4
O‘zbekiston sobiq mustabid tuzum davrida chekka bir xom ashyo etkazib
beruvi o‘lka hisoblanardi. Mustabid tuzumning
boylik ketidan quvish, yirik
miqyosdagi mablag‘larni talab etuvchi tashqa siyosatini olib borish uchun katta
valyuta talab qilinardi. SHu bois mamlakat uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni
topish ilinjida paxta xom ashyosini etishtirish tadbirlari kengaytirilgan edi.
Bunday sermashaqqat va og‘ir mehnat talab qiluvchi sohani yuritish
O‘zbekiston zimmasiga yuklatilgan ediki, natajada, O‘zbekistonda paxta
yakkahukmronligi yuzaga kelgan edi. Paxta yakkahukmronligining o‘rnatilishi
O‘zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy hayotiga keng miqyosda salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Xususan, bu borada sobiq ittifoq rahbariyati
paxtachilikdan yanada
ko‘p mo‘l hosil olish maqsadida intensiv yo‘llarni «sinov»dan o‘tkazdi.
Jumladan, kimyoviy vositalar yordamida Markaz tomonidan belgilangan xom
xayoldan iborat katta miqdordagi rejani bajarishga zo‘r berildi. Natijada, paxta
maydonlariga turli maqsadlarda sepilgan kuchli kimyoviy vositalar, paxta
o‘simligiga foyda berishdan ko‘ra ko‘proq O‘zbekiston tabiatiga o‘zining o‘ta
salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston hukumati bu yillarda o‘zining diqqat-
e’tiborini kompleks mexanizatsiyani joriy etishga,
texnika va energetika bilan
ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratdi. Shu bilan birga,
umumittifoq yo‘l-yo‘riqlariga muvofiq paxtachilikni jadal rivojlantirishga
majbur bo‘ldi.
Paxtachilikni rivojlantirishga respublikadagi mavjud ilmiy kuchlar jalb
qilindi. Ko‘rsatib o‘tilgan yillarda g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi sohalarida
ko‘zga ko‘rinarli ilmiy siljishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining
eksperimental biologiya institutida istiqbolli va viltga chidamli «Toshkent-1»,
«Toshkent-2», «Toshkent-3» kabi (hozirgi kunda bu navlar ham kasallanib, yoki
boshqa navlarga chatishtirilishi natijasida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi) chigit
navlari yaratildi. SoyuzNIXI mutaxassislari chigitning
yaxshi sifatli tola
beradigan yuqori hosilli navlarini etishtirdilar.
5
Respublikaning taniqli olimlari, milliy ziyolilari o‘z xalqining taqdiriga
befarq qarab turaolmadi, ogohlantiruvchi xatlar bilan ittifoq organlariga
murojaat qildilar. Masalan, O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Prezidenti
S.Sodiqov boshliq bir guruh taniqli olimlar ittifoq rahbar organlariga yozma
ma’lumotnoma yo‘llab, unda qishloq xo‘jaligida
ommaviy ravishda
qo‘llanilayotgan pestitsidlar va zaharli kimyoviy moddalar inson salomatligiga
va atrof muhitga halokatli ta’sir etayotganligini ma’lum qilgan edi. Biroq,
Markaz bunday ogoh etishlarga aks-sado bermadi. Aksincha, O‘zbekiston
rahbariyati qishloq xo‘jalik ishlarida eng zaharli kimyoviy vositalarni ishlatishni
mustaqil ravishda cheklashga uringanda ittifoq rahbar doiralari ularni kengroq
qo‘llashni qattiq turib talab qildilar.
Bunday yondashuv shunga olib keldiki, O‘zbekistondagi vaziyat fojiaviy
tus ola boshladi. Amalga oshirilgan kimyolashtirish dasturi o‘zining «hosili» na
bera boshladi. Jumladan, o‘zbek Qishloqida keskin epidemiologik sharoit
vujudga keldi, zaharlanishlar soni keskin ortdi, virusli gepatit bilan og‘riganlar
ko‘paydi, boshqa xavfli kasalliklar ham tarqala boshladi. Masalan, 80-yillarning
o‘rtalariga kelib Xorazm, Buxoro va Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasida
katta yoshdagilarning 70 foizdan ortiqrog‘i va bolalarning 80 foizdan ko‘prog‘i
bitta yoki bir nechta kasalliklar bilan og‘rigan edi. O‘zbek qishloqlariga
dizenteriya, tuberkulyoz (sil) kabi yaramas kasalliklar shiddat bilan tarqala bosh-
ladi. Xususan, 1980—1985 yillar oralig‘idagi davrda har 10 ming kishi hisobiga
zararli o‘simtalar bilan og‘rigan bemorlar soni 204 kishidan 242 kishiga etdi,
faol tuberkulyoz bilan kasallanish 1985 yilga kelib qishloq joylarida 5,4 ming
kishiga etdi. Bolalar o‘limining ortishi chidab bo‘lmaydigan
hollardan biri
bo‘ldi. Agrar iщlab chiqarishdagi doimiy tanglik holati ittifoq rahbariyatini
ishlab chiqarishning iqtisodiy rag‘batlantiruvchi omillarini qidirib topishga
undadi. Shuni ham aytish kerakki, sovetlar tarixida ishlab chiqarish — iqtisodiy
munosabatlar tizimini yangilashga, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik
amaliyotini yumshatishga urinishlar bir necha marta qilingan. Lekin bularning
6
hammasi qisqa muddatli bo‘lib, mag‘lubiyatga uchragan,
chunki mustabid
sotsialistik tuzumning o‘zi xo‘jalik yuritishning oqilona tizimiga zid edi.
Bundan tashqari, 1960 yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryo havzalarida
yangi yerlarni o‘zlashtirish sohasida keng miqyosli ishlar boshlab yuborildi,
bular uchun daryo suvini qo‘shimcha ravishda tortib olish talab qilinardi.
Natijada, Qoraqalpog‘istonda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik ham
yuksak sur’atlar bilan rivojlandi. Biroq yerlarni o‘zlashtirish ilmiy asosda olib
borilmadi. Dehqonchilikni rivojlantirish
ham ekstensiv usulda amalga
oshirilganligi sababli, suv resurslarining asossiz ravishda haddan ortiq darajada
isrof qilinishiga olib keldi. Orolga esa uning «ulushi» berib turilmadi, bu esa
dengizning qurib borishiga sabab bo‘ldi. 80-yillar o‘rtalariga kelib Orol
dengizining sathi 13,8 metr pasayib ketdi, suv hajmi 390 mln. kub. metr,
maydoni 40 ming kv. m. kamaydi. Natijada Orol va Orolbo‘ii muammosi jiddiy
ravishda paydo bo‘ldi. Endilikda yuzaga kelgan ana shu ekologik va iqtisodiy
muammolar faqat Orolbo‘yi uchun emas, balki butun Markaziy Osiyo va uning
atrofidagi mamlakatlar uchun ham yaqqol ko‘zga
tashlanib turgan muammo
bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: