Durаdgоrlikdа ishlаtilаdigаn yеlimlаr vа bo‘yoqlаr turlаri, хususiyatlаri va ishlаtilish sоhаlаri



Download 1,09 Mb.
Sana01.06.2022
Hajmi1,09 Mb.
#628167
Bog'liq
Durаdgоrlikdа ishlаtilаdigаn yеlimlаr vа bo




Durаdgоrlikdа ishlаtilаdigаn yеlimlаr vа bo‘yoqlаr turlаri, хususiyatlаri va ishlаtilish sоhаlаri.
Duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi. yelim yog‘och to‘qimalari orasidagi bo‘shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bo‘ladi. Bunda o‘zaro iriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog‘liqdir. Shuningdek, yelimlashning mustahkamligi pishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog‘liq bo‘ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng ko‘p ishlatiladi. Taxta (duradgorlik) yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog‘i, shoxi, tog‘aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimning sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bo‘lsa,shunchalik sifatli bo‘ladi.Taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo‘kkunicha 10–12 soat ivitiladi, so‘ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich birbirining ichiga qo‘yiladigan ikkita metall idishdan iborat bo‘lib, yelim kuyib ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga yelim solinadi (1-rasm). yelim qaynatkich taxminan 70–80°C gacha qizdirildi




1-rasm. Yelim qaynatkich.

Ana shu darajadagi haroratda yelim eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada, kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin. Yelim qaynatishda qattiq qaynab ketmasligini va uzoq vaqt qizimasligini kuzatib
turish kerak. Chunki ana shunday hollarda uning sifati yomonlashadi. Odatda, yelim bir-ikki kunlik ishga yetarli qilibtayyorlanadi.
Negaki, u qayta qizdirilsa, buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yaramaydi. Yelimning ishga yaroqliligini
aniqlash uchun unga bitta payrahani tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib tushsa, sifatli bo‘ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa) ishlatishga
yaramaydi.

Kazein yelimi. Bu yelim tarkibining asosiy qismi yog‘i olingan quruq tvorog – kazeindan iborat bo‘ladi. U yog‘siz sutdan tayyorlanadi. Yelimning tarkibida kazeindan tashqari kerosin va yelim buzilmasligi uchun qo‘shiladigan maxsus antiseptik modda ham bo‘ladi. Kazein yelimi quyidagicha tayyorlanadi: emallangan toza idishga xona haroratidagi suv quyiladi va uning ustiga yelim kukuni (ikki hissa suvga bir hissa qilib) sepiladi, keyin bir jinsli massaga aylangunicha yaxshilab aralashtiriladi. Suvni yoki yelim aralashmasini isitmaslik kerak. Chunki bunda yelim buziladi.


2-rasm. Yelimni surtish: a – go‘sha va tirnoq; b – uya va tirnoq.

To‘g‘ri tirnoqli va T simon birikmalarni yelimlashga tayyorlashda ularning sirtiga duradgorlik yoki kazein yelimi surtiladi. Shundan keyin tirnoqli birikmaning detallari biriktiriladi. Bunda tirnoq uyaga yoki go‘shaga zich joylashuvi hisobga olinadi. Buning uchun tirnoqli birikma detallarining biriga to‘qmoq bilan yog‘och qistirma orqali sekin-sekin uriladi (3-rasm).




3-rasm. Tirnoqli birikmalarni yig‘ ish: a – to‘g‘ri tirnoq; b – ochiq tirnoq; d – T simon tirnoq.


Bo‘yash yog‘ochning tabiiy rangini o‘zgartirgan holda pardozlovchi hamda tashqi ta’sirlardan saqlovchi himoya qatlami hosil qilishdan iborat jarayondir. Bunday usullarda eshiklar, deraza romlari, ayrim mebellar va boshqa buyumlarga pardoz beriladi. Yog‘ochni bo‘yash uchun ko‘proq moyli
bo‘yoqlar, nitrobo‘yoqlar, emallar, suv emulsiya bo‘yoqlari ishlatiladi. Bo‘yash ishlari purkash mashinalari yordamida yoki cho‘tkalar va dumaloq valiklar yordamida bajariladi. Bo‘yoqni buyum sirtiga bir tekis ko‘rinishda hosil bo‘lguncha 2–3 marta surtiladi. Yetarlicha qalinlikda surtilgan emal bo‘yoqlari yaltiroq ko‘rinish hosil qiladi. Boshqa bo‘yoqlar yaltiramaydigan qatlam hosil qiladi. Bo‘yash ishlari bajarilgandan so‘ng xona shamollatiladi. Bo‘yoqlarni saqlashda shaxsiy xavfsizlik hamda yong‘inga qarshi qoidalarga rioya qilsh zarur. Bo‘yoqlarni surtishda turli xil cho‘tkalardan foydalaniladi. Cho‘tkalardan foydalanish va uni saqlash qoidalari 6-rasmda ko‘rsatilgan.



  1. b.)

6-rasm. Moy bo‘yoq surtish: a – moy bo‘yoq cho‘tkasini saqlash; b – moy bo‘yoqni surtish
yo‘nalishi.
Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish