Mavzu: ot. Otlarning grammatik ma’nosi, morfologik belgilari, sintaktik vazifal



Download 146.15 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi146.15 Kb.
MAVZU: OT.OTLARNING GRAMMATIK MA’NOSI, MORFOLOGIK

BELGILARI, SINTAKTIK VAZIFAL

MAQSAD: Kurs tinglovchilarini ot so‘ z turkumi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari ko‘zda tutiladi.

KUTILADIGAN NATIJA: Kurs tinglovchilarini ot so‘ z turkumi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak.

Zarur jihozlar: gazeta, jurnal,yangi adabiyotlar , plakat va videoproyektor



mavzuning texnologik xaritasi

Fan: O‘zbek tili grammatikasining nazariy masalalari
Mavzu: OT – SO‘Z TURKUMI

Kalit so‘zlar: Ot, atoqli otlar, turdosh otlar, aniq va mavhum otlar, ko‘plik va birlik

Soatlar soni: 2 soat nazariy


Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga asosida)

Shaxs , narsa ma`nolarini , shuningdek , joy nomlarini bildirib , kim ? , nima ? qayer ? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlar ot deyiladi .



Kim ? so‘rog‘i shaxsni bildiruvchi so‘zlarga , nima ? so‘rog‘I narsa-buyumni bildiruvchi so‘zlarga , qayer ? so‘rog‘i joy nomlarini bildiruvchi so‘zlarga beriladi . Shunga ko‘ra otlar shaxs otlari , narsa-buyum otlari , o‘rin-joy otlariga bo‘linadi . M: Otabek , Kumushbibi , vrach , o‘quvchi , ishchi , bog‘bon - shaxs otlari . Kitob , olma , gilos , daraxt , bolg‘a , tokcha , shkaf - narsa otlari .

Toshkent , Xiva , shahar , qishloq , gulzor , saylgoh – o‘rin-joy otlari .




O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Og‘zaki bayon qilish, “Aqliy hujum” metodi, davra suhbati, o‘zaro tajriba almashish,

Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma materiallar, savollar, prezentatsiya slaydlari, skoch, marker, flipchart, videoproektor.

Nazorat: Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol javob.

Baholash: Rag‘batlantirish

Dars shakli : kichik ma’ruza, suhbat, savol-javob



Nazariy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:

Maqsad:
Kurs tinglovcilariga otning mustaqil bir so‘z turkumi sifatida yoritib berish ko‘zda tutiladi

Vazifalar:

Ta’limiy savol:

1. Ot deb nimaga aytiladi va u qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi ?

2. Atoqli va turdosh otlar qanday bo‘ladi ? Misollarda izohlang .

Tarbiyaviy savol:

1. Shaxs nomlariga misollar keltiring .

2 . Narsa otlari deb nimaga aytiladi ?

Rivojlantiruvchi savol:

1 . Aniq va mavhum otlar ishtirokida gaplar tuzing .




Kutilayotgan natijalar:

Nazariy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Bilim):

Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar har doim qo‘shib yoziladi . M : qorbo‘ron , ko‘ksulton , kungaboqar , o‘rinbosar , …

Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‘lgan atoqli otlar ham qo‘shib yoziladi .

M : Beshariq , Qashqadaryo , Yangibozor , Mingbuloq , Hazarasp , …

Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo‘lgan qo‘shma otlar esa ajratib yoziladi .



M : Markaziy Osiyo , Markaziy Farg‘ona , O‘rta Osiyo ,…

Qaysi savollar beriladi:

1 . Otlarning lug‘aviy shakllariga nimalar kiradi va ularga misollar keltiring .

2. Otlarda son shakli qanday ifodalanadi ? Faqat birlikda qo‘llanadigan otlar qaysilar ?


Nazriy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Ko‘nikma): Shaxs nomlari - kishilarning ismi , otasining ismi , familiyasi , tahallusini bildiruvchi otlar. Familiyalar shaxs ismidan so‘ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir ) , otasining ismiga –ov(a) , -yev(a) qo‘shimchasini qo‘shish bilan ifodalanadi M : Erkin Vohidov , Afzal Rahimov , Pirimqul Qodirov , …

Joy nomlari – ma`lum bir geografik hududga atab qo‘yilgan nomlar . Mamlakat , o‘lka nomlari qo‘shma so‘z shaklida bo‘lganda , tarkibidagi har bir ot bosh harf bilan yoziladi .

M : Amerika Qo‘shma Shtatlari , Janubiy Koreya , O‘zbekiston Respublikasi,..

Tarkibida bo‘yi , orti , oldi so‘zlari ishtirok etgan joy nomlari qo‘shib yoziladi .



M : Buloqboshi , Kavkazorti , …

Qaysi savollar beriladi:

1. Kichraytirish va erkalash otlariga misollar keltiring .

2 . Ot yasovchi qo‘shimchalarning qanday turlari mavjud ?


Amaliy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Malaka):

Xalqaro tashkilot , va oily davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi . M : Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi , Oliy Majlis , Oliy O‘zbek , Birlashgan Millatlat Tashkiloti ,…

Vazirliklar , idoralar , tashkilotlar , va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi . M : Buxoro viloyati hokimligi , Quvasoy sement zavodi , Oliy xo‘jalik sudi .


Qanday topshiriqlar beriladi?

1 . Qo‘shma va qisqartma otlarga misollar keltiring .




Dars jarayoni va bosqichlari:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

metodi

Vaqt (daqiqa)

1-bosqich: tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash

Xotira mashqi

5

2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash

Mavzu bo‘yicha savol-javob orqali tinglovchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi

savol-javob

10

3-bosqich:

Mavzu bayoni


Mavzuni reja asosida yoritish:

Ot-mustaqil so‘z turkimi.

Atoqli va turdosh otlar.

Aniq va mavhum otlar.

Otlarning lug‘aviy shakllari.


Slaydlar asosida kichik ma’ruza.

Aqliy hujum

O‘zaro tajriba almashish

10

10



10

5


4-bosqich:

Mustahkamlash:


Kurs tinglovcilariga otning mustaqil bir so‘z turkumi sifatida yoritib berish maqsadida interaktiv oyinlardan foydalanish

Guruhlarda ishlash.

10

5-босқич: Baholash.

Dars yakuni

Xulosa (savol-javob, fikr mulohazalar va takliflar)



Guruhlarni baholash

Savol-javob



10
5

6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)

Mavzuga oid savollar

Tegishli adabiyotlar tavsiya qilinadi.



Og‘zaki



5



Nazariy mashg‘ulotning borishi:

1-bosqich: O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash

2-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari va ehtyojlarini aniqlash maqsadida og‘zaki savol-javob o‘tkaziladi:

1. Ot deb nimaga aytiladi va u qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi ?

2. Atoqli va turdosh otlar qanday bo‘ladi ? Misollarda izohlang .

3 Shaxs nomlariga misollar keltiring .

4 . Narsa otlari deb nimaga aytiladi ?

5 . Aniq va mavhum otlar ishtirokida gaplar tuzing .



3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish:

Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi.

Ot-mustaqil so‘z turkimi.

Atoqli va turdosh otlar.

Aniq va mavhum otlar.

Otlarning lug‘aviy shakllari



4-bosqich: Mustahkamlash: Kurs tinglovcilariga otning mustaqil bir so‘z turkumi sifatida yoritib berish maqsadida interaktiv oyinlardan foydalanish. Guruhlarda ishlash.

5-bosqich: Savol – javob asosida o‘qituvchining mavzuni mustahkamlash bo‘yicha xulosasi bayon qilinadi

6-bosqich: O‘qituvchi mashg‘ulot yakunida umumiy xulosalar bildiradi va adabiyotlar tavsiya qiladi.

Ot

Shaxs , narsa ma`nolarini , shuningdek , joy nomlarini bildirib , kim ? , nima ? qayer ? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlar ot deyiladi .



Kim ? so‘rog‘i shaxsni bildiruvchi so‘zlarga , nima ? so‘rog‘I narsa-buyumni bildiruvchi so‘zlarga , qayer ? so‘rog‘i joy nomlarini bildiruvchi so‘zlarga beriladi . Shunga ko‘ra otlar shaxs otlari , narsa-buyum otlari , o‘rin-joy otlariga bo‘linadi . M: Otabek , Kumushbibi , vrach , o‘quvchi , ishchi , bog‘bon - shaxs otlari . Kitob , olma , gilos , daraxt , bolg‘a , tokcha , shkaf - narsa otlari .

Toshkent , Xiva , shahar , qishloq , gulzor , saylgoh – o‘rin-joy otlari .



Otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari

Sodda otlar - faqat bir asosdan tashkil topgan otlar . Bunga tub va so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan yasalgan otlar kiradi .M : qalam , ko‘cha , bolalar , ishchi , kurak , …

Qo‘shma otlar – ikki va undan ortiq asosdan tashkil topgan otlar . M : qo‘lqop , oltingugurt , beshiktervatar , ko‘zoynak , Yangibozor , O‘rta Osiyo , tomorqa ,…
Bilib oling . Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar har doim qo‘shib yoziladi . M : qorbo‘ron , ko‘ksulton , kungaboqar , o‘rinbosar , …

Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‘lgan atoqli otlar ham qo‘shib yoziladi .



M : Beshariq , Qashqadaryo , Yangibozor , Mingbuloq , Hazarasp , …

Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo‘lgan qo‘shma otlar esa ajratib yoziladi .



M : Markaziy Osiyo , Markaziy Farg‘ona , O‘rta Osiyo ,…
Juft otlar bir-biriga yaqin , ma`nodosh yoki qarama-qarshi ma`noli asoslardan tashkil topgan otlar . Bunday otlar orasiga chiziqcha qo‘yiladi . M : o‘g‘i- qiz , idish – tovoq , ota – ona , el-yurt , ost-ust , mehr – muhabbat , aka – uka , yosh – qari ,…

Takroriy otlar – bir asosning aynan hamda ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o‘zgarishi asosidagi takroridan tashkil topgan otlar . M : qon – qoniga , tomir – tomiriga , tuz – puz , osh – posh , non – pon , irim – sirim , bug‘doy – sug‘doy ,…

Qisqartma otlar - so‘zning bosh harflari yoki biror bo‘g‘ini , ba`zan qismlari olinib yasalgan otlar . M : BMT , MDH , NATO , ToshDU , UrDU , Davbank( Davlat banki ), Univermag (Universalniy magazin ), …

Otning ma`no turlari

Otlar ma`nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi :

1 . Atoqli otlar . 2 . Turdosh otlar

1 . Atoqli otlar – biror shaxs , narsa yoki joyga atab qo‘yilgan nomlar . Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko‘ra shaxs nomlari va joy nomlariga bo‘linadi .

Shaxs nomlari - kishilarning ismi , otasining ismi , familiyasi , tahallusini bildiruvchi otlar. Familiyalar shaxs ismidan so‘ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir ) , otasining ismiga –ov(a) , -yev(a) qo‘shimchasini qo‘shish bilan ifodalanadi M : Erkin Vohidov , Afzal Rahimov , Pirimqul Qodirov , …

Joy nomlari – ma`lum bir geografik hududga atab qo‘yilgan nomlar . Mamlakat , o‘lka nomlari qo‘shma so‘z shaklida bo‘lganda , tarkibidagi har bir ot bosh harf bilan yoziladi .

M : Amerika Qo‘shma Shtatlari , Janubiy Koreya , O‘zbekiston Respublikasi,..

Tarkibida bo‘yi , orti , oldi so‘zlari ishtirok etgan joy nomlari qo‘shib yoziladi .



M : Buloqboshi , Kavkazorti , …

Bilib oling . Xalqaro tashkilot , va oily davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi . M : Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi , Oliy Majlis , Oliy O‘zbek , Birlashgan Millatlat Tashkiloti ,…

Vazirliklar , idoralar , tashkilotlar , va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi . M : Buxoro viloyati hokimligi , Quvasoy sement zavodi , Oliy xo‘jalik sudi .

Turli korxonalar, mahsulotlar , inshootlar , transport vositalari kabilarga berilgan shartli nom-lar qo‘shtirnoq ichida bosh harf bilan ( Birikmali holatlarda faqat birinchi so‘z ) yoziladi .

M : “Turkiston” saroyi , “Damas” avtomashinasi , “ Umid “ firmasi ,

Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi . Mustaqillik bayrami , Bilimlar kuni , Ustozlar va murabbiylar kuni ,…

Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi 1- so‘z bosh harf bilan yoziladi .

M : Amudaryo , Issiqko‘l , Qora dengiz , Katta Farg‘ona kanali , Chirchiq daryosi ,…

2. Turdosh otlar – bir turdagi shaxs , narsa , o‘rin-joy , faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar .

Shaxs otlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘lib , shaxslarni yoshiga , yashash joyiga , mansab- unvoniga , kasb-koriga , ijtimoiy holatiga , qarindoshlik darajasiga , nasl-nasabiga ko‘ra nomlab keladi . M : chol , yigit , shaharlik , suvchi , zargar , o‘quvchi ,..

Narsa otlari - nima ? so‘rog‘iga javob bo‘lib , jonli va jonsiz narsalarning nomlarini bildiradigan otlar . M : arslon , boychechak , do‘ppi , tesha , oy , yulduz , ilon , tovuq ,…

O‘rin – joy otlari – qayer ? so‘rog‘iga javob bo‘lib , o‘rin-joy ma`nosini bildiruvchi otlar. Bunday otlar o‘rin-joy ma`nosi bilan birga narsalik ma`nosini ham bildiradi . Shuning uchun qayer ? so‘rog‘i bilan birga nima ? so‘rog‘ini olishi ham mumkin .

M : shahar , qishloq , mahalla , ko‘cha , olmazor , saylgoh , sharq , g‘arb ,…

Men shaharda (qayerda?) yashayman . Biz shahar (nima ?) barpo etdik .



Faoliyat – jarayon otlari – shaxs va narsalarning faoliyat-jarayonini nomlovchi otlar .

M : chopiq , loygarchilik , terim , tanlov , chorvachilik , yog‘ingarchilik ,…

Aniq va mavhum otlar

Aniq otlar - sezgi a`zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‘lgan narsalarni bildirgan otlar . M: kitob , gul , kitob , gilos , o‘t , ota , bola , daraxt , …

Mavhum otlar – sezgi a`zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‘lmagan , tafakkur va

tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlar . M: xayol , dev , aql , o‘y ,

uyqu , pari , baxt , havo , do‘stlik , yaxshilik , go‘zallik , sevinch , ishonch ,…

Aniq otlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llana oladi . M: kitob-kitoblar , bola-bolalar ,…

Mavhum otlar ko‘plik sonda qo‘llanmaydi , ular –lar ko‘plik qo‘shimchasini olganda

ko‘plik ma`nosini emas , balki ta`kidlash , kuchaytirish ma`nolarini ifodalaydi .



M : Mehrlarim daryodek toshib ketdi . Xayollarim tinch qo‘ymas meni .

Otlarda egalik va kelishik qo‘shimchalari

Egalik qo‘shimchalari otlarga qo‘shilib , narsa predmetning 3 shaxsdan biriga qarashli , tegishli ekanligini bildiradi va u quyidagi qo‘shimchalar orqali ifodalanadi .

M : Birlik Ko‘plik

I . Kitobim , onam kitobimiz , onamiz

II. Kitobing , onang kitobingiz , onangiz

III. Kitobi , onasi kitob(lar)i , onasi

Otlarning kelishik va egalik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi turlanish deyiladi .

O‘zbek tilida 6 ta kelishik bo‘lib , ular ot yoki ot xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlarni bir-biriga bog‘lash bilan birgalikda o‘sha so‘zning gapdagi sintaktik vazifasini ham belgilashga xizmat qiladi .



Buni quyidagi jadval orqali ifodalaymiz .

T|r


Kelishining nomi

Qo‘shim-

chasi


So‘rog‘i

Misollar

Gapdagi vazifasi

1.

Bosh kelishik

-

Kim?, nima ? qayer?

Shoir , gul , shahar

Ega , kesim va undalma

2.

Qaratqich kelishik

-ning

Kimning? nimaning? qayerning ?

Shoirning, gulning, shaharning

Qaratqich aniqlovchi

3.

Tushum kelishik

-ni

Kimni? nimani ? qayerni?

Shoirni , gulni , shaharni

Vositasiz to‘ldiruvchi

4.

Jo‘nalish kelishik

-ga(-ka,-qa )

Kimga ?nimaga ?

qayerga ?



Shoirga, gulga , shaharga

Vositali to‘ldiruvchi, hol , kesim

5.

O‘rin-payt kelishigi

-da

Kimda? nimada? qayerda?

Shoirda, gulda , shaharga

Vositali to‘ldiruvchi,hol , kesim

6.

Chiqish kelishigi

-dan

Kimdan?nimadan? qayerdan?

Shoirdan , guldan , shahardan

Vositali to‘ldiruvchi,hol , kesim

Otlarning lug‘aviy shakllari

Son shakllari

Otlarning - lar qo‘shimchasini olgan shakli ko‘plik shakli , - lar qo‘shimchasiz qismi esa birlik shakli sanaladi . M : kitob – kitoblar , qush – qushlar , o‘quvchi – o‘quvchilar ,…

Tilimizdagi barcha otlar ham -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul qilavermaydi . Faqat birlikda qo‘llanadigan otlarga quyidagilar kiradi :

1. Mavhum otlar . M: xayol , mehr , sevgi , muhabbat , g‘azab , uyqu ,…

2. Atoqli otlar . Xiva , Xorazm , Anvar , Ra`no , Amudaryo ,…

3. Donalab sanab bo‘lmaydigan narsa-buyum nomlari : bug‘doy , un , suv , benzin ,…

4. Juft qismlarga ega otlar : ko‘z , quloq , qo‘l , oyoq , etik , …

5. Borliqda yakka bo‘lgan otlar : oy , quyosh , ota , ona , men , sen ,…

Faqat birlikda qo‘llanadigan otlarga -lar qo‘shilsa , ko‘plik ma`nosini emas , balki turli uslubiy vazifalarni bajaradi . Jumladan ,

1) hurmat ma`nosini . M: Adamlar keldilar . Onamlar uydalar .

2) o‘zi qo‘shilayotgan otning ma`nosini kuchaytiradi : Qo‘llarim zirqirab ketdi .

Sizlarga qarab zavqlarim toshib ketdi . Ko‘zlarim yashnab ketdi .

3) kesatish mazax ma`nosini beradi : “ O‘rta” baho oldilar, shekilli . O‘zlar ham

qadam ranjida qilibdilar-da .


4) tur , xil ma`nosida : Do‘konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda .Yog‘lar , suvlar

5) umumlashtirish ma`nosida : …o‘rtangan Shirinlarning fojialari , yor vaslini

biyobonlardan izlagan Majnunlarning sarguzashtlari xayolimda jonlandi .Qurilishga

o‘nlagan farhodlar keldi .



Otlarning kichraytirish va erkalash shakllari

Otlarning -cha , -choq , -chak qo‘shimchalarini olgan shakli kichraytirish shakli ;



-gina (-kina , qina) , -jon , -oy , -xon , -bek , -boy , -niso kabi qo‘shimchalarini olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi . M : Kitobcha , uycha , qushcha , qo‘zichoq , kelinchak – kichraytirish shakli .

Qizginam , bolaginam , oyijon , ukajon , oppoqqinam , Salimaxon , Dilshodbek , Tursunoy – erkalash shakli.



Yodda tuting . Otlarning –lar ko‘plik shakli hamda kichraytirish-erkalash shakllari lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar sanaladi .

Otlarning yasalishi

Otlar quyidagicha yasaladi :



I. Ot yasovchi qo‘shimchalar hisobiga , ya`ni morfologik usul bilan yasaladi .

Ot yasovchi qo‘shimchalar ma`nosiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi . Jumladan :



1. Shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar .-chi ,-shunos ,-kor , -bon , -soz , -xon ,-dosh ,- boz ,

-voz , -vchi , -paz , -dor , -kash , -gar ,…Ishchi , tilshunos , bog‘bon , soatsoz , kitobxon ,



sinfdosh , oshpaz , kaptarvoz , majlisboz , o‘quvchi , aravakash ,…

2. Narsa oti yasovchi qo‘shimchalar : -gich (-qich , -g‘ich) , -gi(-qi ,-ki, -g‘i) , -k , -q ,

-oq , -ma , -don , -(i)ndi , -m , -im . M: o‘roq , taroq , tugma , qirg‘ich , tishkovlagich ,

elak , guldon , supurgi , achitqi , tepki , o‘rim , to‘plam , kiyim , cholg‘I , qisqich ,…

3. O‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalar . –zor , -loq , -iston , -goh , -xona . M: gulzor ,

toshloq , qumloq , sartarashxona , saylgoh , O‘zbekiston , Guliston ,…

4. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar : -lik , -ch , -inch . M: do‘stlik , yaxshilik ,

tinch , yupanch , o‘kinch , ahillik , ahmoqlik , …

5 .Faoliyat-jarayon otini yasovch qo‘shimchalar : -lik , -chilik , -garchilik ,-v(uv) ,

-m(-im) , -m (-um) , -q(-iq) . M : ezmalik , g‘allachilik , serobgarchilik , chaquv , terim ,



unum , tanlov , loygarchilik , chopiq , …

II . Sintaktik usul bilan , ya`ni so‘zlarni qo‘shib ot yasash . Bundan qo‘shma otlar hosil bo‘ladi . Ikki va undan ortiq asosning qo‘shiluvidan yuzaga kelgan yangi ma`noli otlar qo‘shma otlar sanaladi . M : qorbobo , atirgul , gultojixo‘roz , O‘rta siyo.

III. So‘zlarni qisqartirish yo‘li bilan ot yasash . Bu faqat otlarga xos bo‘lib , keyingi

davrlarda yuzaga kelgan so‘z yasash usullaridan sanaladi . M : BMT , pedtexnikum ,



Davbank , MDH , UrDU ,…

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

1. Ot deb nimaga aytiladi va u qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi ?

2. Atoqli va turdosh otlar qanday bo‘ladi ? Misollarda izohlang .

3 Shaxs nomlariga misollar keltiring .

4 . Narsa otlari deb nimaga aytiladi ?

5 . Aniq va mavhum otlar ishtirokida gaplar tuzing .

6 . Otlarning lug‘aviy shakllariga nimalar kiradi va ularga misollar keltiring .

7. Otlarda son shakli qanday ifodalanadi ? Faqat birlikda qo‘llanadigan otlar qaysilar ?

8. Kichraytirish va erkalash otlariga misollar keltiring .

9 . Ot yasovchi qo‘shimchalarning qanday turlari mavjud ?

10 . Qo‘shma va qisqartma otlarga misollar keltiring .

Test savollari:

1. «Davlat tili» deganda nimani tushuniladi?

a) Bir davlat hududida asosiy aloqa-aralashuv vositasi bo‘lgan til tushuniladi.

b) Davlatning barcha hujjatlari shu tilda yoziladi.

c) Yig'inlar, anjumanlar shu tilda olib boriladi.

d) O‘zbekistonda Davlat tili o‘zbek tilidir.

e) a,b,c javoblardagi fikrlar tushuniladi.

2. «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir» degan so‘zlar qayerda yozilgan?

a) O‘Rning «Davlat tili» haqidagi Qonunning 1-moddasida.

b) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida.

c) O‘R Vazirlar Mahkamasining Qarorida.

d) a va b javoblar to‘g'ri.

e) a,b va c javoblar to‘g'ri.

3 .O‘zbek xalqi va uning tarixiga mansub bo‘lgan eng katta qadimgi yodgorlik qaysi?

a)Yusuf Xos Hojib. «Qudatg'u bilig» dostoni.

b) Ahmad Yugnakiy. «Hibatul haqoyiq» dostoni.

c) Qutb Xorazmiy. «Xusrav va Shirin» dostoni.

d) Burxoniddin Rabg'uziy. «Qissasul anbiyo» dostoni.

e) Komil Xorazmiy. «Muhabbatnoma» dostoni.

4. Berilgan gaplarda ajratilgan so‘zlarning ma'nodoshlari qaysi qatorda noto‘gri almashtirilgan?

a) Sinfdoshlar yoz bo‘yi ko‘risha olmadilar (uchrasha olmadilar).

b) Rahimaoy tog'asinikiga jo‘nab ketdi (bordi).

c) U chevar yangasidan tikuvchilikni o‘rganmoqchi (hunar).

d) Salimjon ham yoz bo‘yi band edi (bo‘shamadi).

e) U otasidan duradgorchilik sirlarini o‘rganishni niyat qilgan edi (maqsad).

5. Qo‘shimchadosh so‘zlar qatorini belgilang.

a) paxta, paxtalik, paxtazor;

b) ijod, ijodiy, ijodkor;

c) paxtakor, tajribakor, bunyodkor;

d) d) sholikor, lolazor, suvchi;

e) do‘stlik, charxchi, suvoqchilik.

6. O‘zakdosh so‘zlar qatorini toping.

a) bog', tog', o‘tloq; b) maysa, suv, havo;

c)korxona,ishxona,oshxxona; d) bog', bog'bon, bog'dorchilik;

e) yot, ot, qot, soch.

7. Tikuvchilikka oid uyadosh so‘zlarni belgilang.

a) tikuvchi, chevar, hunarmand; b) igna, ip, andoza;

c) tikuv, tikuvchilik, tikuvchi; d) oshxona, oshpaz, osh tuzi;

e) tosh, tosh yo‘l, tosh devor.

8. Quyidagi tuyuqdan «tut» so‘zining ma'nosi noto‘g'ri izohlangan qatorni toping.

Xo‘p shifobaxsh doridir lazzatli tut,

Bu qadim hikmat erur yodingda tut.

Gar dilingda zarra bo‘lsa ishtiyoq,

Tut ekib, tut o‘stirish yo‘lini tut.

a) Xo‘p shifobaxsh doridir lazzatli tut (tut mevasi).

b) Bu qadim hikmat erur yodingda tut (saqla).

c) Gar dilingda zarra bo‘lsa ishtiyoq,

Tut ekib (daraxt)

d) tut o‘stirish (ko‘chat)

e) yo‘lini tut (meva).

9.. O‘z ma'nosida qo‘llangan so‘z birikmasini belgilang.

a) Ona-Vatan, oltin beshik. b) Zumrad ko‘zli uzuk

s)qalbim bahori. d) adabiyotga sayohat.

e) she'riy chaman.
10. Iboralar berilgan qatorni toping.

a) adolat shamoli, malomat toshi; b) safga tizil, haqqing bordir;



c) qo‘lga yalov olish; d) yelkasiga oftob tegdi;

e) qadamini tezlatdi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa