Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 62,42 Kb.
bet4/6
Sana14.07.2022
Hajmi62,42 Kb.
#798850
1   2   3   4   5   6
Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishiga oid ta’kidiy diktant.
1. Dala yo’lining ikki tomoni bog‘lar, tutash gullar bilan qoplangan. 2. Daraxtlar orasidan ishchilarning bir xilda qurilgan shinam uylari, kichik-kichik bog‘chalari ko‘rinib turadi. 3. Xirmonga katta yo‘ldan yoki yolg‘izoyoq yo’ldan boriladi 4. Tabiatdan inson manfaatlarini ko‘zlab oqilona foydalanish, tabiat boyliklarini asrash, qo‘riqlash va ko‘paytirish hammaning burchi hisoblanadi. 6. Teraklarning elektr nuridan olachipor ko‘ringan barglari goh shivillar, goh shovillardi.
Matnni o‘qib, uyushiq bo‘laklarni topish. Uyushiq bo‘laklar orasiga nima uchun vergul qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini tushuntirish.
Bir-birini kesishgan, uzun, adil, keng va jimjitgina ko‘chalar bo‘ylab qatorlashgan uylar yap-yangi va shinam edi. Daryo tomondan suvlarning jonli,
nash’ali kuyi oqar edi. Uylar orasidagi devorlarni chirmovich gullar yo qovoq palaklari yoki yosh mevali daraxtlarning novdalari bezar edi.
Uyushiq bo‘laklarda vergulning ishlatilishiga oid o‘z-o‘zini tekshirish diktanti.
1. Inson mehnati, odobi, axloqi va intizomi bilan go‘zal. 2. Zarqishloqning katta-kichik ko‘chalarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. 3. Dilmurod goh to‘xtar, goh bir-ikki odim bosardi. 4. Inson birlik, do‘stlik, ezgu maqsadlar bilan go‘zal va kuchli. 5.Uchopganidanmi yo qattiq hayajonlanganidanmi tez-tez nafas olardi. 6. Sayohatchilar goh atrofdagi xilma-xil o‘simlik va gullarga, goh qorli cho‘qqiga qarab yuqoriga intilishmoqda.
Mustaqil ish. Biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘lakli gaplar tuzish.
So’ngra uyushiq bo‘laklarning bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisi, -u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida bog‘lanishiga oid amaliy ishlar bajariladi, nazariy ma’lumotlar o‘rganiladi.
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Bilan ko‘makchisi biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida ham qo‘llanadi. Bu vaqtda uning o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin bo‘ladi:

Bilan ko‘makchi bo’lib kelganda esa uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz.


Bilan bog‘lovchi vazifasida kelganda, uyushiq bo‘laklar orasida pauza sezilmaydi. Shunga ko‘ra bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi:
kim? kim?
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi:
kim bilan? kim?
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi. (hamshira vrach bilan...)
Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi vazifasida qo‘llanganligini aniqlash.
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina shahar va qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra boshladi. 3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar. 4. Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan.
So‘ngra bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘lakli gaplar tahlil qilinadi:
1. Poyezd kechasiyu kunduzi tinimsiz yo‘l yurib, oxiri belgilangan manzilga yetib keldi. 2. Ozoda ilgakdagi paltosini oldi-da, ro‘moliga qo‘l uzatdi. 3. Boya men kelgan tomondan bir gala turna shitob bilan osmonga ko‘tarildi-yu, safga tizilmay, betartib qanot qoqib, bezovta «qure»ladi. 4. U O‘ktam ham O‘sarjonga qarab, salmoqlanib dedi.
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida ham bog‘lana oladi.
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu) yuklamalari o‘zidan oldingi uyushiq bo‘lakka qo‘shilib yoziladi, -da yuklamasi esa chiziqcha orqali yoziladi. Bu yuklamalar biriktiruv hamda zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi mumkin. - u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llansa, ulardan keyin vergul qo‘yilmaydi. Zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan yuklamalardan keyin vergul quyiladi.
Uyushiq bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan ham yuklamasi bilan bog‘lana oladi. Bunda ham o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini, bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi.

ham
U O‘ktam — va —— O‘sarjonga qarab, salmoqlab dedi.
hamda bilan


Ham yuklama bo‘lib kelganda uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab bo‘lmaydi: Polizlardagi oq qirovga asralgan qirvma qovunlar ham uzildi.


Ham yuklamasi uyushiq bo‘laklardan oldin yoki takrorlanib kelishi mumkin, u faqat uyushiq bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi vazifasini bajaradi: O‘qish havasi menga naqadar xo‘rlik va hayajon keltirganini eslash ham qayg‘uli, ham kulgilidir.
Ham uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelganda ta’kid yuklamasi bo‘lib keladi va uyushiq bo‘laklarni ta’kidlash uchun qo‘llanadi: Odamlar qorda ham ayni fidokorlik bilan ishlar edilar. Gaplarni ifodali o‘qib, bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘laklarni aniqlash.
Kun issiqligidan yeru ko‘k lovillaydi. Vodoprovod jo‘mragidan jildirib tushayotgan suv ham ilib qolgan. 2. Bolalar mening qayerlik ekanimni so‘radilar- da jim bo‘lib chetlanib o‘tirdilar. 3. Uy ham, hovli ham, tomorqa ham juda ozoda edi. 4. Ishchi ham, dehqon ham chorvador g‘am Vatanimiz boyligini oshirmoqda. 5.Unda tok ham, daraxtlar ham, gullar ham did va uquv bilan o‘tqizilgan. 6. Osmon ham, havo ham atrofimizda firuza rangga kirgan qirlar ham beg‘ubor edi.

Download 62,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish