Mavzu: Ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati


Shoirning mahorati masalalari haqida



Download 409 Kb.
bet18/24
Sana21.01.2022
Hajmi409 Kb.
#396574
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
“ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati

2.2 Shoirning mahorati masalalari haqida

Ogahiy lirikasi dunyo, hayot haqidagi chuqur, mazmundor fikrlarga va inson hayoti, yuragi bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil tuyg’u va kechinmalarga boy. Bu fikr va tuyg’ular real hayot bilan bog’liq holda ifoda etiladi.Ularda estetik zavq olamiz. Ogahiy ijodiga bunday ta’sir kuchi baxsh etgan narsa, shubhasiz, uning poetik mahorati bilan bog’liq hodisadir.

Har bir hodisaning boshlanishi va oxiri bor. Har bir hodisada mayda-chuyda, ikkinchi darajali narsalar ichida xarakterli, masalaning mohiyatini ochib beradigan xususiyatlar bor. Bu yo’lda to’g’ri mezon topish, mayda-chuydalarga o’ralashib qolmasdan, xarakterli detallarni ochib o’quvchiga yetadigan, uning ruhiga singadigan tarzda ifodalash poetikaning mag’zini tashkil etadi. Ogahiy - ana shu masalada nihoyat zo’r san’atkor. Uning ruboiylaridagi ifoda shakli – ruboiyda ifodalangan maqsad-obyekt bilan bevosita bog’langan. Kishi ruhini yaxshi anglagan, so’z ta’siri kuchini yaxshi tushingan Ogahiy o’z g’azallarida mana shu maqsadga muhim ahamiyat beradi.

Poetik mahorat haqida so’z borar ekan, shoir o’z ijodida poetik vositalardan, yana to’grirog’i, so’z-til boyliklaridan qancha ustalik va mohirlik bilan foydalanganini ko’zda tutamiz. Chunki hayotni, kishi his-tuyg’ularini ifoda qilishda, adabiyotning boshqa janrlaridagidek, shoirning ham asosiy quroli til, so’zdir.

She’r tili, o’z tuzilishi, oddiy so’zlashuv tilidan, shuningdek, proza asarlari tilidan boshqacha,o’ziga xos xususiyatga ega. She’r tili uchun xarakterli narsa – bunda so’z ifodasida hayajon ta’siri kuchliligidir. Chunki lirikada hayot va undan olingan ta’sir kishi ichki dunyosi orqali, sub’ektiv tuyg’u ta’siri orqali beriladi, bu hol uning ifodasida ma’lum shaklni , ma’ulm tuzilishni talab qiladi. Buning uchun shoir o’z xalqi tilidagi barcha so’z boyliklaridan, grammatik, sintaktik qoidalardan, tilga xos

______________



  1. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. –T.:Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991, 184 b

har qanday hodisalar, pauzalar va hokazolardan foydalanadi.

Yana tilda mavjud xususiyat asosida she’rda vazn, qofiya, radif, o’xshatish, mubolag’a, kinoya va boshqa poetik vositalar keng qo’llaniladi. Bular hammasi she’rdagi shaklga xos omillardir. Lekin shu vositalar barchasi she’r uchun juda muhim, bularsiz, shular vositasidan tashqari, shularni to’g’ri qo’llamasdan lirika talabiga mos fikr , tuyg’u kechinmalarni ifodalab bo’lmaydi, ya’ni she’r yaratib bo’lmaydi. Vazn , qofiya va boshqa poetik vositalar har qaysisi alohida-alohida biz istagan mustaqil fikr yoki hayajon harakati jarayonini bera olmaydi,lekin ular hammasi birlikda shoirga o’z fikr, tuyg’ularini, real hayotni ifodalashda katta xizmat qiladi. Bu vositalar hammasi mazmunni yoritishga, uni yorqin ifodalashga xizmat qiladigan va bevosita mazmundan va uning talabidan kelib chiqadigan hodisalardir. Shu sababdan, poetik mahorat haqida so’z borar ekan, shoirning ana shu vositalardan qanchalik to’g’ri va ustalik bilan foydalanganligi ko’zda tutiladi.

Ogahiy , nazming aro dilso’z mazmun bo’lmasa,

Soda ash’oring bilan sevonu daftardan na haz.

Yana:


Ogahiy kibi ma’ni husnig’a berib oro,

Dilkusho iboratg’a tilni aylabon go’yo,

Safhag’a surib bu dam xomai farah afzo,

Yor la’lidin harfe ayladim Mir nisho,

Ey,ko’ngul, bu gavharni jon ichida pinhon qil.

Keltirilgan misralarda Ogahiy she’rda mazmun muhimligini juda yorqin va to’g’ri ifodalagan. U yana mazmundan holi bo’lgan ijodda hech qanday ma’no, foyda bo’lmaganini ta’kidlaydi.1

Ogahiy o’z lirikasida faqat aruz vaznini ishlatadi. Ogahiyning poetik mahorati uchun xarakterli narsa-uning g’azallari va boshqa turli she’rlaridagi vazn asarda berilmoqchi bo’lgan ruh, kayfiyatga tamoman mos kelishidir.

_______________



1.Rahmat Majidiy.Iste’dod va burch.G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.Toshkent-1974. 329 b

O’zbek she’riyatida vazn bilan birga vazn hodisasi bo’lgan qofiya juda muhim o’rin tutadi. O’zbek tili boyligi va tuzilishiga ko’ra , eski mumtoz adabiyotida ham, hozirgi zamon o’zbek she’riyatida ham qofiya keng qo’llaniladi. Chunki she’rda fikrni ifoda qilish, uni yorqinlashtirishda qofiya juda muhim o’rin egallaydi.

Odatda she’rda juft misra yoki baytlar oxirida keladigan, aytilish, eshitilishlari bir xilda bo’lib, ma’nolari boshqa-boshqa bo’lgan so’zlarga qofiya deyiladi. Ruboiylar tuzilishiga, qofiyalanish tartibiga ko’ra ikki xil bo’ladi: ruboiy yoki xosiy, ruboiyi musarra’ (ruboiyi tarona yoxud ruboiya). Birinchi xil ruboilarning 1,2,4-misralari o’zaro qofiyalashgan holda 3-misra bu misralar bilan qofiyadosh bo’lmaydi. U qofiyadan ozod qoladi. Uning qofiyalanish sxemasi

a-a-b-a dir. Sharq adabiyotida, jumladan , o’zbek adabiyotida yaratilgan ruboiylarning ko’pchiligi shu tartibda yozilgandir. Ogahiyning VI jildlik devonining II jildiga kiritilgan ruboiylardan 65 tasi ruboiyi xossa hisoblanadi.

Yo rab, meni nafs bandidin ayla xalos, -a

Ham kibru havo kamandin ayla xalos. -a

Har ishda pisandingni manga ro’zi etib, -b

Olam elining pisandidan ayla xalos. -a

Ikkinchi xil ruboiylarning esa barcha misralari qofiyadosh bo’ladi. Ular a-a-a-a tarzida qofiyalanadilar. Qabul Muhammad ruboiyning bunday xilini “ruboiy tarona”, Muallim Nojiy esa “ruboiy musarra’ ” deb atalishini qayd etadilar. Buyuk shoir Alisher Navoiy o’z asarlarida ularni “ruboiya” termini bilan yuritadi va shu nom bilan keltiradi. Binobarin, “ruboiya” termini birinchi bor Navoiy tomonidan qo’llanilgan. Hozirgi zamon adabiyotshunoslari ham a-a-a-a shaklida qofiyalangan ruboiylarga nisbatan bir-birining sinonimi, variantlari bo’lgan yuqoridagi uch terminni aralash holda ishlatishib kelmoqdalar. “Ruboiyi musarra’ ” larning dastlabki namunalari Abu Abdulloh Rudakiy ijodida uchraydi. Bu an’ana XI asrda yashab ijod etgan Abul Faroj Runiy, Sa’d Salmon kabi vakillari tomonidan davom ettiriladi. Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar ijodida ham mavjudir. Alisher Navoiyning “Nazm-ul javohir” asaridagi 260 ruboiyning hammasi, “G’aroyib us-sig’ar” asaridagi 133 ruboiyning 116 tasi shunday usulda yozilgan. Husayniy va Bobirlar ijodida ham ruboiylarning shu xil shaklini uchratamiz. Bobirdan so’ng Munis Xorazmiyning 1, Ogahiyning 2, Komil Xorazmiyning 1, Avazning 1 ruboiylari shunday qofiyalangan. Ogahiyning har to’rttala misrasi ham qofiyalangan ruboiylari quyidagilar:

To tushdi firoq o’tig’a bemor ko’ngul,

Yuz dardu g’amu alamga duchor ko’ngul.

Davron sitami tig’idin afgor ko’ngul,

Bo’lmish mandin malulu bezor ko’ngul.


Kofir ko’zi bedod ayon ayladi lo,

Javr o’qig’a jonimni nishon ayladi lo,

Har lahza ishim ohu fig’on ayladi lo,

Oxir mani rasvoiy jahon ayladi lo.

Ogahiy lirikasida xilma-xil, juda o’rinli ishlatilgan qofiyalarni ko’ramiz

Yor etmadi man sori xiromi hargiz,

Bazmimga kelib ichmadi jomi hargiz,

Oshiqlaridin hisob etib kulbamga

Bir kelmadi-yu, bermadi komi hargiz.

Keltirilgan ushbu ruboiyda “xiromi”, “jomi”, “komi” so’zlari qofiyadir.

Bilamizki, qofiyalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: muqayyad qofiya (raviy bilan tugallangan); mutlaq qofiya (raviydan keyin tovush kelgan qofiya).

Rahm aylagil, ey sho’x, base zoringman,

Boshdin qadam aylabon talabgoringman,

Sotmoq tilasang agar matoi husning,

Jon javharini berib, xaridoringman.

Bu ruboiyda esa “zoringman”, “talabgoringman”, “xaridoringman” so’zlari qofiyadir. Oshiq yoriga “ey sho’x” deb murojaat etadi. Ey sho’x menga bir pir rahm aylagil, men senga zorman. Boshidan senga talabgor edim. Agar matolaring-u, husningni sotmoqchi bo’lsang, jon javharimni berib bo’lsa sotib olaman. Men sening xaridoringman.

Ruboiydagi bu qofiyalar mutlaq qofiya bo’lib, qofiyaning tarkibiga ko’ra to’liqsiz (qofiyadoshlar so’zlarning tovush tarkibi bir xil emas) qofiya hisoblanadi. Qofiya har bahrda o’ziga tegishli o’rinni egallaydi. Ruboiy ishqiy mavzuda yozilgan. Qofiyalanish tartibi a-a-b-a.

Yoki :


Umrum o’tubon qilib gadolig’, yo rab,

Komimg’a yetushmadi ravolig’, yo rab,

Maqsadg’a hama yetti, vale qoldi mango

Oq soqol ila yuzi qarolig’, yo rab.

Keltirilgan ushbu ruboiyda “gadolig’”, “ravolig’”,”qarolig’” so’zlari qofiyadir. Ma’lumki, she’rning asosiy formasi, xususiyati bo’lgan vazn, bahr she’r mazmuniga xizmat qiluvchi vositalardir. Ammo vazn faqat o’zi, boshqa vositalardan tashqari, mazmun yarata olmaydi. Qofiya bo’lmasa vazn to’liq bo’lmaydi. Hayot ta’siri natijasida kishi ruhida paydo bo’lgan hayajon o’zining ichki mantiqiy harakati jarayoniga ega.1

Ruboiy a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Ogahiy ruboiylarining mavzular olami keng. Shoirning bu ruboiysi ijtimoiy mavzuda yozilgan. Ruboiylarning har bir misrasida yakdil bir fikr chiqariladi. Ruboiyning to’rtinchi misrasida esa shu fikrlar xulosa qilinadi.

Ushbu ruboiyning “Umrum o’tubon qilib gadolig’, yo rab” misrasini olsak. Lirik qahramon hayotidan norozi shaxs Allohga murojaat qiladi. Yo Alloh umrim bo’yi gado bo’lib yurdim. Ruboiyning ikkinchi “Komimg’a yetushmadi ravolig’, yo rab” misrasiga e’tibor qaratsak. Misradagi komimg’a so’zi “Navoiy asarlari qisqacha lug’ati”da quyidagicha izohlangan. Kom I – maqsad, istak; tilakka erishmoq, niyatga yetmoq, baxtli bo’lmoq. Kom II – og’iz tanglay.2

_________________



1.Rahmat Majidiy.Iste’dod va burch.G’afur G’ulom nomidagi adabiyot v a san’at nashriyoti.Toshkent-1974, 329 b

2. Navoiy asarlari uchun qisqacha lug’at. Toshkent. O’zbekiston Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti, 1993
Misrada kom so’zi maqsadga erishmoq ma’nosida qo’llangan. Lirik qahramonning afsus-nadomatlari ikkinchi misradan boshlanadi. Maqsadga erishaman desam hech bir narsa menga ravo bo’lmadi, nasib qilmadi.

Hamma o’z maqsadiga erishdi. Lekin bu hayotda menga faqat oq soqol bilan yuzimning qarolig’i qoldi. Hayotning achchiq zarbalaridan soqolim oqarib, yuzim qora bo’ldi. Ruboiydagi barcha misralar bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir – birini to’ldirib boradi. Ana shu bog’lash vazifasi hamda fikr jarayonini yakunlab, xotima qilib borish vazifasini ham qofiya o’taydi. Ruboiyda dahrdan norozilik tuyg’usining detallari ifodalangan. Misralardagi har bir qofiya bir- biri bilan uzviy bog’langan dedik. Misradan bitta qofiya olib tashlansa butun she’r buziladi. Undagi boshqa fikr, hodisa mantiqiy yakunlanmaydi. Bu yerda ifoda vositasi sifatida har bir qofiyadagi ma’no va tovushlar juda ustalik bilan berilgan.

Umuman, qofiya tovushlar takrori sifatida hayajonni oydinlashtiradi. Ammo bu ruboiydagi “gadolig’”, “ravolig’”, “qarolig’” qofiyalari dunyodan norozilik tuyg’usini ifodalashda nihoyat muhim ahamiyatga ega. Shu tariqa, Ogahiy ruboiylarida qofiyalar ham vazn bo’lagi sifatida ham mustaqil ma’no ifodalash, hayajonli tovushlarni ta’kidlash, fikrlarni bir-biriga bog’lashda muhim rol o’ynaydi. Ogahiy ruboiylarida qofiyalar har doim mazmun bilan bevosita bog’langan.

Ogahiy qofiya yoki radiflardagi ma’lum tovushlar takrori va talaffuzi orqali o’z ruboiylaridagi mazmun, tuyg’uni yorqin ifodalashga harakat qilgan. Bu narsa shoir poetikasida xarakterli hodisalardan biridir.

Ey ikki yuzing jahon aro oyu quyosh,

Ondin olodur nuru ziyo oyu quyosh,

Bu ikkisidin tunim-kunim ravshandur.

Bas hojat emas emdi mango oyu quyosh.

Bu ruboiyda go’zalning ikki yuzi vositasida go’zal badiiy tasvir berilgan. Ruboiy umumiy ruhi quvnoq , poetik vositalar hammasi shu ruhni berish uchun xizmat qiladi. Qofiya ham shunga muvofiq jarangli, o’ynoqi ruhni yorqin ifodalay oladi. Ruboiyda yorning go’zal tasviri birgina yuzi vositasida berilgan. Ruboiyda qofiya qilib olingan “aro”, “ziyo”, “mango” so’zlari aniq olingan. Qofiyadagi “o” tovushi bo’rttirilgan, bu tovush qandaydir hamma tovushlardan ustunlik qiladi. Qofiyadagi bu so’z va tovushlar predmet va harakatni to’g’ri ifodalar ekan, bu so’zlar hodisa, tuyg’uni real va yorqin berar ekan, ruboiydagi boshqa vositalar ham shunga, shu so’z, tovushlarni ta’kidlashga yordam berishi kerak.

She’rdagi qofiyadosh misralarda qofiyadan keyin takrorlanib keladigan bir yoki bir necha so’zga radif deyiladi. O’zbek she’riyatida vazn bilan bog’liq va vazn hodisasi sifatida radif ham katta o’rin tutadi. Radif obraz, xarakter, kartinani yaratishda qo’shimcha kuchli badiiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Ruboiyda radifning ham muhim estetik ahamiyati bor. U qofiyadan so’ng takrorlanib , ko’pincha she’r mazmunining umumiy yo’nalishini belgilab turadi. O’zbek adabiyotida ruboiyda radif XV asrdan so’ng keng qo’llanilib, Navoiy, Bobir singari shoirlar bunga alohida e’tibor berganlar. Alisher Navoiy “G’aroyib us-sig’ar” devonidagi ruboiylarning 90 tasi radiflidir. Bobir esa 144 ruboiysida juda mahorat bilan radifdan foydalangan. Radif ruboiyda ayrim so’z yoki so’z birikmasi holida kelishi mumkin. Ruboiylarda ikki, uch so’zli radiflar tez-tez uchraydi. Ruboiyda radifning qo’llanish shakli turlichadir.

G’azalda radif ishlatish o’zbek mumtoz adabiyotida juda qadimdan an’anaga aylangan. O’zbek mumtoz she’riyatining yirik va mohir namoyondasi Lutfiy ijodida g’azalning ajoyib namunalari mavjud:

Sensan sevarim,xoh inon,xoh inonma,

Qondur jigarim,xoh inon,xoh inonma.

Shu sodda g’azalda “xoh inon,xoh inonma” radifi katta rol o’ynaydi. G’azalning asosiy mazmunida oshiqning ma’shuqaga bo’lgan chuqur tuyg’usi nihoyatda mubolag’ali tasvir etiladi. Radif misraning yarmidan ko’pini tashkil etadi. Gap radifning katta-kichikligida emas, uning fikr, tuyg’u jarayonida tutgan o’rnida.

Navoiy ijodida ham radif ko’p qo’llangan, Ogahiy bu an’anani davom ettiradi. Ogahiy lirikasida ham radif bilan tugallangan g’azallar ko’p. Ular rang-barang bo’lib, hamma joyda g’azalning asosiy mazmunidan kelib chiqadi va g’azal emotsiya ta’sirini kuchaytirishga, shu yo’sinda, she’r mazmunini yorqinroq ochishga xizmat qiladi.

Yetib vaslingg’a bo’ldi barcha olam shod, man qoldim,

Dami bo’lmay firoqing bandidan ozod, man qoldim.

Topib shirin so’zingdin muddailar kom ila rohat,

Ko’rub kofir ko’zingdin zulm ila bedod, mam qoldim.

Shu g’azalda boshqa vositalar bilan birga g’amginlik tuyg’usini berishda “man qoldim” radifi nihoyat katta rol o’ynaydi.

Ogahiy ham lirikasidagi faqat g’azal emas, balki ruboiy janrida ham radifdan keng foydalangan. Shuningdek, shoir ruboiylarida ham radiflar o’rinli ishlatilgan. Ba’zan radif to’rt satrda ham qo’llanadi. Ogahiyning quyidagi ruboiysi bunga misol bo’lishi mumkin:

To tushti firoq o’tig’a bemor ko’ngul, -a

Yuz dardu g’amu alamg’a duchor ko’ngul. -a

Davron sitami tig’idin afgor ko’ngul, -a

Bo’lmish mandin maluli bezor ko’ngul. -a

Ushbu ruboiyda radif- “ko’ngul” bir so’zdan iborat. Alohida-alohida qaraganda bu so’z ahamiyatsiz, ammo u ruboiyda nihoyat muhim o’rin tutadi, agar shu radif bo’lmasa, baytlar va ma’no ham to’la chiqmaydi.

Yoki :

O’lturdi mani ul ko’zu qosh, ey dilbar,



Qatlim uza ko’rguzub talosh, ey dilbar,

Mani bo’yla agar yuz karat o’lsam yo’q boq,

Bersun sango haq uzoq yosh, ey dilbar.

Bu ruboiyda esa radif – “ey dilbar” ikki so’zdan iborat. She’rda radifning bir yoki undan ortiq so’zdan iboratligida emas. Radif butun misraning ”yuragi” hisoblanishi zarur. Radif tuzishda shoir mahorati chuqur yoki sayoz mazmunli bir-ikki so’z ishlatishda emas. Radif kuchi , ta’siri uning ruboiydagi vazn, umumiy mazmunga qay darajada bog’langanligi bilan belgilanadi. Shu sababdan, radifda shoir mahorati orqali har qanday so’zlar: ism, fe’l va hokazolar ancha chuqur ma’no kasb etishi, she’rda katta o’rin tutishi mumkin:

Dahr ahlidin ummed ato qilma abas,

Gar oqil esang, bo’yla xato qilma abas,

Aylab tama’ vafo sitamgarlardin,

O’z joningga o’q o’zing jafo qilma abas.

Ruboiyda radif – “abas” so’zidir. “Abas” – arabcha so’z bo’lib, “behuda, befoyda” ma’nolarini bildiradi.1 Shoir dahr, ya’ni dunyodan norozi. O’z noroziligini, bu dunyoning o’tkinchi, bevafoligini butun ruboiyda ifodalagan. Shoir kechinmalari esa birgina “abas” so’zi atrofida mujassamlangan.

Ogahiy lirikasining biz uchun qimmatli tomoni shundaki, u hayotni chuqur tekshirar, haqiqatni axtarar ekan, hayotdagi haqsizlik, jabr – zulm mol dunyo orqasida yuzaga kelgan tengsizlik natijasida ro’y bergan hodisa ekanligini seza oldi. Shuning uchun Ogahiy lirikasida jamiyatdagi hamma qatlamlar , guruhlar bir xilda ifodalanmadi.

Bu dunyoning ahlidan aslo umid qilmaslik kerak baribir befoyda. Bu jabr qiluvchi, jabr-u sitam yetkazuvchi sitamgarlardan hech qachon vafoni tama’ qilmagin, kutmagin. Falakning azoblaridan qutulaman deb o’z joningga o’q uzib, o’zingga-o’zing jafo qilma hammasi befoyda. Ogahiy nihoyat talantli va mohir san’atkor, u o’z ijodida hamma poetik vositalardan, shuningdek, radifdan ham juda yaxshi foydalangan. Uning ruboiylaridagi radiflar xilma-xil. Unda hamma so’zlardan o’rinli foydalangan. Shoirning har bir ruboiysi o’z go’zalligiga ega. Har bir ruboiy ko’zlangan maqsadlarni o’quvchiga yetkazadi. Ogahiy faqat shakl uchun radif qo’llamaydi. U hamma shakllarni juda mahorat bilan mazmunga, o’z maqsadiga bo’ysundiradi. Agar shoir aniq fikr ifodalovchi radifga biron boshqa fikrni qo’shmoqchi bo’lsa , u holda radif ishlatiladi. Shu ravishda radifdan mazmun ustunlik qiladi. Chunki vazn va qofiya kabi radif ham she’rdagi mazmun, his-tuyg’uni ifodalash vositasidir.

Ogahiy ruboiylaridagi qofiya, radif, vazn har xil tovushlar, ularning talaffuzi hammasi poetik mahorat uchun, fikr ifodasini ravshanlashtirish uchun zarur narsalardir.

Ogahiy juda talantli, mohir san’atkor, so’z ustasi bo’lganligi tufayli uning lirikasida vazn yoki boshqa formal talablar ustunlik qilganini ko’rmaymiz.

Aksincha, uning lirikasida vazn va boshqa vositalar barchasi mazmunga mos, sermazmun,ravon, hayotbaxsh ta’sirga ega.

Ogahiy lirikasida tabiat, jonli-jonsiz jismlar, tog’ hodisalari, bog’lar, oy, quyosh, yulduzlar, gul, bulbul, tabiat hodisalari, fasllari – hammasi qatnashadi. Ogahiy lirikasida metaforik ifoda,tasvirlar mavjud, unda shoir uchun, ayniqsa, xarakterli bo’lgan tabiat manzaralari, hodisalari va yor go’zalligini bayon qilgan ikki sohani alohida ajratish kerak. Bu ikki mavzu o’zining xarakteri bilan ko’proq tasvir, o’xshatishlar, mubolag’ani talab qiladi, shunga yo’l qo’yadi. Ogahiy o’z tasvir va o’xshatishlarida mumkin qadar hodisaning o’zidan kelib chiqishga va uni jonli hamda harakatda ko’rsatishga urinadi.1

Ayyomi bahor keldi hangomi nishot,

Ey gul, icholi gulshan aro jomi nihsot,

Bu fasldurur usru g’aanimat bukun-

Kim, tonglog’a qolmagusi anjomi nishot.

U ruboiyda bahor fasli nihoyat tabiiy va yoqimli ifodalangan. Ruboiyda bahor xos bo’lgan eng asosiy xususiyatlarni o’z ichiga olgan. Ruboiyda bahor mavhum holda berilmaydi. U tabiatning go’zal kishiga yoqimli hodisasi, Ogahiy uning faqat o’sha tomondan kishi ruhiga ta’sir etishini ifodalaydi, hamma o’xshatishlar shunga xizmat qiladi1.

Yetkurdi safo yer yuziga fasli bahor,

Ochildi gulu, lolau nasrin bisyor,

Kelgilki, chamanlar ichra bazm tuzub,

No’sh aylagali tarab mayini, ey yor.

Ushbu ruboiylarda insonning tabiat bilan bo’lgan abadiy aloqasi va tabiat go’zalligidan inson oladigan zavq-shavq asosiy o’rinda turadi. Shu sababli bu ruboiylar hammasi insonni hayotga, go’zalikka chaqiruvchi fazilatga ega.

Ana shunday ruboiylarni o’qib biz chuqur estetik zavq olamiz. Shunga o’xshash tabiat hodisalarini ko’rgan paytlarni, ularning ta’sirini xotirlaymiz. Ana shu keltirilgan ruboiylarda tabiat hodisasi va manzaralariga ta’sir kuchi bergan mahorat ulardagi tasvirning tabiiyligi va shu hodisalarning insonga ta’sir qiluvchi xususiyatlarini obraz holiga ko’tarishidadir. Har bir insonga shu tabiat hodisalari shu xilda ta’sir etadi, ammo buni har kim ham bunday jonli qilib bera olmaydi. Shu ta’sirga Ogahiy o’z mahorati, tasvir, o’xshatishlar orqali va tabiat hodisalarining insonga ta’sir etishidagi xarakterli paytlarini sezgirlik bilan payqay olganligi tufayli erishgan.

Ey orazi gul, qomati sarvi ozod,

Qaysi kishiga aylayin ilgingdan dod-

Kim, sharbati vaslingdin ulus shod bo’lub,

Man zahri firoqingdan erurman noshod.

Ruboiyda oshiqning g’amli tuyg’ulari obrazli ifodalanadi, ammo har bir misra o’zining bevosita ma’nosidan tashqari, yana qo’shimcha fikr va mulohazalarni ham o’z ichiga singdirgan. Misralarda hayot haqida juda to’g’ri va umumiy fikrlarni beradi. Oshiqlik sof yurak egalariga xos olijanob tuyg’u, ammo u malomat ostida, lekin shoir bundan xafa bo’lish kerak emas deydi. Oshiq mahbubasining yuzini gulga, qaddi-qomatini sarvga o’xshatadi. Chunki gul chiroyli hammani maftun etadi, sarv esa tik o’sadi. Shoir ruboiyning ikki misrasida tashbehning ajoyib ko’rinishini beradi. Ana shu o’xshatish shoir mahorati natijasida misralarda his-tuyg’uni juda ham ravshan ifodalashga katta xizmat qilgan.

Qadingga fido naqdi ravonim, ey sho’x,

Sadqa labingga javhari jonim, ey sho’x

Boshimg’a masihdek yetushmas ersong,

Hajr o’lturadur bo’yningga qonim, ey sho’x.

Bu ruboiyda ham shoir yorning qaddiga, labiga oshiqning jonini ham berishiga tayyorligini go’zal tasvirlaydi.

Ogahiy ishqiy lirikasida his-tuyg’ularni ifodalashdagi vositalarga munosabati shoirning dunyoqarashi bilan bog’liq hodisadir. Ogahiy lirikasida kuylangan ma’shuqa qandaydir abstrakt – ideal mahbub emas, u kishilar hayotida mavjud faktlarga asoslangan tuyg’u, kechinmalar ta’siri natijasida yuzaga kelgan hodisadir. Shu sababli Ogahiy tasvirlari, o’xshatishlari aniq. Bu jihatdan u, hatto, Navoiydan ham farq qiladi. Navoiy lirikasida mahbuba nihoyat ideallashtirilgan. Shu sababdan ularni tasvirlash unchalik aniq emas1.

Ogahiyning barcha ruboiylari nihoyat yengil, xushchaqchaqlik ruhida yozilgan, ifoda esa his, tuyg’u ruhiga muvofiq shaklda bayon etiladi. Shoir ijodidagi barcha ruboiylarda jonli hayot bor. Bu tuyg’ular, hislar juda konkret, turmushda har kuni, har soat bularning jonli isbotini ko’ramiz. Shu xildagi narsalar Ogahiy lirikasini o’z davri kishilariga yaqin qilgan, o’z xalqining umidlarini, orzularini, xafagarchiligini, xursandchiligini real qo’llagan. Buning uchun shoir o’zining barcha mahoratini ishga solgan.



Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish