Pedagogik etikada yaxshilik tushunchasi o„qituvchilik faoliyati bilan
bog„liq holda aniqlashtiriladi. Unda o„qituvchi va o„quvchilar jamoasi
manfaatlarining birligi, o„qituvchi va o„quvchi maqsadining birligi, ta‟lim –
tarbiya samarasi uchun kurashining birligi aks etadi.
SHaxs axloqini Xarakterlaydigan belgilardan biri –
mas’uliyat.
O„qituvchi mas‟uliyati –mas‟uliyat tushunchasining butun mazmunini
saqlagani holda‚ o„qituvchining faoliyati va ta‟lim-tarbiya jarayonining aniq
vazifalarini o„z ichiga oladi. O„qituvchi shaxs
zimmasiga bola shaxsini har
tomonlama kamol toptirish mas‟uliyati yuklanadi. O„qituvchi – o„quvchiga
chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. SHu
bilan birga u o„quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab,
individual munosabatda bo„lishi, unda mavjud bo„lgan ijobiy-axloqiy
sifatlarni avaylab o„stirishi darkor.
SHunday qilib, pedagogik odobga ega bo„lgan o„qituvchi o„quvchilar
orasida obro„ qozonadi. O„qituvchi qanchalik ko„proq obro„ qozonsa, ta‟lim
va tarbiya mohiyatan shunchalik muvafaqqiyatliroq bo„ladi.
Aksincha,
o„qituvchi obro„yi qanchalik past bo„lsa, uning bolalarga ta‟siri shuncha bo„sh
va o„quvchilarni voyaga etkazish jarayoni ham shuncha zaif bo„ladi.
Ijodiy ishlaydigan o„qituvchi faqatgina bolalarni muvafaqqiyatli
o„qitish va tarbiyalash, ilg„or o„qituvchilar ish tajribalarini o„rganish bilangina
cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko„nikma va malakalariga ham ega
bo„lishi zarur. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti o„qituvchining
ijodkor
bo„lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan
yutuqlarini o„quvchilarga etkaza olishi, nihoyat o„quvchilarni ham ijodiy
fikrlashga tadqiqot ishlariga o„rgata olishni talab qiladi. SHuning uchun
o„qituvchi‚ eng avvalo‚ tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O„qituvchi
ilmiy tadqiqot ishlari olib borish davomida omillarni to„playdi, tahlil qiladi,
ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o„zining
amaliy
faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon o„qituvchisi uchun zarur
bo„lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi.
O„qituvchi qobiliyatida pedagogik qobiliyat o„rni va ahamiyatini
umumiylashgan holda‚ o„qituvchilar shaxsiga qo„yiladigan asosiy talablar
asosida tushunib olish mumkin. Ular kasbiy bilimdonlik, intelegentlik,
ma‟naviy barkamollik.
Hozirgi davrda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalanish
keskin kuchaygani uchun ham o„qituvchiga va o„quvchiga turli-tuman
axborot texnologiyalari bilan ishlashga to„g„ri kelganligidan ularning
asosiylarini yuqori bilim va aql-idrok bilan ajratib olish zarur. SHuning uchun
o„qituvchilar mehnati va bilimini tashkil qilish uchun quyidagilar zarur.
Pedagogning birgina axborot texnologiyalari muhitida ishlashga
tayyorgarligini tashkil etish. Bu muammoni axborot texnologiyalarini bilish
va ulardan o„quv jarayonida foydalanish ma‟nosida qarash mumkin.
Pedagogning fikrini jamlash, vaqtini tejash hamda o„qitish metodikasini
tashkil etishga imkon beruvchi yagona axborot tizimiga yaqinlashtirish.
Axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta‟lim berishga tayyorlanish va
o„tish. Bunday o„tish o„quv kurslarini axborotli
telekompyuterli holatga
o„tkazishni ko„zda tutadi.
Birlashgan axborot hajmidagi o„quv jarayonining dasturiy–uslubiy
ta‟minlashini tayyorlash.
SHunday qilib, universitetning bo„lajak pedagoglari aniq fanlarni
o„qitishda kompyuterdan foydalanish malakalarini oshirishi va bilishi zarur.
Ta‟limdagi xalqaro tendensiyalarning, xususan‚ kasbiy pedagogikadagi
tahlili o„qituvchining ham kasbga oid va ham shaxsiy sifatiga nisbatan
talablarning keskin ortishiga olib kelmoqda: A) ta‟lim sifatining o„qituvchi
kasbiy bilimdonligi yuqorilashib borishi zarurligini ko„rsatadi; B)
o„qituvchilarga ko„plab ilmiy va ijodiy masalalarni qo„yish va echishlarga
to„g„ri kelmoqda, bu esa o„qituvchi ilmiy va ijodiy
xususiyatlarining ortib
borishiga olib keladi. SHunday qilib, kelajak o„qituvchining uzluksiz ijodiy
shaxsga aylanishi zarurligini ko„rsatadi; V) murakkablashib borayotgan
tarbiya o„qituvchidan yuqori darajadagi intelegentlikni va ruhiy – ma‟naviy
xulqning ortib borishiga talabqilmoqda. G) XXI asr o„qituvchidan o„qitish va
tarbiyaning ilg„or texnologiyalaridan va ajdodlarimiz bitiklaridan doimo
foydalana borishini talab qilmoqda.