partiyasining 1953 yil sentyabr plenumida qo‘yilgan edi. U «kommunizmga
sakrash»ga urinishlardan chekinishni, avvalgi agrar yo‘lni yumshatishni nazarda
tutardi: qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini jonlantirish uchun jamoa
xo‘jaliklarining qarzlari bekor qilindi, davlatga mahsulotlar etkazib berish hajmi
birmuncha kamaytirildi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi bir oz oshirildi. SHu
4
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 536.
10
bilan birga, qishloq aholisining parranda, mayda uy hayvonlarini ko‘paytirishi
rag‘batlantirildi, tomorqa uchastkalaridan olinadigan soliqlar kamaytirildi.
Hukmron organlarning qishloq xo‘jaligiga ajratiladigan kapital
mablag‘larni ko‘paytirishga, qishloqning ishlab chiqaruvchi kuchlarini
rivojlantirishda fan va texnika yutuqlaridan foydalanishga intilishi yaqqol
ko‘zga tashlandi. Paxtachilikni mexanizatsiyalash, yangi mashinalar va
mexanizmlarni o‘zlashtirish, dehqon xo‘jaliklarining texnika bilan ta’min
etilishini kuchaytirish sohasida tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi. Agrar ishlab
chiqarishni elektrlashtirish sohasida ham muayyan siljish ko‘zga tashlandi.
SHuningdek, ayrim ijtimoiy muammolarni hal etish borasida ham bir qator
ishlar amalga oshirildi. Qishloq joylarida kasalxonalar, maktablar, uy-joylar
avvalgiga nisbatan kengroq miqyosda kurila boshladi, xodimlarning ayrim
toifalariga pensiyalar joriy etildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar qishloq iqtisodiyotining jonlanishiga
birmuncha turtki berdi. 1960 yilda respublikada etishtirilgan barcha qishloq
xo‘jalik mahsulotlari 1950 yildagiga nisbatan sezilarli darajada ortiq bo‘ldi.
Chorvachilikda ham ba’zi umidbaxsh siljishlar ko‘zga tashlandi.
50-yillarning o‘rtalaridan boshlab Sovet davlatining siyosiy rahbariyatida
«kommunizmga jadal yurish» mafkurasida kolxoz-kooperativ mulki o‘z
imkoniyatlarini tugatdi, degan fikr ustunlik qila boshladi. Kooperativ mulkni
ijtimoiy mulkka jadal «etkazib olish» yo‘li bilan «sotsialistik mulk»ning ikki
shakli o‘rtasidagi tafovutni barham toptirishga qaror qilindi.
Paxtachilikda ziddiyatli jarayonlar sodir bo‘ldi. Paxtachilikni rivojlantirish
mantig‘i uning imperiyacha yo‘nalishini saqlab qoldi. Xrushchev partiya va
mamlakatga rahbarlik qilishga kelgach, O‘zbekiston hukumatidan paxta
etishtirishni ko‘paytirish, chigit ekishga ajratiladigan maydonlarni keskin
kengaytirishni an’anaviy ravishda talab qildi.
Paxtadan tabora ko‘proq yalpi hosil olishga erishish siyosatining yaqqol
ifodasi yangi o‘zlashtirilgan erlarda paxta etishtiradigan xo‘jaliklarni jadallik
11
bilan tashkil etish bo‘ldi. Ittifoq direktiv organlari 1956 yil 6 avgustda
«O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSRda Mirzacho‘lning qo‘riq yerlarini
sug‘orish va o‘zlashtirish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qilgandan keyin
paxtachilik xo‘jaliklari tashkil etish ayniqsa keng ko‘lam kasb etdi
5
. Mazkur
qarorga muvofiq 1962 yilga kelib Mirzacho‘lda 300 ming gektar qo‘riq erlar
o‘zlashtirilishi va 34 paxtachilik davlat xo‘jaliklari tashkil etish mo‘ljallangan
edi. Qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun O‘zSSR Ministrlar
Kengashi xuzurida Mirzacho‘lni sug‘orish va o‘zlashtirish bo‘yicha boshqarma-
«Glavgolodnostepstroy» tashkil etildi. «Glavgolodnostepstroy» negizida
irrigatsiya va sovxozlar qurilishi bo‘yicha O‘rta Osiyo Bosh boshqarmasi —
«Glav-sredazirsovxozstroy» yuzaga keldi.
Mirzacho‘l bilan birgalikda Markaziy Farg‘ona erlari ham faollik bilan
o‘zlashtirildi. Surxondaryo, Zarafshon vohalarida, Amudaryo etaklarida ham
yirik irrigatsiya-melioratsiya ishlari amalga oshirildi. Qarshi va SHerobod
cho‘llariga hujum keng avj oldirildi.
Irrigatsiya ishlarining qizg‘in tus oldirilishi 1955—1959 yillarda 160 ming
ga. yangi erlarni ishga tushirishga imkon berdi. 1965 yilda O‘zbekistonning ekin
ekiladigan maydonlari 350 ming ga.ga ko‘paydi, shu jumladan, sug‘oriladigan
erlar 200 ming ga.ga ortdi. Yirik qo‘riq va bo‘z erlar massivlarining qishloq
xo‘jalik oborotiga kiritilishi respublikada paxta ekin maydonlarini
kengaytirishga yordam berdi. Natijada paxta etishtirish hajmi 1953 yildan 1964
yilgacha 2525,5 ming t.dan 3671,4 ming t.ga etdi. Lekin hosildorlik pasayib
ketdi. Masalan, 1956 yilda respublika bo‘yicha har gektar erdan o‘rta hisobda
22,0 s. paxta hosili olingan bo‘lsa, 1962 yilda u pasayib, 19,2 s.ni tashkil qildi.
Ko‘pgina xo‘jaliklarda hosildorlik bundan ham kamroq bo‘ldi.
Vaqt masofasidan turib nazar tashlaganda, shu narsa yaqqol ko‘zga
tashlanadiki, O‘zbekistonda ham, umuman, butun SSSRda bo‘lganidek, ko‘riq
5
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 541.
12
erlarga ommaviy ravishda qilingan hujum rejalashtirish vaqtida mo‘ljallangan
natijalarni bermadi.
Qo‘riq erlarni o‘zlashtirish jamiyat taraqqiyotini ekstensiv andoza bo‘yicha
olib borishning yaqqol ifodasi bo‘ldi. U chuqur va har tomonlama ilmiy asosda
ishlab chiqilmagan bo‘lib, ko‘p jihatdan sub’ektivizm asoratidan xoli emasdi.
Amalga oshirilayotgan tadbirlarning ekologik oqibatlarini hisobga olmaslik
ahvolni yanada mushkullashtirdi. Ekologiya muammolariga e’tiborsizlik bilan
qarash darhol ko‘zga tashlanmadi. Lekin u sekin-asta avj olib, Orolning hozirgi
vaqtdagi fojiasiga zamin hozirlab bordi.
Ittifoq siyosiy rahbariyatining erlarni drenajsiz o‘zlashtirish sohasidagi
Lisenko «nazariyasi»ga xayrihohlik bilan qarashi tuproqning holatiga salbiy
ta’sir qildi. Bu nazariyaning rasmiy ravishda qo‘llab-quvvatlanishi tuproqning
sho‘rlanishi va botqoqlashuviga qarshi muhandislik usullari, drenajlar qurish
yo‘li bilan kurash olib borish ishlarini to‘xtatib qo‘yishga olib keldi. Oqibatda
hosiddor erlar miqdorining kamayib borishi yaqqol sezila boshladi. Masalan,
1965 yilda birgina Buxoro viloyatida sho‘rlanmagan erlar salmog‘i bor-yo‘g‘i
9,8%ni tashkil etdi
6
.
1964 yil oktyabrda «saroy to‘ntarishi» natijasida N.S.Xrushchev hamma
lavozimlardan bo‘shatilib, L.I.Brejnev saylandi, u Sovet davlatining
«turg‘un»lik davri tarixida yangi sahifa ochdi.
Mamlakat iqtisodiy ahvolidagi murakkablik yangi siyosiy rahbariyat oldiga
xo‘jalik mexanizmini, ayniqsa, agrar ishlab chiqarish mexanizmini yangilash
vazifasini qo‘ydi. 1965 yilning mart oyida taklif etilgan agrar yo‘l milliy
daromadni qishloq xo‘jaligi foydasiga qayta taqsimlashni, qishloq xo‘jalik
mahsulotlari xarid narxlarini oshirishni, boshqarishning ma’muriy usullaridan
iqtisodiy usullariga o‘tishni, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga nisbatan qilingan
nohaqliklarni bartaraf etishni, agrar tarmoqqa fan-texnika taraqqiyotini joriy
etishni nazarda tutar edi.
6
«Советская Бухара». 1966, 30 марта.
13
Biroq, o‘ylab topilgan bu tadbirlarning ko‘plari amalga oshirilmadi.
Ma’muriyatchilik, xo‘jaliklarning va umuman qishloq mexnatchilarining
ishlariga uquvsizlik bilan aralashish davom etardi. Eng asosiysi, erdan
foydalanishning sotsialistik tizimi saqlanib qolgan bo‘lib, qishloqdagi tovar
ishlab chiqaruvchilarni erdan va ishlab chiqarish vositalaridan begonalashtirib
qo‘ygan edi. Buning oqibatida salbiy holatlar ko‘payib bordi. Natijada 80-
yillarning boshlariga kelib Sovet Ittifoqi qishloq xo‘jaligi tanglik holatiga tushib
qoldi.
Katta miqdorda kapital mablag‘ sarf etishni talab qiluvchi qishloq
xo‘jaligini industrlash rejasi iqtisodiy jihatdan zaif bo‘lib chiqdi. Ittifoq bo‘yicha
ham, shuningdek, O‘zbekistonda ham ajratilgan mablag‘larning anchagina qismi
katta chiqimni talab qiluvchi gigant majmualar qurilishiga sarflandi, holbuki,
ular erlarning hosildorligini oshirishga, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashga,
qishloqni ijtimoiy jihatdan qayta qurishga yoki mahsulotni saqlash va qayta
ishlash kabi tarmoqlarni rivojlantirishga sarflanishi lozim edi. Sanoat tipidagi
ulkan agrokorxonalar katta mablag‘ sarf etilishiga qaramay samarasiz edi,
chunki ular qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘payishini zarur darajada
ta’minlay olmasdi.
Mustabid tuzumning ilm-fanga ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan
munosabatda bo‘lishi uning ijodiy parvoziga jiddiy to‘siq bo‘ldi. Buning ustiga
Markaz qishloq xo‘jalik fani ehtiyojlariga etarli e’tibor bermadi. Bu fan rasmiy
tus olgan bo‘lsada, u ko‘rsatkichlar uchun xizmat qilishga qaratilgan, jahon
ilmiy tajribasidan uzoqlashgan, undan ajralib qolgan edi. Bularning hammasi
qishloq xo‘jaligida fan-texnika taraqqiyotini joriy etishni qiyinlashtirdi, fandagi
muhim yangiliklar qishloq xo‘jaligiga muntazam tatbiq etilmadi.
O‘zbekiston hukumati bu yillarda o‘zining diqqat-e’tiborini kompleks
mexanizatsiyani joriy etishga, texnika va energetika bilan ta’minlash uchun
shart-sharoitlar yaratishga qaratdi. SHu bilan birga, umumittifoq yo‘l-
yo‘riqlariga muvofiq paxtachilikni jadal rivojlantirishga majbur bo‘ldi.
14
Paxtachilikni rivojlantirishga respublikadagi mavjud ilmiy kuchlar jalb
qilindi. Ko‘rsatib o‘tilgan yillarda g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi sohalarida
ko‘zga ko‘rinarli ilmiy siljishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining
eksperimental biologiya institutida istiqbolli va viltga chidamli «Toshkent-1»,
«Toshkent-2», «Toshkent-3» kabi (hozirgi kunda bu navlar ham kasallanib, yoki
boshqa navlarga chatishtirilishi natijasida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi) chigit
navlari yaratildi. SoyuzNIXI mutaxassislari chigitning yaxshi sifatli tola
beradigan yuqori hosilli navlarini etishtirdilar.
Respublikaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish, uning moddiy
bazasini yaratish va mustahkamlashda qo‘riq erlarning ahamiyati katta
bo‘lganligini ta’kidlab, I.A.Karimov bunday degan edi: «Mirzacho‘l, Qarshi,
Jizzax, Yozyovon, Surxon-Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirish O‘zbekistonning
kelajagi bilan bevosita bog‘liq edi... Kechagi qo‘riq cho‘llar bugungi kunda
O‘zbekiston mustaqilligi uchun ishlab turibdi»
7
.
Irrigatsiya va melioratsiya sohalarida jiddiy kamchiliklar borligi ma’lum
bo‘ldi. Buning yorkin ifodasi — erlarning ikkilamchi sho‘rlanishi,
sug‘oriladigan gektarlar hosildorli-gining pasayib ketganligi, sarflangan
xarajatlarning piro-vard natijalariga to‘g‘ri kelmasligi edi. Masalan, 1986 yilda
takroriy sho‘rlanish tufayli sug‘oriladigan ekin maydonlari-ning uchdan bir
qismi
zarar
ko‘rdi. 70—80-yillar chegarasida meliorativ holatning
yomonlashganligi sababli qariyb 5 ming ga sug‘oriladigan erlar qishloq xo‘jalik
oborotidan chiqarildi
8
. 1985 yilda 2,3 mln. ga erda kompleks ta’mirlash va
kapital yaxshilash ishlari olib borilishi talab qilinardi
9
. 1965—1985 yillar
oralig‘idagi davrda 1,6 mln. ga sug‘oriladigan er maydonlari ishga tushiridsi,
agrokorxonalarning asosiy fondlari 6 baravar o‘sdi, lekin yalpi mahsulot esa
faqat 78%ga ortdi
10
.
7
Каримов И.А. Узбекистан: миллий истиклол, иктисод, сиёсат, мафкура... 89-бет.„
8
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 554.
9
Абдушукуров К. Развитой социализм: повышение идейно-политического и культурного уровня
тружеников села. — Т., 1984. С. 65.
10
УзР Сув хўжалиги вазирлиги жорий архиви. 1986 йил 14 феврал.
15
Bunday
halokatli
holatni
vujudga
keltirgan
sabablar
orasida
o‘zlashtirilayotgan erlarning muhandislik-texnik tomondan ta’min etilishi
masalalariga
yuzaki
qaralganligi,
drenaj
tizimini
tashkil
etishdagi
ko‘zbo‘yamachilik va xatoliklar, suv xo‘jaligi qurilishining kompleks tarzda
amalga oshirilmaganligi, yalpi ko‘rsatkichlar ortidan quvish, g‘o‘zalarni
nazoratsiz ravishda ko‘llatib sug‘orish, qishloq xo‘jaligini boshqarishdagi
eskicha yondashuvlar bor edi. Lekin eng halokatli ta’sir ko‘rsatgan sabab paxta
yakkahokimligining majburiy tarzda avj oldirilishi bo‘ldi.
Suv xo‘jaligi qurilishida nuqsonlar agrar ishlab chiqarishni kimyolashtirish
dasturini amalga oshirishdagi jiddiy kamchiliklar bilan ham chuqurlashdi. Shuni
aytish kerakki, qarab chiqilayotgan yillarda kimyolashtirish ittifoq siyosiy
rahbariyati tomonidan qishloq xo‘jaligini intensivlashning, dehqonchilikdan
yuqori va barqaror hosil olishning samarali vositasi deb qaralgan edi. Natijada
kimyolashtirish yo‘li yalpi xususiyat kasb etdi. Ayniqsa, paxtachilikda kimyoviy
moddalar faollik bilan qo‘llanildi. Masalan, 1965 yilda O‘zbekiston jamoa
xo‘jaliklarida ishlatilgan 1463,4 ming t mineral o‘g‘itdan 1324,7 ming t. pax-
tachilikda ishlatildi. O‘sha yillardayoq sarflanayotgan mineral o‘g‘itlar darajasi
ilmiy asoslangan normalarga mos kelmasdi. Xususan, iqtisodiyoti va qishloq
xo‘jaligi samarali rivojlanayotgan mamlakatlarda bir gektar erga o‘rta hisobda
ko‘pi bilan 100 kg mineral o‘g‘it sarflandi. O‘zbekistonda esa bu miqdor 60-
yillarning o‘rtalarida gektar hisobiga 268 kg.ni tashkil etdi
11
. Kimyoviy
moddalarni ishlatish dinamikasi va zaharli vositalar miqdori yildan-yilga ortib
bordi. Faqat 1970— 1975 yillarning o‘zida zaharli kimyoviy moddalar ishlatish
oldingi besh yillikka nisbatan 16,5 baravar ortdi. Bu vaqtga kelib eng zaharli va
xavfli moddalardan biri butifos bo‘lib, u yuqori darajada zaharli ekanligi bilan
ajralib turardi va kuchli ta’sir qiluvchi defoliant sifatida ishlatilardi.
Shunisi xarakterliki, bu davrda aviatsiya vositasida zaharli kimyoviy
moddalarni g‘o‘zalarga sepish jadal ravishda ortib bordi, faqat 60-yillarning
11
«Ўзбекистон коммунисти». 1985, № 5, 25-бет.
16
ikkinchi yarmidagi bir besh yillikning o‘zida aviatsiya bilan bajariladigan
kimyoviy ishlar hajmi 34,3% ko‘paygan
12
. Bularning hammasi odamlar
yashaydigan tabiiy muhitga halokatli tarzda salbiy ta’sir qildi, xavfli kasalliklar
va o‘lim darajasining ortishiga sabab bo‘ldi, insonning gen tuzilishida xatarli
o‘zgarishlarni keltirib chiqardi.
Respublikaning taniqli olimlari, milliy ziyolilari o‘z xalqining taqdiriga
befarq qarab turaolmadi, ogohlantiruvchi xatlar bilan ittifoq organlariga
murojaat qildilar. Masalan, 1969 yil 17 noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar
akademiyasining Prezidenti O.S.Sodiqov boshliq bir guruh taniqli olimlar ittifoq
rahbar organlariga yozma ma’lumotnoma yo‘llab, unda qishloq xo‘jaligida
ommaviy ravishda qo‘llanilayotgan pestitsidlar va zaharli kimyoviy moddalar
inson salomatligiga va atrof muhitga halokatli ta’sir etayotganligini ma’lum
qilgan edi. Biroq, Markaz bunday ogoh etishlarga aks-sado bermadi. Aksincha,
O‘zbekiston rahbariyati qishloq xo‘jalik ishlarida eng zaharli kimyoviy
vositalarni ishlatishni mustaqil ravishda cheklashga uringanda ittifoq rahbar
doiralari ularni kengroq qo‘llashni qattiq turib talab qildilar.
Bunday yondashuv shunga olib keldiki, O‘zbekistondagi vaziyat fojiaviy
tus ola boshladi. Qishloqda keskin epidemiologik sharoit vujudga keldi,
zaharlanishlar soni keskin ortdi, virusli gepatit bilan og‘riganlar ko‘paydi,
boshqa xavfli kasalliklar ham tarqala boshladi. Masalan, 80-yillarning
o‘rtalariga kelib Xorazm, Buxoro va Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasida
katta yoshdagilarning 70%dan ortiqrog‘i va bolalarning 80%dan ko‘prog‘i bitta
yoki bir nechta kasalliklar bilan og‘rigan edi. O‘zbek qishloqlariga dizenteriya,
tuberkulyoz (sil) kabi yaramas kasalliklar shiddat bilan tarqala boshladi.
Xususan, 1980—1985 yillar oralig‘idagi davrda har 10 ming kishi hisobiga
zararli o‘simtalar bilan og‘rigan bemorlar soni 204 kishidan 242 kishiga etdi,
faol tuberkulyoz bilan kasallanish 1985 yilga kelib qishloq joylarida 5,4 ming
12
Обламуродов Н. Развитие аграрного производства Узбекистана в 1971—1990 гг. Опыт,уроки и
проблемы. Автореф.дисс.докт. ист. наук. — Т., 1994. С. 26.
17
kishiga etdi
13
. Bolalar o‘limining ortishi chidab bo‘lmaydigan hollardan biri
bo‘ldi. Agrar iщlab chiqarishdagi doimiy tanglik holati ittifoq rahbariyatini
ishlab chiqarishning iqtisodiy rag‘batlantiruvchi omillarini qidirib topishga
undadi. SHuni ham aytish kerakki, sovetlar tarixida ishlab chiqarish — iqtisodiy
munosabatlar tizimini yangilashga, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik
amaliyotini yumshatishga urinishlar bir necha marta qilingan. Lekin bularning
hammasi qisqa muddatli bo‘lib, mag‘lubiyatga uchragan, chunki mustabid
sotsialistik tuzumning o‘zi xo‘jalik yuritishning oqilona tizimiga zid edi.
Mustabid tuzumning ana shu illatlari 1965 yilda e’lon kilingan navbatdagi
«yangi» agrar yo‘lni ham «ayab» o‘tirmadi, o‘sha vaqtda qishloq xo‘jaligini
yuksaltirishga doir taklif etilgan dasturda iqtisodiy munosabatlar mexanizmini
yangilash,
moddiy
rag‘batlantirish imkoniyatlaridan yanada to‘laroq
foydalanishga qaratilgan ijobiy chora-tadbirlarni, ya’ni jamoa va davlat
xo‘jaliklariga birmuncha iqtisodiy mustaqillik berishni nazarda tutgan edi.
Afsuski, bu chora-tadbirlar lozim darajada amalga oshirilmadi. Iqtisodiy
omillardan foydalanishga qaratilgan bu choralar mustabid tuzumning qattiq
qarshiligiga duch keldi. Lekin, shunday bo‘lsada, ayrim ijobiy ishlar amalga
oshirildi. Xususan, jamoa xo‘jaliklarida kolxozchilar mehnatiga natura shaklida
haq to‘lash bilan bir qatorda, pul bilan haq to‘lash ham joriy etildi. Xo‘jalik
hisobi asoslarini faollashtirishga, mehnatni tashkil etishning ayrim ilg‘or
shakllarini joriy etishga diqqat-e’tibor kuchaytirildi. Bular orasida brigada-
jamoa pudrati shakli istiqbolli deb e’tirof qilindi.
«Erishilgan daraja»dan navbatdagi reja topshirikdarini belgilashdan iborat
yaramas tajriba qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining rivojlanishiga jiddiy to‘siq
bo‘ldi. U, bir tomondan, «uzoqni ko‘ra biladigan» rahbarlarning xo‘jaliklarda
mahsulot o‘sishidagi resurslar imkoniyatlarini yashirishiga olib keldi. Ular
mazkur imkoniyatlarning cheklanmaganligini tushunishar edi. Ikkinchi
tomondan, bu hol ommaviy qo‘shib yozishlarga, ko‘zbo‘yamachilik, aldashga
13
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 556.
18
olib kelardi. Xo‘jaliklar shunday qilishga majbur edilar, chunki noreal reja
topshiriqlarini bajarishning barcha manbalari tugagan edi. O‘zbekistonda bu hol
paxtachiliqda sodir bo‘ldi, chunki ittifoq rahbariyati paxta etishtirishni muttasil
ko‘paytirib borishni qattiq turib talab qilardi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib
paxta ekiladigan maydon 3 mln. ga.ni tashkil etdi.
Shuni ham aytish kerakki, O‘zbekiston xukumati paxta yakkahokimligining
salbiy oqibatlari ortib borayotganidan tashvishga tushib, har yili Moskva oldiga
paxta rejasini kamaytirish masalasini qo‘yib keldi. Biroq Moskva bunga yo‘l
bermas, paxtani eksport qilish mamlakatga taqchil valyutani qo‘lga kiritish
imkonini beradi, deb bahona kilardi. Markazning ishtahasi esa yildan-yilga ortib
borardi. Erishilgan darajadan boshlab rejalashtirish, mablag‘larni birinchi galda
paxtachilikni va paxta etishtirishni ko‘paytirish bilan bog‘liq bo‘lgan
tarmoqlarni rivojlantirishga ajratish, amalda, yalpi paxta hosili ketidan quvishga
olib keldi. Respublikadagi barcha tashkilotchilik va siyosiy ishlar birinchi
navbatda paxtachilikni «yuksaltirish» va rejalarning bajarilishi bilan bog‘liq edi.
Paxta bo‘yicha rejalarning ta’min etilishi partiya rahbariyatining yuqori
bahosiga sazovor bo‘lardi, oliy mukofotlarga taqdim etilardi.
Respublika rahbariyatining paxta etishtirishni real muvozanatda saqlash
uchun mardonavor urinishlariga qaramasdan, uning salmog‘i yildan-yilga ortib
bordi. Aytaylik, uning salmog‘i, hatto, chor Rossiyasi hukmronlik qilgan (1913
y). davrda 33,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1950 yilga kelib 56,6% ga teng bo‘ldi,
80-yillarning o‘rtalarga kelib 75% ga, bir qancha viloyatlarda esa undan ham
yuqoriga ko‘tarildi
14
. Holbuki, jahon tajribasining ko‘rsatishicha, paxta ekini
nisbati 60% dan oshmasligi lozim ekan. Biroq Ittifoq siyosiy rahbariyatini bu
haqiqat kamroq qiziqtirardi. O‘zbekistonning amalda paxta etishtirishni
ko‘paytirish imkoniyati tugagan va reja topshiriqlari noreal tus olgan bir
sharoitda Markaz O‘zbekistonda 2000 yilga borib paxtaning yalpi hosilini 8
mln. t.ga etkazish dasturini ishlab chiqdi. Paxta yakkahokimligining salbiy
14
Ризаев С. Кўрсатиб ўтилган асар... 73-бет.
19
oqibatlarini oqlash va o‘zbek xalqini mafkuraviy ta’sir ostida saqlab turish
maqsadida Markaz O‘zbekistonning SSSR xalq xo‘jalik majmuida tutgan
alohida ahamiyatini zo‘r berib targ‘ib etardi. Mafkuraviy ta’sir ko‘rsatishning
turli-tuman vositalarini ishlatib, jamoatchilikning fikriga «Paxta — o‘zbek
xalqining milliy iftixori», «Paxta — O‘zbekistonning baynalmilal burchi» kabi
shiorlarni tinimsiz singdirishga harakat qildi. L.Brejnevning «Oq oltinni oltin
qo‘llar yaratadi» degan «qanotli» so‘zlari ko‘p qavatli uylarning tepasida neon
chiroqlari bilan yonib turardi, bu so‘zlar minglab ulkan pannolar va plakatlarda
takrorlangan edi.
Adolatsiz narx siyosati tufayli ahvol yanada murakkablashib bordi, chunki
qayta ishlovchilar manfaatlarini o‘ylab, paxta etishtirishning nihoyatda
sermehnat, serchiqim jarayon ekanligini amalda e’tiborga olinmas, bu esa
paxtakorlar manfaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklab qo‘yishga olib kelardi.
Respublikaning paxtaning xarid qilish narxlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni
paxtaning sermehnat ekin ekanligiga moslashtirish haqida bir necha bor qilgan
takliflariga qaramasdan, narxlar nihoyatda pastligicha qolaverdi. Aytaylik, bir
tonna paxtani etishtirishga 340 kishi soat vaqt sarflangani holda bir tonna
bug‘doyga nisbatan bu ko‘rsatkich faqat 12 kishi soatni tashkil etardi. Sotish
narxlari esa faqat 5 baravar farq qilardi. Holbuki, mehnat sarflash va narxlarni
bunday nisbatda belgilash, paxta etishtiruvchi respublikalarda, shu jumladan,
O‘zbekistonda mehnat unumdorligi past, degan tasavvurni yuzaga keltirishi
tabiiy edi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining paxta etishtirishga yo‘naltirilganligi jamiyat
hayotining barcha sohalarida og‘riqli jarayonlarni kuchaytirdi. O‘zbekistonning
boyligi hisoblangan paxta uning uchun tashvishga aylandi. «Oq oltin» yo‘lida
o‘n minglab katta yoshdagi kishilar va bolalar qurbon qilindi, o‘zbek xalqiga
nisbatan qilingan bu zo‘ravonlikni «paxta fronti — front esa qurbonsiz
bo‘lmaydi», deb izohladilar.
20
Dehqonlarning tomorqa uchastkalari qisqartirilib, ularga ham paxta ekildi.
Dehqon farzandlari «baxtli bolalik»ni butifos sepilgan paxta dalalarida
o‘tkazdilar. Ko‘plari sariq kasalligidan vafot etdilar, zaharli moddalardan
shikastlandilar. Paxta tufayli epidemiyalar paydo bo‘ldi, dehqon dasturxonidan
qut-baraka ketdi.
Iqtisodiyotdagi, ma’naviyatdagi, ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar jamiyat
hayotining barcha tomonlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Mamlakat 80-
yillar o‘rtalariga kelib g‘oyat keskin tanglik yoqasida turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |