixiy yo’nalishdagi asarlar chop etildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlarida Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi haqida qimmatli ko’rsatmalar, asosiy tushunchalar berilgan. Ushbu asarlari
Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. “Xalq so’zi”, 2002 yil 30 avgust
I.A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” T.: 2010. 18-b
O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, O’zbekiston XXI asrga intilmoqda, konsepsiya va boshqa ma’ruza va asarlaridir.
Mazkur muammolar xususida tadqiqot olib borgan ko’pgina huquqshunos, faylasuf, siyosatshunos olimlarimizning asarlari diqqatga sazovordir. Ular qatorida akademiklar Sh.Z.O’razaev, M.Sharifxo’jaev, professorlar A.A.Azizxo’jaev, Z.M.Islomov, X.T.Odilqoriev, S.Jo’raev, Sh.I. Jalilov, A.X.Saidov, R.Maxmudov, U.Tadjixanov, M.A.Rajabova, M.M.Fayziev, E.H.Xalilov, fan doktorlari A.Hamraev, F.X.Raximov, F.Musaev, M.Qirg’izboev va boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin1.
Odatda, fuqarolik jamiyati xususida gap ketganda, qadimgi Yunon faylasufi Arastu fikrlariga tayaniladi. Darhaqiqat, bu tushuncha Arastu tomonidan ilk bor ilmiy va siyosiy iste’molga kiritilgan edi. U fuqarolik jamiyatini siyosiy qurilishning ma’lum shakli orqali bir-birlari bilan bog’langan erkin va teng huquqli fuqarolar uyushmasi sifatida xarakterlagan edi2.
Akademik M.Sharifxo’jaev o’zining “O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi” asarida ushbu jamiyatning tarixiy-nazariy talqiniga, uning hozirgi zamonaviy tushunilishiga, xususiyatlariga, undagi insoniy ijtimoiy holatga, hokimiyatning mazmun-maqomiga, davlat bilan jamiyat nisbatini ifodalovchi xususiyatlarga, davlat tuzilmasini erkinlashtirish masalalariga, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslariga, shuningdek, islohotlarning “o’zbek modeli” orqali mamlakatimizda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
O’razayev Sh.Z. Mustaqil O’zbekistonning Konstitusiyasi. – T., 1993; O’sha muallif. Vlast i zakon. – T., 1991;
Azizxo’jayev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat. – T.: Sharq. 1997; Islomov Z.M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga – T., 2002; Odilqoriyev X.T. Konstitusiya va fuqarolik jamiyati. – T., 2002; Odilqoriyev X., G’oyibnazarov Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004; Jalilov Sh.I. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. – T., 2001; Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. – T., 2003; Jo’rayev S. Fuqarolik jamiyati: nazariya va amaliyot. – T., 2003, Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1 – 2 tom. – T. 1998; Umarova K. Politicheskaya kultura narodov Uzbekistana i Karakalpakstana: istoricheskiy opqt formirovaniya. – Nukus, 1995;
Xalilov E.H. O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi oliy organi: soxta vakillikdan haqiqiy parlamentarizmga qadar. – T., 2001; Musayev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. – T.,
2007; Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T., 2006 va boshq
Қаранг: Резник Ю.М. Граждонское общество как феномен цивилизации. –М.: 1993; Проблемы формирования гражданского общества. –М.: 1993; Граждонское общество и перспиктивы демократии. –М.: 1994; Граждонское общество. Мировой опыт и проблемы России. –М.: 1998; Туров И.С.Общество как социальная система. // Социально-политический журнал. 1994, №12; Френк Ричард Д. Государство, общество и бизнес в условиях индустриальной демократии.// Проблемы теории и практики управления, 1993, №1; Кравченко А.И. Введений в социологию. –М.: 1994; Очерки по истории теоретической социологии XIX – нач. ХХ вв. –М.: 1994; Политология (под ред. Т.В. Полуниной). –М.:1998; Человек и общество. // Социально-политологии. –М.: 1995 ва б
nazariy va amaliy jihatlariga ilmiy-publisistik nuqtai nazardan baho beradi. Muallifning umumiy xulosasiga ko’ra, “Fuqarolik jamiyati mustaqil ishlab chiqaruvchi, mustaqil erkin xaridor, mustaqil ozod fuqaro jamiyatidir”. Biroq, asarda “mustaqillik” holatlarini mustaqillashtirish ruhi ustuvorlik qiladi.
Professor Z.M.Islomovning “Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga” risolasida fuqarolik jamiyati ijtimoiy hodisasining paydo bo’lish– shakllanish bosqichlari, uning mohiyati, tarixiy ildizlari, xususiyatlari, davlat bilan fuqarolik jamiyatining o’zaro nisbati, asosiy tamoyillarini atroflicha ilmiy tahlil qilib chiqadi.
Faylasuf va siyosatshunos olimlarimizdan prof. N.Shodiev, dotsentlar S.Hasanov, T.Do’stjonov va M.Qirg’izboevlar fuqarolik jamiyati tahlilini qadimgi Sharq va G’arb, xususan, yunon mutafakkirlari ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy merosidek tarixiy poydevorga tayangan holda amalga oshiradilar. Bunda ular adolatli huquqiy davlat g’oyasiga, fuqarolik jamiyatida boshqaruv tartibi masalalariga alohida e’tibor qaratadilar. Masalan, M.Qirg’izboevning “Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba” nomli monografiyasida tahlil etilayotgan hodisaning umumiy tushunchasi, unsurlari: siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, o’zini o’zi boshqarish organlari kabi fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanish bosqichlari bayon etilgan, shuningdek, fuqarolik jamiyatining tashkil topishi, uning huquqiy davlat bilan munosabatlariga doir xorijiy tajriba nazariy jihatdan umumlashtirilgan.
Professor X.T.Odilqoriev “Fuqarolik jamiyatining mohiyati va qadriyatlari tizimi” hamda “Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati” nomli asarlarida fuqarolik jamiyatining mohiyati, mazmuni, yuridik tabiati va ta’rifi, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning konstitutsiyaviy zamini, uning tarkibiy tuzilishi va faoliyat yuritish tamoyillari, bu jamiyatning madaniyati, ma’rifiy qadriyatlari, ma’naviy-axloqiy asoslari, fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro munosabati, fuqarolik jamiyati sharoitida inson huquqlarini muhofazalash mexanizmi kabi masalalar borasida muhim ijtimoiy-huquqiy xulosalar chiqaradi.
M.Sharifxo’jaev, X.Odilqoriev, Z.M.Islomov kabi olimlar muammoning tahliliga qo’shgan eng qimmatli hissasi shundaki, ular fuqarolik jamiyatini uch nuqtai nazardan: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy (axloqiy) jihatlarning bir butunligi deb talqin qilishni taklif etadilar. Fuqarolik jamiyatining madaniy, ma’rifiy-ma’naviy, ijtimoiy-axloqiy jihatlariga e’tibor bizning mazkur tadqiqotimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Faylasuf olim F.Musaev “Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari” nomli doktorlik dissertasiyasida bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat shakllanishiga doir tarixiy va zamonaviy ilmiy-nazariy qarashlar (konsepsiyalar)ni tahlil etgan. Unda fuqarolik jamiyati qurishning milliy mafkuraviy, ma’naviy, huquqiy-madaniy jihatlariga ham e’tibor qaratilgan1.
Mustaqil taraqqiyot yillarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog’liq islohotlar jarayoni umumiy tahlili barobarida uning ma’naviy asoslariga ham e’tibor qaratilib, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi va qonunga itoatkorlik muammolari ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylandi. Bu muammolar ustida U.Tadjixanov, A.Saidov, E.M.Abzalov, R.Mahmudov, E.H.Xalilov, N.Vaxobov, F.Xayitboev, Sh.Bilolxo’jaeva va boshqalar samarali ish olib bordilar. Professorlar U.Tadjixanov bilan A.Saidovlarning huquqiy madaniyat nazariyasiga oid darslik va monografiyalarini alohida ta’kidlab o’tish lozim2.
Fuqarolik jamiyati, huquqiy madaniyatining mohiyati, tushunchasi, funksiyalari, uslublariga oid izlanishlar quyidagi mualliflar tomonidan amalga oshirilgan: E.V.Agranovskaya, N.M.Keyzerov, V.P.Kudryavsev, A.L.Likas, E.A.Lukasheva, G.V.Malsev, V.M.Mejuev, V.P.Salnikov, A.R.Ratinov,
Musayev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. – T., 2007.
Qarang: Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 2 jildli. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi. 1998; Таджиханов У. Научно-теоретические проблемы правовой культуры. Автореф.дисс... д-ра юрид.наук. – Т., 1995; Xalilov E. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o’rni. – T., 1997; Хамраев А.У. Правовая культура личности. Автореф. дисс... канд.юрид.наук. – Т., 1999; Абзалов Э.М. Проблемы формирования правовой культуры молодежи. Автореф. дисс... канд.юрид.наук. – Т., 2000; Vaxobov N. O’zbekistonda huquqiy mafkuraning shakllanish muammolari. Yurid.fan.nomzodi... Avtoreferat. – T., 1997.
Yu.M.Reznik, A.P.Semitko, V.V.Lapaeva, V.S.Nersesyans, M.N.Marchenko, N.I.Matuzov, V.A.Chetvernin, Ya.S.Yaskevich va boshqalar1.
Biz malakaviy bitiruv ishida boshqalardan farqli ularoq ijtimoiy tashkilotlar tugrisida va ularning fuqarolik jamiyatga o’rni va ta’sirini yoritib berishga xarakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |