1.2.Sporali tipi
SPORALILAR (SPOROZOA) tipiga 4800 dan ortiq tur kirib, ularning ham umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlarning turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. ko'ra, ularning rivojlanishi murakkablashgan bo'lib, har xil muhit sharoitda ga, xo'jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payish xususiyatlar vujudga kelgan. Ularning harakatlanish organoidlari, ovqat hazm qiluvchi vakuolalari rivojlanmagan, himoya qobig'iga pora hosil qiladi.Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarini- iriga bo'linadi.
Ulardan hayvonlarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari parazitlik qilib, xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Koksidiyasimonlar sinfi, o'z navbatida, bir necha turkumlarga bo'linadi. Koksidiya (Soccidiida) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqalilar organlarining epiteliy to'qima hujayralarida, ya'ni ichak va jigarda parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat ma'lum bir tur hayvonda yashaydi. Voyaga yetgan koksidiyalar harakatsiz bo'ladi.Cho'zinchoq yosh shakllari, ya'ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. Koksidiyalarning ko'payishida jinsiy va jinssiz bo'g'inlarning to'g'ri gallanishi xarakterlidir. Qoramol, qo'y, echki, quyon vaparrandalarda asosan Eimeria urug'ining turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonrarda bir xil bo'lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya davrlarini) o'taydi .
Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti xo'jayinlar ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda (ekzogen davri) o'tadi.Shizogoniya (jinssiz ko'pavish davri) davrida mahsuldor hayvonlar, jumladan, quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya ootsistalarini yutib yuboradi. Ootsista ichida 4 ta spora va har bir spora ichida 2 tadan sporozoitlar bo'ladi. Quyon ichida ootsistaning qobig'i erib ketib, sporalarning po'sti yoriladi va ulardan non ko'rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar tezlikda hujayralarga kirib oladi va yumaloqlanib о4sib, hajmi kattalashadi hamda si bir nechtaga (8-60 ta) bo'linadi. Yadrolar soniga qarab, sitoplazma ham ichaga bo'linadi va yangi avlod, ya'ni merozoitlar shakllanadi.Sporozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo'shlig'iga chiqib, qaytadan sog'lom hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo'l bilan ikkinchi generatsiyani otaydi. Shunday usulda jinssiz ko'payish 4-5 marta takrorlangandan keyin sporozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'la boshlaydi.Gametalar (jinsiy yo'l bilan ko'payish) davrida epitelial hujayralarga kirgan bir guruh merozoitlardan makro va mikrogametotsitlar hosil bo'ladi. Keyinchalik har qaysi makrogametotsitdan bitta makrogameta har qaysi mikrositdan esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo'lgan bir nechta chan mikrogametalar hosil bo'ladi. Mikrogametalar epiteliya hujayralaridan o'shlig'iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo’shiladi natijada zigota hosil bo'ladi. Zigota qobiqqa o'ralib, ootsistaga aylanib ichak bo'shlig'iga chiqadi.Ogoniya davrida koksidiyalarning ootsistalari faqat kislorodli muhitda rivojlanadi shu sababli, ootsista xo'jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Ootsista ikki qavatli po'sti himoya vazifasini bajaradi. Qulay sharoitda ootsista rivojlanmaydi. Dastlab, yadrolar 4 taga bo'linadi, ma'lum vaqtdan keyin sitoplazmalar soniga qarab, 4 ga bo'linadi va ootsistada sporoblastlar shakllanadi, sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitlar hosil Shunday qilib, sporogoniyada har bir ootsistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit letadi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo'lib qoladi.Invaziyali ootsistalar hayvonlarning ichagiga tushganda, sporalardan va sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi.Koksidiyalarning 10 tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo'y va a, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashi aniqlangan.O’simlikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan ardinae va Isospora urug'i turlari parazitlik qiladi.Koksidiyalar koksidioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlar- ihasi pasayadi, o'sishi susayadi, ich ketish, kamqonlik kuzatiladi, hayvon yvonlarni zich joylashtirish, binolarning zax bo'lishi, koksidiyalar uchun roitni vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi. Kasallangan hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furatsetin va boshqa preparatlar bilan davolash hamda zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.Molxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. Xo'jaliklarda mol boqish dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to'yimli yem-xashaklar bilan boqiladi.
Koksidiyalar turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan, odamlarning jigari, talog'i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug'diruvchi toksoplazmalar urug'i vakillari (Toxoplasma gondii) va qushlar hamda sutemi- zuvchilarning muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya'ni go'sht sporalilar urug'i vakillari ham kiradi.
Tug'ma toksoplazmozda kasallik ona organizmidan homilaga o'tadi va homi- laning nerv sistemasi, ko'zlari va boshqa a'zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki o'lik yoxud mayib-majruh bo'lib tug'iladi. Toksoplazmada tirik tug'ilgan bola aq- lan va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnev- moniya, meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiya kabi og'ir kasalliklar kuzatiladi. Orttirilgan o'tkir toksoplazmoz esa terlamaga o'xshash kechib, bemor isitmalaydi, tomog'i og'riydi, jigari va talog'i shishadi yoki ko'pincha nerv sistemasi zararlanib, boshi og'riydi, qayt qiladi, falajlanadi. Xronik toksoplazmada, odatda, bemorning gavda harorati uzoq vaqt yuqori bo'ladi, boshi, tomog'i, mushaklari og'riydi, limfa tugunlari va jigari shishadi. Mehnat faoliyati susayadi. Shuningdek, bemor psixi- kasining buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko'zi, yuragi zararlanishi mumkin. Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini olish uchun uy hayvonlarini sanitariya nazoratida saqlash, horiiilador ayollarni tibbiyot ko'rigidan o'tkazish zarur.Hayvonlardan qo'y, echki, cho'chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar hamda parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik ona hayvonlardan bolasiga sut orqali, bir-biriga yaqin bo'lish hamda turli kemiruvchi va hasharotlar orqali o'tadi. Kasal hayvonda yo'ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy holsizlanish, organizm uvishishi va teri zararlanishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |