infraclavicularis dan chiqadigan tarmoqlar.1. N. axillaris — qo'ltiq osti nervi aralash guruh nerv
tolalariga ega. Yelka sohasidagi to rtburchak teshik foramen quadrilaterum orqali o'tadi.Bu
nervning harakat tolalari rami muskularis deltasimon mushak ,kichik yumaloq mushakni
innervatsiyalaydi.Sezuvchi tolalar esa yelka bo'g'imi kapsulasini, hamda yelkaning terisini
innervatsiyalaydigan — n. cutaneus brahi lateralis superior tarmoqlarini ajratadi.2. N. cutaneus
tashkil topgan.3. N. cutaneus antebrachii medialis-bilak sohasidagi medial terini innervatsiya
etadigan sezuvchi tolalardan tashkil topgan. Oldingi — r. anterior va orqa — r. posterior
shoxlarga ajraladi.4. N. musculocutaneus — mushak — teri nervi — aralash nerv tolalaridan
hosil bo'ladi. Harakatlantimvchi nerv tolalari yelkaning oldingi guruh mushaklari: m.
coracobrachialis, m. biceps braqii, m. brachialis larni innervatsiya etadi. Sezuvchi tolalari — n.
cutaneus antebrahii lateralis bilak sohasining lateral terisini va kaft terisining — thener sohasini
innervatsiyalaydi.5. N. ulnaris — tirsak nervi — aralash nerv tolalaridan hosil bo'ladi. Bu nerv
yelka sohasida tarmoq ajratmaydi.a) rami articulares — tirsak bo'g'imini sezuvchi tolalar bilan
ta’minlaydi;b) rami muscularis— harakat tolalaridan bo'lib, bilakning oldingi yuzasidagi m.
flexor carpi ulnaris hamda m. flexor digitorum profundus mushaklarini innervatsiyalaydi;d)
ramus superficialis — V barmoq asosidagi — hypothener terisini innervatsiya etadi;e) ramus
profundus — harakat tolalaridan tashkil bo'lib, hypothener sohasidagi mushaklami: m. flexor
digiti minimi, m. abductor digiti minimi,m. m. interossei; III va IV m. m. Iumbricale ni; thener
sohasidagi — m.flex o r pollicis blevis ning chuqur boshchasini; m. adductor
pollicismushaklarini innervatsiya etadi;f) ramus palmaris n. ulnaris — aralash tarmoqlami
saqlaydi. Kaft yuzasi va tarmoqlari — m. palmaris blevis mushagini innervatsiyalaydi. Sezuv
tolasi-n. digitalis palmares proprii — 1,5 barmoq, jimjiloq (V) va IV barmoq terisining ichki
yuzasini innervatsiya etadi.g) ramus dorsalis n. ulnaris — sezuvchi tolalardan hosil bo'lib,
n.n.digitales dorsales qo'1 panjasining orqa yuzasi sohasida V, IV barmoq terisini va III
barmoqning ichki yuzasini innervatsiya etadi (2, 5 barmoq terisini).6. N. medianus — aralash
nerv tolalaridan hosil bo'ladi. Bu nerv yelka sohasida tola chiqarmaydi.Oraliqdagi nerv — n.
medianus medial va lateral ildizlardan — radix medialis et lateralis n.medianus sifatida
boshlanadi. BilaJc sohasida oldingi Tirsak nervining bilak sohasidagi tarmoqlari: oraliq nerv —
n. interosseus antebrachii anterior tarmog'ini ajratadi. Bu n erv d an b ilak so h asid a — rami
muscularis — harakat tolasi chiqadi. Bu tolalar bilakning oldingi guruh mushaklari: m. pronater
teres; m. palmaris longus; m.flexor carpi radialis;m. flexor digitorium superficialis; m. flexor
pollicis longus; m. pronator quadratus larni innervatsiya etadi.Kaft sohasida ramus palmaris n.
mediani tarmog‘i ajraladi. Bu tarmoq aralash bo‘lib, sezuvchi tolalari umumiy barmoq nervi —
n.n. digitales palmares proprii barmoqlaming xususiy nervi sifatida kaft yuzasidagi I, II, III
barmoqlar va IV barmoqning lateral terisini (3,5 barmoq terisini) innervatsiya etadi. Harakat
tolalari esa kaftning thener guruhidagi: m. abductor pollicis blevis; m.opponens pollicis; I, II m.
Iumbricalis mushaklarini innervatsiya etadi.7. N. radialis — bilak nervi aralash tolalar saqlaydi.
Yelka sohasida harakat tarmoq — rami musculares yelkadagi orqa guruh mushaklari m. triceps
va m. anconeus larni innervatsiya etadi.Yelka sohasida ajraladigan sezuvchi tarmoqlar: n. cutanei
brachii posterior et lateralis inferior yelkaning orqa va pastki-lateral terisini innervatsiya
etadi.Bilak sohasidagi sezuvchi tola — n. cutaneus antebrachi posterior bilakning orqa terisini
innervatsiya etadi. Bilak sohasidagi r. profundus shoxidan ajralgan n.interosseus antebrachii
posterior va rami muscularis harakat tolalari bilakning orqa guruh mushaklarini innervatsiya
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: