Tаdqiqоtning tаrkibiy tuzilishi. Bitiruv mаlаkаviy ishi kirish, ikki аsоsiy bоb vа хulоsа, adabiyotlar ro’yxatidаn tаshkil tоpgаn.
I BOB. OGAHIY MOHIR SHOIR SIFATIDA
I.1. O’zbek adabiyotida Ogahiy lirik merosining o’rni
Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek: “Xorazm va Xiva zaminida yashagan Pahlavon Mahmud, Sulton Vays, Nosiriddin Rabg’uziy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahovaddin Valad va uning buyuk farzandi Jaloliddin Rumiy, Abul-Qosim al-Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Safo Mug’anniy Chokar, Sheroziy, Hojixon, Bola baxshi kabi o’nlab va yuzlab allomalar, shoir va san’atkorlar nomini biz bugungi avlod vakillari cheksiz ehtirom bilan tilga olamiz va boshimizga ko’taramiz”.1
O’zbekiston istiqlolga erishgandan buyon barcha sohalar qatori adabiy merosni asrab - avaylash, tadqiq etish borasida ham keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Shoir, tarjimon , tarixchi Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy ijodi ham xalqimizning ulkan ma’naviy merosidir. Ogahiy taxallusi bilan qalam tebratgan Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li ko’p asrlik adabiyotimiz va boy madaniyatimizning eng yorqin namoyondalaridan biridir. Chin ma’noda qomusiy bilim va noyob iste’dod namoyish etgan Muhammad Rizo ulug’ Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib Sharq she’riyatining amaliyotdagi barcha shakl-turlarida barakali ijod qilgan sohibi.
Ogahiy uzoq yillar davomida Xorazm adabiy, madaniy va ilmiy hayotining markazida bo’ldi. O’z asarlari va amaliy-ijtimoiy faoliyati bilan zamondosh ijodkorlar va fazl-u hunar ahliga katta ta’sir ko’rsatdi.
Muhammad Rizo Ogahiy 1809-yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida ma’rifatli badavlat oilada dunyoga keladi.
Ogahiy ulkan lirik shoirdir. Zamonasidayoq e’tirof topgan, she’rlari tildan tilga o’tib, el orasida shuhrat qozongan. U o’z ona tilidan tashqari fors tilida ham go’zal she’rlar yozdi, zullisonayn sifatida ikki tilda ijod qildi. Shoirning lirik asarlari ikki to’plamda jamlangan va har ikkisi bizgacha yetib kelgan. Ularning biri “Bayozi mutafarriqai forsiy” (“Forscha she’rlar to’plami”) deb nomlanib, mutaxassislar fikricha, shoirning talabalik yillari tuzilgan va u, nomlanishidan ma’lum bo’lganidek, shoirning fors tilida yozilgan she’rlarini o’z ichiga oladi. Unda ko’proq Chiqishdagi mumtoz shoirlarning she’rlari jamlangan bo’lib, Ogahiy she’rlari soni 20 taga ham yetmaydi.
Muhammad Rizoning , xususan, iste’dodli shoir va yirik tarixchi olim bo’lib kamol topishida Munisning xizmatlari kattadir. Munis o’z xonadonida va boshqa davralarda zamonasining yirik qalam ahli va fozillari ishtirokida muntazam o’tkaziladigan she’riyat yig’inlariga Muhammad Rizoni ham faol qatnashtirib davr adabiy va ilmiy hayotiga tortadi, undagi tug’ma qobiliyatning to’la namoyon bo’lishiga sharoit yaratadi.1
Munisning ustodlik saboq ko’maklari Muhammad Rizoning tez orada davr qalam ahli qatoridan ko’rinarli o’rin olishga, Ogahiy taxallusida iste’dodli ijodkor sifatida shuhrati orta borishiga olib keldi.
Ogahiyning saroyga tortilishi, davlat ishlariga jalb etilishi, xonlikda juda muhim bo’lgan miroblik mansabiga tayinlanishi uning shaxsiy hayotida ham, va ta’kidlash lozimki, ijtimoiy-ijodiy faoliyatida ham muhim burilish bo’ldi.
Ogahiyning butun ijodida zamonaning , o’sha muhitning ma’naviy-ruhiy ta’qib tazyiqi va taqdir noroziligi-yu tole’i zabunligidan, “charxi kajraftorning” adolatsizligidan va zamona ahlining shafqatsizligidan shikoyat va norozilik ohanglarining, nola-fig’onning ko’rinarli o’rin tutishi, moddiy yetishmovchilikning o’ziga ajralmas hamroh ekanligining turli-tuman shakllarda, ochiq –oydin yoki imo ishoralarda qayta-qayta qayd etadi.
Shoir qalami ostidan chiqqan turli shakllardagi she’riy namunalarda, xususan, tarixiy asarlar tarkibida badiiy tarjimalar muqaddimalarida hukmronlar va saroy maddohlari davrasidagi hayot Ogahiy dunyo qarashi va ijodiga o’z ta’sirini ko’rsatganligini kuzatish mumkin.
Ogahiy nazm gulshanining 22 janrida ijod qilgan, 18 ming misradan ziyod durdona jamlagan, “Ta’viz ul-oshiqin” devonini, 19 ta tarjima, 5 ta maxsus tarixiy asarini avlodlarga meros qilib qoldirgan. Ogahiyning asosiy she’riy merosi ona tilida yozilgan bo’lib, “Ta’viz ul-oshiqin” devonida to’plangan. “Taviz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) deganidir. Devon Xiva xonlarining eng ziyoli va taraqqiyparvarlaridan (Feruz) taxallusi bilan ajoyib she’rlar yozgan Muhammad Rahimxoni Soniy-Muhammad Rahimxon ikkinchi saltanati davrida uning taklif va talabi bilan tuzilgan. Ogahiy ushbu devonning “Debocha” sida Muhammad Rahimxonning olim va fozillarga g’amxo’rligini alohida ta’kidlab, Ogahiyga shu vaqtgacha yozgan barcha she’rlarini to’plab, devon tuzish, hatto unga maxsus “Debocha” ham ilova qilishni topshirganligini qayd etadi. Ogahiy devoni shu tariqa maydonga keldi. Shoir uni nomlashda devondagi she’rlar mazmunidan kelib chiqdi. Bundagi she’rlar, shoirning o’zi aytganidek “… barchasi dardi ish o’tining harorati bilan og’ushta (to’la) … edi … Agar ishq va dard ahlining qo’lig’a tushsa , ta’ziz (tumor) yanglig’ bo’yunlarig’a osib, izzat bila asrar erdilar va mutolaa qilib, shavqangiz (shavq qo’zg’atuvchi) mazmunlari dorusidin ishq bemorliqi maraz (dard)ig’a nav’i shifotopar erdilar. Ushbu munosabat bila bu saodatnishon devonni
“Ta’viz ul - oshiqin” ismi bila mavsum qildim (atadim)…”.1
Devonda qasida, musaddas, murabba’, musamman, masnaviy, tarji’band, qit’a, ruboiy, tuyuq kabi janrdagi she’rlar mavjud.
Devondagi she’rlar janriy va g’oyaviy yo’nalishiga ko’ra rang-barang bo’lib, unda mumtoz adabiyotning 19 janriga oid she’rlar jamlangan. She’rlarning asosiy qismini g’azal va muxammaslar tashkil etadi. Bu she’rlarida shoirning inson, hayot, borliq, ilohiyot, tabiat, jamiyat haqidagi falsafiy qarashlari badiiy talqin etiladi. Insonning turli xil ruhiy holatlari , ma’naviy-axloqiy yuksakligi shoirona tasvirlanadi. Mamlakat tinchligi , el-yurt farovonligi, millat kelajagi uchun qayg’urish, boshqa turdagi asarlari kabi she’rlarining ham asosiy mohiyatini tashkil etadi.
Ogahiy ijodida avtobiografik xarakterdagi she’rlar alohida o’rin tutadi. Bunday manzumalarida shoir hayotining muayyan davriga oid voqea hodisalar tufayli tug’ilgan ruhiy kechinmalar tasvirlangan. Shaxsiy hayoti bilan bog’liq jihatlar o’ziga xos tarzda yoritilgan. Shoirning shaxsiy hayotida yuzaga kelgan bunday qiyinchiliklar ijodida ham muayyan darajada o’z aksini topadi. Uning “Qish”, “Kasal”, “Sovuq”, “Yolg’iz” , “Yig’larman” va boshqa she’rlari avtobiografik xarakterga ega bo’lib, ularda shoirning kasallik, yolg’izlik tufayli chekkan iztiroblari o’z aksini topgan. “Qotting sovuq” nomli g’azalida buni ko’rish mumkin1.
Ogahiy she’riyatida ijtimoiy hayot, o’z zamonasi haqidagi qarashlar ham muayyan darajada aks etgan. Shoir ijodida hayot ziddiyatlari, adolatsizlik, tengsizlik haqida ham so’z yuritiladi. El-yurt osoyishtaligi, millat taqdiri uchun qayg’urish, muhtojlarga yordam berish, karam va muruvvatli bo’lish singari masalalar Ogahiy ijtimoiy qarashlarining asosini tashkil etadi. Shoir nazarida kishining boshiga keladigan balolar ham, ezguliklar ham uning amallari va xatti-harakatlariga bog’liq. Zero, har qanday yomonlik bu dunyoda javobsiz qolmaydi:
Ey ko’ngul, yaxshilig’ni qil pesha-
Ki, yamonlig’ erur yamong’a jazo.
Kimki tark aylasa yamonlig’ni,
Bo’lur, albatta, yaxshilig’g’a sazo.
Axloqiy-didaktik xarakterga ega bo’lgan ushbu qit’ada yaxshilik insonning ezgu xislati sifatida ulug’lanadi, yomonlik insоnga berilgan eng qattiq jazo sifatida talqin etiladi. Yomon illatlarni tark etib, yaxshi xislatlar sari yuz burish insonni ruhan poklashiga ishora qilinadi.
Ogahiy she’riyatining asosiy qismini ishq mavzusidagi she’rlar tashkil etadi. U mumtoz adabiyotdagi bu an’anaviy mavzuni o’ziga xos tarzda yoritadi va rang-barang tashbehlar, ifoda usullari, timsollar vositasida ishq va u tufayli paydo bo’ladigan turli xil kechinmalarni mohirona yoritadi. Shoir ishqiy mavzudagi she’rlarida tafakkur va xayolotning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanib, oshiq va ma’shuqani mehr bilan tasvirlaydi. Bunda oshiq muhabbatning oddiy farzandi sifatida o’z tirikligi, qismatini mahbuba mehri ehsoni , marhamatisiz tasavvur eta olmaydi.
Ba’zi o’rinlarda lirik qahramon xayolan o’z yori bilan so’zlashadi. Yoriga maftunlikdan parishon bo’lgan ko’ngilning bunday suhbati she’rxon tomonidan tabiiydek qabul qilinadi:
Chu deding telba ko’ngling kimgadur shaydoyu oshufta,
Eshitkil, ey pari paykar, sangodur bu, sangodur bu.
Samoviy yuksaklikdagi ko’ngil intilishlaridan mamnun oshiqning ma’naviy-ruhiy olami nihoyatda go’zal. Shuning uchun ham u ruhiy olamning sirli teranligi, mo’jizakor qudrati, ko’ngil telbalik ixtiyor etgani mahbuba tufayli ekanligini faxr bilan e’tirof etadi. Shoir takrir san’ati vositasida “sangodur bu” jumlasini takror qo’llash orqali oshiqning yorga munosabatini bo’rttirib tasvirlaydi. Shuningdek, takrir lirik “men” qiyofasini yorqinroq gavdalantirish , uning ko’ngil dardlarini chuqurroq aks ettirishga yordam beradi.
Ogahiy she’riyatidagi oshiq ko’plab ruhiy qiynoqlar va mashaqqatlarga sabrli, mustahkam irodali va e’tiqodli kishidir. Zero, Ogahiy oshiq hijron iztiroblari va azoblarga bardosh qilsagina , ma’shuqa vasliga yetishishi mumkinligini poetik inkishof etadi:
Ey ko’ngul, vasl istasang sabr et baloyu dardg’a ,
Kim, mukarrib tangrig’a bu shevadin Ayyub erur
Shoir o’z lirik qahramonini baloyu dardga sabrli bo’lishga undar ekan, unga sabr-qanoat timsoli bo’lgan Ayyub payg’ambarni o’rnak qilib ko’rsatadi. Ya’ni Ayyub sabr qilib, Haqqa yaqinlashganidek, lirik “men” ham o’z maqsadiga erishadi. Zero, sabr maqomida bo’lgan kishi, albatta, maqsadiga yetadi.
“Ta’viz ul-oshiqin”dan o’rin olgan:
Bu kecha ul oy kulbai ahzonima keldi,
Ko’ngli chidamay nolayu afg’onima keldi,-
Hamda,
Yuz shukrki, ushbu kecha jononima yetdim,
Garchi onga yetguncha necha jonima yetdim,-
bilan boshlanuvchi g’azallarda ham visol onlari, oshiq armonlarining ushalishi,hayot ne’matlaridan bahramandlik mazmuni badiiy tahlil etiladi, shukronalik g’oyalari ustunlik qiladi. Bunday g’azallar Ogahiy devonida son jihatidan ko’p bo’lmasada, shoir she’riyatining nekhoqlik mundarijasi, hayotsevarlik yo’nalishini belgilashda, hayotdagi ijobiylikni qalamga olish tamoyilini ko’rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ogahiy ijodida tabiat tasviriga bag’ishlangan she’rlar ham alohida o’rin tutadi. U kishilarni tabiat go’zalliklaridan bahra olishga , tabiat ko’rkamligidan zavqlanishga chaqirar ekan, muayyan fasllar vasfiga she’rlar bag’ishlaydi. “Bahor ayyomi”, “Xushtur bahor” , “Navro’z erur”, “Bahor”, “Bog’u qil”, “Fasli bahor” va boshqa bir qator she’rlari peyzaj lirikasining eng nafis namunalaridir. Bunday she’rlarda Ogahiyning lirik qahramoni bog’-u rog’lar, ho’l-sahrolar, gul-rayhonlar go’zalligidan , ularning ilhombaxsh chiroyidan ruhiy madad oladi. O’z diyori tabiatining fusunkorligi, jannatafzo bog’larining musaffoligi , alvon-alvon ochilgan gullari lirik qahramon qalbiga cheksiz zavq bag’ishlaydi. Bu jihatdan Ogahiyning “Bahor” radifli g’azali xarakterlidir. G’azalda bahor jahonga ziynat , sahrolarga o’zgacha tarovat bag’ishlovchi fasl sifatida tasvirlanadi. Suvlarning har tarafga ravon oqishi,jonfizo elning mayin esishini shoir nozik his qiladi:
Ochibon yuz gulni, hurram aylabon ming sarvni,
Bulbulu qumrini qildi volayu shaydo bahor.
Ijobiylik tasdig’i , hayotsevarlik g’oyalari Ogahiy devonidagi bahor, Navro’z , iydi ramazon va qurbon hayiti mavzulariga bag’ishlangan she’rlarida ham old o’ringa chiqadi. Bunday namunalar shoir ijodida ancha-muncha. Bu guruhga hayot , bahor va go’zallik ramzi gul hamda bulbul ta’rifidagi g’azal , ruboiy va masnaviylarni ham kiritish mumkin.
Bahor, shuningdek, Navro’z shoir talqinida , qahrli qish uyqusida yotgan jumla borliqqa qayta jon, yangi ruh bag’ishlab “yer yuzin jannat ul-ma’vo”ga aylantirgan, butun tabiatga “o’zgacha tarovat” baxsh etgan mo’jiza. “Mahzun ko’ngullarga farah” yetkazgan, “tong sarvni xurram aylagan”, “bo’stonlar ichra obi hayvondek suzuk suvlarni har taraf ravon” jildirgan, “jonfizo yel esib borliqqa toza-yangi jon” bag’ishlab, “bulbulu qumrini volayu shaydo” qilgan bahor va Navro’z Ogahiyning ta’sirchan misralari vositasida o’quvchilarni o’ziga rom qiladi, ko’nglida nozik his-tuyg’ular uyg’otadi.
Ogahiy she’riyati hajman salmoqli bo’lganidek, janr jihatlaridan ham boy. U mumtoz lirikaning o’ndan ortiq janrida saamrali qalam tebratib, mazmunan boy va baddiy jihatdan yetuk g’azallar bilan bir atorda mustazod, muxammas, musaddas, murabba, musamman, tarjiband, qit’a, ruboiy va qasidaning ham o’nlab namunalarini yaratgan.
Ogahiy she’riyatida umuminsoniy g’oyalar yuksak badiiy talqin qilingan bo’lib, shoir ijodining poetik o’ziga xosligini ko’rsatishda uning asarlarini shu nuqtayi nazardan tahlil qilish muhimdir.
“Ta’viz ul-oshiqin” dan o’rin olgan:
Bu kecha ul oy kulbai ahzonima keldi,
Ko’ngli chidamay nolayu afg’onima keldi,-
Hamda:
Yuz shukrki, ushbu kecha jononima yetdim,
Garchi onga yetkuncha necha jonima yetdim,-
baytlari bilan boshlanuvchi g’azallarda ham visol onlari, oshiq armonlarining ushalishi, shayot ne’matlaridan bahramandlik mazmuni badiiy tahlil etiladi, shukronalik g’oyalari ustunlik qiladi. Bunday g’azallar Ogahiy devonida son jihatidan ko’p bo’lmasada, shoir she’riyatining nekxohlik mundarijasi, hayotsevarlik yo’nalishini belgilashda, hayotdagi ijobiylikni qalamga olish tamoyilini ko’rsatishda ahamiyat kasb etadi1.
Visol lavhalari Ogahiyning ruboiy janridagi she’rlarida ham uchraydi.
Ul dilbar chobuk surubon man sori ot,
Yetkurdi boshim uzra qadam lutf ila bot,
Yo’lida nisor aylamadim naqdi hayot,
Vahkim, mani har dam o’lturur ushbu uyot.
*********************************
Man xastag’a matlub erur rohati roh,
Ey soqiyi gulchehra , kelturgil aqdoh,
Tokim man oni nafas-nafas sipqoribon
Davron g’amidin topay biro lahza faloh.
Ogahiy lirikasida oshiq obrazi hayotni, yashashni jondan sevuvchi, shu yo’lda kurashga chaqiruvchi kishi sifatida gavdalanadi.
Man xastag’a matlub erur rohati roh,
Ey soqiyi gulchehra , kelturgil aqdoh,
Tokim man oni nafas-nafas sipqoribon
Davron g’amidin topay biro lahza faloh.
Do'stlaringiz bilan baham: |