kamtarlik kabi sifatlarga ega bo„lishi kerak. Bunday xususiyatlar bo„lmasa,
o„rta pedagogik darajasidan yuqoriga ko„tarila olmaydi.
E’tiqod, odob, fuqarolik burchini anglash – o„qituvchining asosiy
sifatlaridan birir. O„quvchilarga mehr – muhabbat o„qituvchining eng muhim
fazilati. Bu o„quvchilarning hamma qilmishlarini kechirish, ularga
hushomadgo„ylik qilish emas, balki talabchanlik va qattiqqo„llik, adolatlilik
bilan qo„shilgan mehr – muhabbat bo„lib, ana shu sifatga ega bo„lgan shaxs
o„zining ko„p vaqtini va kuchini o„quvchilar tarbiyasiga bag„ishlaydi.
Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash o„qituvchi shaxsiga xos
sifat. Zero haqiqiy pedagog to„la ma‟nodagi jamoatchi bo„lib, bolalarga
hayotda ijtimoiy faol xolatda turishning amaliy namunasini ko„rsatadi.
O„qituvchining muhim fazilati – kishilar bilan tez kirisha olish,
ko„pchilikka aralasha bilish, ulfatijonlik, dilkashli bo„lib, bu unda muomala
madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. CHunki o„qituvchiga hamisha
odamlar bilan aloqa qilishga ular bilan ishlashga to„g„ri keladi.
Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda, o„quv – tarbiya jarayonida
qulay munosabatlar yuritish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar
bo„luvchi pedagogning insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo„lmoqda.
O„qituvchi uchun muhim hislat – insonparvarlik, ya‟ni o„sayotgan insonga
oliy qadriyat kabi munosabatda bo„lish lozim. Insoniy munosabatlar
o„qituvchining shaxsiga qiziqish, o„quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga
yordam berish, ularning gapiga quloq solmoq, uning o„quvchilik faoliyatiga
yuksak talabchanlik, o„quvchi shaxsi rivojlanishiga tashvish qilishdan iborat.
O„qituvchi doim faol, ijodkor shaxs. U o„quvchilarning kundalik
hayotini uyushtiruvchi odam. O„quvchilarning qiziqishini uyg„otish, ularni
o„zi bilan etaklab yurish faqat yuksak irodali kishi qo„lidan keladi. Sinf,
auditoriya, o„quvchilar jamoasi kabi murakkab organlarga pedagogik
rahbarlik qilish tarbiyachidan topqir, zehni o„tkir, savodli, har qanday
vaziyatlarni mustaqil echishga doim tayyor bo„lishligini talab qiladi. Pedagog
– o„quvchilarga o„rnak, o„z orqasidan yurishga unday oladigan odam.
O„qituvchiga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri bu sabr-toqat va
dadillik. O„qituvchining har qanday sarosimaga tushganini, nochorligini
o„quvchilar sezishi va ko„rishi zarur emas. Bu borada A.S.Makarenko –
“tormozsiz o„qituvchi – bu buzuq, haydab bo„lmaydigan mashina” – deb qayd
qilgan. Buni hamisha esda tutish kerak, o„z harakati va axloqini nazorat
qilishi
lozim. O„quvchilar tubanlashmasligi, arzimagan narsalarga
asabiylashmasligik kerak.
O„qituvchi Xarakterida qalbdan mehribonlik – o„quvchilar ruhiy
holatini, ularning kayfiyatini sezishga imkoniyat beradigan va vaqtida
yordamga kelish imkoniyatini beradigan o„ziga xos barometr. O„z
tarbiyalanuvchilarining bugungi kun kelajaklari uchun xavotirlik – bu
pedagogning tabiiy o„zining shaxsiy mas‟uliyatini anglash.
O„qituvchi – talabchan bo„lishi shart. Bu uning muvafaqqiyatli
ishlashining birinchi sharti. Dastlabki eng yuksak talablarni o„qituvchi o„ziga
taqdim qilishi kerak, chunki o„zingda yo„q narsani birovlardan talab qila
olmaysan. Pedagog talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo„lishi
lozim. Pedagogik jarayonlarda bo„lib turadigan keskinliklarni xolis qilish
uchun tarbiyachiga xazil mutoyiba tuyg„usi yordam beradi. “Quvnoq pedagog
xo„mrayganidan ko„ra‚ yaxshiroq o„qitadi” deb‚ bekorga aytilmagan. Uning
ko„lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do„stona piching – ijobiy emotsional
xolat yaratishga yordam beradi va o„quvchilarni o„zga vaziyatga kulgili
tomondan qarashga imkoniyat beradi.
Alohida pedagogning kasbiy nazokati haqida aytib o„tish joiz.
Pedagogik nazokat - bu o„quvchilar bilan bo„lgan muloqotda me‟yorni
(chegarani) bilish.
Nazokat bu tarbiyachining bir joyga to‘plagan aqli,
Do'stlaringiz bilan baham: