17-Mavzu. Sofradeks ko‘z va quloq tomchilarini qadoqlash va o’rash.
Maqsad.
Korxona sharoitida katta hajmda ishlab chiqariladigan ko’z va quloq tomchilarini
sifatini baholash va standartlash usullarini ishlab chiqish.
Mavzuning axamiyati:
Talabalarga ko’z tomchilari ularni xozirgi kunda tutgan o’rni, Ko‘z
tomchilarida “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 :
2002 rasmiy nashrda keltirilgan sifat ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish.
Vaziyatli masalalar.
1.Sofradeks quloq va ko‘z tomchilari quyish uchun tayyorlangan eritmaning ranggi o‘zgargan.
2.Eritma bilan to‘ldirish uchun tayyorlangan ko’z tomchisining 30%i termik barqaror emas.
Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.
1.Moddalarning eruvchanligi nima?
2.Chin eritmani kolloid eritmadan farqi.
3.To‘yingan va to‘yinmagan eritmalar.
4.Ko’z tomchilariga misollar keltiring.
5.Tomchilarni tayyorlashda erituvchilarga qo‘yilgan talablar.
6.Spirtli eritmalarda spirt quvvatini aniqlash.
7. Tomchilarnimexanik qo’shimchalar
8.Sterilizatsiya usullari.
Ko‘z tomchilari: guttae orntalmicae Ko‘z tomchilari tomchilab dozalanuvchi (qo‘llaniladigan)
suvli, moyli eritmalar, emulsiya yoxud suspenziya xolidagi suyuq dori shaklidir.
Ko‘z dori shakllari (KDSH):qattiq: tabletkalar, lamellar, qalamchalar, sepmalar, ko‘z dorivor
plyonkalari;
suyuq:suvli va moyli eritmalar, emulsiya, suspenziyalar;
yumshoq: gomogen va geterogen surtmalar;
gazsimon: aerozollar (ko‘z spreylari);
Ko‘z tomchisini izotoniklash uchun qo‘shiladigan yordamchi modda dorivor modda bilan mos
kelish-kelmasligiga qarab tanlanadi. Ba’zi xollarda giper yoki gipotonik eritmalarni qo‘llash
ruhsat etiladi va bu haqda xususiy maqolada ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ko‘z tomchisining me’yordagi qovushqoqligi 5–15 sP oralig‘ida bo‘lib, bu ko‘rsatkich 40 - 50 sP
dan oshib ketmasligi kerak.
Ko‘z tomchilarining rangi DF XI nashri 1-jild 194 betda keltirilgan «Suyuqliklarning rangini
aniqlash” maqolasi bo‘yicha ranglilik etalonlari bilan solishtirib yoki xususiy maqolada keltirilgan
ko‘rsatmalar bo‘yicha vizual aniqlanadi.
-Solishtirish uchun olinadigan tekshiriluvchi suyuqlik va etalon hajmi bir xil miqdorda olinishi
kerak. Solishtirish diametri va shishasi bir xil bo‘lgan probirkada, oq fonda olib boriladi (pri
dnevnom otrajennom svete na matovo - belom fone).
-Tekshirilayotgan namunaning rangi etalonnikiga to‘g‘ri kelishi yoki yaqin bo‘lishi kerak, lekin
intensivligi bo‘yicha ortib ketmasligi kerak.
- Rangsiz bo‘lishi kerak bo‘lgan suyuqlikni yuqoridan butun suyuqlik qatlami orqali kuzatib, oq
fonda tekshiriladi.
-Rangi bo‘yicha suvdan farqlanmaydigan suyuqliklar rangsiz suyuqlik hisoblanadi (eritmalarda
esa erituvchisidan farqlanmaydigan).
-Ko‘z tomchilari "Sterilizatsiya" maqolasiga ko‘ra va hususiy maqola ko‘rsatmasiga binoan
sterillanadi.
-100
0
S xaroratda 30 daqiqa sterillanadigan (stabilizatorsiz) dori modda eritmalari;
-100
0
S xaroratda 15-30 daqiqa sterillanadigan (stabilizator qo‘shib) dori modda eritmalari;
-Haroratga chidamsiz dori modda eritmalari
-Korxona sharoitida termolabil modda eritmalari bakterial filtrlardan o‘tkazilib, mexanik usulda
sterillanadi. .
- Ko‘z tomchilarining sterilligiDF XI nashri,2 jild,187 bet maqolasiga ko‘ra tekshiriladi.
-In’eksion eritmalarning idishlardagi hajmi nominal hajmdan ortiq bo‘lishi kerak.
Idishlardagi in’eksion eritmalarninghajmi kalibrlangan shprits (idish hajmi 50ml gacha bo‘lsa)
yoki kalibrlangan silindr (idish hajmi 50ml dan ko‘p bo‘lsa) yordamida 20±2°S haroratda
aniqlanadi.
Ko‘z tomchilarida “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 -
01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:
1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
2. Xalkaro patentlanmagan nomi
3. Tarkibi
4. Tavsifi
5. Sterilizatsiya va to‘ldirish shartlari
6. CHinligi
7. Tinikligi
8. Rangliligi
9. pН yoki kislotalilik yoki ishkoriylik
10. Mexanik qushimchalar
11Qovushqoqligi
12. Osmolyarligi
13. YOt aralashmalar (o’xshash birikmalar)
14. Qadoqni to‘ldirish hajmi
15. Sterilligi
16. Mikdoriy tahlili
17. O’rami
18. Yorliqlash
19. Tashish
20. Saqlash
21. YAroklilik muddati
22. Asosiy farmakoterapevtik guruhi
1-Laboratoriya ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |