d) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinlik-lariga etibor berish; - d) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinlik-lariga etibor berish;
- ye) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid, arxaik, eskirgan, dialektizm so`zlarning manolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish»3.
- Nutqning mantiqiyligi
- «Aristotel insonning eng xarakterli xususiyati - fikrlarini isbotlay olishi deb bilgan. Qadim Xitoy va Qadim Hind notiq va mantiqshunoslari fikrni asoslash jarayonini diqqat bilan o`rgangan. Buyuk ajdodlarimizdan biri Forobiy esa fikrni asoslash to`grisidagi talimot-ni mantiq ilmining asosiy tayanchi deb hisoblagan.
- Tinglovchilarga haqiqatni yetkazish va ularni u yoki bu fikrning to`griligiga ishontirish bilan bogliq har qanday nutqiy jarayon o`zaro bogliq uch unsurdan tashkil topadi.
- Birinchi unsur - isbotlanishi kerak bo`lgan fikr. Ikkinchisi - fikrning to`griligini isbotlovchi asos va dalillar. Uchinchisi - namoyish, yani fikr va asos (dalil)lar o`rtasidagi aloqani kursatuvchi mantiqiy boglanish.
- Fikrlashning mantiqiyligini taminlashda bu uch unsur borasida shakllangan qoidalarga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga aytish lozimki, fikrlash jarayonida mantiqiy xatolar mantiqiy fikrlash mada-niyatining zaifligi va fikriy pala-partishlik oqibatida vujudga keladi yoki tinglovchilarni ongli ravishda adashtirish, bahs-munozarada qanday bo`lmasin yutib chiqishga intilish istagidan kelib chiqadi4.
«Auditoriya bilan muloqotga kirishar ekan, notiq uni o`z fikrlariga inontirishi, mafkuraviy oziq berishi, odamlarning ongini o`zgartirishi lozim. Notiq nutqining tasirchan va ishonarli bo`lishida asosiy shartlardan biri esa fikrning mantiqiyligidir». - «Auditoriya bilan muloqotga kirishar ekan, notiq uni o`z fikrlariga inontirishi, mafkuraviy oziq berishi, odamlarning ongini o`zgartirishi lozim. Notiq nutqining tasirchan va ishonarli bo`lishida asosiy shartlardan biri esa fikrning mantiqiyligidir».
- «Demak, notiqning muvafaqqiyati uning qay darajada mantiqning asosiy qoidalarini bilishi va ularga rioya etishiga bogliq. Shuning uchun pedagogika, psixologiya, tilshunoslik bilan bir qatorda mantiq nutqning uslubiy asosini tashkil etadi va omma oldida nutq so`zlash, targibot-tashviqot olib borish mahoratini o`rganishda amaliy asos vazifasini o`taydi. Mantiqiy nutq tinglov-chilarni butkul jalb etish, ayrim o`rinlarda esa ularga gipnotik tasir o`tkazishga qodir. Va aksincha, bayondagi izchillikning yo`qolishi, fikrning mavhumligi va isbotlanmaganligi nutqning tasir kuchini yo`qqa chiqarishi va notiqning obro`sini tushirishi mumkin».
- «Isbotlanayotgan fikrga (tezisga) nisbatan mantiq qator talablarga rioya etishni taqozo etadi. Birinchi va eng muhim talab - fikr haqqoniy bo`lishi kerak».
- «Fikrga (tezisga) nisbatan qo`yiladigan ikkinchi talab - fikr aniq va ravshan ifodalangan bo`lishi lozim. Nutqiy muloqotda fikrni aniq va ravshan ifodalash uch amalda bajarishni taqozo etadi. Birinchidan, notiq o`zi uchun fikrni aniq ifoda etishi kerak, ikkinchidan, fikr tinglovchi(lar) uchun ravshan shaklga tushirilishi lozim va nihoyat, uchinchidan, matnda fikrning yuqoridagi ikki shakli o`zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Notiq o`zi uchun fikrni aniq ifoda etishi deganda, so`zlayotgan odamning mavzuni yaxshi idrok etishi, o`z fikrining to`griligi borasida shubha qilmasligi tushuniladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |