albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik meyor ham, nutq ham buziladi. - albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik meyor ham, nutq ham buziladi.
- Shuning uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatili-shini ijobiy hodisa sifatida emas, balki meyorning buzilishi deb qarash va ularni nutqda qo`llamaslik lozim.
- Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy uslubga xos bo`lgan so`zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib turadi. Ular rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda qulay. Ilmiy uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan foydalaniladi. Ammo bunday so`z va iboralarni so`zlashuv va badiiy nutq uslubida ishlatish matnga putur yetkazishdan boshqa narsa emas. Bunga A.Qahhorning «Nutq» hikoyasi qahramonining tabiiylik va samimiyatdan xoli bo`lgan hamda shu yo`l bilan goyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan nutqi misol bo`la oladi. Parcha keltiramiz: O`rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to`lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Etibor beraylik: suhbatda o`nlab yoki yuzlab kishi emas, ikki kishi er va xotin ishtirok etayapti. Avval xotin bu gaplarni hazil deb o`ylaydi, «qiyqirib chapak chaladi». Ammo notiq jiddiy qiyofada so`zida davom etadi. Birinchidan, ikkinchidan deb oilada bir yil davomida yuz bergan yutuq-kamchiliklarni rasmiy ravishda sanab o`tadi va nutqni quyidagicha yakunlaydi: -Lekin bu kamchiliklarga qaramay, turmushimizni alo darajada olib borayotganligimizga hyech qanday shubha bo`lishi
mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha so`zimni tamom qilib, oilamiz bundan keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga to`la ishonch bildirishga ijozat bering! - mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha so`zimni tamom qilib, oilamiz bundan keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga to`la ishonch bildirishga ijozat bering!
- Notiq nutqini tugatgandan keyin yana asliga qaytadi. Xotini uning har bir so`zidan zavqlanadi, kuladi. Nima uchun notiq bir vaziyatda o`zini ikki xil tutayapti? Sababi shundaki, u garchi o`zini «keng eshituvchilar ommasiga mo`ljallangan notiq» deb hisoblasa ham, qaysi holatda, vaziyatda qanday gapirish kerakligini bilmaydi. Tilning vazifa va uslub jihatdan amal qilish qonuniyatlarini sayoz tushunadi. Shuning uchun ham uning nutqi notabiiy va kulgilidir7.
- Parazit so`zlar deb ataluvchi leksik birliklar ham til madaniyati uchun yotdir. Ular asosan so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini kuzatib bormasligi, etiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan, ayrim kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatlik nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov, - «o`rtoqlar» so`zi 101 marta, «yani» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta tak-rorlanganligining guvohi bo`lganmiz. Qarang, bir soat-lik nutqda 234 ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan-a»8.
- Vulgar so`zlarning uchrashi ham nutqimiz tozaligiga salbiy tasir qiladi. Ogzaki nutqda bazan uchrab qoladigan so`kinish, haqorat so`zlarni ishlatish axloq meyorlariga, sharqona muomala madaniyatimizga mutlaqo to`gri kelmaydigan ishdir. Ammo badiiy adabiyotda personajlarning kuchli hayajonini, gazabini ifoda etish maqsadida vulgar so`zlarga murojaat qilgan holatlarga duch kelamiz: Qargash uchun so`z topolmadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |