Mavzuning amaliy ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi
texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi
ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga
katta ahamiyat berdi
1
".
Respublika hoyob yoqilg’i – energetika resruslariga va qudratli energetik
bazaga ega. O’rganilgan gaz bazasi salkam 2 trillion kubometr, ko’mir zahirasi
2 milliard tonnadan ortiqdir. Bizda 160 dan ziyod neft konlari bor. Neft, gaz va
kondensat zahiralari o’z talablarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, energiya
manbalarini chetga chiqarish imkonini ham beradi. Bugun bu sarmoya
sarflashning eng foydali sohalaridan biridir.
1. O’ZBEKISTON KIMYO SANOATINING O’ZIGA XOSLIGI
1
Sh.M.Mirziyoyev. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari.
3
O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo
sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning
iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi.
O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda
juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan,
ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va
ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo
sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi.
O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m
3
gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu
yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi.
Tabiiy gazlarning asosiy tarkibini (92 – 96% gacha) metan tashkil etadi.
Ularning tarkibida 6% gacha boshqa ugleovdorodlar (etan, propan, butan va
oltingugurt birkmalari hamda uglerod-(IV)-oksidi) bo’ladi. Sanoatda metandan
atsetilen, vodorod, qorakuya, xlorli erituvchilar va boshqalar olinadi. Metan asosida
yuzlab organik birikmalarni hosil qilish mumkin. Tabiiy gazlarni qazib olish vaqtida
gaz kondensati ham ajralib chiqadi. Gaz kondensati suyuq uglevodorodlarning
aralashmasi bo’lib, undan juda ko’p alohida uglevodorodlarni ajratib olish mumkin.
O’zbekistonda tabiiy gazlarning katta miqdori Gazli, Sho’rtan, Surxondaryo
viloyati, Muborak va boshqa rayonlardan qazib olinmoqda. O’zbekistonda har yili
55 mlrd kubometrdan ortiq tabiiy gaz, 3,5 mln. tonnagacha gaz kondensati qazib
olinadi.
Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda
qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy
gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida
respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez
mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota,
metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi.
Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron
ishlab chiqarila boshlandi.
Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125
tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab
chiqarilmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi
sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi.
Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, nihoyatda
murakkab tarkibga ega. Uning tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, unga uglevodorodlardan
tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar ham kiradi.
4
Neftni kelib chiqishi to’g’risida hozirgi kunda ikki xil qarash mavjud.
Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, neft o’tmishda mavjud bo’lgan hayvonot va
o’simlik olamining geokimyoviy o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan. Neftning
organik birikmalardan hosil bo’lishi to’g’risidagi bu nazariya tarkibida azotli,
oltingugurtli birikmalar bo’lishi bilan isbotlanadi. Bu birikmalar hayvon
to’qimalarida va o’simliklarda mavjud bo’lgan oqsil va boshqa organik birikmalar
parchalanishidan hosil bo’lgan deb faraz qilinadi. Boshqa guruh olimlari esa neftni
noorganik birikmalar, ya’ni metall karbidlaridan paydo bo’lgan degan fikrdalar.
Neftning eng katta miqdori (butun dunyodagi neftning taxminan 65 % dan
ortig’i) Saudiya Arabistonida joylashgan.
Neftning katta konlari Tyumen, Boshqirdiston, Kavkaz va Markaziy
Osiyodadir. Neft gazlar, suv, mexanik aralashmalardan (qum, tuproq va boshqalar)
tozalangandan so’ng asosan uch qismga haydab ajratiladi: benzin (30-180
0
C gacha
qaynaydigan bo’lak), kerosin (180-300
0
C gacha qaynaydigan bo’lak) va mazut
(qoldiq): neftning bu asosiy bo’laklaridan yana petroley (neft) efiri (30-80
0
C),
ligroin (110-140
0
C), gazoil (270-300
0
C) kabilar ajratib olinadi. Mazutni past
bosimda yoki suv bug’i bilan haydab solyar moylari, surkov moylari, vazelin,
parafin va boshqalar olinadi.
Neft to’g’ridan-to’g’ri haydalganda juda kam miqdorda (25% gacha) benzin
ajratib olinadi. Benzinning miqdorini oshirish maqsadida yuqori haroratda
qaynaydigan neftning bo’laklari – kerosin, gazoil, mazut va boshqalar
krekinglanadi, ya’ni past haroratda qaynaydigan bo’lakalarga parchalanadi. Kreking
jarayoni birinchi marta 1871-1878 yillarda Peterburg texnologiya institutining
xodimi A.A. Letniy tomonidan o’rganilgan bo’lib, 1891 yilda rus injeneri V.G.
Shuxov kreking qurilmasini yaratadi. Sanoat miqyosida kreking jarayoni 1920
yillardan boshlab qo’llanilmoqda. Krekingning bir necha turlari mavjud.
Suyuq fazadagi kreking, 2,0-6,0 MPa, 430-550
0
C da olib boriladi. Bunda
olinadigan benzinning miqdori 50% atrofida bo’ladi. Bug’ fazadagi kreking 600
0
C
da olib boriladi. Bunda olinadigan benzinning miqdori 50% dan kam bo’lib, 40–
50% atrofida etilen uglevodorodlari hosil bo’ladi.
Vodorod ishtirokida parchalashda neft mahsulotlari 20,0–25,0 MPa bosim,
300-400
0
C harorat, temir, nikel, volfram katalizatorligida vodorod ishtiroki bilan
olib boriladi. Benzinning miqdori 90% gacha yetadi. Hozirgi kunda sanoatda
katalitik kreking keng tarqalgan bo’lib neft mahsulotlari 300-500
0
C da
alyumosilikat, seolit, xrom oksidi va boshqa katalizatorlar ishtirokida krekinglanadi.
5
Buning natijasida yuqori navli benzin olinadi. Krekingni yana bir necha turlari
mavjud. O’zbekistonda yiliga 6 mln. tonnadan ortiq neft qazib olinmoqda.
O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo
sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning
iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi.
Neft va gaz kimyosi fanlari uchrashgan joyda mavjud bo`lib, quyidagi qismlarni
o`z ichiga oladi:
1. Neft alkanlari, 2. Neft sikloalkanlari, 3. Neft arenlari va gibrid birikmalari,
4. Neftni qayta ishlashda hosil bo`luvchi to`yinmagan uglevodorodlar, 5. Neft
tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar: a) kislorod saqlovchi
birikmalar; b) oltingugurt saqlovchi birikmalar; d) azot saqlovchi birikmalar; e)
smolasimon - asfalten birikmalar, f) mineral komponentlar; 6. Neftni qayta
ishlashdagi termik jarayonlar. 7. Neftni qayta ishlashdagi termokatalitik jarayonlar.
8. Neft va uning mahsulotlarini oksidlash. 9. Neftni qayta ishlashdagi
gidrogenizatsiya jarayonlari. O`zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft
konlariga boy bo`lib, 5 ta regionga ajratilgan:
1. Ustyurt;
2. Buxoro - Xiva;
3. Janubi g`arbiy Hisor;
4. Surxondaryo;
5. Farg`ona.
Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim
zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib
borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan
foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik faoliyati
tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak qatlamlarida, yorug'
va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli
chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. Neft katta bosim
ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |