Diplom ishning maqsadi ijtimoiy tashkilotlarning O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish o’rni va rolini ochib berish.
Diplom ishning obekti fuqarolik jamiyatning rivojlanish xususiyatlari va
ijtimoiy tashkilotlar.
Predmeti esa fuqarolik jamiyatni shakllantirishda ijtimoiy tashkilotlarni
rolini ko’rsatish
Mavzuni yoritishda diplom ishida bir nechta masalalar ko’rib
chiqilgan. Fuqarolik jamiyati ko’p aspektrli hodisa hisoblanadi. Lekin bitiruv ishida biz maqsadga erishish uchun qo’yidagi vazifalarga ahamiyat berdik.
Birinchidan, Fuqarolik jamiyatining nazariy-tarixiy talqinini tahlil qildik. Bu yerda O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar va uning
rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy tashkilotlar-fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari, fuqarolik jamiyati demokratik sivilizasiyaning oliy shakllari sifatida tahlil qilingan.
Ikkinchidan, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqdik. Ushbu savolni yoritishda Konstitusiyaviy davlatchilik-fuqarolik jamiyat asosi, islohatlarni o’zbek modeli va modernizasiyalashtirish imkoniyatlari, Ijtimoiy hamkorlik – fuqarolik jamiyat institutlarining rivojlanishi va istiqbollari muammolari ko’rib chiqilgan.
Қаранг: Аграновская Е.В. Правовая культура как фактор общественной жизни. – М., 1982; Унинг: Правовая культура и обеспечение прав личности. – М., 1988; Ершова Л.А. Правовая культура должностных лиц и пути его формирования. Автореф. дисс... канд.юрид.наук. – М., 1991; Сальников В.П. Правовая культура: теоретико-методологический аспект. Автореф. дисс... д-ра юрид. наук. – Л., 1990; Кейзеров Н.М. Политическая и правовая культура – М., 1983; Гражданское общество. Мировой опыт и проблемы России. – М., 1998; Межуев В.М. Гражданское общество, правовое государство, право. – М., 2002, Резник Ю.М.Гражданское общество как феномен цивилизации. – М., 1993; Проблемы общей теории права и государства. – М., 2000; Лукашева Е.А. Права человека. – М., 1999; Ликас А.Л. Культура правосудия. – М., 1990; В.А.Четвернин Демократическое конституционное государство: введение в теорию. – М., 1993 ва бошқ.
Malakaviy bitiruv ishining metodologik asosi va metodlari: O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning asarlarida bayon qilingan imkoniyati cheklanganlarni huquqiy muhofazani shakllantirish haqidagi fikrlari, O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Oliy Majlisning imkoniyati cheklanganlarni muhofaza qilishning huquqiy negizlariga oid qabul qilgan qonunlari, xalqaro hamda mamlakatimizda qabul qilingan aholining shu toifasiga taaluqli qonun hujjatlari ushbu malakaviy bitiruv ishining metodologik asosi sifatida olindi.
Prezidentimiz asarlariga yondashgan holda bu savollarni yoritishda bizlar umumilmiy va empirik metodlarni asos qilib ayniqsa analiz, qiyosiy taqqoslash, kuzatuv, tarixiylik va mantiqiylik va hujjatlarni tahlil qilish metodlari orqali yuqoridagi muammolarni yoritishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |