Mavzu: Nerv- muskul preparatini tayyorlash. Reja


Dumg'aza chigalining uzun tarmoqlari



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana13.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#173120
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
семинар

 Dumg'aza chigalining uzun tarmoqlari.1. N. cutaneus femoris posterior — sonning orqa soha 

terisini innervatsiya qiladi. Bu nerv sezuvchi tarmoqlardan hosil bo'ladi. Chanoq sohasidan 

foramen infrapiriforme teshigi orqali o'tadi. Bu nervda dumbaning pastki terisiga — n.n. clunium 

inferiores, va oraliq terisiga — r.r. perineales shoxlari ajraladi.2. N. ischiadicus — o‘tirg‘ich 

nervi. Bu nerv chanoq bo‘shlig‘idan foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi. U sonning 

orqa guruh mushaklari orasidan yo'nalib, tizza osti chuqurchasi sohasida ikki tarmoqqa ajraladi: 

I) katta boldir nervi — n. tibialis; 2) umumiy kichik boldir nervi — n. peroneus 

communis.0‘tirg‘ich nervidan son sohasida rami musculares tarmog'i ajraladi. Bu tarmoq 

sonning orqa guruh mushaklari: m. semitendinosus; m. semimembranosus; m. biceps femoris 

ning uzun boshchasi, qisman m. adductor magnus Iami innervatsiya etadi.Katta boldir nervi —- 

n. tibialis. U aralash nerv tolalaridan iborat boladi.I) Bu nervning harakat tolasi — rami 

muscularis va n. interosseus cruris boldirning orqa guruh mushaklari: m. gastrocnemius; m. 




plantaris; m. soleus; m. popliteus; m. tibialis posterior; m. flexor hallucis longus; m. flexor 

digitorum longus larni innervatsiya etadi.2) N. cutaneus surae medialis — sezuvchi tarmoqlardan 

tashkil topib, boldirning orqa sohasining ichki yuzasidagi terini innervatsiya etadi. Umumiy 

kichik boldir nervidan ajraluvchi — n. cutaneus surae lateralis bilan qo'shilib, n. suralis nervini 

hosil etadi. N. suralis dan ajraluvchi nervlar: n. cutaneus dorsalis lateralis va r.r. calcanei lateralis 

boldir orqa sohasi terisini inervasiya qiladi.3) R.r. calcanei medialis — sezuvchi shoxlar bo'lib, 

to'piq sohasining medial terisini innervatsiya qiladi.4) Katta boldir nervi — n. tibialis medial 

to'piqni aylanib o'tganidan so'ng, oyoqning kaft yuzasida ichki va tashqi kaft nervlari: n. plantaris 

lateralis va n. plantaris medialis larga ajraladi. N. plantaris medialis aralash nerv tolalaridan 

iborat bo'lib, uning harakatlantiruvchi tolalari oyoqning kaft sohasidagi mushaklar: m.abductor 

hallucis, qisman m. flexor digitorum brevis, m. flexor hallucis brevis, m. Iumbricales ni 

innervatsiyalaydi. Bu nervning sezuvchi tolalari oyoq kafti sohasining III, V barmoq terisini 

innervatsiya etadi. Barmoqlarga yo'naluvchi tarmoqlar — n.n. digitales plantares communes — 

kaft yuzasidagi umumiy barmoq nervlari — xususiy barmoq nervlari — n.n.digitales plantares 

proprii larga ajralib, I, III barmoqlarni va IV barmoqning medial-kaft yuzalarini (III, V barmoq 

terisini) innervatsiya etadi. 

Son,katta va kichik boldir innervatsiyasi. N. plantaris lateralis — aralash nerv tolalaridan hosil 

bo'ladi. Bu nervni harakatlantiruvchi tolalari oyoq kaftining lateral mushaklari: m. abductor digiti 

minimi; m. flexor digiti minimi; m. abductor hallucis; m.quadratus plantae, qisman m. 

lumbricalis; m. flexor hallucis brevis; m. flexor digitorum brevis larni innervatsiya etadi. N. 

plantaris lateralis ning sezuvchi tolalari avval n.n. digitales plantares communes, so'ngra n. n. 

digitalis plantaris proprii — V barmoq va IV barmoqning lateral-kaft yuzalarini (I, V barmoq 

terisini) innervatsiya etadi.N. peroneus communis — umumiy kichik boldir nervidan n. cutaneus 

surae lateralis tarmog'i ajraladi. Bu nerv boldirning orqa yuzasining lateral soha terisini 

innervatsiya qiladi. Bu tarmoq katta boldir nervidan ajraluvchi n. cutanus surae medialis bilan 

qo‘shilib n.suralis nervini hosil etadi. N.suralis tovon sohasi terisigacha tarqaladi hamda oyoq 

panjasining ustki yuzasidagi V barmoq va IV barmoqning tashqi yuza terisini innervatsiya etadi. 

U m. biceps femoris ning kichik boshchasini innervatsiya etadi. Umumiy kichik boldir nervi 

tizza osti chuqurchasi sohasida yuza kichik boldir nervi — n. peroneus superficialis ga hamda 

chuqur kichik boldir nervi — n. peroneus profundus ga ajraladi.1. N. peroneus superficialis 

aralash nerv tolalarini saqlaydi. Bu nervning harakatlantiruvchi tolalar—r.r.muscularis 

boldirning lateral guruh mushaklari: m. peroneus longus; m. peroneus brevis larni innervatsiya 

etadi. Uning sezuvchi tolalari — n.cutaneus dorsalis medialis oyoq panjasining ustki terisida, I, 

II, IlI barmoq va IV barmoqning ichki yuza terisida tarqaladi. Barmoqlarga yo'naluvchi nervlar 

n. cutaneus dorsalis intermedius dan ajralib n.n. digitales dorsales pedis deyiladi.2. N. peroneus 

profundus — boldirning oldingi guruh mushaklari: m. tibialis anterior, m. extensor digitorum 

longus, m. extensor hallucis longus hamda oyoq panjasining ustki yuzasida joylashgan mushak: 

m. extensor digitorum brevis larni innervatsiya etadi. Mushaklarda tarqaluvchi tolalar r.r. 

muscularis deyilsa sezuv tolalari barmoqlarni innervatsiyalaydi va n.n. digitales dorsales pedis 

deyiladi. 

Dum nervi.Orqa miya tarmoqlamish qonunyatlari.Dum chigali — plexus coccygeus V dumg'aza 

segmenti tarmog'i va I dum nervidan m. coccygeus yuzasida hosil bo'ladi. Uning tarmoqlari shu 

va to'g'ri ichakni ko'taruvchi mushakni hamda n. anococcygei tarmog'i to'g'ri ichak chiqish 

teshigi bilan dum umurtqalari orasidagi terini innervatsiyalaydi. Orqa miya nervlari 

innervatsiyasining qonuniyatlari:1. Orqa miya nervlari o'rtadan, simmetrik ravishda juft bo'lib 

yo'naladi.2. Orqa miya nervlari to'g'ri yo'l bo'ylab, qisqa masofa orqali, yaqin joylashgan 

mushaklami innervatsiya etadi. Taraqqiyot vaqtida tanaga ko'chgan yoki tanadan qo'l va oyoqqa 

ko'chib qolgan mushaklar (trunkopetal va trunkofugal) boshlang'ich davrda o'sib kirgan nervlarni 

saqlab qoladi. Shu sababdan diafragma bo'yin chigali nervlari bilan, orqaning yuza mushaklari 

yelka chigali tarmoqlari bilan, ko'krakning yuza mushaklari yelka chigali tarmoqlari bilan 




innervatsiyalanadi.3. Bir miotomdan hosil bo'lgan mushaklar guruhi bir xil nerv yoki bir xil 

segment tarmoqlari bilan innervatsiya etiladi. Agarda mushak bir necha miotomlarning 

birikishidan hosil bo'lsa bir necha nerv yoki bir necha segment tolalaridan innervatsiyalanadi. 

Qorinning to'g'ri, ko'ndalang va qiyshiq mushaklari bir necha miotomlar birikishidan hosil 

bo'ladi. Shu sababli bu mushaklar bir necha nervlar bilan innervatsiyalanadi. 

Periferik nerv tizimi-systema nervosum periphericum Pereferik nervlar bosh miya va orqa miya 

o‘zaklaridan boshlanib, to‘qima va a’zolargacha davom etadi. Perefmk nerv tizimini tashkil 

etuvchi nervlar quyidagi guruhlarga ajraladi:1) n. spinalis — orqa miya nervlari;2) n. cranialis — 

bosh miya nervlari;3) n. autonomicus — avtonom (vegetatid) nerv tizimi nervlari;Pereferik nerv 

tizimini hosil etuvchi nervlar o‘z navbatida quyidagi nervlarga ajraladi:a) n. motorius — 

harakatlantiruvchi nerv;b) n. sensorius — sezuvchi nerv;d) n. mixtus — aralash nerv. Bu nerv 

tarkibida ramus cutaneus — teri shoxlari, ramus articularis — bo'g'imlarni innervatsiya etadigan 

shoxlar va ramus muscularis — mushaklarni innervatsiya etuvchi shoxlar bo‘ladi.Nerv — nervus 

tarkibida ta'sirning yo'nalishiga ko‘ra afferent nerv tolalari — neufibrae afferentes, efferent nerv 

tolalari — neufibrae efferentes boiadi.Innervasiya etish sohasiga nisbatan tanani innervatsiya 

etuvchi tolalar — neurafibrae somaticae — somatik va ichki a'zolarni innervatsiya etuvchi 

avtanom (vegetatid) nerv tolalari — neorofibrae autonomicae boladi. 

 

O’tkazuv(komissural,proeksion) yo’llari.Murakkab reflektor yoylar tarkibida bosh miya tomon 



yo'naluvchi afferent neyronlar va bosh miyadan orqa miya orqali a’zolarga qaytuvchi efferent 

neyronlar joylashadi.O'tkazuv yo'llari uch turga bo'linadi:1) assotsiatsion o'tkazuv yo'llari,2) 

komissural o'tkazuv yo'llari.3) proeksion o'tkazuv yo'llari.1. Assosiasion yo'llar—bosh miya 

po'stlog'ining turli markazlarini o'zaro bog'laydi. Bu yo'llar kalta va uzun tarmoqlarga 

bo'linadi.1) Kalta assotsiativ tarmoqlar o'zaro yonma-yon joylashgan markazlarni birlashtiradi.2) 

Uzun tarmoqlar esa bosh miyaning turli bo'laklarida joylashgan markazlarni o'zaro bog'laydi. 

Lekin bu birlashmalar har bir bosh miya yarim sharining markazlari orasida joylashadi.Bu 

o'tkazuv yo'llari quyidagi tolalardan tashkil topadi:a) yuqori bo'ylama tutamlar - bosh miyaning 

peshona bo'lagi bilan ensa va chakka bo'laklarini birlashtirib turadi;b) pastki bo'ylama tutamlar 

— bosh miyaning ensa bo'lagi bilan chakka bo'laklarini birlashtiradi.d) ilmoqsimon tolalar—

bosh miyaning peshona va chakka bo'laklaridagi markazlarni o'zaro birlashtiradi.e) belbog'simon 

tutamlar — bosh miyaning gumbazsimon pushtalari ostida joylashib, qadoqsimon tananing tubi 

bo'ylab yo'naladi va hidlov uchburchagi sohasi bilan dengiz oti pushtasining ilmoqsimon 

qismlarini o'zaro birlashtiradi.i) peshona-ensa tolalari — bosh miyaning peshona va ensa 

bo'laklaridagi markazlarni o'zaro birlashtiradi.2. Komissural yo'llar- bosh miyaning har ikkala 

yarim sharidagi markazlarni o'zaro bog'lab turadi. Bu tolalar quyidagi turlarga bo'linadi: a) 

qadoqsimon tana—miya yarim sharlarini o'zaro birlashtiruvchi tolalar bo‘lib hisoblanadi;b) miya 

yarim sharlarini qo‘shuvchi oldingi tutamlar—yarim sharlardagi hid biluv bo‘laklarini va 

paragippokamp sohalarini o‘zaro birlashtiradi;d) bosh miya yarim sharlarining gumbaz 

birikmasi—ikki tarafdagi ammoniy shoxlarini o‘zaro birlashtiradi;e) bosh miya yarim sharlari 

orasidagi uzangi birikmalari — ikki tarafdagi oraliq miyalami birlashtiradi.3. Proeksion tolalar—

bosh miya po'stlog'i bilan markaziy nerv tizimining boshqa markazlarini va orqa miya 

segmentlarini o‘zaro birlashadi. 

 

RetikuIar (to‘r) formatsiyaMiya so'g'onining (uzunchoq miya, Voroliy ko'prigi, miya 



oyoqchalari) o'rta qismida, nerv hujayralarining o'zaro tola almashishi natijasida to'r hosila — 

retikular formatsiya joylashadi. Retikular formatsiya orqa miya, miyacha, bosh miya po'stlog'i va 

gipotalamus bilan bog'langan murakkab reflektor markaz hisoblanadi.Shunday qilib, organizm 

afferent (ko'tariluvchi, sezuvchi), spesefik (og'riq, harorat, ko'ruv, sezuv) o'tkazuv yo'llaridan 

tashqari qo'shimcha efferent yo'llardan tashkil topadi. Retikular formatsiya hujayralari maxsus 

o'tkazuv yo'llariga ajralmaydi, balki bir xil hujayralar har hil impulslarni qabul qilib, miyaning 




bir qancha markazlari bilan aloqada bo'ladi. Retikular formatsiya hosil qilgan nerv hujayralari 

po'stloq osti vegetativ nervlarning. bosh miya nervlarining, miya po'stlog'ining va orqa miya 

markazlari bilan ikki tomonlama aloqada bo'ladi. Bu ikki tomonlama birikuv quyidagi vazifalami 

bajarishga yordam beradi: 1) markaziy nerv tizimiga afferent (maxsus) o'tkazuv yo'llari orqali 

yo'nalayotgan impulslarni muvofiqlashtirib turadi;2) bosh miya po'stlog'idagi markazlarning 

qo'zg'alish kuchini oshiradi;3) vegetativ nervlarning vazifasini kuchaytiradi, mushak tonusini 

muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.O'z navbatida retikular formatsiya hu Gumbaz,Qadaqsimon 

tana.Qadoqsimon tana ostida fornix deb nomlanadigan gumbaz va oq moddalardan tashkil 

topgan tutamlar joylashadi. Bu tutamlar har ikki bosh miya yarimsharida uchrab, o'rta qismi 

o'zaro qo'shilgan boladi va bu sohani corpus fornicus deb ataladi. Ikki yarimshardagi 

gumbazlarning oldingi va orqa tutamlari esa, aksincha bir-biridan uzoqlashgan boladi. Oldingi 

tutamlar—columnae fornicis, orqa tutamlar esa — crura fornicis deyiladi. Gumbazning orqa 

qismi — crura fornicis yon qorinchalarning pastki shoxi ichida joylashgan „suv otinmg pixi" — 

fimbria hyppocampi deb nomlanadigan bo'rtmalarda yakunlanadi. Gumbazning oldingi tutamlari 

bo'rtiq osti sohasidagi so'rg'ichsimon tanaIar—corpora mamillaria gacha davom etadi.Columnae 

fornicis ning orqasida uchinchi va yon qorinchalarni o'zaro birlashtirib turuvchi qorinchalararo 

teshik foramen interventricularae joylashsa, bu tutamlaming oldida esa ikki bosh miya 

yarimsharlarini o'zaro qo'shib turuvchi oldingi modda — comissura cerebri anterior joylashadi. 

Gumbaz- ning uchi bilan, tizzasimon soha oralig'ida pardasimon to'siq — septum pel- lucidum 

tortilgan boladi.jayralari barcha maxsus, xususiy o'tkazuv yo'llari bilan kollateral (yon) tolalar 

vositasida birlashadi. 


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish