Orol fojiasi.
Mustabid tuzumning 70 yildan ko‘proq davom etgan
mustamlakachilik siyosati, uning O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mintaqasidagi
boshqa respublikalarning tabiiy xom ashyo resurslaridan o‘ylamay-netmay
foydalanishi, paxta yakkahokimligining izchillik bilan joriy etilishi bu yerda
24
ko‘p asrlar mobaynida vujudga kelgan va mavjud bo‘lgan tabiiy muvozanatni
izdan chiqardi, juda murakkab ekologik muammolarni vujudga keltirdi, shular
sababli Orol muammosi halokatli tus oldi
18
.
Orol dengizi — noyob tabiat ne’mati bo‘lib, uning paydo bo‘lishi O‘rta
Osiyodagi ikkita daryo — Amudaryo va Sirdaryo tufayli bundan 2—2,5 mln. yil
muqaddam ro‘i bergan. O‘rta Osiyodagi to‘rt xalq — o‘zbeklar, qoraqalpoqlar,
qozoqlar va turkmanlarning tarixi eng qadim zamonlardan buyon Opol bilan
bog‘liq bo‘lib kelgan. Orolbo‘yi ana shu xalqlar qadimgi bosqichining
shakllanish beshigi hisoblanadi. Ularning ajdodlari bu yerda, o‘sha vaqtdagi
Xorazm vohasida yuksak madaniyati bilan ajralib turuvchi qadimgi
sivilizatsiyani yaratgan. O‘zining rasadxonasiga ega bo‘lgan Qo‘yqirilgan qal’a-
shaharchasining xarobalari (miloddan avvalgi IV asr) ana shundan dalolat
beradi, bu yerdagi rasadxona nafaqat mamlakatimizda, shu bilan birga butun
O‘rta Osiyo mintaqasidagi eng qadimgi rasadxona hisoblanadi.
Bu hududda eng qadimgi zamonlardan boshlab sug‘orma dehqonchilik
rivojlangan. Paxta, uzum, shaftoli, o‘rik va boshqa dehqonchilik va meva turlari
yetishtirilgan, ulardan yuqori hosil olingan. Bunga vohaning o‘ziga xos qulay
mikroiqlimi sabab bo‘lgan, u ana shu erda Orol dengizini hosil qilgan. Shunday
qilib, eng qadimgi zamonlardan buyon Orolbo‘yida yashab kelgan xalqlarning
taqdiri Amudaryo, Sirdaryo va Orol bilan nihoyatda bog‘liq bo‘lgan.
XIX asrning oxirida rus iqlimshunosi, geografi, Peterburg akademiyasining
a’zosi Aleksandr Ivanovich Voyeykov Orol dengizini keraksiz dengiz sifatida
uni quritishni taklif qiladi
19
. Podsho hukumati uning alahsirab aytgan bu taklifini
amalga oshirishga ulgura olmagan edi. Biroq, chorizmning mustamlakachilik
siyosatini o‘ziga xos usulda davom ettirgan sovet hokimiyati mazkur taklifni
juda ustamonlik bilan amalga oshirdi.
18
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 563.
19
Воейков А.И. Избранные сочинения / Под. Ред А.В.Григорьева. ТЛИ. — М., -1952. Кн.З. С.497,
500.
25
Chorizmning Markazni boyitish sohasidagi olib borgan siyosati milliy
chekka o‘lkalarning tabiiy resurslarini talon-toroj qilishga olib keldi. SSSR
rahbariyati milliy respublikalarni, shu jumladan, O‘zbekistonni mustamlaka
chekka o‘lka deb bilar, ittifoq uchun xom ashyo bazasi sifatida foydalanardi. Bu
yerda asosan Rossiya uchun suv va havodek zarur bo‘lgan paxta yetishtirildi —
u esa sekin-asta dehqonchilikning boshqa tarmoqlarini siqib chiqardi. «Bunga
ajablanmasa ham bo‘ladi, — deb yozadi I.A.Karimov — tabiiy va mineral-xom
ashyo zaxiralaridan vahshiylarcha, ekstensiv usulda, juda katta xarajatlar va
isrofgarchiliklar bilan foydalanishga asoslangan sotsialistik xo‘jalik yuritish
tizimining butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab
munosabatda bo‘lish g‘oyasi butunlay yot edi»
20
.
1960 yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yangi yerlarni
o‘zlashtirish sohasida keng miqyosli ishlar boshlab yuborildi, bular uchun daryo
suvini
qo‘shimcha ravishda tortib olish talab qilinardi. Natijada,
Qoraqalpog‘istonda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik ham yuksak
sur’atlar bilan rivojlandi. Biroq yerlarni o‘zlashtirish ilmiy asosda olib
borilmadi. Dehqonchilikni rivojlantirish ham ekstensiv usulda amalga
oshirilganligi sababli, suv resurslarining asossiz ravishda haddan ortiq darajada
isrof qilinishiga olib keldi. Orolga esa uning «ulushi» berib turilmadi, bu esa
dengizning qurib borishiga sabab bo‘ldi. 80-yillar o‘rtalariga kelib Orol
dengizining sathi 13,8 metr pasayib ketdi, suv hajmi 390 mln. kub. metr,
maydoni 40 ming kv. m. kamaydi
21
. Natijada Orol va Orolbo‘ii muammosi
jiddiy ravishda paydo bo‘ldi. Endilikda yuzaga kelgan ana shu ekologik va
iqtisodiy muammolar faqat Orolbo‘yi uchun emas, balki butun Markaziy Osiyo
va uning atrofidagi mamlakatlar uchun ham yaqqol ko‘zga tashlanib turgan
muammo bo‘lib qoldi.
Orol dengizining qurib borishi bir qator salbiy hodisalarga olib keldi:
20
Каримов И.А. Ўзбекистон X X I аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва
тараққиёт кафолатлари. — Т., 1997, 110-бет.
21
ЎзР Сув хўжалиги вазирлигининг жорий архиви. Вазирнинг 1986 йил учун маърузаси
26
Birinchidan, suvdan foydalanishda va yerlarni o‘zlashtirishda ilmiy
asoslarning mavjud emasligi, suvning talon-toroj qilinishiga, qishloq
xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi ekin maydonlarining sho‘rlanishiga, bu
maydonlar bir qismining qishloq xo‘jalik oborotidan butunlay tushib qolishiga
sabab bo‘ldi. Masalan, O‘zbekistondagi butun ekin maydonlarining 60%,
Turkmanistondagi ekin maydonlarining 80% i o‘rtacha va kuchli darajada
sho‘rlangan.
Olimlarning
guvohlik
berishicha,
bunday
sharoitda
O‘zbekistondagi ekin maydonlarining 30%, Turkmanistondagi ekin
maydonlarining 40% i hosil bermaydi. Binobarin, ana shu yerlardagi suv va
boshqa resurslar ham lozim darajada samara keltirmaydi. Qoraqalpog‘istonda
ham shunday ahvolni ko‘rish mumkin. Respublikada 1965—1985 yillarda
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish fondlari, elektr
quvvati, 1 ga maydonga mineral o‘g‘it yetkazib berish, boshqa fondlar bilan
ta’minlash darajasi, bitta o‘rtacha yillik xodimning fond bilan qurollanishi va
uning energiya bilan ta’min etilishi darajasi bir necha marta ortgan, biroq
qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti esa mazkur davrda qiyosiy narxlarda faqat
45% o‘sgan, xolos, aholi jon boshiga hisoblaganda esa, hatto 6% ga kamaygan.
Jamoa va davlat xo‘jaliklaridagi mehnat unumdorligi o‘sha yillarda 11%
pasaygan. 1 ga sug‘oriladigan maydon hisobidan olinadigan yalpi mahsulot
deyarli uchdan bir qismga kamaygan. Respublika jamoa va davlat xo‘jaliklarida
1 t. ozuqa birligi hisobiga yalpi chorvachilik mahsuloti ishlab chiqarish miqdori
butun O‘zbekiston bo‘yicha deyarli ikki baravar kam bo‘lgan. Bu o‘rinda og‘ir
ekologik o‘zgarishlar ham ma’lum darajada rol o‘ynagan
22
.
Ikkinchidan, dengiz suvining shiddat bilan pasayib borishi natijasida 3 mln.
ga.dan ortiq qurigan dengiz tubini qumli sahroga aylantirdi. Kuchli bo‘ronlar
paydo bo‘lib, tuzli qumlarni 4 km yuqoriga va 200 km kenglikka tarqata
boshladi. Bunday bo‘ronlar har yili 6—9 marta, keyingi vaqtlarda esa 15
martagacha bo‘lmoqda. Janubiy Orolbo‘yidagi tuzli changlar esa 500 km gacha
22
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 566.
27
bo‘lgan masofaga yoyilmoqda. Bu tuzli chang bo‘ronlari sharqqa tomon 800
km.gacha, ya’ni deyarli Toshkent shahrigacha yetib kelishi mumkin. Kuchli
bo‘ronlar yordamida har yili qurib qolgan dengiz tubidan 150 mln. t.ga qadar
tuzli changlar atrof muhitga tarqatilmoqda. Orolning halokatli nafasiga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ko‘pgina tumanlari
duchor bo‘lmoqdalar. Tuz bamisoli osmondan to‘kilgandek, dalalar ustini,
yaylovlarni oppoq qatlam bilan qoplab olgan. Bunday sharoitda nafaqat
dehqonchilik ekinlari, shu bilan birga chorva mollari ham deyarli yoppasiga
kasalga yo‘liqqan. Dengiz tubining qurigan sho‘rxok yerlaridan ko‘tarilgan tuz
hatto elektr simlariga va yuqori voltli simlarning chig‘anoqlarigacha o‘tirib,
tayanch yog‘ochlarni yemirib, yaroqsiz holga keltirmoqda.
Uchinchidan, Orol dengizining qurib borishi sahro maydonlarining ortib,
to‘qayzorlarning, ko‘pgina o‘simlik turlari, qushlar va hayvonlarning qirilib
ketishiga sabab bo‘ldi. Qizilqum va Ustyurtning sharqiy qismidagi
o‘simliklarning siyraklashib borishini kuchaytirdi, buning natijasida
yaylovlarning tabiiy imkoniyati pasayib ketdi, o‘rtacha yillik hisobga ko‘ra
qariyb 5 mln. t. qimmatli ozuqalar yo‘qolib bormoqda. 800 ming ga maydondagi
qamish o‘sadigan massivlar nobud bo‘ldi, qadimdan saqlanib kelayotgan to‘qay
o‘simliklari (0,3 mln. ga) yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Hozirgi vaqtda
Qoraqalpog‘iston dorivor o‘simliklarining qimmatli turlari, chunonchi, sariq
nilfiya, oq ko‘zacha, dala qirqbo‘g‘ini, qizdiruvchi qichitqi o‘t, botqoq
shipovnigi va boshqalar yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Sahroga aylanish
jarayoni kuchayishi natijasida entomofaunaning madaniy mintaqaga hujumi
kuchaymoqda. Masalan, Orol yaqinida qamishzorlarning yo‘qolib borishi bilan
Osiyo chigirtkasi va chaqadigan hasharotlarning inlari madaniy mintaqalarda
ham tez-tez uchrab turibdi. Unga qarshi kurash murakkablashib borayotir.
O‘latga qarshi stansiyaning bergan ma’lumotlariga qaraganda, deltaning
sahrolashib borishi yangi o‘lat o‘choqlarining paydo bo‘lishi xavfini tug‘diradi.
Deltaning sahrolashib borishi esa Orol bo‘yidagi ko‘pgina hayvonlarning
28
yo‘qolib ketishiga ham sabab bo‘ldi. Orolning o‘zidagi mahalliy ixtiofauna
qirilib ketdi. 1960 yilga qadar dengiz 450 ming s. baliq berib turgan edi. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, Orol dengizidan tutiladigan so‘zanabaliq, leshch, su-
dak, sazan va boshqa baliqlar ittifoqda ovlanadigan baliqlarning anchagina
qismini tashkil etardi
23
.
To‘rtinchidan, dengiz suvi sathining muntazam pasayib borishi
mintaqaning iqlim sharoitlarining o‘zgarishiga olib keldi. Orolbo‘yining iqlimi
yanada keskin kontinentalroq bo‘lib qoldi. Sovuq bo‘lmaydigan kunlar soni
ortib ketdi, yozda esa havo harorati 2 daraja issiqroq bo‘lib, qishda 2 daraja
sovuqroq bo‘lib turibdi, atmosferaning qurg‘oq bo‘lishi kuchaydi. Bahor
cho‘zilib ketadigan bo‘lib qoldi. Natijada keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda
paxtaning pishishi qiyinlashdi.
Orol halokatini muqarrar qilib qo‘ygan sabablar majmuini tizimli tarzda
tahlil qilish, shuningdek, keyingi yillarda mazkur masala bo‘yicha taqdim
etilgan ko‘p sonli ilmiy tadqiqotlar va ekspert xulosalari natijalarining
ko‘rsatishicha, Orolning qurib borishi Yer barqarorligining buzilishi va global
iqlimning izdan chiqishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Orol
yanada qurib borgan taqdirda mo‘ljallanayotgan Yer iqlimining buzilish
tamoyillari faqat kuchayishi mumkin.
Beshinchidan, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida daryolarga foydalanilgan
kollektor suvlarining tashlanishi natijasida suvning tarkibi yomonlashib bordi.
Daryo quyi oqimining suvlarida minerallarning haddan tashqari ortishi suvni
amalda ichish u yoqda tursin, hatto sug‘orish uchun ham yaroqsiz qilib qo‘ydi.
Daryo suvining minerallashuvi tufayli yer ostidagi toza linzalar ham
minerallashdi. Bu hol Orolbo‘yining epidemiologik va sanitariya-gigiena
sharoitini keskinlashtirib, kasallik va o‘limning ortishiga olib keldi. Tabiatdagi
salbiy o‘zgarishlarning ta’siri ostida 1980 yildan boshlab kamqonlilik bilan
xastalanish 550 baravar ortdi va 10 ming aholi hisobiga 1160 kishi darajasiga
23
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 567.
29
yetdi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada ana shuncha aholi soniga 2—3 holatgina to‘g‘ri
keladi. Qon bosimining oshishi kasalligi bilan og‘rish keyingi 20 yil mobaynida
60 baravar, siydik toshi va jigar toshi kasalliklari bilan xastalanish 7 baravar
oshgan. Qoraqalpog‘iston oshqozon raki, tuberkulyoz, virusli gepatit, allergiya,
qorin tifi kabi kasalliklar bo‘yicha SSSR da eng yuqori o‘rinni egalladi. Ayniqsa
bu yerda bolalar va xotin-qizlar orasida o‘lim ko‘p bo‘ldi. Bolalar ona sutining
zaharli ekanligi bilan ham vafot etardi. Har oyda kasalliklar 5 ming kishining
o‘limiga sabab bo‘ldiki, ularning ko‘pchilik qismi bolalar edi. O‘lim va kasallik
darajasining nihoyatda yuqori ekanligi shundan dalolat beradiki, inson
organizmi endilikda ekologik holatlar vujudga keltirayotgan zarbalarga bardosh
beraolmayapti. Bu yerda inson ko‘payishining zaiflashuvi va mahalliy aholi
genofondining tanazzuli jarayoni sodir bo‘ldi
24
.
Oltinchidan, yerlarning kuchli sho‘rlanishi tarixiy-madaniy muhitga va
uning tarkibiy qismi bo‘lgan madaniyat yodgorliklariga tuzatib bo‘lmas darajada
zarar yetkazmoqda. Masalan, Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida
sug‘oriladigan maydonlarning yaqinligi, ularning kuchli sho‘rlanishi natijasida
miloddan avvalgi IV asrga taalluqli Qo‘yqirilgan qal’adagi eng qadimgi
rasadxona tiklab bo‘lmas darajada shikastlandi. Ellikqal’ada 50 dan ortiq eng
qadimgi madaniyat yodgorliklari bor edi. Hozir ulardan faqat 10 tasi qolgan,
Xorazmshohlarning qadimgi qarorgohi bo‘lgan Tuproqqal’a (milodiy I—IV
asrlar) ham halokat yoqasida turibdi. Xuddi shunday ahvolni Xorazm va
Toshhovuz viloyatlarida ham ko‘rish mumkin. Qoraqalpog‘istonning shimoliy
qismida esa ahvol bundan ham yomonroq.
Tabiiy
iqtisodiy
va
sanitariya-epidemiologiya
shart-sharoitlarining
yomonlashuvi aholining, ayniqsa, uning malakali qismining boshqa joylarga
ketib qolishiga sabab bo‘ldi. Mustabid tuzumning mustamlakachilik siyosati
tufayli Orol dengizi havzasiga yetkazilgan umumiy iqtisodiy zarar Orolni tiklash
va mazkur mintaqada ekologik muvozanatni muvofiqlashtirish uchun talab
24
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 568.
30
qilinadigan mablag‘lar hajmiga tengdir. Orolbo‘yi xalqlariga yetkazilgan
ma’naviy zararni esa umuman to‘ldirib bo‘lmaydi. «Orol tangligi insoniyat
tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biri, — deb yozadi
I.A.Karimov. — Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 3,5 mln. kishi uning
ta’sirida qoldi»
25
.
Mustabid imperiyacha tuzum Orol muammosini uzoq vaqt maxfiy saqlab
keldi. SSSR ning yuqori siyosiy rahbariyati olimlar va aholining tahlikali
ovozlariga o‘z vaqtida hech qanday e’tibor bermadi. Faqat 1986—1988 yillarga
kelib mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan ikkita qaror qabul qildi, lekin
bular mablag‘ bilan ta’minlanmadi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan nochor ahvolga tushib qolgan ittifoqning bu qarorlarni amalga
oshirishga qurbi yetmas edi. Shuning uchun bular «qog‘ozda» qolib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |