Mavzu: neft va tabiiy gazlarni komponentlarga ajratish usullari: rektifikatsiya


Neftni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana14.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#794251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-NEFT VA TABIIY GAZLARNI KOMPONENTLARGA AJRATISH USULLARI REKTIFIKATSIYA

Neftni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar. 
Hozirgi davrda organik 
sintezning etilen, propilen, butilen, atsetilen, divinil, izopren, benzol va uning 
gomologlari, naftalin va boshqa bir qancha muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish 
neft kimyosi xomashyosiga asoslangan. Ular esa o'z navbatida plastmassalar, tolalar, 
kauchuklar. Yuvish vositalari, bo'yoqlar va boshqa yuzlab ishlab chiqarish uchun 
xomashyo hisoblanadi. 
Neftning parafinli komponentlari mikrobiologik sintez uchun (oqsil-vitaminli 
konsentratlar ishlab chiqarishda) dastlabki xomashyo hisoblanadi. Kelgusida 
neftning ahamiyati neft kimyosi xomashyosi sifatida yanada ortib boradi. Neftni 
kompleks qayta ishlash, neft kimyosi sanoatining o'ziga xos xarakterli xususiyatidir. 
Neft yoqilg'ilari foydalanish uslubiga qarab qozon va motor yoqilg'isiga bo'linadi. 
Motor yoqilg'isi ichki yonar dvigatellarining tipiga qarab: karbyurator (benzin, 
kerosin), dizel va reaktiv yoqilg'ilarga bo'linadi. 
Benzin, yoqilg'i havo aralashmasini elektr uchquni bilan alanga oldiradigan 
porshen karbyuratorli dvigatellar uchun yoqilg'i sifatida ishlatiladi (porshenli 
samolyotlar, avtomobillar, mototsikllar va boshqa mexanizmlar). Benzin ma'lum 
fraksion tarkibga, dvigatelda to'liq bug’lanish, tez alangalanish xossasiga ega 
bo’lgan to'yingan bug' bosimiga, detanatsiya va kimyoviy chidamlilikka ega bo'lishi 
apparatlarni korroziyaga uchratmasligi lozim. Masalan, B-100 markali aviatsiya 
benzini 40— 180°C da 97,5 % haydaladi. 10 % 75°C da qaynaydi. — 60°C da 
muzlaydi, 46200 kJ/kg issiqlik beradi.
Benzinning detanatsiyaga chidamligi, bu uning muhim tavsifidir. U yoqilg'ini 
tashkil etgan komponentlarning termik barqarorligiga bog'liq bo'ladi.
Ba'zan yoqilg'i havo aralashmasi ma'lum darajagacha siqilgach, yonish tezligi 
2000 m/s gacha keskin oshadi, portlash (detonatsiyalanish) tezligi yaqinlashadi. 
Natijada silindrda qattiq urilish bo’lib, uni qizib ketishiga, tez ishdan chiqishiga, 
dvigatel kuchining pasayib ketishiga, yoqilg'ining ortiqcha sarflanishiga olib keladi. 
Detonatsiyaning sababi uglevodorodlarning termik parchalanib o'ta beqaror 
peroksidlar hosil qilishidir. Yuqori molekular massaga va normal tuzilishga ega 



bo'lgan to'yingan uglevodorodlar detonatsiyaga moyil bo'ladi, aksincha izotuzilishga 
(tarmoqlangan) ega bolgan uglevodorodlar detonatsiyaga chidamli bo'ladi. Shuning 
uchun ham benzinlarning antidetanatsion xossasiga baho berish uchun oktan soni 
(shkalasi) qabul qilingan. H - geptanning detonatsiyaga chidamligi shartli ravishda 
«0» deb, izoaktanniki (2,2,4 - trimetilpentan) esa 100 deb qabul qilingan. 
Oktan soni 
deb benzinning detonatsiyaga chidamligining o'lchov birligiga 
aytiladi. U son jihatdan izoaktanning n-geptan bilan aralashmasidagi foiz miqdoriga 
tengdir. U standart bir silindrli dvigatellarda yoki o'sha yoqilg'iga moijallangan 
eksperimental dvigatellarda sinash yoii bilan aniqlanadi. 
Benzinning detonatsiyaga chidamligini unga antidetonator deb ataluvchi ba'zi 
bir moddalarni qo'shish bilan oshirish mumkin. Masalan, tetraetil qo'rg'oshinni 
Pb(C
2
H
5
)
4
brometan va xlornaftalin bilan aralashmasida (etil suyuqligi) 1 litr 
benzinga 3 ml qo'yilsa, uning oktan soni 70 dan 90 gacha ortadi, ammo etil suyuqligi 
juda zaharli bo'lganligi hamda u qo'shilgan benzin yonganida qo'rg'oshinning zaharli 
birikmalari hosil boiib, atrof-muhitni, atmosferani zaharlashi sababli undan 
foydalanish keyingi yillarda qisqarib bormoqda. 
Antidetanator 
sifatida 
marganes 
metilsiklopentadivinil 
karbonil 
(CH
3
C
5
H
4
Mn(CO)
3
) ham ishlatiladi. Motor yoqilg'isi oktan sonini oshirishining 
nisbatan samarali usuli, bu yoqilg'ini qayta ishlash paytida uni uglevodorodlar 
tarkibini o'zgartirishdan (turli xildagi katalitik krekinglarni qo'llash orqali) yoki 
benzinga oktan soni yuqori bo’lgan komponentlar (izooktan, triptan, kumol va 
boshqa aromatik uglevodorodlar) qo'shilishdan iboratdir. 
Dizel yoqilg'isi - kerosin, gazoyl, solyar moylari bo'lib, ichki yonuv 
dvigatellarida qo’llaniladi. Ular yonish kamerasiga bevosita purkaladi. Katta bosim, 
yuqori va siqilgan havo ta'sirida purkalgan yoqilg'i o'z-o'zidan yonib ketadi. 
Yonishdan hosil bo’lgan gazlar ish bajaradi. Bunday dvigatellarning foydali ish 
koeffitsienti (FIK) juda yuqori bo'ladi, (yuk avtomobillari, teplovozlar, teploxodlar, 
kichik elektrostansiyalar va boshqalar). Bunday yoqilg'ilarning o'z-o'zidan 
alangalanib yonib ketishi, qovushqoqligi, fraksion tarkibi, qotish harorati
kokslanishi va boshqa tavsiflari muhim ko'ratkichlari hisoblanadi. 
O'z-o'zidan alangalanib ketishi setan soni bilan baholanadi. Setan soni 
qanchalik yuqori bo'lsa, yoqilg'i shunchalik sifatli hisoblanadi. 
Setan dizel yoqilg'isini etalon aralashma bilan taqqoslab ko'rish orqali 
aniqlanadi. Etalon aralashma bu setan (geksadekan C
16
H
34
uning sitan soni «100» 
deb qabul qilingan) va α
 
-metil naftalin -C
10
H
7
CH
3
(setan soni «0» deb qabul 
qilingan) aralashmasidan iborat boiib, dizel yoqilgilarida setan soni 40 dan 50 gacha 
bo'ladi. Dizel yoqilg'isining setan soni, yoqilg'iga yuqori molekular parafin 
uglevodorodlari, yoki perekis moddalar qo'shish bilan oshiriladi. 


10 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish