Mavzu: Ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati


II bob. OGAHIY – RUBOIYNAVIS



Download 409 Kb.
bet17/24
Sana21.01.2022
Hajmi409 Kb.
#396574
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
“ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati

II bob. OGAHIY – RUBOIYNAVIS

2.1. Shoir ruboiylarining janriy xususiyatlari

Har qanday adabiy shakl mazmun tomoni bilan qimmatli. Ruboiyda ham mazmun asosiy rolni bajaruvchi birlamchi. Badiiy tasvir prinsiplari va bayon usullari, kompozitsiya xarakteri nuqtayi nazaridan ruboiyning ma’noga munosabati haqida konkret gaplar aytaverish mumkin. Ammo uning mavzu ko’lamini aniq belgilab , tasnif qilish masalasida bunday deyish qiyin. Negaki, shoirlar ruboiyda ishq haqida ham, falsafa haqida ham, axloq haqida ham, xullas, she’riyatda foydalanishi mumkin bo’lgan deyarli barcha mavzularda qalam yuritganlar. Ruboiyda madhiyalar, marsiyalar, ta’rix, na’t va munojotlar aytilgan. Biroq ruboiy mundarijasining yetakchi yo’nalishlariga qarab shartli ravishda bo’lsa-da, mavzu tomondan uch katta guruhga ajratish mumkin:



  1. Falsafiy ruboiylar.

  2. Ishqiy ruboiylar.

  3. Ta’limiy-axloqiy ruboiylar

O`tmish vа hоzirgi zаmоn оlimlаri fikr-mulоhаzаlаri аsоsidа rubоiyning jаnriy хususiyatlаri hаqidа quyidаgichа хulоsаlаr chiqаrish mumkin:

1. Rubоiylаr to`rt misrаdаn ibоrаt bo`lib, hаzаj bаhrining ахrаb vа ахrаm shаjаrаlаridаgi 24 sho’bаdа yarаtilаdi. Bоburning ko`rsаtishichа, bulаr quyidаgi vаznlаrdir.

I. Ахrаm vаznlаri:

1. Mаf’ulun fо’ilun mаfо’iylun fа’.

2. Mаf’ulun fо’ilun mаfо’iylun fо’

3. Mаf’ulun fо’ilun mаfо’iylu fаul.

4. Mаf’ulun fо’ilun mаfо’iylun fа’uvl.

5. Mаf’ulun mаf’ulun mаfо’iylun fа’

6. Mаf’ulun mаf’ulun mаfо’iylun fо’.

7. Mаf’ulun mаf’ulun mаfо’iylu fа’ul.

8. Mаf’ulun mаf’ulun mаfо’iylu fа’uvl.

9. Mаf’ulun mаf’ulu mаfо’iylun fа’.

10. Mаf’ulun mаf’ulu mаfо’iylun fо’.

11. Mаf’ulun mаf’ulu mаfо’iylu fа’ul.

12. Mаf’ulun mаf’ulu mаfо’iylu fа’uvl.

II. Ахrаb vаznlаri

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylun fа’

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylun fо’

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylu fа’ul

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylu fа’uvl

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylun fа’

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylun fо’

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylu fа’ul

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylun mаf’ul

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylun fа’

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylun fо’

Mаf’ulun mаfо’iylun mаfо’iylu fа’ul

Mаf’ulu mаfо’iylu mаfо’iylu fа’uvl.1

Muhim jihаti shundаki, Nаvоiy vа Bоbur dаvrlаridа yarаtilgаn rubоiy vа rubоiyalаrning ko`pchiligidа uchinchi misrа bоshqа vаzndа yarаtilgаn. Chunоnchi, Bоbur “Muхtаsаr”idа kеltirilgаn rubоiy vа rubоiyalаrning dеyarli hаmmаsidа shu hоlni ko`rish mumkin:

Ey sеndin o`lub bаg`rimu hаm ko`ksim dоg`,

Ko`nglum o`tu ul o`tqа to`kub аshkim yog`.

Tаn o`lsа g`аming ichrа jоningg`а fidо,

Jоn kuysа muhаbbаtingdа, sеn bo`lgin sоg`.

Bоbur mаzkur rubоiysining 3-misrаsi ахrаbning mаf’uli mаfо’ilun mаf’ulun fа’ul (qоlgаn misrаlаridа охirgi rukn fо’) vаznidа bitilgаnini ko`rsаtаdi. Bоbur kеltirgаn misоllаrning ko`pchiligidа bir rubоiyning o`zi 2 хil vаzndа yozilgаn. Bizningchа, buning sаbаbi shuki shоir shе’rхоn diqqаtini аsоsiy fikrgа tоrtish uchun o`shа fikr ifоdаlаngаn misrаni (аksаriyat 3 – misrаni) bоshqа vаzndа yarаtаdi.

2. Rubоiy qоfiyalаnishigа qаrаb 2 хil bo`lаdi:

а) Хоsiy rubоiy – а-а-b-а shаkldа qоfiyalаnаdi;

b) Rubоiya yoki tаrоnаi rubоiy – hаmmа misrаlаr qоfiyadоsh bo`lаdi (а-а-а-а).

3. Rubоiy fоrs-tоjik shе’riyatidаgi “dubаyti” (yoki “du bаytiy”)dаn g`оyaviy vа shаkliy-bаdiiy хususiyatlаri bilаn fаrq qilаdi. “Du bаyti” vаzn jihаtidаn hаm qоfiyalаnish jihаtidаn hаm erkinrоq bo`lаdi.

Rubоiydа аnchа qаt’iy qurilish hаm mаvjud. Eng yaхshi yozilgаn, jаnrning bаrchа tаlаblаri e’tibоrgа оlingаn rubоiylаrdа аsоsаn to`rt unsur bo`lаdi.

Bu unsurlаr to`rt misrаdа аytilmоqchi bo`lgаn fаlsаfiy, ахlоqiy yoki ijtimоiy fikrning to`g`ri, bаdiiy yuksаk, kоmpоzitsiоn jihаtdаn pishiq bo`lishini tа’min etаdi. Shungа ko`rа, rubоiyninig birinchi misrаsi tеzis bo`lib, undа shоir mаzkur rubоiydа аytmоqchi bo`lgаn fikrni o`rtаgа tаshlаydi. Bоshqаchа аytgаndа, rubоiyning birinchi misrаsi uning g`оyaviy vа mаzmuniy yo`nаlishini bеlgilаydi. Ikkinchi misrаni mа’lum аntitеzis dеyish mumkin. Bundа birinchi misrаgа qаrаmа-qаrshi fikr аytilаdi. Rubоiyхоn birinchi misrа bilаn ikkinchi misrаni, undаgi fikrlаrni qiyoslаydi, ijоbiy mаzmun bilаn sаlbiy mаzmunni, tаsdiq bilаn inkоrni, ulаrning hаyot, jаmiyat qоnun-qоidаlаri bilаn qаnchаlik mоs kеlish-kеlmаsligini muhоkаmа qilib ko`rаdi.

Rubоiyning uchinchi misrаsi mоddаi rubоiya dеb аtаlаdi. Bu misrа shоirning to`rtinchi misrаdа аytmоqchi bo`lgаn хulоsаsi uchun ko`prik vаzifаsini o`tаydi. Rubоiyning to`rtinchi misrаsi sintеz dеb аtаlаdi. Bundа shоir аvvаlgi uch misrаdаn g`оyaviy хulоsа chiqаrаdi. Bu хulоsа shоirning аsоsiy g`оyasidir. Rubоiyning bundаy nаmunаsi fоrs-tоjik аdаbiyotdа Umаr Хаyyom ijоdidа to`lа shаkllаngаn.

Bu jаnrning yanа bir tоmоni bоrki, kаttа istе’dоd bilаn yozilgаn hаr bir rubоiygа, hаttо uning hаr bir misrаsigа mаqоl vа hikmаtli so`zlаrdаn ekvivаlеnt tоpish mumkin. Аyni pаytdа ko`pginа rubоiylаr misrаlаri хаlqning mаqоl yoki hikmаtli so`zlаrigа аylаnib kеtgаn. Mа’lumki, mаqоl vа hikmаtli so`zlаr оg`zаki ijоdning eng kichik nаmunаlаridir. O`zbеk rubоiysining shаkllаnishidа o`zbеk fоlklоri muhim оmil bo`lgаn, dеyish mumkin.

Fоrsiy vа turkiy mumtоz аdаbiyotdа rubоiynаvislik ахlоqiy-fаlsаfiy qаrаshlаrni bаyon etish ehtiyoji o`lаrоq fаоl rivоjlаndi. Hаttо o`shа dаvrlаrdа tаsаvvuf shаyхlаrining hаm o`z qаrаshlаrini rubоiylаr yordаmidа ifоdаlаgаnliklаrigа guvоh bo`lish mumkin. Хоjа Аbduхоliq G`ijduvоniy, Хоjа Оrif Mоhitоbоn, Хоjа Bаhоuddin Nаqshbаnd vа piri murshidlаr ijоdiy mеrоsi bungа dаlildir. Fоrsiy аdаbiyotdа Umаr Хаyyom, Ibn Sinо, Pаhlаvоn Mаhmud rubоiyning go`zаl nаmunаlаrini bitgаn bo`lsаlаr, turkiy аdаbiyotning bu sоhаdаgi pеshqаdаmlаri sifаtidа Аlishеr Nаvоiy, Bоbur, Pоshshохo`jа, Munis, Оgаhiy, Muqimiy nоmlаrini аlоhidа e’tirоf etish mumkin. Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” dеvоnidа do`stu hаmrоzning, hоmiy vа mеhribоnning yo`qligini, fаlаkning bеrаhmligi-yu, dаvrоnning bеmеhrligini ifоdаlоvchi rubоiylаr ko`p. Ulаrning аyrimlаridа shоir hаyotining bа’zi nuqtаlаri аks etgаn:

Har dam yuz urub shiddatu tug’yonga sovuq,

Ko’rguzdi jafolar mani hayrong’a sovuq,

Yuz nish urub bu tani uryong’a sovuq,

Faryodki, yetkurdi mani jong’a sovuq.

Ogahiy rubоiylаridа dаstlаb ko`zgа tаshlаnаdigаn nаrsа ulаrning g`оyaviy rаng-bаrаngligi vа shаkliy jihаtdаn bаrkаmоlligidir. Jumlаdаn, Ogahiy rubоiylаridа mеhnаtni ulug`lаsh, riyokоr оdаmlаrni qоrаlаsh, zоlimlаr zulmigа lа’nаt tоshini yog`dirishu mаzlumlаr hоligа аchinish, do`stlikni yoqlаb, munоfiqlikni fоsh qilish, ezgulikni tаrаnnum etib, yovuzlikkа nаfrаt bildirish, erkinlik hаvоsidаn to`yib-to`yib nаfаs оlish-u, erksizlik dаhshаti, so`nmаs ishq sоziyu vаfо tаrоnаsi o`z ifоdаsini tоpgаn. Qisqаsi, shоir XIX аsr o`zbеk аdаbiyoti uchun muhim bo`lgаn dеyarli bаrchа mаsаlаlаrgа rubоiy bаg`ishlаgаn.

Ey, keldi fununi ilm taslim sanga, - a

Qilmoq mango lozim o’ldi ta’zim sanga, - a

Garchi yo’q edi quvvat ayoqimda , vale - b

Keldim bosh ila olg’oni ta’lim sanga. - a

Ushbu ruboiy xossa ruboiy hisoblanib, a-a-b-a tarzida qofiyalanadi. Ruboiyda “taslim”, “ta’zim”, “ta’lim” kabi arabcha so’zlar o’zaro qofiyadosh bo’lib kelgan. Bu ruboiyda Ogahiy ilm-fanni juda yuqori ko’taradi. Ahli funun ya’ni ilmga tashna kishilar ilm olish uchun taslim bo’lishdi. Hatto ilm oldida ta’zimda bo’lishgan. Oyog’imda quvvat bo’lmasa-da, ta’lim olishga keldim deydi shoir va xalqni ilm olishga chaqiradi.

To kajlik ila kirdi falak davrong’a,

Dono hama non gadosidir nodong’a,

Tuzlik bilan aylansa erdi gar gardun,

Nodon yuzi tushmagay erdi bir nong’a.

Bu satrlar hech qanday izohni talab etmaydi. Ularda hayot, jamiyat haqida sodda, ammo qanchalik chuqur, haqqoniy fikrlar bayon qilingan. To’rttagina misrada butun dunyo, hayot real baholangan, hayotdagi haqsizliklarga qarshi chuqur norozilik tuyg’usi o’z ifodasini topgan. Ogahiy ruboiylarida yana boshqacha, birmuncha yashirin holda ham zamonasini fosh etadi, ozodlik haqidagi fikrlarini ilgari suradi.

So’zdir bu jahon ahli aro qulzumi jarf,

Pokiza maoniy angadur durri shigarf,

Bu bahr topar ko’ngul aro gunjoyish,

Lekin anga har ko’ngul bo’la olmas zarf.

Bunda Ogahiy so’zning qimmatli durdona ekanligini va dunyoda chuqur ma’noli so’zlar ko’pligini , ammo so’z har ko’ngilga ham joylasha bermasligini, o’z davrida so’z qadrini biluvchilar, sof ko’ngilli odamlar juda kam ekanligini bayon qiladi. So’zning ahamiyati nutqda qo’llangandagina ko’rinadi. Chunki so`z vа tilning tаriхiy-mаdаniy, mа’nаviy qudrаti chеksiz bo`lsа-dа, u nutq jаrаyonidа rеаllаshаdi, uning imkоniyatlаri nutq оrqаli nаmоyon bo`lаdi.

Ihsoningga, ey yori qadrdon, qulluq,

In’omingga ham behaddu poyon qulluq,

Yuz qulluq agar har nafas etsam yeridur,

Kim lozim erur manga faravon qulluq.

Ogahiy bu yerda juda ham ajoyib so’z o’yini ishlatadi. “Qulluq” ikki ma’noda ishlatiladi, birinchi uch misrada “qulluq” so’zi minnatdorlik ma’nosida keladi, ammo keyingi misrada “faravon qulluq” kontekstda “qulluq” so’zi o’zining asl ma’nosi-birovga qaram bo’lishning tamom aksini, ozodlikni ifodalaydi. In’om, ehson hayotda, qanday yo’sinda bo’lmasin, kishi ozodligini ma’lum darajada bo’g’adi, uni birovga bog’liq qilib qo’yadi. Shuning uchun Ogahiy beminnat yashash afzalligini ta’kidlab, kishi erkinligini bo’g’uvchi hamma holni qoralaydi, ozodlikni ulug’laydi.

Bad tiynat ulus bum kibi shumdurur,

Tarbiyat angakim etsa mazmundurur,

Zaqqum niholi ichsa gar obi hayot,

Oxir berajak mevasi zaqqumdurur.

Yoki:

Dahr ahlidin ummed ato qilma abas,



Gar oqil esang, bo’yla xato qima abas,

Aylab tama’vafo sitamgarlardin,

O’z joningga o’q o’zing jafo qilma abas.

Shоirning mаnа bu rubоiysidа esа o`z murаkkаb tаqdiri misоlidа insоn hаyoti murаkkаbligini tаsvirlаsh, dаvrоndаn zоrlаnish ruhi ustun.

Zarra uchubon nayyiri a’zam bo’lmas,

Yer bolish etib avji falak ham bo’lmas,

Inson aro nodonni bilish hayvondur,

Hayvon necha zo’r aylasa odam bo’lmas.

Yana:

Qilmoq bila parvarish tikan gul bo’lmas,



Ham tarbiyat ila zog’ bulbul bo’lmas,

Gar asli yomong’a yaxshilik ming qilsang,

Yaxshilik oning niyati bilkul bo’lmas.

Bu to’rtliklar mazmunida xalq maqollari yotadi.

Xalqning asrlar mobaynidagi tajribasi natijasida maydonga kelgan bu fikrlarni Ogahiy bejiz qayta-qayta ta’kidlamaydi. Chunki Ogahiy gumanizmi qandaydir abstrakt, konkret maqsaddan tashqari tushuncha emas. Insonga muhabbatni kuylagan, inson taqdiri, qadr-qimmatini o’ylagan Ogahiy gumanizmida hayotga nisbatan aktiv munosabat bor. Ogahiy tushunchasicha, sevishga, muhabbatga loyiq, arziydigan insonlar bor. Bularni Ogahiy halol mehnat bilan kun ko’ruvchilar ichidan topdi, ular ruhan boy, fozil kishilar bo’lsalarda, lekin hayotda mavjud tuzum natijasida nohaq xoru zor yashaydilar. Ogahiyning ko’ngli, yuragi , muhabbati ana shu kishilarda, u butun umri davomidagi ijodini ana shu kishilar taqdirini yaxshilashga bag’ishladi, buning yo’llarini axtardi.

Yo rab, meni nafs bandidin ayla xalos, -a

Ham kibru havo kamandin ayla xalos. -a

Har ishda pisandingni manga ro’zi etib, -b

Olam elining pisandidan ayla xalos. -a

Ogahiyning bu ruboiysida birinchi , ikkinchi, to’rtinchi misralar radiflidir. Ba’zan radif to’rt satrda ham qo’llanadi. Ogahiyning quyidagi ruboiysi bunga misol bo’lishi mumkin:

To tushti firoq o’tig’a bemor ko’ngul, -a

Yuz dardu g’amu alamg’a duchor ko’ngul. -a

Davron sitami tig’idin afgor ko’ngul, -a

Bo’lmish mandin maluli bezor ko’ngul. -a


Yoki:

Kofir ko’zi bedod ayon ayladi lo, -a

Javr o’qig’a jonimni nishon ayladi lo, -a

Har lahza ishim ohu fig’on ayladi lo, -a

Oxir mani rasvoiy ohu jahon ayladi lo. -a

Har ikkala ruboiy ham taronayi ruboiy hisoblanadi. Ruboiyning to’rttala misrasi ham qofiyalangan. Ikkala ruboiydagi “bemor”, “duchor”, “afgor”, “bezor”, “ayon”, “nishon”, “fig’on”, “jahon” so’zlari mutlaq qofiya hisoblanadi.

Dastlab shoirning tasavvufiy mavzudagi ruboiylarini ko’rib chiqsak.

Yo Rab qilibon g’amingni mahbub manga,

Dardingni tun-u kun ayla matlub manga,

Ruhimni hamisha nafga g’olib et,

Nafsimni hamisha ayla mag’lub manga.

Bu ruboiy xossa ruboiy hisoblanadi. Radifi – manga. Qofiyalanish tartibi – a-a-b-a. “mahbub”, “matlub”, “mag’lub” kabi arabcha so’zlar o’zaro qofiyalanib kelgan. Ogahiy ruboiylarini o’qiganimizda Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy , Boburning izidan borganligini ko’ramiz.

Ushbu ruboiy ishqi ilohiy xarakterida bo’lib, Ollohga murojaat bilan boshlanadi. Tasavvufda nafs ham, ruh ham ma’lum bir ma’noni anglatadi. Nafs –jon, o’zlik, ruhdan pastdagi tuyg’ular ma’nosini anglatadi. Tasavvuf ahli nafsni insondagi shaytoniy, hayvoniy, xususan, shahvoniy quvvatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi bir mavjudlik sifatida ta’riflaganlar. Ularning nazarida, inson uchun dunyoda nafsdan kuchli, nafsdan xavfli dushman yo’q bo’lishi ham mumkin emas. Yuqoridagi ruboiyda ham nafsning ruhdan quyida qurganligi yaqqol sezilib turibdi.

Ey Olloh g’amingni menga do’st, hamroh qilgin toki u men bilan yursin. Darding esa hamisha menga yo’ldosh bo’lsin. Mening ruhimni doim g’olib bo’lsin-u, nafsim esa mag’lub bo’lsin.

Nafs, ruh, fano, baqo kalimalarining ma’no-mazmuni bizga go’yo yod bo’lib ketganday. Ularning lug’aviy ma’nosi shunday deyishga asos ham berish mumkin. Ammo istilohiy, irfoniy mazmun ushbu kalimalarning har biri ustida alohida to’xtalish, muallif maqsadiga yaqinlashtiruvchi tushuncha, ma’lumot va sharhlardan xabardorlikni talab qiladi. Ruh haqiqiy go’zallik, nafislik, samoviy va erkinlik timsoli. “Ruhning mohiyatini izohlash, - deydi Imom G’azzoliy, - uning o’ziga xos xususiyatlarini anglash g’oyat xayratlanarli va ko’p g’aroyib ishlardan bahs yuritish demak. Ruhning asosiy sifatlari zavq, soflik, basirat, g’aflatda qolmaslik, siroyat quvvati, ashyodan tug’iladigan g’am-alamni qabul qilmaslik”. Ma’lumki, inson ham ilohiy, ham bashariy, ham mutlaq, ham muvaqqat bir mavjudlik. Uning to’rt unsur- tuproq, suv, havo, va olovdan yaratilganligi hisobga olinmaganda ham, u o’zaro qarama-qarshi ikki kuchdan tarkib topgandir. Shuning uchun bashriy his, mayl, ehtiyojlar girdobiga tushib, ruh va ruhiy hayot bilan chuqur qiziqilmasa, nafs g’alayoni va isyonidan vujuddagi musaffo fazilatlar yo majruhlanadi, yoki butunlay barham topadi1

“Nafsni sevish eng muhtasham butdir. O’zga butlar uning vositasida paydo bo’ladi va qolgan barchasini ugina yakson aylay oladi”, - deydi Aziziddin Nasafiy. Demak, donishmand shoir Muhammad Rizo Ogahiy:

Ruhimni hamisha nafsga g’olib et,

Nafsimni hamisha ayla mag’lub menga,-

Deganida ma’naviy butunlikning o’zak nuqtasiga diqqatni qaratgan. Navoiy esa “Ruh ul nurdurki, Haq anga bermish avj”, - deydi. Bu ruhning nurdan yaralganiga ishoradir. Bandasi shu nurga oshuftalik va g’amxo’rlikni qancha oshirsa, haq unga o’shancha kuch va ilhom beradi. Nafsda esa hammasi nisbatan boshqacha: u buqalamunlik sifatiga ega. Har on, har lahzada o’zga tusga kirishi, istalgan bir paytda ishni buzib, sohibini xayolga kelmas shumliklarga yo’llashi hech gapmas. Chunki tasavvufshunoslikda ta’kidlanganidek, “Nafsning barchaxulq va sifatlari ikki narsadan tug’iladi: birinchisi, xafiflik, ya’ni yengillik, ikkinchisi, ochko’zlik va ehtiros. Yengillik uning jaholatidan, ochko’zlik hirsidan yuzaga chiqadi”2.

Ogahiy ham Ollohga murojaat qiladi. Nafs degan dushman uni yo’ldan urmasligi uchun Haqdan marhamatini ayamasligini so’raydi. Tasavvufda hamisha ruh nafsdan ustidan g’olib bo’lgan. Inson qachonki nafsini yenga olsa Ollohga yetishishi mumkin. Uning ilonni ko’rishga muyassar bo’lishi mumkin. Ruhoniyatning nafsoniyat ustidan g’alaba qilishi komillik yo’lining nihoyasidir. Bunga erishmoq uchun ikki kuch – ruh va nafs orasidagi murosasiz kurashning sabab va ehtiyojlarini mushohada qilish zarur.

Ruhning kamoli va shaxsiyatning butunlashuviga shundan so’ng bir umid bilan qarash mumkin bo’ladi. Mumtoz she’riyatimiz mehvaridagi masala ham mana shu edi. Ogahiy ham o’z ruboiysida ruhning, nafsning ustidan g’olib kelishi fikrini ilgari suradi. Ruhim shunday bir qudratli kuch bo’lsinki, nafs hamisha undan yengillib , mag’lub bo’lsin.

Shoirning yana bir ruboiysi xuddi shu mavzuda yozilgan.

Yo Rab , mani nafs bandidin ayla xalos -a

Ham kibru havo kamandidin ayla xalos -a

Har ishda pisandingni man ro’zi et -b

Olam elining pisandidin ayla xalos -a

Ruboiyni ilmiy jihatdan tahlil qiladigan bo’lsak, radifli (“ayla xalos”) ruboiy hisoblanadi. Qofiyalanish tartibi: a-a-b-a. qofiyalanishidan ko’rinib turibdiki, xossayi ruboiy sanaladi. Ya’ni 1-,2-,4-misralar o’zaro qofiyalanib kelgan.

Ollohga murojaat bilan boshlangan ushbu ruboiyda ham nafsni yengish e’tiborga olingan. Tasavvufda nafsni yengish quroli esa – ishq hisoblanadi. Inson Ollohga intilib, uning qaytgan amallaridan chiqmasa, Ollohni sevsa, albatta, nafsni yenga oladi. Va hech qachon nafsga qul bo’lmaydi.

Ey Olloh, nafsning meni o’ziga bandi, asir qilishidan xalos etgin. Kibru havoning ham meni o’rab olishidan asragin. Buning uchun menga har ishda o’izng yoqtirgan ishlarni in’om etgin. Men shu ishlar bilan mashg’ul bo’laygin-u, nafs, kibr-u havo hech qachon tobe qilmasin. Ammo xalqning, olam elining ishlaridan xalos etgin. Bularga berilib naf, kibr-u havo yo’liga kirmaygin.

Ey nafs o’zing g’am yukig’a aylama to’sh, -a

Tark ayla taaluq nikil ul o’ylaki qush, -a

Man xastag’a ish qachong’acha bo’lg’usidur, -b

San zolim ila goh yarash, gohi urush. –a

Bu ruboiy ham tasavvufiy mavzuda bo’lib, nafsning yomon illatlari qoralanadi. Nafs , aslida, jon, o’zlik, ruhdan pastdagi tuyg’ular ma’nosini anglatadi. Tasavvuf ahli nafs so’zining mazmun-mohiyatini tubdan o’zgartirganlar va nafsni insondagi shaytoniy, hayvoniy, xususan, shahvoniy quvvatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi bir mavjudlik sifatida ta’riflaganlar. Ularning nazarida, inson uchun dunyoda nafsdan kuchli, nafsdan xavfli dushman yo’q, bo’lishi ham mumkin emas. Najmiddin Kubroning ta’riflashicha, “Nafs o’lmaydigan bir ilondir. “Af’o” atalmish zaharli ilon buning aniq timsoli erur. Bu ilon kesilsa, boshi ezilsa, terisi badanidan shilinib, go’shti maydalanib pishirilsa ham, oradan qancha yil o’tishidan qat’i nazar, terisiga quyosh nurlari tegishi bilan harakatlana boshlar. Nafs ham xuddi shundaydir…” . Mana shuning uchun sayri sulukka yuz burgan kishi nafsga qarshi qat’iy mujodala etmog’i shartdir. Zero, nafsi shumni mag’lub etgan – tabiatdagi barcha yomonlik, barcha botiniy chirkinlik va ojizliklarni mag’lub qiladi. Nafsni yengish – qalbdagi shayton eshiklarining bekilishi demak.1

Ruboiyda nafsning kishilarga o’zining yukini tashlab mag’lub qilmasligi ifodalangan. Nafs tufayli goh urush bo’ladi, gohida yarash bo’ladi. Shoir nafsni zolim deb ataydi. Kishilar nafsning yomon illatlari girdobiga tushib qolmasliklari kerakligi uqtirilgan. Basharti, shunday bo’lsa doim urush , janjal yuz beradi.

Soqiy,qilibon yuzingni shomimg’a charog’

Tut dardu g’amim daf’ig’a mastona ayog’

To oni abadgacha behud bo’lub

Bu g’amkada ichra bo’lmayin sog’.

Ruboiydagi ma’nosi tushunarsiz bo’lgan so’zlar lug’ati:

Abad-mangu, abadiy hayot; ayog’-qadh, may, may ichmoq, qadah tutmoq; daf’iga-daf – childirma2.

Qofiyalanish tartibi: a-a-b-a. Ruboiyda charog’-ayog’-sog’ so’zlari qofiyadosh bo’lib kelgan. Soqiyga murojaat bilan boshlangan bu ruboiyning ishqiy mavzuda ekanligi yaqqol seziladi. Soqiy bu may tutuvchi kishi. Ey soqiy yuzingni kechqurun yorutguvchi charog’ qilgin. Dardu g’amim nolasida menga mastona bo’lib may tutgin. Shu mayni ichib, to mangu hayotgacha behush bo’layin.



Bu g’am ichida bir dam ham sog’ bo’lmayin.

Qaddingg’a fido naqdi ravonim, ey sho’x, -a

Sadqa labingga javhari jonim, ey sho’x, -a

Boshimg’a masihdek yetushmas ersong, -b

Hajr o’lturadur bo’yningga qonim , ey sho’x. –a

Ushbu ruboiy ham ishqiy mavzuda yozilgan. Ruboiyda “ravonim”, “jonim”,

“qonim” so’zlari qofiyadosh bo’lib kelgan.

Ogahiy lirikasining, umuman, ogahiy ijodining salmoqli qismini ishq-muhabbat mavzusi, oshiq va ma’shuqa obrazlari, bular orqali kishining tabiiy tuyg’usi, sevgi haqidagi fikrlari, shoir yashagan davrda bu masalaga munosabat egallaydi. Ogahiy lirikasida sevgi bilan bog’liq bo’lgan har qanday tuyg’u, kechinmalar asosan ikki obraz: oshiq va ma’shuqa obrazlari orqali ifodalandi. Bu obrazlar oshiqning, shu bilan birga, shoirning bu masalaga munosabati, oshiqning sevgi bilan bog’liq bo’lgan turli kechinmalari: visol, hijron, firoq, rashq va hokazolar tusidagi tuyg’ularini ifodalash yo’sinida ko’rinadi.

Gar qilsa vafo va’dasig’a yor g’alat,

Bordur ango bu bobda guftor g’alat,

Nogoh agar chin desa bovar qilmon-

Kim , boqe’ o’lur so’zida bisyor g’alat.

Ogahiy lirikasida tasvirlangan oshiq obrazi dunyodagi barcha lazzatni, hayotni, inson go’zalligi va o’z yorini sevgan, bu sevgiga butun borlig’i bilan berilgan, nozik yurak to’lqinlarini chuqur sezadigan jonli odamlar. Uning o’z yoriga -ma’shuqasiga bo’lgan muhabbati samimiy ham nihoyat chuqur. Oshiqning sevgi tuyg’ulari, orzulari nihoyat darajada tabiiy, shu tufayli o’quvchiga chuqur ta’sir qiladi.

O’lturdi mani ul ko’zu qosh, ey dilbar,

Qatlim uza ko’rguzib talosh ,ey dilbar,

Man bo’yla agar yuz karat o’lsam yo’q boq,

Bersun sango haq uzoq yosh, ey dilbar.

Oshiq yorining ko’zi, qoshidagi noz va ishvadan yuz marta o’laman. Men o’lsam-u senga, ya’ni ma’shuqaga olloh uzoq umr bersin.

Ishq urdi oningdek dili vayronima o’t-

Ki, jism yonib, tushti dog’i jonima o’t,

Kul bo’lsa vujudim kuyub, emdi tong emas-

Kim, urdi g’azab chehrai jononima o’t.

Ishq va oshiqlik tarixi – eng qadim tarixlarning ham qadimgisidir. Ishq boshlang’ichda , ya’ni koinot yaratilgan paytdayoq o’zini namoyon eta olgan. Borliqni bor aylagan shu ishq edi. Unga ilk quvvat deyilgandi. Bu quvvat jonsiz mavjudlikdir va so’ngra jonlilarning halqalaridan o’tib, insonga yetgach, aynan insonda o’zini tanib, olamshumul shuur kasb etgan. Ishq sir-asrorini to’liq kashf qilib bo’lmaganidek, dunyoda ish saltanatiga teng keladigan saltanat ham yo’qdir. Mumtoz adabiyotimizdagi ko’p asarlar oshiqning dil dardi, ma’naviy-ruhiy holi, orzu va armonlari tasviridan tarkib topgan. Oshiqlik favqulodda samimiyat, to’g’rilik, sidq va ochiqlikni talab qiladi. Oshiq ko’ngliga yo’l ochishning chorasi bitta – oshiqlik.

Ey yor, sango xilvat aro manzildur, -a

Sabr etki, xudo lutfi sango shomildur- -a

Kim, ikki jahon rohati birla komi, -b

Sobir kishiga xilvat aro shomildur. -a

Sobir – arabcha so’z bo’lib “sabrli” deganidir.1 Xilvat so’zi ham arabcha so’z bo’lib “yolg’izlanish, yolg’iz qolish; mahfiy, pana joy; chekka, ovloq joy”2

Ey yor xilvat , ya’ni panaroq, tinch joyni manzil qilgin. Sabr qilsang xudoning lutfi senga ayon bo’ladi. Kimki sabr qilsa ikki olam rohatiga erishadi. Sabrli kishiga barcha narsalar ayon bo’ladi.

Ishqda ijtimoiy, iqtisodiy tengsizlik yo’q. lekin sevgi va sadoqatda farqlar bor. Chinakam oshiq dardu balo odami. Qancha g’am va iztirob cheksa, unga shuncha yaxshi. Azob, alam,anduh bo’lmasa, oshiqda harakat bo’lmaydi.


Ham mehri jahon tob sanga chehrai ol, -a

Ham ikki qoshing hay’at aro ikki hilol, -a

Ham obi hayot ikki labing ichra zilol -a

Ham sabzai xat onda erur xizri misol. –a

Shoir ma’shuqaning yuzi, qoshi, labidan juda go’zal o’xshatish yaratgan. Yuzingda jahon mehri jamlangan. Ikki qoshing samodagi ikki hilol, ya’ni oyga o’xshaydi. Ikki labing jon baxsh etuvchi zilolga o’xshaydi. Shoir yana bir ruboiysida xuddi shunday o’xshatish qiladi:

Ko’rmak yuzini diydai giryong’a tama’

Quchmoq belini bu tani uryong’a tama’

So’rmoq labining sharbatini jong’a tama’,

Tutmoq qo’lini dili parishong’a tama’.

Oshiqning maqsadi-vasl. Ammo yorga erishmoq nihoyat darajada mushkul, vasl yo’lida oshiq ko’p azoblar tortadi. Visoldan keyin, turli sabablar bilan, yordan ajralish shu qadar og’ir, shu qadar azobli bo’ladiki, bu oshiqning ajoyib yurak sadosi tarzida kuylanadi:

Ey yor,dame holi parishonima boq, -a

Sorig’ yuzimu diydai giryonima boq, -a

Har kecha falak xirmanini kuydirgan -b

Ohim o’ti-yu, shu’lai afg’onima boq. -a


Qilmoq bila parvarish tikan gul bo’lmas, -a

Ham tarbiyat ila zog’ bulbul bo’lmas, -a

Gar asli yomonga yaxshilik ming qilsang, -b

Yaxshiliq oning niyati bilkul bo’lmas. –a

Ruboiy axloqiy-tarbiyaviy xarakterda bo’lib, xossayi ruboiy hisoblanadi. Bugungi kunda yosh avlod tarbiyalab borilar ekan, ularning ongiga yaxshilik g’oyalarini singdirishning ahamiyati beqiyosdir. Negaki, “yaxshi”, “yaxshilik” so’zlarining o’zi ixcham bo’lishiga qaramasdan, uning zaminida olam-olam mazmun yotadi. “Yomon”, “Yomonlik” keng va mavhum tushunchalar bo’lib, uning aniq shakllari mavjud: dilozor, bezori, chaqimchi, o’g’ri va boshqalar. Uning shakllari ko’p. shuning uchun xalqimiz ko’p holatlarni umumlashtirib “yomon” deb qo’ya qoladi.

Tikanni qancha parvarish qilmaylik u baribir gul bo’lolmaydi. Tikan gulni himoyalovchi vosita hisoblanadi. Zog’ni tarbiya qilib bulbulga aylantirib bo’lmaydi. Chunki zog’ning yo’li boshqa, bulbulning yo’li boshqadir. Zog’ doim o’z manfaatini o’ylaydi. O’zgalar bilan ishi yo’q. Bulbul esa o’zining jonga orom beruvchi ovozi bilan kishilarni zavqlantiradi. Yomon kishiga ming marta yaxshilik qilsang ham yomon kishining niyati butunlay yaxshilikka yo’g’rilmagan. Yomon kishi to maqsadiga erishguncha yaxshi gapirib, maqsadini ro’yobga chiqaradi. Muallif tikan, zog’ bilan bir qatorda yomon insonni ham qo’yadi. Ular doim o’z manfaatlari uchun kishilardan foydalanishadi.

Ogahiyning xulosalariga ko’ra, yomonlik qiluvchi odam bu faoliyati bilan har qadamda o’z boshiga kulfatlar keltiradi. Bu – Ogahiyning ogohlantirishi.

Ogahiy lirikasida tabiat tasviri bilan bog’liq o’rinlar ham ko’p uchraydi. Bahor faslining jonbaxsh fazilatlari ta’rifi, yashnab-gullagan tabiat in’omlaridan bahramandlikka da’vat, shu jarayonda hayotsevarlik g’oyalarining badiiy targ’ibi Ogahiyning boshqa tur she’rlarida, jumladan ruboiy va masnaviylarida ham ko’rinarli o’rin tutadi. Bu namunalarda ham bahor xuddi g’azallarida bo’lganidek borliqqa yangi hayot , kishilarga esa shodlik keltiruvchi fasl sifatida tasvirlanadi. Masalan, shoirning “Yetkurdi safo yer yuziga fasli bahor” va “Ayyomi bahor keldi hangomi nishot” misralari bilan boshlanuvchi ruboiylari hayot zavqidan ona tabiat go’zalliklaridan lazzatlanish g’oyalarini olg’a suradi.

Yetkurdi safo yer yuziga fasli bahor,

Ochildi gulu, lolau nasrin bisyor,

Kelgilki, chamanlar ichra bazm tuzub,

No’sh aylagali tarab mayini, ey yor.

Xossayi ruboiy hisoblanib, a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Ruboiyda bahor, bisyor, yor kabi fors-tojikcha so’zlar o’zaro qofiyalanib kelgan. Qofiyadosh so’zlar mutlaq qofiya hisoblanib, ular tovush tarkibiga ko’ra to’liqsiz och qofiya hisoblanadi. Bahor kelishini yosh-u qari birdek intizorlik bilan kutishadi. Hatto bahor nafasi ufurushi bilan o’t-o’lanlar, maysalar yashil tusga kira boshlaydi. Dov-daraxtlar kurtak qilishga oshiqadi. Bahor yer yuzidagi barcha olam ahli ko’ngliga iliqlik olib kiradi. Shoir shunday fikrlarning isboti sifatida hamda o’z fikrlarini umumlashtirgan holatini “Yetkurdi safo yer yuziga fasli bahor” misralarini ruboiyda ifodalaydi. Yer yuziga bahor fasli keldi. Bahor tashrif buyurishi bilan gul-u, lolalar ochilib, qad rostladi. Ey olam ahli xursandchilik qilish uchun chamanlar, gulzorlar ichra bazm uyushtiraylik. Bazmda shodlik, xurramlik mayini ichaylik. Bahor tarovati aks ettirilgan yana bir ruboiysida ham bahor va uning fazilatlari keng yoritilgan.

Ayyomi bahor keldi hangomi nishot,

Ey gul, icholi gulshan aro jomi nishot,

Bu fasldurur usru g’aanimat bukun,

Kim, tonglog’a qolmagusi anjomi nishot.

Shoir misralarda bahorning ko’p yaxshi xislatlari borligini aytadi. Bahorning xursandchilik, kishiga quvonch ulashuvchi fasl ekanligi izohlanadi.

Ul nav sovuq bo’ldi faravon bu qish,

Kim o’ldi to’ngub odamu hayvon bu qish,

Bo’ldi anosidin yangidin tuqqondek,

Har kimki, amon saqladi gar jon bu qish.

Bilamizki, Ogahiy hayoti qiyinchilik bilan o’tgan. U o’z asarlarida ijtimoiy hayotini ham ifodalaydi. Ruboiyda “faravon”, “hayvon”, “jon” kabi so’zlar o’zaro qofiyadosh bo’lib kelgan. Bu yil qish juda ham sovuq bo’ldi. Odamlar ham, hayvonlar ham sovuqdan halok bo’ldilar. Hattoki, bu qishdan jonini omon saqlab chiqqan har bir kishi, xuddi, onadan yangidan tug’ilgandek bo’ldi.

Qish mavsumida qurilsa bir toza o’tov,

Yonsa ichida qurug’ sozoq birla olov,

Armoni bo’lurmu dahr aro ul kishining-

Kim, anda tuzub bazm,esa yog’li palov.

Qish mavsumida toza bir o’qov qurilsa. O’tov ichida quruq o’tin bilan olov yoqilib yog’li palov pishirilsa. O’sha o’tovda yog’li palovni yeb bazm qilinadi. Shundan so’ng dunyoda hech kimning armoni qolmaydi.

Qish qattiq o’lub, yozdi base qoru qirov,

Yoqmoq uy aro zarur o’ldo olov,

Mendek qari, albat, to’ngub o’lgusidur,

O’t boshida gar emas ersa yog’li palov.

Ko’rinib turibdiki, Ogahiy she’rlarida ijtimoiy hayot voqeliklarini tasvirlagan. Shoir saroyda ishlagan davrida saroy hayoti, amaldorlar, xon va uning atrofini o’ragan sharoit bilan yaqindan tanishadi. Saroydagi iflos kishilar shoirga qarshi turli ig’volar uyushtirib , uning hayotini zaharlaganlar. Ogahiy o’zining saroydagi hayotini tasvirlar ekan ahvolini quyidagicha bayon etadi:

Vahkim, yana zulmin ayon etti falak,

Bag’rimni g’ami hajr aro qon etti falak,

Ko’z yo’lidin o’l qonni ravon etti falak,

Oxir mango, ko’rki, qasdi jon eti falak.

Ruboiy boshdan – oxirigacha afsus-nadomat ruhida yozilgan. Dunyoda hayotdan qiynalgan insonning boshiga og’ir sinovlarni solish eng og’ir jazodir. Falak menga o’z zulmini qildi. Bag’rimni ayriliq g’ami bilan qon etdi.

Ogahiy din arboblari, zohid, shayxlar haqidagi fikrlari biror sabab bilan uning boshqa g’azal, muxammas, murabba shaklidagi qator asarlarida ham bayon etilgan.

Bularning hammasida Ogahiy ularning riyokorligi, nodon, johilligini qayd qiladi, ularni ta’riflar ekan har doim o’tkir til, g’azab va nafrat bilan gapiradi. Ogahiy ijodida islomning musulmonlar uchun “ham farz, ham qarz” bo’lgan asosiy-qonun qoidalariga juda qattiq tegadigan fikrlarga ham duch kelamiz. Islom dini tariqatining asosiy talablaridan bo’lgan namoz haqida so’z borar ekan, Ogahiy:

Masjidi namoz o’qib mudom, ey zohid,

Gar topmas esang murodi kom, ey zohid,

Ixlos bila kirib xarobot ichra,

Soqiy qo’lidan ich to’la jom, ey zohid, - deydi.

Ogahiy lirikasida juda ko’p joyda shoirning mayga murojaat qilganligini ko’ramiz. Hatto, uning “sharbat”, “qadah” radifli maxsus g’azallari ham bor. “soqiy”, “may”, “jom” Ogahiyda ham ko’p uchraydi. Ogahiy qayda va qay tariqa bo’lmasin, sharob haqida gapirar ekan, bu bilan mayxo’rlikni tashviq qilmoqchi yoki mayxo’rlik inson uchun fazilat demoqchi emas. Ma’lumki, may islom dini tariqatida harom hisoblanib, mayxo’rlar mast holda qo’lga tushsalar din ahllari tomonidan turli jazolarga tortilgan. Ular o’z gunohlari uchun narigi dunyoda “do’zaxga” tushadi deyilgan. Ogahiy o’z lirikasida may haqida gapirar ekan, asosan, din va din ahllarining riyokorligini fosh etishni ko’zda tutadi. Mayni harom deyuvchi zohidlarning o’zlari yashirin mayxo’rlik qilganlari haqida ruboiyda aytilgan. Ogahiy ruboiyda may obrazi yordamida so’zda taqvodor bo’lib, amalda o’z so’ziga xilof ish qiluvchi zohidlarning yaramas ichki dunyosini ochib tashlaydi. Ruboiyda shoir “ixlos” so’zidan foydalanib, go’yo she’rning to’la ma’nosini shu so’z atrofida birlashtirmoqda. Zohidning rasmiyat uchun namoz o’qishini ta’kidlamoqchi.

Ruboiyni “Islom qomusi” da Sharq she’riyatining “vohid quyoshi” deb ta’riflashgan. Ruboiy badiiy ijodda dovrug’ taratgan janr. Lekin uning “vohid quyosh” darajasiga ko’tarilishi diniy-falsafiy ma’nolarning ruboiyda keng va izchil ifodalanishi bilan ham bog’liq bo’lishi kerak. Ma’lumki, o’zlarining ilohiy va mistik g’oyalarini targ’ib etmoq uchun she’rning har xil shakllaridan foydalangan so’fiy shoirlarning diqqati ko’proq ruboiy janriga qaratilgan. Masalan, Farididdin Attorning birgina “Muxtornoma” sida tasavvuf yo’nalishidagi besh mingga yaqin ruboiy o’rin olgan. Ulug’ Jaloliddin Rumiy devonidagi bir yarim mingdan ortiq ruboiyning aksariyati irfoniy mazmunlarga ega. Najmiddin Kubro, Bobo Tohir, Abdullo Ansoriylarning to’rtliklarini ham tasavvuf haqiqatlaridan ajratish mumkin emas1. Ogahiy ijodidagi bir qator ruboiylarni ham tasavvufiy yo’nalishda deb aytdik.

Ey hukmingadur ins ila jon ichra nufuz,

Yo’q, yo’qki bori ahli jahon ichra nufuz.

Amringg’aki maxsus mangadur bordur,

Ham jon aro, ham ruhi ravon ichra nufuz.

Butun borliqni ilohiylashtirish ishonchi shoir tasavvurlarini favqulodda jonlantirgan.


Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish