Trixomonadalar (Trichomonas) - trixomonadoz kasalligini qo'zg'atuvchilar bo'lib, uch turni o'z ichiga oladi: 1. Ichak trixomonadasi - Trichomonas hominis; 2. Qin trixomonadasi - Trichomonas vaginalis; 3. Og'iz trixomonadasi - Trichomonas tenax.Ichak trixomonadasi odamning yo'g'on ichagida parazitlik qiladi. Qin trixomonadasi esa ayol va erkaklarning siydik va jinsiy yo'llarida uchraydi.Trixomonadalarning tanasi oval shaklida bo'lib, orqa qismi ingichkalashib ketgan. Uzunligi 5—10 mkm (ichak trixomonadasi) dan 15-30 mkm gacha (qin trixomonadasi) bo'ladi.Oldingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan bo'lib, yadro oldida blefaroplast yotadi. Barcha xivchin¬lilar sinfi vakillari singari trixomonadalarning harakat organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchinlarining Trichomonas hominis: soni 4-5 ta bo'lib, ulardan bittasi to'lqinsimon parda l-sitostom; 2-bazal tanacha bo'ylab orqaga qayrilgan. Sitoplazmasida hazm qiluvchi vakuolalari bor. Trixomonadaning tanasi bo'ylab xivchinlaridan biri; chalanuvchi membrane uzunasiga ketgan tayanch о’zak aksostil joylashgan, xiychini cheti bo'ylab to'lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi.Trixomonadasi va og'iz trixomonadasining to'lqinlanuvchi membranasi qisqa.Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi, ya'ni oziq moddalarni tananing butun i bilan shimadi (osmatik usulda) yoki hujayra og'zi sitostom orqali (qamrab isuli bilan). Lekin hozirga qadar qin trixomonadasining sitostomi aniqlanmagan.Trixomonadalar uzunasiga boiinish (mitoz) yo'li bilan jinssiz ko'payadi. Ichak trixomonadasi odamlarda xavfli kasalliklarni keltirib chiqarmaydi, lekin kolit (ich qotish) kasalini tezlashtiradi. Trixomonadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak trixomona tashxis qo'yish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib, vegetativ iri aniqlanadi.Trixomonadasi hamma joyda tarqalgan. Ular erkak va ayollarning siydik ida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40 %, erkaklarda esa 15 % ni tashkil etadi.Trixomonadasi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va lloqa vaqtida o'tadi. Tashxis qo'yish uchun bemorning siydik va jinsiy sistemasidandan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi.Trixomonadasining patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og'iz va tish kasalliklari (gingvit, paradontoz, tish kariyesi bilan kasallangan odamlarda ko'proq uchrab turadi.Shuning uchun stomatologiya shifokoriida og'iz trixomonadasini aniqlash usullariga alohida e'tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |