manosini yo`q qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo`lmaslikdan, yozuvchilar o`zlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi». - manosini yo`q qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo`lmaslikdan, yozuvchilar o`zlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi».
- Shunday qilib, aniqlik bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqyelikka mos va muvofiq kelishidir.
- Aniqlikni boshqacha tushunish ham mumkin. Bu so`z va uning ko`pchilik tomonidan qabul qilingan manosi hamda uning nutqda qo`llanishi bilan muvofiq kelishidir.
- Ko`rinadiki, aniqlik nutqning asosiy xususiyati sifatida, eng avvalo, til tizimidagi leksik daraja bilan bog’lanadi. «Nutq aniqligi» atamasi ostida voqyelik va uning tildagi ifodasi bo`lgan leksik birlik – so`zlar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik anglashiladi.
- Til birliklaridan sinonimlar namunaviy nutqning ќosil bo`lishiga ko`proq xizmat qiladi. Chunki ular mazmunan bir-birlariga yaqin bo`lsa ham, mano qirra-lariga ko`ra farqlanadi. Ana shu qirralardagi farqlar ularni tanlab ishlatish imkoniyatini beradi. Masalan, aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, ayon sinonim-larini olib ko`raylik. Garchi ular umumiy manoda bir sinonimik qatorni tashkil qilishsa ham, birining o`rnida ikkinchisini qo`llash hamma vaqt mumkin bo`lavermaydi. Aniq eshitdim deyish to`gri bo`lgani holda oydin eshitdim deyish mumkin emas, hamma narsa ayon, hamma narsa ravshan, hamma narsa aniq, hamma narsa oydin deyish mumkin bo`lgani holda hamma narsa yorqin deb bo`lmaydi. Chunki asosan aniq eshitishga, ochiq va oydin tushunishga, yaqqol va yorqin ko`rish va eshitishga, ravshan ko`rish va tushunishga xos2
Aniqlikni vazifaviy uslublar doirasida tushunish ham o`ziga xos. Masalan, u so`zlashuv uslubida vaziyatga bogliq bo`ladi. Rasmiy uslubda esa u tildagi tayyor, љolip holidagi so`z va iboralardan foydalanishni taqozo qiladi. Ilmiy uslubda atama va uning ifodalanish aniqligi asosiy o`rinda turadi. Publisistik va badiiy uslublarda esa so`z va iboralar faqatgina badiiy-estetik vazifani bajarishdan tashqari yozuvchining goyaviy maqsadi uchun xizmat qilishi lozim bo`ladi. - Aniqlikni vazifaviy uslublar doirasida tushunish ham o`ziga xos. Masalan, u so`zlashuv uslubida vaziyatga bogliq bo`ladi. Rasmiy uslubda esa u tildagi tayyor, љolip holidagi so`z va iboralardan foydalanishni taqozo qiladi. Ilmiy uslubda atama va uning ifodalanish aniqligi asosiy o`rinda turadi. Publisistik va badiiy uslublarda esa so`z va iboralar faqatgina badiiy-estetik vazifani bajarishdan tashqari yozuvchining goyaviy maqsadi uchun xizmat qilishi lozim bo`ladi.
- So`z qo`llash aniqligining chegarasini belgilash birmuncha murakkab ish bo`lib, u tilni yaxshi bilishni va uning vazifaviy uslublar doirasida qo`llanish imkoniyat-larini o`rganishni taqozo qiladi.
- Tadqiqotchilar aniq nutq yaratish uchun so`zlovchidan quyidagilar talab etilishini qayd qilishgan:
- «a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakligini ajratib, nutqda qo`llash;
- b) nutqda ishlatiladigan so`zning anglatgan manolari-ni har tomonlama bilish;
- v) so`zning ko`p manoliligiga jiddiy etibor berish, ko`p manoli so`z nutqda qo`llanganda uning qaysi mano qirrasi ko`zda tutilayotganini aniq tasavvur qilish; fikr-ning yuzaga chiqishida bu so`zning boshqa mano qirralari monelik qilish-qilmasligini ko`z oldiga keltirish;
- g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ular-ni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |