II.Infuzoriyalar tipi parazitlari
KIPIKLILAR (CILIOPHORA) YOKI INFUZORIYALAR (INFUSO- )i vakillari ko'lmak suvlardan tortib dengiz, okeanlargacha bo'lgan hamda va nam tuproqlarda uchraydi.7500 ga yaqin turi bor. Ba'zi turlari esa umutrqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarda parazitlik qiladi.
Kiprikli infuzoriyalar sinfidan biri ixtioftirius (Ichthyophthirius multifilus) baliq terisi va jabrasiga kirib, yara hosil qiladi.
Bu parazitning yosh individlari baliq terisiga va jabrasiga chuqurroq o'rnashib, faol ovqatlanadi va kattalashadi. Ma'lum vaqtdan keyin parazit baliq terisidan ajralib suvga chiqadi va sistaga o'raladi. Sistada esa ko'payish boshlanadi. Yadrosining ketma-ket bo'linishi tufayli 2000 tagacha yangi harakatchan yosh parazitlar rivojlanadi. Sistadan tashqariga chiqqan yosh ixtioftiriuslar yana baliqlar terisi va jabrasiga yopishib o'z taraqqiyotini davom ettiradi.Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalarning 90-100 %i nobud bo'ladi. Ixtioftiriuslardan, ayniqsa, zog'ora baliq, gulmohi, do'ngpeshona, oq amur va losossimon baliqlar ko'p zarar ko'radi.
Shuningdek, bu sinfga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi Balantidium coli ham kiradi.Uning tanasi loviyasimon bo'lib, odamning yo'g'on ichagi devorida parazitlik qilib, jarohat hosil qiladi va xavfli qonli ichburug' kasalligini vujudga keltiradi. Odamlarga bu parazitlar cho'chqalar orqali yuqadi. Chunki, balantidiy cho'chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. Cho'chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalarni yutib, balantidiy bilan kasallanadi.Balantidioz bilan ko'pincha cho'chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlaydigan korxonalarida ishlaydigan xodimlar kasallanadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda odam va hayvonlarda ko’plab bir hujayralilar parazitlik qiladi.Ular turli organlarda parazitlik qilib turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Ayrim parazitlik keltirib chiqargan kasalliklarni davolab bo’lsa,ayrimlarini davolab bo’lmaydi.Kasallikni davolashdan ko’ra oldini olish osonroq kechadi.Masalan ichburug’ amyobasi vaqtida davolanmasa Agarda amyobaning to'qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to'g'ri kelib qolsa, u qon orqali to'g'ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo'ladi.O'pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o'pkaga diafragma orqali o'tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og'rishi, ishtahaning yo'qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug' amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin.Chagas kasalligi esa besh yoshgacha bo'lgan bolalarda juda og'ir o'tib, o’limga olib kelishi mumkin. Ayrim ma'lumotlar bo'yicha 14 % gacha bemorlar kasallikdan o'ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yuqadi, tug'ma ham bo'lishi mumkin. Chagas kasalligi ko'pincha qishloqlarda ko'p . Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan xonadon- illos joylarda triatom qandalalarning lichinkalari bemalol rivojlanadi.Masalan leyshmaniyani iskaptoparlar tarqatadi,bu kasallik yuqmasligi uchun pashsha chaqmasligi uchun qo’l va yuzlariga maxsus kremlar surtish kerek.Leyshmaniya odamlarda leyshmanioz kasalligini keltirib chiqaradi.Bu kasallikni davolash choralari topilmagan.Leyshmanioz ko’proq bolalarda uchraydi. Kasalliklardan keyin muntazam immunitet hosil bo'ladi. Shuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.Kasallikni aniqlash uchun to'sh suyagi ko'migi mikroskop ostida qaralib, hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo'qligi aniqlanadi. 1960-yildan boshlab MDH mamlakatlarida shu jumladan, O'zbekistonda ham bezgak kasalligi butunlay tugatilgan. Lekin odamlarning bezgak bilan kasallanishi Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va ayniqsa, Afrika mamlakatlarida hozirgi kunda ham keng tarqalgan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda har yili yer shari aholisining 5-6 mln.ni bezgak chivinlari yuqtirgan bezgak kasalligi tufayli olamdan ko'z yumgan. Shulardan 1 mln.dan ortiqrog'i 4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda anofeles avlodiga kiradigan chivinlarning 400 dan ortiq turi mavjud bo'lib, shulardan 25-30 ta turi bezgak kasalligini qo'zg'atuvchilarining tashuvchisi hisoblanadi.Odamlarni chivin chaqishidan saqlash uchun badanga chivinga qarshi kremlarni surish, yozda pashshaxonalardan foydalanish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Umurtqasizlar zoologiyasi((Mavlonov O, Xurramov Sh, Eshova X. 2006)
2. Umurtqasiz parazit xayvonlar (Qulmamatov A. 1988)
3.Parazitologiya(Dadayev 2006)
Internet saytlari
1.http:www.hro.org
2.http:www.un.org veb saytlari.
3. www. Ziyonet. uz
4.www. edu. uz
5.tdpu-INTRANET. PedA
6. www.bilim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |