Mavzu: Ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati


I.2. Ogahiy ruboiylarining mavzular olami



Download 409 Kb.
bet15/24
Sana21.01.2022
Hajmi409 Kb.
#396574
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
“ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati

I.2. Ogahiy ruboiylarining mavzular olami.
“Rubоiy” аtаmаsi аrаbchаdаn оlingаn bo`lib, “to`rtlik” dеgаn mа’nоni аnglаtаdi. Lug`аt vа qo`llаnmаlаrdа rubоiyning jаnriy хususiyatlаri, uni bоshqа jаnrlаrdаn аjrаtib turuvchi o`zigа хоs jihаtlаr хususidа аnchа-munchа fikrlаr bаyon qilingаn. Jumlаdаn, “Аdаbiyotshunоslik tеrminlаrining ruschа-o`zbеkchа izоhli lug`аti”dа rubоiy hаqidаgi quyidаgi fikrlаrni o`qiymiz: “Rubоiy – fаlsаfiy, ishqiy, ijtimоiy-siyosiy, ахlоqiy vа diniy mаzmunlаrdа yozilgаn to`rt misrаdаn ibоrаt lirik turgа mаnsub mustаqil jаnr. Rubоiy аsоsаn Shаrq pоeziyasidа mаvjud bo`lib, аslidа хаlq shе’riyatidаgi to`rtliklаr ungа аsоs bo`lgаn…”1 А.Zunnunоv vа N.Hоtаmоvlаrning “Аdаbiyot nаzаriyasidаn qo`llаnmа”lаridа hаm shungа o`хshаsh tа’rifgа duch kеlаmiz: “Rubоiy Shаrq pоeziyasidа kеng tаrqаlgаn, chuqur fаlsаfiy, ijtimоiy-siyosiy, ishqiy vа ахlоqiy fikrlаrni bаdiiy rаvishdа ifоdаlаydigаn to`rt misrаdаn ibоrаt lirik turgа mаnsub jаnr”.

O`zbеk mumtоz shе’riyati jаnrlаri rivоjigа оid muhim qоnuniyatlаrni o`rgаnishgа bаg`ishlаngаn yanа bir kitоbdаgi mаnа bu tа’rif esа аvvаlgilаrigа nisbаtаn fаrqlidir. Bundа rubоiy jаnrining qоfiyalаnishi uni bоshqа jаnrlаrdаn аjrаtib turuvchi muhim bеlgi sifаtidа e’tirоf etilgаn: “Rubоiy аrаbchа so`z bo`lib, to`rtlik dеgаn mа’nоni аnglаtаdi. Pоetik tеrminоlоgiyadа esа to`rt misrаdаn ibоrаt, а-а-b-а yoki а-а-а-а tаrzidа qоfiyalаnib kеluvchi o`zigа хоs vаzndа yozilgаn mustаqil shе’r rubоiy dеyilаdi”1. Bu jаnrgа hаttо izоhli vа qоmusiy lug`аtlаrdа o`zigа хоs tа’riflаr bеrilgаnligigа guvоh bo`lish mumkin. Jumlаdаn, o`zbеk tilidа chоp etilgаn 2 jildlik “Ensiklоpеdik lug`аt”dа rubоiy jаnrigа bеrilgаn tа’rif hаm yuqоridаgi tа’riflаr bilаn hаmоhаng: “Rubоiy – Shаrqning ko`pginа хаlqlаri pоeziyasidаgi shе’r shаkli. Qоfiyalаnish tаrtibi: а-а-b-а; а-а-а-а. To`rt misrаdаn ibоrаt. Аfоristik fikrni аnglаtаdi”. Shuningdеk, ko`pchilik lug`аtlаrdа rubоiyning qаt’iy vаzn tаrmоg`i – hаzаj bаhrining ахrаb vа ахrаm shаjаrаlаridа yarаtilishi uning muhim jаnriy bеlgisi ekаnligi tа’kidlаngаn2.

Badiiy ijodda bir yoki ikki emas, o’nlab adabiy janrlarda mahorat bilan ijod qilish buyuk iste’dodlarga xos xususiyatdir. Ogahiy ham shunday ijodkorlardan biridir. Ogahiy ijodida sharq mumtoz adabiyotidagi deyarli barcha peshqadam lirik va epik janrlar yangi taraqqiyot cho’qqisiga ko’tarilib, yuksak kamolotga erishdi. Ogahiy she’riyatida ruboiy janri ham salmoqli o’rinni ishg’ol etadi. Ogahiy ruboiylarining asosiy qismi uni “Ta’viz ul-oshiqin ” devondan o’rin olgan.

Ruboiy dastlab fors-tojik adabiyotida yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarilgan edi. Fors-tojik adabiyotining bir qator yirik shoirlari bu janrda ilhom va mahorat namunalarini ko’rsatganlar. Abu Abdullo Rudakiy, Umar Xayyom, Jaloliddin Rumiy ana shunday san’atkorlardan hisoblanadi. Turkiy xalqlar adabiyotida ruboiyning eng qadimgi namunalari bizgacha Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’otit - turk” asari orqali yetib kelgan. Ruboiy keyingi davrda ham o’zbek xalq og’zaki ijodida lirikaning yetakchi janrlaridan biri sifatida rivojlana bordi. Xalq ruboiylari “qo’shiq”, “o’lan”, “to’rtlik”, “lapar” terminlari bilan ham yuritiladi.

O’zbek xalq lirikasida ruboiy xalqning ma’naviy-ruhiy holatini, turmush va hayot yo’lini aks ettiruvchi aktiv poetik vositaga aylantirilgan. Xalq ruboiylarida mehnatkash ommaning nihoyatda yuksak hayotiy fikr-hislari tarannum etilgan. Masalaga shu jihatdan qaraganda, ruboiy xalqning kundalik hayoti bilan chambarchas bog’langan lirik janr sifatida diqqatga sazovordir.

Bu janr vositasida kishilar ishq-muhabbat tuyg’ularini davr va zamondan shikoyat hislarini, lirik mushohadalarini tarannum etganlar. Hayotdagi shodlik, qayg’u, ertangi kunga bo’lgan ishonch, mehnat zavqi va shu kabi hodisalar silsilasi ruboiyga yaxshigina mavzu bo’la olgan.

O’zbek xalq poeziyasida hayotdagi ko’tarinki holat va hayajonlar, qayg’u va alam kechinmalari ruboiyda ham keng ifodalanadi. Xalq ruboiylarida muhabbat mavzusi asosiy o’rinni ishg’ol etadi. Quyidagi ruboiyda oshiqning sof va samimiy ishq kechinmasi o’ta sodda siqiq tarzda bayon etilgan:

Qizi suluv keladi sanchiqlini

Quvalashib o’ynaydi yosh qulini

Qiz tovushni sog’inib yurganimda

Tovushi qaydan chiqdi

Demak, o’zbek mumtoz adabiyotida ruboiy janrining keng rivojlanishiga xalq og’zaki ijodi asos bo’lgan. XIV – XV asrning birinchi yarmida adabiyot maydoniga chiqqan Xorazmiy, Xo’jandiy , Sayfi Saroyi, Durbek, Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlar o’zbek adabiyoti rivojida katta rol o’ynagan edilar. Mana shu shoirlarning ijodiy tashabbuslari natijasi o’laroq, badiiy ijodda adabiy tur va janrlar hayoti tanlandi. Doston, g’azal, noma, qasidadan keyin, qit’a, ruboiy singari kichik janrlar ham asta-sekin adabiy hayotning aktiv formalariga aylana bordi.

Ruboiyni lirik poezziyaning mustaqil bir nav’i o’ziga xos shakli sifatida izohlab, uning poetikasi va tarixiga oid birinchi bo’lib fikrlar bayon qilgan olim XIII asrning mashhur adabiyotshunosi Muhammad binni Qays ar-Roziydir. Badiiyot nazariyasiga doir asarlar yaratgan , lug’atlar tartib bergan shaxslar Qays Roziyning “Al-mo’jam fi maosiri ash’or ul-Ajam” asaridagi fikr va sharhlarga tayanadilar. Ruboiy haqidagi qarashlarini yangiliklar, qo’shimchalar bilan boyitdilar. Shular ichida ruboiyning janr sifatidagi ta’riflari Qabul Muhammadning “Haft qulzum”, Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar”, so’nggi davr turk adabiyotshunoslaridan Doyi Javodning “Zeboihoi suxan yo ilmi bade’ dar zaboni forsiy”, Muallim Nojiyning “Istilohoti adabiya”, Muhammad Fuod Ko’prulzodaning “Turk adabiyoti tarixi” asarlarida uchraydi.

Qabul Muhammad: “Bilgilki, ruboiy lug’atda ikki baytli she’r deganidir. Vazn va qofiyada to’rtala misrasi ham muvofiq kelgan she’r ruboiy deyiladi. Uning ko’pincha birinchi, ikkinchi va to’rtinchi misralari qofiyalanadi. Mabodo uchinchi misrasi ham qofiyalanib kelsa, unda “ruboiy tarona” deb yuritiladi, ruboiy vazni muxtasar qilib aytganda, “hazaj” bahridadir”2 tarzida ta’rif beradi.

Vohid Tabriziy asarida ham shunga yaqin sharhlar bilan bir qatorda ruboiyning “dubaytiy” deb ham atalganligi , lekin ular qofiya tartibiga ko’ra biri ikkinchisiga o’xshasa ham vaznda tafovut qilishi , ruboiyning yozma adabiyotdagi ko’rinishi va vaznnining ixtirochisi Rudakiy bo’lganligi haqidagi fikrlar ham bor.3

Ruboiy haqida turli davrlarda va hozirda maydonga kelgan ma’lumot va kuzatishlar shunday xulosaga olib keladiki, uni boshqa she’riy janrlardan ajratib turadigan o’ziga xos belgilari – hazaj bahrining axram va axrab vaznlarida yozilishi , a-a-b-a yohud a-a-a-a qofiya tartibiga ega ekanligi , o’ziga xos kompozitsion tuzilishi (tezis, antitezis, moddai ruboiya, sintez yoki boshqacha qilib ifodalanganda , tugun,kulminatsiya va yechim ) ko’proq falsafiy, ijtimoiy, ahloqiy, shuningdek, ishqiy-lirik mavzu va mundarijaning ustunligi kabilardir. Shu ma’noda I.Haqqulovning “Ruboiyning terminologik ma’nosi barqaror to’rt misrada o’zining tugal poetik ifodasini topgan. Ruboiy aruzning hazaj bahridan axram va axrab vaznlarida yoziladigan , uch yoki to’rtala misrasi ham qofiyalanib keluvchi, falsafiy, axloqiy –ta’limiy va ishqiy she’r demakdir”, tarzidagi umumlashtiruvchi, jamlovchi ta’rifi juda to’g’ridir. Ruboiylar tuzilishiga , qofiyalanish tartibiga ko’ra ikki xil bo’ladi: ruboiy yoki hosiy, ruboiyi musarra’ (ruboiyi tarona yoxud ruboiya ). Birinchi xil ruboiylarning 1,2,4-misralari o’zaro qofiyalashgan holda 3-misra bu misralar bilan qofiyadosh bo’lmaydi. U qofiyadan ozod qoladi. Uning qofiyalanish sxemasi a-a-b-a dir. Sharq adabiyotida, jumladan, o’zbek adabiyotida yaratilgan ruboiylarning ko’pchiligi shu tartibda yozilgandir. Ikkinchi ruboiylarning esa barcha misralari qofiyadosh bo’ladi. Ular a-a-a-a sxemasida qofiyalanadi.

Ijodida ruboiy muhim o’rin egallagan xorazmlik shoirlardan yana biri Muhammad Rizo Ogahiydir. Ogahiy o’zbek adabiyotining yetuk namoyondalari safidan o’rin egallagan buyuk san’atkordir. Ogahiy Shermuhammad Munis bilan bir davrda , oldinma-ketin yashab ijod etgan. Navoiydan tortib, Munisgacha bo’lgan yirik shoirlar she’riyatida qanday mavzu, qanday obraz , qanday ohang va tasvir usullarini ko’rsak , Ogahiy asarlarida ham shularning aksariga duch kelamiz. Ammo shunga qaramasdan, badiiy ijodning har bir jabhasida Ogahiyning orginalligi , talantining zo’rligi va benazir san’ati yorqin ko’rinib, sezilib turadi.

Ruboiynavislikda Ogahiy ham sezilarli iz qoldiradi. Ilmiy-tarixiy asarlar tartib berish qoidasi, an’anasiga ko’ra shoirning ko’p to’rtliklari uning boshqa asarlarida ham bor. Ularning hammasi jamlansa, xuddi Alisher Navoiydek Ogahiy ham mahsuldor ruboinavis shoir sifatida namoyon bo’la oladi.

Ogahiy xalq orasida ko’proq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti- “Ta’viz ul -oshiqin” (“Oshiqlar tumori” , 1872) bizgacha to’la yetib kelgan. Devon an’anaviy tartibda tuzilgan, 470 g’azal, 3 mustazod, 89 muxammas , 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjiband, 7 qit’a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston,2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va ma’shuq savol-javob, 20 ta’rix, 19 qasida – jami 18000 misradan iborat.

Ogahiy lirikasida o’zbek poeziyasida muhim o’rin egallagan ruboiy (to’rtlik) ancha katta rol o’ynaydi. Ma’lumki, to’rtliklar o’zbek xalq og’zaki adabiyotining keng tarqalgan, sevilgan janrlaridan biri a-a-b-a tarzida qofiyalanadigan to’rtliklar o’zbek adabiyotida ham, folklorida ham shu shaklini saqlab kelmoqda. Tuzilish jihatidan sodda, mazmunga boy to’rtliklar xalqning uzoq davr ichida turmushdan olgan tajribalarini ixcham ravishda obrazli va tipik holda ifoda qiladi.

“Rubоiy” аtаmаsi аrаbchаdаn оlingаn bo`lib, “to`rtlik” dеgаn mа’nоni аnglаtаdi. Hazaj bahrining axram va axrab shajaralarida yoziladigan to’rt misradan iborat ishqiy-axloqiy, diniy , siyosiy-falsafiy mavzulardagi she’r.

Ogahiy o’z ruboiylarini o’zbek mumtoz adabiyoti va folkloridagi eng yaxshi namunalardan oziqlanib yozdi va bu traditsiyasini davom ettirdi, rivojlantirdi. Ogahiy to’rtliklarining mavzusi juda xilma-xil, mazmuni boy va chuqur. Ularda davr, jamiyat hayotiga oid muhim masalalar ixcham holda xalq maqollari, ibratli so’zlar tarzida beriladi.

Ogahiy ruboiylarining mavzular olami keng. Shoir ruboiylarni tasavvufiy, ishqiy, ijtimoiy-falsafiy va tabiat tasviri aks ettirilgan mavzularga bo’lish mumkin.

Tasavvufiy mavzudagi ruboiylar

Ishqiy mavzudagi ruboiylar

Ijtimoiy-falasafiy

Tabiat tasviri aks ettirilgan ruboiylar

Ogahiy lirikasining salmog’ini uning ruboiylarisiz tasavvur etish mumkin emas. Uning devonida ruboiy muhim o’rin tutadi. Shoir “Ta’viz-ul oshiqin” devoniga yozgan debochasida, jumladan, shularni bayon etadi: “Goho motamdorlig’ taxassuridan afsusda va goho so’g’vorlig’ tafakkuridin pajmurda va va goho avqot va goho sipohdorlig’ olotining tahiyasi qayg’usi bila ko’zimga jahon qarong’u va goho podshoh xizmatining taraddudi bila ko’nglumda ming g’am va goho vazir mulozamatining tajassusi bila jonimda yuz alam… Va goho majnunvor oshiqlar majmaig’akim , fano mayxonasi ondin iboratdur, mayli rag’bat bila dohul bo’lub zebo mashrablari mash’aosidin ishq jomening bodasi kayfiyati hosil qilur erdim. Va gohi pari ruhsor ma’shuqalar bazmi visolig’akim , jannatul ma’vo ondin ishoratdur, shavqu muhabbat bila vosil bo’lub, dil kusho suhbatlari gulshanidin kom va ishrat gullari terib, ko’ngil komicha mahzuz va masrur bo’lur erdim. Ushbu sayr asnosida har toifaning holig’a loyiq va har jamoaning af’olig’a muvofiq bir mazmun shohidining xayoli xotirim ko’zgusiga xutur qilsa erdi, gunogun iboratlar bila rangin nazmlar libosin kiydirib , dilkash suratlar bila xaloyiq nazarida namoyish berur erdim va har birining rangin ruxsori va mushkin giso’si tomoshosidin shavq va dard ahlining shaydo ho’ngullarin volalig’ va asirlig’ maqomig’a yetkurur erdim, andoqkim , shavq angliz g’azallar va mav’izaomuz qoidalar va muhabbat asar ruboiylar va diqqatparvar masnaviylar va bazmoro muxammaslar va ruhafzo musaddaslar nazm silkiga chekib , bir necha qog’oz poralarg’a musavaddo qilur erdim”. Debochadagi bu so’zlar Ogahiy ruboiylarining mavzusini bir qadar xarakterlab beradi. Shoir ruboiylarida , bir tomondan dard , hijron, alam, shikoyat, norozilik tuyg’ulari ifodalansa, ikkinchi tomondan mehr, sadoqat hislari tarannum qilinadi. She’riyatda dard tushunchasi – keng tushuncha. Bu tushunchaning mohiyatida – el dardi, yurt tashvishi, inson qayg’usi yotadi. Aks holda har qanday dard odamni bezdiradi, shunchaki shaxsiy oh – vohga , mazmuni puch bir narsaga aylanib qoladi. Shuning uchun qaysi bir mashhur shoirning ijodiga diqqat qilmang , uning yelkasida el-yurt dardi, davron qayg’usi turganligini darrov payqaymiz. Ogahiy ham ana shunday san’atkorlar toifasidan. U falak zulmini ayon anglagan va bunga ko’ksini qalqon qilgan sobit ruhli shoir:

Vahkim, yana zulmni ayon etti falak,

Bag’rimni g’ami hajr aro qon etti falak,

Ko’z yo’lidin ul qonni qavon etdi falak,

Oxir mango, ko’rki, qasdi jon etti falak.

Falak zulmining ko’rinishlari ko’p. U birovni o’z tuprog’ida xor-u zor qiladi. Ikkinchi birovni g’aflat uyqusiga solib, el qasdig’a , zulmga yo’llaydi. Kimnidir istiqbolidan, insonlik shavkatidan judo qiladi. Bularning hammasi shoir qalbini jarohatlab, iztirobli fikrlar uyg’otadi. Mana Ogahiy bir ruboiysida :

To kajlik ila kirdi falak davronga,

Dono hama gadosidur nodonga,

Tuzluk bila aylansa erdi gar gardun,

Nodon ko’zi tushmagay erdi bir nong’a.

Shoir fikricha gardun “tuzlik bila” aylanmaydi. Nodonlar –ustun, donolar – zabun. El ustidan hukm yuritadigan mansabdorlar farog’at va rohatda yashaydilar. Mehnatkash xalq esa og’ir mehnat va yo’qchilikdan jabr-u jafo ko’radi. Lekin “bad tiynat” kimsalarni insof va adolatga chaqirish bilan qanday natijaga erishish mumkin? Bu savolga shoir ruboiylaridan birida shunday javob berdai:

Badniyat ulus bum kibi shumdurur:

Tarbiyat anga kim etsa, mazmundurur,

Zaqqum niholi ichsa gar obi hayot,

Oxir berajak mevasi zaqqumdurur.

Ma’lumki , shoir yashagan og’ir zamonda yo’qsillikda kun chirgan afgor omma tabiatining turli-tuman uyushgan kuchlardan ham talafot ko’rgan. Ogahiy “Qish” radifli ruboiysida xalqning qishdagi og’ir ahvolidan so’zlaydi:

Ul nav’ sovuq bo’ldi farovon bu qish,

Kim o’ldi to’ngib odam-u hayvon bu qish.

Bo’ldi anosidin yangidin tuqqondek,

Har kimki osmon saqladi gar jon qish.

Bobir, Huvaydoga o’xshash shoirlar kabi Ogahiy ham gulga, gulzorga , bahorga maftun. Uning bir qator ruboiylarida tabiat go’zalliklari bilan uyg’un hissiyotlar ilhom va surur bilan kuylanadi. Mana , o’sha she’rlaridan biri:

Yetkurdi safo yer yuziga fasli bahor,

Ochildi gulu, lola-u nasrni bisyor.

Kelgilki, chamanlar ichra bazm tuzib,

No’sh aylagali tarab mayini, ey yor.

Ogahiyning quyidagi ruboiysi kuchli ijtimoiy mazmun bilan sug’orilgan:

Dardu alamim erur base bedarmon,

Har tun ne ajab tongg’acha bo’lsam giryon.

Kim, ahli hasad menga qilsa bo’hton,

Bovar qilib oni, g’azab aylar sulton.

Bunda shoir sultonning hasadchi va bo’htonchilar himoyachisi , ular razolatini avjga chiqaradigan razil shaxs ekanligini aytadi. Mana shunday kajraftor osmon ostida yashash shoir uchun g’oyat og’ir. Shuning uchun uning qalbidan yomonlikka qarshi g’azab va nafrat otilib chiqadi:

Qilmoq bila parvarish tikon gul bo’lmas,

Ham tarbiyat ila zog’ bulbul bo’lmas,

Gar asli yomong’a yaxshilik ming qilsang,

Yaxshilik oning niyati bilkul bo’lmas.

Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) devonidan shoirning saksonta ruboiysi o’rin olgan. Bu ruboiylarda dastlab ko’zga tashlanadigan narsa ularning mavzu jihatdan rang-barangligi va har bir qalamga olingan mavzuning yorqin yoritilishidir. Jumladan, Ogahiy ruboiylarida do’stlikni yoqlab , munofiqlikni fosh qilish , zolimlar zulmiga la’nat toshini yog’dirish, yaxshilikni ulug’lab, yomonlikka nafrat bildirish, so’nmas ishq soziyu vafo taronasi o’z ifodasini topgan. Shoir o’zi yashagan davr o’zbek adabiyoti uchun muhim bo’lgan deyarli barcha masalalarga ruboiy bag’ishlagan. Ogahiy ruboiylari qaysi mavzuda yaratilishidan qat’iy nazar o’quvchidan katta e’tibor talab qiladi. Chunki shundagina unda ifodalangan fikrning mazmunini , mohiyatini to’la anglash mumkin. Shoir o’zi murojaat qilgan masalalar bayonida shunchaki fikr aytish yo’lidan bormay. O’z o’y va qarashlarini go’zal badiiy shaklga solishga intilgan, qog’ozga tushirgan misralaridan mumtoz badiiy san’atlar malohati ufurib turishiga erishgan. Buni quyidagi ruboiy misolida yaqqol kuzatish mumkin:

Masjidda namoz o’qib mudom, ey zohid,

Gar topmas esang murodi kom , ey zohid.

Ixlos bila kirib xarobot ichra,

Soqiy qo’lidan ich to’la jom, ey zohid.

Ruboiyning birinchi, ikkinchi, to’rtinchi misralari oxirida takrorlangan “ey zohid” murojaati nido san’atini vujudga keltirish bilan birga bu murojaat takrori raddd ul aruz il ajuz yoki birinchi misra oxiridagi so’z yoxud birikmani ikkinchi va undan keyingi misralar oxirida qaytarish (yana buni radif ham deyish mumkin) san’atini yuzaga keltiradi.

Ogahiy ruboiylarining mavzu doirasi, g’oyaviy mundarijasi kengdir. U ko’proq Navoiy, Bobir va tog’asi Munis tajribalariga suyanadi: ular ijodi, jumladan, ruboiylaridan ilhom olib, so’z qudrati , ma’nolar hikmati, davr jarohati, himmat, adolat, sadoqat, ma’rifat haqida quyma misralar bitadi. Ogahiy ruboiylari bu janr talablariga to’la javob bera oladigan, ma’nosi teran, shakliy jihatlari mukammal asarlardir: Masalan:

To kajlik ila kirdi falak davronga,

Dono hama ngadosidur nodonga,

Tuzluk bila aylansa erdi gar gardun,

Nodon ko’zi tushmagay erdi bir nong’a.

Ular ichida tarona va tuyuq shaklidagi namunalar ham bor.

Bir so’z degali gar ochsa jonon ikki lab,

Behaddu adad bo’lur durafshon ikki lab,

Yuz qatla g’ami ishqidin o’lsam , g’am emas.

Kim, bergusidur bir so’z ila jon ikkilab.

Ogahiy lirikasini uning ruboiylarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ruboiylarni o’rganish mobaynida ularni turli mavzularga bo’lish mumkin:


  1. axloqiy-falsafiy ruboiylar;

  2. ta’limiy-didaktik ruboiylar;

  3. ishqiy ruboiylar;

  4. tabiat tasviriga bag’ishlangan ruboiylar.

Demak, shoir ruboiylari mavzu jihatdan keng.

Qilmoq bila parvarish tikan gul bo’lmas,

Ham tarbiyat ila zog’ bulbul bo’lmas,

Gar asli yomong’a yaxshiliq ming qilsang,

Yaxshiliq oning niyati bilkull bo’lmas.

Ogahiy ruboiylarining ko’pi sevgi, hayotiy-maishiy mavzularda yozilgan asarlardir. Hayotiy materiallar asosida yaratilgan ruboiylarida realistik belgilar ancha kuchli, ular o’sha davr fuqarosi, uning Ogahiyga o’xshagan fozil kishilari tortayotgan qiyinchiliklar haqida tasavvur beradi. Ogahiyning pand-hikmat mavzusidagi ruboiylarida ma’rifatparvarlik g’oyalari targ’ib etiladi, ilmu fan madh etiladi, barkamol inson ulug’lanadi.



Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish