ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari etibor berishlari va boshqalarga o`rnak bo`lishlari lozim. - ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari etibor berishlari va boshqalarga o`rnak bo`lishlari lozim.
- Talabalar mehmoni so`z birikmasida ham mulohazali holat mavjud. Bu holat qaratqich kelishigi qo`shimchasi-ning tushirilishi bilan bogliq. Qiyoslang: Talabalar mehmoni(kimningdir talabalar mehmoni) Talabalarning mehmoni (kimdir talabalarning mehmoni).
- O`zbek tilida ko`plik manosini ifodalashning yo`llaridan biri lar qo`shimchasi ekanligi malum. Shu bilan birga, bu qo`shimchaning ko`plik doirasidan chiqib, asosan ot va fellarga qo`shilganda hurmat, kinoya, piching, noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash, takid, predmetning turi, umumlashtirish, so`zlovchi munosabatini alohida bildirish singari turli xil manolarni ifodalashi uning grammatik-uslubiy imkoniyatlarining kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Garchi qo`shimchaning bu kabi manolarni anglatish jarayonidagi so`zlarga qo`shi-lish tarzi morfologik meyorning buzilishi sanalsa-da, uni uslubiy meyorning buzilishi deb bo`lmaydi: tillar, yuraklar, jigarlar, burunlar, boshlar, suvlar, qonlar, sutlar, saroblar, barglar, yo`qlar, (ketmaydimi) chiriblar kabi.
- Manoning to`gri, maqsadga muvofiq ifoda etilishida ohangning ham xizmati katta. So`zlarga qaysi yo`sinda urgu berilishiga qarab mano ottenkalari o`zgarib borishi mumkin. Masalan, nutq jarayonida keling so`zidagi samimiyat, piching, masxaralash, norozilik kabi ottenkalar faqat ohang yordamidagina reallashadi.
Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish, nutqni to`gri tuzishga erishish, har bir til birligini o`rniga qo`yib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan sanaladi. - Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish, nutqni to`gri tuzishga erishish, har bir til birligini o`rniga qo`yib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan sanaladi.
- Nutqning to`gri bo`lishi barcha soha mutaxassislari uchun ham muhimdir. Ayniqsa, fizika, kimyo, matematika, biologiya, informatika fanlari o`qituvchilari o`quvchilar-ning turli tillardan kirib kelgan atamalarni ishlatish-da, urguni to`gri qo`llashlariga, to`gri talaffuz etishlari-ga etibor berishlari lozim. Chunki ruscha-baynalmilal so`z va atamalarning talaffuzi, yani urguni qo`llash o`zbek tilinikidan birmuncha farq qiladi.
- Nutqning aniqligi
- Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifat-laridan biridir. Agar to`grilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o`zidir.
- O`zbek tilining aloqa vazifasi doirasida yozuvchilik va jurnalistlik faoliyatida, o`qish-o`qitish jarayonida, millat vakillarining kundalik muloqot jarayonida bunday kamchiliklar uchrab turibdi. Tildagi bu nuqsonni V.V.Vinogradov ham o`z vaqtida qayd qilgan edi: «
uchinchi keng tarqalgan stilistik kasallik bu so`zning voqyelikka mos kelmasligidir, so`zning predmetdan uzilib qolishi bu buzilish, hatto bazan uning predmet (asosiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |