Mavzu: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ISLOM ABDUG`ANIYEVICH KARIMOV tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi. O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda.
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi
ITJIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH”YO`NALISHIDAGI ISLOHOTLAR
Keksalarni himoya qilish.
2017-yilning o‘zida kasaba uyushmalari tomonidan 3073 nafar mehnat faxriysi va keksaning respublikamizdagi tarixiy shaharlar hamda diqqatga sazovor joylari bo‘ylab ekskursiyasi tashkil etilgan bo‘lsa, 592 nafar yolg‘iz keksa va nogironning kommunal to‘lovlari qoplab berildi. Davlat bayramlari munosabati bilan “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, u yerdagilarga 136,4 million so‘mlik maishiy texnika, kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar berildi.
Ayni chog‘da jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 110 ming nafar keksa avlod vakili ish beruvchilar va kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 41,9 milliard so‘m miqdorida moddiy qo‘llab-quvvatlandi. Sanatoriylarda 2366 nafar urush va mehnat fronti faxriysi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirildi, 7385 nafar ishlovchi pensioner va kasaba uyushma a’zosining ota-onalari esa imtiyozli asosda, shuningdek, 344 nafar ishlovchi pensionerga bepul sog‘liqlarini tiklash uchun imkoniyat yaratib berildi.
DIN-E`TIQOD ERKINLIGI
Ayni paytda O’zbekitonda biz guvohi bo’layotgan o’zgarishlar shamoli diniy soha va shu boradagi davlat va xalq o’rtasidagi munosabatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Dinlar O’zbekiston hududida asrlar mobaynida tinchlik va hamohanglikda mavjud bo’lib kelgan, din bilan aloqador ijtimoiy adovat va ziddiyatlar amalda kuzatilmagan. Aslini olganda ham, O’zbekistonning bir ko’chasi bo’ylab joylashgan turli ibodatxonalar, cherkovlar, sinagog va masjidlarni ko’rish mumkun, bu borada hech qanday muammo yo’q. Shuningdek, mustaqillik yillarida biz yuzma-yuz kelgan bir qator muammolarni ham sanab o’tishimiz kerak. Bu eng avvalo radikal va diniy ekstremistik g’oyalarni targ’ib etgan xalqaro terrorizm bilan bog’liq muammolardir. Ana shu xavf naqadar jiddiy bo’lganini bugun hech kim inkor eta olmaydi. Bizning O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun qanday bosqichlardan o’tganimizni ko’pchilik yaxshi biladi. O’zbekistonning yangi diniy siyosati xalqaro standartlar va shartnomalarga to’liq muvofiq keladi. Diniy huquqlar muqarrar emas. Ularning chegarasi mavjud emas. Xalqaro shartnomalar normalariga muvofiq, demokratik jamiyatda ijtimoiy xavfsizlik, tartib, fuqarolarning ma’naviy huquqlariga ta’siridan kelib chiqib dinga nisbatan muayyan cheklovlar o’rnatilishi mumkun. O’zbekiston ana shu normalarni to’liq tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |