imkoniyatiga ega bo„ldi. Bu voqeadan so„ng ko„p sonli o„qituvchilar
jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun hormay – tolmay xizmat qila oladigan,
buyuk Vatan yo„lida o„z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash
vazifasi ko„ndalang qo„yildi. Bu vazifa oliy ta‟lim konsepsiyasida alohida
ta‟kidlanadi. Bunda o„qituvchi – mutaxassis oldida turgan vazifalar
quyidagicha belgilanadi:
Pedagogik bilishga o‘qituvchining barcha harakatlar majmuiga
qarab, ular uning pedagogik faoliyatiga bog„liq bo„lgan, xususiyatlardan va
uning kasbiy fanlardan bilimdonligidan kelib chiqadi.
Pedagogik bilish
qobiliyati:
O„qituvchiga xos bo„lgan bilimlarni o„qitish va tarbiya uslublarini
yangi pedagogik sharoitda ham o„tkaza olish.
Har bir pedagogik holat uchun yangi echimlarni topa bilish.
Aniq pedagogik vaziyatlarda yangi pedagogik echimlarni va ideallarni
taklif eta olish hamda yangisini echish uslublarini topa olish.
O„qituvchining bilish qobiliyatini Markova g„oyasiga ko„ra 7 guruhga
bo„lish mumkin:
1-guruh: pedagogik vaziyatdagi muammoni ko„ra bilish va uni
pedagogik masalaga aylantira bilish. Bu holda masalani o„quvchiga moslay
olish; pedagogik holatning o„zgarishiga qarab, maqsadni zudlik bilan
vaziyatga tomon yo„naltira bilish; turli xil og„ir vaziyatlardan ham mohirona
chiqib keta bilish.
2-guruh: a) nimani o„rgatish; b) kimni o„qitish; v) qanday o„qitish.
a) o„quv fanining tayanch ideallarini fikr nuqtalariga ajrata olish, yangi
sharoitlarni zamonaviy terminlar – atamalar, tushunchalardan foydalanib,
o„quv fanini yangilash hamda turli-tuman axborotlarni (gazeta va jurnallar,
radio va boshqalardan olingan ma‟lumotlarni) tahlil qila bilish, o„z fanini
boshqa fanlar bilan bog„lay olish.
b) kimni o„qitish, o„quvchilarning alohida ruhiy xolatlarini,
bilimdonligini va ularning real imkoniyatlarini aniqlab, so„ng o„qitishga
o„tish; o„quv jarayonini tashkil qilishdan oldin o„quvchilarning talab va
istaklarini hisobga olish.
v) qanday o„qitish uchun har bir vaziyatni yaxshi anglab, har hil
usullardan foydalanib o„qitish va hokazo.
3-guruh: pedagogik bilimdonlikning talabalar pedagogik, psixologik
bilimlarini, yangi pedagogik tajribalarni bilish – bilmasligini bilgan holda,
tinglovchilar va o„z mehnatini, o„zining tajribalarini baholab dars o„tish.
4-guruh: yuqori darajadagi muloqot uslublaridan foydalanish. Unga
boshqaning dunyoqarashini bilish, uning shaxsiga to„g„ri munosabatda bo„lish
va boshqalar kiradi.
5-guruh: bu asosan pedagogning o„z o„rnini bilgan xolda o„zining
kasbiy o„rnini saqlay bilish, o„zining pedagogik qobiliyatini ishga solishi va
o„stirish, o„zining emotsional holatlirini saqlay bilishi va hokazo.
6-guruh: o„z kasbi rivojlanish holatini bila olish, o„z individual stilini
yaratish.
7-guruh: o„z o„quvchisining yil boshida va yil oxiridagi bilimlarini
aniqlay olish, o„qitilganlikning alohida ko„rsatkichlarini topa bilish;
o„qitilganlik va o„qitishning barcha tashkil etuvchilarini o„z vaqtida ishlab
chiqa bilish. “Har kishida muloyimlik, xushmuamolalik bor bo„lsa, fayz,
kamol topishidan o„zga ehtimol yo„q. Har kishi badf‟el bo„lsa, beobro„
bo„lishdan boshqa chora yo„qdir. Xushfe‟llik, muloyimlik hamma
ne‟matlarning yaxshirog„idir” (Voiz al - Koshifiy)
“Mutahassis malakasi – chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash va
kasb tayyorgarligi, kompyuter bo„yicha savodxonligi, o„z bilimini tezlik bilan
yangilash va to„ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi...
SHular qatorida uning intizomi, mas‟uliyat, ziyolilik va o„z bilimini o„z
ishiga, mamlakati mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo„lida ezgulik
va adolatga sadoqat tuyg„ularini ham tarbiyalash zarur.”
Bu vazifa va talablar ayniqsa boshlang„ich sinf o„qituvchilarida to„la
mujassamlangan bo„lishi lozim. Zero, maktabga ilk bor qadam qo„ygan bola
hayot qonun-qoidalarini, sir asrorlarini o„qituvchidan o„rganadi. Agar bolani
chuqur bilimli, e‟tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo„lsak, shu
fazilatlar o„qituvchida mujassam bo„lmog„i zarur. Biror kasbning haqiqiy
ustasi bo„lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma‟lum jismoniy va ruhiy
xislatlar jo bo„lishi zarur.
O„qituvchining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalari. Xolis hakamlar –
tarbiyalanuvchilar. Manfaatdor ota-onalar, keng ommasining ko„z oldida
bo„lishi lozimligi o„qituvchi shaxsiga uning ma‟naviy qiyofasiga yuksak
talablarni taqdim qiladi. Eng avvalo, pedagog amaliy faoliyatining faqat
yarmigina ratsional texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak.
Uning ikkinchi yarmi bu - san‟at. SHu tufayli professional pedagogga taqdim
qilinadigan dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyatlar mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: