Mavzu: Ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati



Download 409 Kb.
bet20/24
Sana21.01.2022
Hajmi409 Kb.
#396574
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
“ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati

Umumiy xulosalar
Аdаbiyot hаmmа zаmоn vа mаkоnlаrdа dаvr bilаn hаm qаdаm rivоjlаngаn. Davrlar o’tishi bilan janrlarning takomillashuvi ham ilgarilab boradi. Mumtoz аdаbiyot rivоjidа hаm o`zigа хоs o’ringa ega bo’lgan ruboiy janrining Ogahiy ijodida o’ziga xosligi bitiruv malakaviy ishimiz mаvzui mаrkаzigа qo`yilgаn. Fоrs-tоjik adabiyotidan kirib kelgan ruboiy janri hаmnаfаs vа hаmоhаng, qаdаmbа-qаdаm turkiy adabiyotda ham rivоj tоpgаn. Ogahiy lirikasidan o’rin olgan ruboiy janrida shoirning mahorati masalalari bitiruv malаkаviy ishimizdа nazarda tutilgan.

Ruboiy badiiy ijodda ko’p sayqal topgan, dovrug’dor janr. Bu janrning olamga mashhur bo’lishiga Umar Xayyom Nishopuriy sababchidir. O’zbek adabiyotida ruboiy qadimdan mavjud she’riy shakl bo’lsa-da, u o’zining yuksak taraqqiyotiga Alisher Navoiy va Bobur ijodlari orqali erishdi.

O’zbek adabiyotshunosligida ruboiy poetikasi va tarixini o’rganish sohasida anchagina ishlar qilingan. Bu janrning ba’zi o’zbek shoirlari ijodida tutgan o’rni va roli bo’yicha monografiya, darslik va tarix kitoblarida hamda maxsus maqolalarda mulohazalar bayon etilgan. Bular orasida H.Zaripov, H.Yoqubov, A.Hayitmetov, M.Yunusov, A.Qayumov, R. Orzibekovlarning ishlari salmoqli o’rin tutadi.

Fоrsiy аdаbiyotdа Umаr Хаyyom, Pаhlаvоn Mаhmud vа bоshqа rubоiynаvislаr mаnzumаlаri qаnchаlik shuhrаt tоpgаn bo`lsа, o`zbеk mumtоz аdаbiyotidа Аlishеr Nаvоiy, Bоbur, Munis vа Оgаhiylаr rubоiyning eng yaхshi nаmunаlаrini yarаtdilаr.

Ogahiy - o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondalaridan biri. Uning ijodi Navoiydan keyingi davr va o’zbek mumtoz adabiyotining yuqori bosqichidir. Ogahiy ijodiy merosini to’plab ikki devon tuzadi. Bulardan birinchisi, “Ta’viz ul -oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) bo’lsa , bu devonda shoirning turkiy tilda yaratgan 18000 ming misra she’rlari kiritilgan. Ikkinchisi esa, “Bayozi mutafarriqai forsiy” (“Forscha she’rlar to’plami”) deb nomlanib, shoirning forsiy tilda yozilgan ijodiy merosi jamlangan.

Mustaqillik yillarda Ogahiy ijodiy merosini o’rganish , tadqiq etish bo’yicha bir qator ishlar olib borilgan. Bu ishlarda, asosan, Ogahiy she’riyati, tarjima va tarixiy asarlarining ba’zi jihatlari tahlil etilgan. Shoir mahorati, so’z qo’llashdagi iqtidori, ko’plab she’riy san’atlardan foydalangani haqidagi fikrlarni uchratamiz.

Malakaviy bitiruv ishimizning markaziga qo’yilgan Ogahiyning ruboiynavislikdagi mahorati mavzusida ayrim olimlar ishlari uchrasa-da, lekin chuqur tahlil qilinmaganligiga guvoh bo’ldik.

Muhammad Rizo Ogahiy lirikasida ruboiy muhim ahamiyatga ega. Alisher Navoiy va Bobur ruboiylaridan keyin ruboiyning taraqqiy etgan va rivojlangan ko’rinishini Ogahiy ijodida ko’rish mumkin. Shoir ruboiylarining mavzular olami keng. Jumladan, ruboiylar to’rt guruhga, ya’ni axloqiy-ta’limiy, ishqiy, tasavvufiy-falsafiy hamda peyzaj tasviridagi mavzularda o’rganildi. Ogahiy ruboiylarida inson bekam-u ko’st kamolga yetishishi uchun yoshlikdan ilm va kasb-hunar egallashi shart ekanligini ta’kidlaydi. Shoir fikricha ilm-ma’rifat insonni ma’naviy kamolotida va jamiyatning taraqqiyotida kuchli vositadir. Ogahiy ruboiylarida inson va tabiatning uyg’unligi, tabiat go’zalligining inson tafakkuriga , ruhiy va ma’naviy dunyosiga ta’siri to’g’risidagi fikrlarini namoyon etadi.

Ogahiy ijodida milliylik, an’ana, salaflari ta’sirini ko’ramiz. Xususan, Ahmad Yassaviy, Pahlavom Mahmud, Alisher Navoiyning izidan borganligi yaqqol ko’rinadi. Shoir ruboiylarida mazmun va shakl uyg’unligiga alohida e’tibor berilgan. Tasvir va ifodalar haqqoniy va aniq tasvirlangan. Ruboiylardagi pafosning hayotiyligi, hasbi hol betakrorligi va badiiy til mahorati o’ziga xos uslubda ifodalangan. Shoir lirikasida, jumladan, ruboiylarida vazn, qofiya, va radifdan o’rinli foydalangan. Yana shoir ruboiylarida shuni ko’rish mumkinki, an’anaviy badiiy san’atlardan ham mohirona foydalangan.

Demak, shoir ruboiy yozishda salaflari izidan borib, bu janrning takomillashuviga hamda sayqal topib rivojlanishiga o’zining katta hissasini qo’shdi. Shoirning axloqiy-ta’limiy, falsafiy mavzulardagi ruboiylari bugungi va ertangi kelajak avlodlarning yuksak marralarga erishishiga zamin yaratib beradi.




Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish