Mustahkamlash
Matnni ko‘chirib, uyushiq bo‘lakli gaplarni topish, gapning qaysi bo‘laklari uyushganligini aniqlash. Buning uchun quyidagi matndan foydalanish mumkin.
Kumushdek tong tog‘ cho‘qqilariga zeb berdi. Osmon tiniq, ko‘m-ko‘k, beg‘ubor. Tog‘ yon bag‘rilarida tizilgan taroq yaproqli archalar, yong‘oqzorlar,
cho‘qqilar va soylar qoyalarga tirmashib chiqayotgan quyosh nurida zardek tovlanib ketdi. Qishloq nurga g‘arq bo‘ldi. Uzoqdan sigir, qo‘y va buzoqlarning ma’ragani eshitilardi.
Gaplarni uyushiq bo‘lakli gaplarga aylantirib ko‘chirish.
1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin nurlarini sochmoqda. Keng dalalardan bahor nafasi ufurmoqda. 2. Sinf rahbari o‘quvchilarning o‘qishi haqida batafsil gapirib berdi.
( Quyidagicha gaplar tuzilishi mumkin: 1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin va hayotbaxsh nurlarini sochmoqda. 2. Keng dalalardan, bog‘lardan bahor nafasi ufurmoqda. 3. Sinf rahbari o‘quvchilarning o‘qishi, o‘zlashtirishi haqida batafsil gapirib berdi.) O‘zingiz mustaqil holda namunadan foydalanib uyushiq bo‘lakli gaplar tuzing.
Uyushiq, bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi. O‘quvchilar bu mavzuni uyushiq bo‘laklar, teng bog‘lovchilar, ularning turlari, bilan ko‘makchisi va yuklamalar haqida hosil qilgan bilimlari asosida amaliy ravishda o‘zlashtirishlari mumkin.
1. Havo kuzni oladigan darajada tiniq va yorqin. 2. Bogimizdagi olmalar hamda shaftolilar gulladi. 3. Hamma yoqda yerning chirik, lekin baquvvat isi anqirdi. 4. Goh futbol, goh voleybol o‘ynaymiz, vaqti bilan meva terishda yoki uzum uzishda ota-onalarimizga yordam beramiz. 5. Vodiyda, bo‘glarda, elning uyida oftob mehri bilan hayot boshlanur.
Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping.
Qaysi gaplarda uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘langan? Bu bog‘lovchilarning turini ayting. Qaysi gaplarda bog‘lovchisiz bog‘langan?
Uyushiq bo‘laklar orasida vergul qo‘yilgan va qo‘yilmagan o‘rinlarga diqqat qiling. Qaysi bog‘lovchi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmagan? Qaysilarida qo‘yilgan?
Javoblar xulosalanadi:
Gapning uyushiq bo‘laklari o‘zaro teng bog‘lovchilar— biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchilari yoki bog‘lovchisiz bog‘lanadi.
O‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordami bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi.
Uyushiq bo‘laklar zidlov bog‘lovchilari yordami bilan bog‘lansa, bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi.
Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yiladi.
yo, yoki, yoxud ayiruv bog‘lovchilari takrorlanib qo’llanmasa, uyushiq bo‘laklar orasiga vergul quyilmaydi.
O‘zaro bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul quyiladi.
Moskvani ko‘rish, unda yashash, o‘qish, ijod qilish ulug‘dir.
Maqsadimiz- tinch yashash, o‘qish, ishlash va qurish.
Maktabimiz bog‘ida olma, o’rik, nok, uzum va bodomlar bor.
Shamol yomg‘ir tomchilarini dam tomga, dam vagon devoriga shopirib o‘ynardi.
O‘qituvchi keltirilgan gaplarni ifodali o‘qib, quyidagilarni bayon qiladi:
Bog‘lovchisiz uyushiq bo‘laklar sanash tugamaganligini (1-gap), va biriktiruv bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin qo‘llanib, uyushiq bo‘laklarni sanash tugaganligini (2- va 3- gap), takrorlanib qo‘llangan bog‘lovchi esa (4-gap) uyushiq bo‘laklarning har biri ta’kidlanishini bildiradi.
O‘quvchilar bu gaplarni tegishli ohangga rioya qilib ovoz chiqarib o‘qiydilar.
Yana misollar keltiriladi.
Esayotgan mayin shabada bog‘larda, dalalarda o‘sibyotgan gullarning iforini uzoq-uzoqlarga olib ketdi.
Malika odamlar bilan suhbat qilishni, hayot to‘g‘risida ularning so‘zlarini eshitishni yaxshi ko‘rardi.
3. Matematikada oluv, qo‘shuv, ayiruv va boshqa hodisalar o‘rganiladi. O‘quvchilardan so‘raladi:
1. Qaysi gaplarga uyushiq bo‘laklar qo‘shish mumkin? Nima uchun? (1- va 2- gapga. Chunki uyushiq bo‘laklar bog‘lovchisiz bog‘lanib, sanash tugamaganligini bildiryapti.)
1. Qaysi gapga uyushiq bo‘lak qo‘shib bo‘lmaydi? Nima uchun? (3-gapga. Chunki uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin va bog‘lovchisi qo‘llanib, uyushiq bo‘laklarni sanash tugaganligini bildiryapti.)
Matnni o‘qib, biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklarni topish.
Inson turmushining birinchi asosi mehnatdir. Mehnat insonning mavjud bo‘lishini, yashashini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish qurollarining tinmay yaxshilanishi, mehnat unumdorligining oshishi, yuksak texnika va yanada takomillashgan texnologiyaning yaratilishi odamlarning atrofdagi dunyoga ongli hamda maqsadga muvofiq ta’sir imkoniyatlarini kengaytirdi.
Mahmud bog‘ va ekinzorda ishlashdan hech vaqt zerikmas hamda dangasalik qilmas edi. U gulxonaga gul ko‘chatlarini, pushtalarga esa karam va pomidor ko‘chatlarini o‘tqizishda bizga yordamlashar edi. Bizning ekinzorimizda kartoshka, pomidor, piyoz, bodring, rediska va karam o‘sardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |