partiyalar va
|
|
|
tashkilotlar
|
|
harakatlar
|
|
|
|
|
|
Nodavlat va
|
XALQ
|
Ovqatlanish
|
|
|
tarmog’i
|
|
jamoat
|
|
|
|
|
|
tashkilotlari
|
|
|
|
|
|
Ta’lim
|
Davlat
|
|
|
sohasi
|
|
|
|
hokimiy
|
Fuqarolarning
|
|
Ilm-fan va
|
ati
|
|
madaniyat
|
o’zini o’zi
|
|
|
|
sohasi
|
|
boshqarish
|
oila
|
|
|
|
organlari
|
|
|
|
|
|
Ommaviy
|
|
|
|
axborot
|
|
|
|
vositalari
|
|
|
|
|
32
|
|
Hozirgi kunda deyarli barcha jamoat tashkilotlari mamlakatni demokratik yo’nalishda rivojlantirish, muayyan sohalar yuzasidan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali nazorat o’rnatish kabi masalalarga o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari sifatida qaramoqdalar. Jamoat tashkilotlariga birlashgan fuqarolar ular orqali o’zlarining turli xil manfaatlari va huquqlarini amalga oshirishni ko’zlaydilar. Bunday sharoitda jamoat tashkilotlari oldiga fuqarolarning davlat ishlarini amalga oshirishda ishtiroklarini ta’minlash hamda ularning mavjud qonunchilikka nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish va shu orqali ularni qonunga itoatkor shaxs sifatida tarbiyalash kabi yangi vazifalar qo’yilmoqda.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldiga muayyan maqsad va vazifalarning qo’yilishi hamda yangidan-yangi muammolarning yuzaga kelishi o’z navbatida, jamoat tashkilotlari faoliyat yo’nalishlarining o’zgarib borishi, o’z-o’zidan uning o’zgacha mohiyat kasb etishiga olib keladi. Binobarin, jamoat tashkilotlari bugungi kunda jamiyatni demokratlashtirish va isloh qilish jarayonining ajralmas va zaruriy bo’g’iniga aylanib bormoqda. Bunday sharoitda ularning funksiyalari doirasi kengayib borishi hamda turli xil shakllarda namoyon bo’lishi obyektiv xususiyatga egadir.
33
II-BOB. «O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISH O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI» NAULRIL VA
AMALIYOT.
2.1§. Konstitusiyaviy davlatchilik-fuqarolik jamiyati asosi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’lini – ya’ni, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tgandek: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz… Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart»1.
Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilingan qonunlar adolatli bo’lishi, o’zida xalq manfaatlarini ifoda etishi, og’ishmay itoat etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo’ladi. Chunki barcha demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri – jamiyat a’zolarining qonun oldidagi tengligining, Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligining
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolininh asosiy tamoyillari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruza. 1995 yil, 23 fevral. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” kitobida, 3 jild, - Toshkent: O’zbekiston, 1996 yil, 10 bet.
34
ta’minlanganligidir. Shu bilan birga, Konstitusiya va qonunlarning provard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i lozim.
«Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi»1.
Konstitusiyaning 15 moddasiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar».
O’z faoliyatini Konstitusiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o’tilgan subektlarning konstitusiyaviy burchi hisoblanadi. Agarda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o’zlarining bu burchlarini bajarmasalar, ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin.
Konstitusiyaning 16 – moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «Birorta ham qonun yoki boshqa normativ – huquqiy hujjat Konstitusiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas». Agarda birorta normativ – huquqiy hujjat konstitusiyaga zid keladigan bo’lsa, u bekor qilinishi lozim.
Konstitusiyaga binoan qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjatning konstitusiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir.
Bu nazorat normativ huquqiy hujjatlar loyiha shaklida tayyorlangan vaqtida ularni huquqiy ekspertizadan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi 2000 yil 14 dekabrda
Karimov I.A. Adolat qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasidagi ma’ruza. 2001 yil 29 avgust. “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak” kitobida, 10 jild, Toshkent: O’zbekiston, 2002 yil, 28 bet.
qabul qilingan qonuning 18 moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi».
Biroq bu borada demokratik tamoyilarni hayotga to’liq joriy etilishida ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar». Darhaqiqat, qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.
Biroq bu borada demokratik tamoyillarni hayotga to’liq joriy etishida ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar». Darhaqiqat, qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolikjamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.
Fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) instituti muhim rol o’ynaydi1. Er yuzida inson borki, u doimo o’z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan. Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro o’rtasidagi munosabatlarga yanada aniqlik kiritildi. Ombudsman fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi, munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir.
Qarang: Xalilov E.H. O’zbekiston Respublikasining Parlamenti: Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning faoliyati. – Т.: O’zbekiston, 1999, 11-17 betlar.
«Ombudsman» (Hombusmen) shvedcha so’z bo’lib, «hukumat idoralari faoliyatini taftish, nazorat qiluvchi mansabdor shaxs yoki vakil» ma’nosini anglatadi1.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) demokratik yo’ldan borayotgan jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili Ombudsman 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan qonunda berilgan vakolatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Konstitusiyaga ko’ra, qonunlar Respublika Prezidenti tomonidan imzolanadi, boshqacha qilib aytganda, o’zining rasmiy tasdig’ini topadi. Agar Prezident qabul qilingan qonunda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilmagan yoki u Konstitusiyaga zid deb hisoblasa, Konstitusiya 93-moddasining 14-bandiga muvofiq qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agarda boshqa normativ-huquqiy hujjat, masalan, Vazirlar Mahkamasining qarori, vazirning buyrug’i, hokimning qarori, Konstitusiyaga yoki qonunlarga zid bo’lsa, respublika Prezidenti shu moddaning 13-bandiga muvofiq uni to’xtatishga yoki bekor qilishga haqli.
«Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonunning 26-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq «Hoqimlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to’xtatiladi va bekor qilinadi».
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qonun ustuvorligini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi asosida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar loyihalarining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega.
Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati. – Т.: Sharq, 1998, 179-bet.
Qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo’lgandagina, o’zining to’liq ifodasini topadi.
Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolatga, inson huquqi va manfaatlariga asoslangan bo’lishi shart.
Ikkinchidan, Konstitusiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi zarur.
Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitusiya va qonunlarga mos bo’lishi – qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil etadi. Demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo’lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir. Albatta, demokratik jamiyat qurish faqat qonun ustuvorligi bilan cheklanib qolmaydi, balki xalqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti qilib qo’yadi.
Fuqarolik jamiyati ham ijtimoiy taraqqiyot shakli bo’lgan amliy reallik sifatida, ham ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishiga xizmat qiluvchi ideal sifatida namoyon bo’ladi. Huquqiy davlat barpo etilgan taqdirdagina real fuqarolik jamiyati ideal fuqarolik jamiyatiga mos keladi. Ideal fuqarolik jamiyati jamiyatda qonun ustuvorligi, odamlar erkinligiga, huquqda ularning tabiatan tengligiga asoslanadi. Ayni paytda, jamiyat a’zolari muayyan majburiyatlarni ongli, ko’ngilli ravishda o’z zimmalariga olishadi va umumiy qonunlarga buysunishadi.
Huquqiy davlatda fuqarolik jamiyati qonun manbaiga aylanadi. U davlat maqomini belgilaydi. Bunday sharoitda щaxs o’z huquqlari bilan jamiyat ustidan ustuvorlikka ega bo’ladi. Shuning uchun ham huquqiy davlat bu huquq normalari negizida individlar va turli uyushmalarning o’zaro munosabatlariga asoslangan davlat hokimiyatining tashkil topishi hamda faoliyat ko’rsatish shakli hisoblanadi.
Qonun negizida o’z faoliyatini amalga oshiruvchi davlat haqidagi tasavvurlar inson sivilizasiyasining tabbiy huquqlari bilan bog’liq ibtidoiy bosqichlarida shakllangan. Ijtimoiy hayotning nisbatan takomillashishi va adolatli shaxslarni izlash huquqiy davlat g’oyasi bilan bog’liq. Antik dunyoning ko’plab
mutafakkirlar (Suqrot, Demokrit, Aflotun, Arastu, Siseron va b.) o’sha qadimgi davr jamiyatning uyg’un rivojini ta’minlashga qaratilgan huquq bilan davlat hokimiyati o’rtasidagi aloqalar hamda o’zaro hamkorlikni aniqlashga uringanlar. Ular ham fuqarolar, ham davlatning o’zi uchun umummajburiy qonunlar ustuvor bo’lgan jamiyatgina nisbatan to’g’ri, adolatli jamiyatdir, degan komil fikrda bo’lishgan.
Qonunlar ijtimoiy hayotninng muhim, hayotiy zarur tomonlarini boshqarib turadi. Qonunosti hujjatlari, ayniqsa, idoralar hujjatlari zarur hollarda qonunlarning muayyan qoidalarini konkretlashtiradi, xolos.
Konstitusiya – davlatning Asosiy Qonuni. Unda davlat va jamiyatning huquqiy tamoyillari aksini topadi. Konstitusiya bu – jamiyatning umumiy huquqiy modeli bo’lib, barcha qonunchilik unga aynan mos kelishi lozim. Davlatning boshqa biror bir huquqiy aktlari Konstitusiyaga zid bo’lmasligi shart.
Qonunning, eng avvalo, Konstitusiyaning ustunligi jamiyatda huquq qonunchiligining mustahkam rejimini, adolatli huquqiy tartibni yaratadi.
Ikkinchidan, shaxs huquqining realligi, uning erkin kamoloti ta’minoti.
Ijtimoiy-siyosiy hayotda inson erkinligi uning huquqi tarzida namoyon bo’ladi.
Huquqiy davlat individ erkinligining muayyan qadriyatlarini tan oladi.
Individ erkinligining huquqiy xarakteri ijtimoiy hayotning turli sohalarida namoyon bo’ladi. Masalan, davlatning shaxs manfaatlari bilan bog’liq huquqlariga ijobiy ta’siri, jumladan, shaxsning daxlsizligi huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy himoya huquqlari, sud himoyasi va boshqalar amalga oshiriladi. Shaxs erkinligining huquq borasidagi etukligi, iqtisodiy va ma’naviy asos-zaminlar bilan belgilanadi.
Uchinchidan, davlat bilan shaxsning bir-biri oldidagi o’zaro masuliyatlari. Siyosiy hokimiyat instituti bo’lmish davlat bilan uning shakllanishi hamda amalga oshirilishi o’rtasidagi munosabatlar tenglik va adolat negizida o’rnatilishi shart. Ayni paytda, davlat har bir fuqaroga nisbatan adolatli bo’lishdek, majburiyatni zimmasiga oladi. Davlat organlari qonunga rioya qilgani holda, uni buzishga haqli emas. Davlat qonunni buzmasligi va o’z zimmasidagi huquqiy majburiyatlarni so’zsiz, og’ishmay bajarishi shart. Davlat hokimiyati uchun qonunning
majburiyligi ma’muriy o’zboshimchalikni inkor qiluvchi kafolatlar tizimi orqali ta’minlanadi. Ularga qo’yidagilar kiradi: deputatlarning o’z saylovchilari oldidagi mas’uliyati; huquqning konkret subektlari oldida turli darajadagi mansabdor shaxslarning o’z majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun intizomiy va jinoiy mas’ulligi.
Xuddi ana shu huquqiy talablar shaxsning davlat oldidagi mas’uliyatiga ham daxldor. Davlat tomonidan majbur qilish tamoyili huquqiy maqomga ega bo’lishi, shaxs erki me’yorlarini buzmasligi, sodir etilgan huquqbuzarlik darajasiga mutanosib kelishi shart.
Davlat bilan shaxs o’rtasidagi o’zaro mas’ullikning huquqiy maqomi bu jamiyatda shakllanayotgan huquqning muhim tarkibiy qismidir.
Huquqiy davlatda shunday maqomdagi davlatning faoliyatini tashkil etish tamoyili muhim rol o’ynaydi.
Despotik yoxud polisiya davlatidan huquqiy davlat doimiy norma va qoidalarning muayyan majmui tufayli ajralib turadi. Ular orasida hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tizimlari normasi markaziy o’rinda turadi. Hoqimiyatlarning bo’linish tamoyili, bir tomondan, qonun chiqaruvchi hokimiyatni, ikkinchi tomondan, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarning qonunga itoat etishlarini belgilab beradi. Hokmiyatlar o’rtasidagi muvozanat, nainki, munosabatlarni ta’minlovchi, ayni paytda, hokimiyat tarmoqlarining belgilangan chegarada bir-birlarini tiyib turishi bilan bog’liq maxsus tashkiliy-huquqiy doiralar vositasida qo’llab-quvvatlanadi. Shu bilan bir qatorda ular o’z vakolatlari doirasida muayyan hokimiyatning boshqasiga nisbatan mustaqil ekanligini kafolatlaydi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat ustun maqomga ega: u davlat va jamiyatning konstitusiyaviy-huquqiy asos-zaminini yaratadi, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, demak, oxir-oqibatda ijroiya va sud hokimiyatlari faoliyatining huquqiy tashkillanishi hamda shakllarini tayin etadi. Huquqiy davlatda qonun chiqaruvchi hokimiyat tarmog’ining etakchilik mavqei o’zi chiqarayotgan qonunlarning yuridik kuchini belgilab beradi, huquq normalariga umummajburiy maqom baxsh etadi.
Biroq qonun chiqaruvi hokimiyatning ustun mqomi mutlaq emas. U xalq va amaldagi qonunlar Konstitusiyaga mos kelishini ta’minlovchi maxsus konstitusiyaviy organlar (Konstitusiyaviy sud) nazorati ostida bo’ladi.
Ijro etuvchi hokimiyat o’z organlari timsolida qonun chiqaruvchilar qabul qilgan huquqiy normalarni bevosita amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Ijroiya organlari qonunchilik asosida faoliyat yuritgani uchun huquqiy harakterga ega bo’lishadi. Huquqiy davlatda odil sudlov faqat sud idoralari tomonidan olib boriladi. Sudning funksiyasini hech kim o’zlashtirib olishi mumkin emas. Odil sudning mustaqilligi va qonuniyligi fuqarolar huquq hamda erkinliklarining, yaxlit holda huquqiy davlatning muhim kafolati hisoblanadi.
Sud hokimiyati tiyib turish omili sifatida huquq qoidalarining, eng avvalo, konstitusiyaviy talablarning ham qonun chiqaruvchilar, ham ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan buzilishini ogohlantiruvchi organ bo’lib, hokimiyatlarning amalda real bo’linishini ta’minlaydi.
Shuning uchun ham huquqiy davlatning tashkillanishi va faoliyati asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyatlarining mavjudligi tamoyili yotadi. Hoqimiyatning uch tarmog’i faqat va faqat o’z konstitusiyaviy maqomlari doirasida faoliyat ko’rsatishadi. Va ular mushtaraklikda bir-birlarini tiyib, muvozanatlashtirib turishadi. Ayni paytda, demokratik normalar buzilishiga, hokimiyat suiste’molliklariga qarshi tizimiy kafolatni ta’minlaydi. Fuqarolarning o’zlari esa umumiy saylov tizimi orqali barcha hokimiyat tarmoqlari faoliyatini nazorat qilib turishadi. Zarur bo’lganda, ular hatti-harakatini izga solib turishadi.
Huquqiy davlatda davlat hokimiyati qonunga itoat qiladi. Uning bu maqomi alohida shaxsning daxlsiz huquqlarini tan olish bilan to’ldiriladi.
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati barcha a’zolarini birlashtiruchi o’z mazmun-mohiyati bilan umuminsoniy qadriyat bo’lgan qator umumiy huquqiy asoslarga ega.
Shu bilan birga huquqiy davlat rivoji mo’ljallari aniq va puxta ekanligi, o’z davri talablariga mos kelishi lozimligi diqqatga sazovor. Bu turli mamlakatlarda turli davrlarda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy sohadagi aniq maqsadlari o’zgarishi
mumkinligi, lekin ular faolligining bosh strategik yo’nalishlari o’zgarmasligi bilan bog’liq. Xuddi shunday manzara huquqiy himoyani ta’minlash jabhalarida ham kuzatilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |