II-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA EKOLOGIK
MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH TADBIRLARI
25
Каримов И.А. Узбекистан X X I аср бўсагасида: хавфсизликха таҳдид, бар-қарорлик шартлари ва
тараққиёт кафолатлари. — Т., 1997, 124-бет.
31
2.1. Орол фожиасига қарши кураш
Orol dengizi tabiatning noyob in’omi hisoblanadi. Mazkur mintaqada
istiqomat qiluvchi o‘zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va turkmanlarning
qadimiy tarixi Orol dengizi bilan bog‘liq tarzda kechgan. Orolbo‘yi mintaqasi
yuqorida nomlari zikr etilgan xalqlarning shakllanish markazi hisoblangan. XIX
asrning oxirida Peterburg fanlar akademiyasining a’zosi Orol dengizini keraksiz
dengiz sifatida quritishni taklif qiladi. Chor hukumati uning bu be’manilikdan
iborat bo‘lgan taklifini amalga oshirishga ulgura olmadi. Ammo uning
mustamlakachilik siyosatini davom ettirgan sovet hukumati ushbu taklifni o‘ta
ustomonlik va izchillik bilan hayotga tadbiq etdi. Sovet hukumatining boylik
ortidan quvish yo‘lida olib borgan tadbirlari natijasi o‘laroq mintaqaning yirik
daryolari hisoblangan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Chirchiq daryolarining
suvlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida Orol fojeasini keltirib chiqardi. 1960
yildan keyingi 20-30 yil davomida Amudaryo va Sirdaryoga har xil kimyoviy
chiqindilarning tashlanishi bu fojea ko‘lamini yanada kengaytirdi. Orol
dengizining suv hajmi 60 foizdan ortiq kamayib, quruqlikka aylangan qismi 2
mln gektarni tashkil etdi
26
.
Orol muammosi olimlar va jamoatchilik tomonidan o‘z vaqtida muhokama
qilinmadi, aksincha xaspo‘shlab kelindi. Mustabid tuzum Orol muammosini
uzoq vaqt maxfiy saqlab keldi. Uning hukmron doiralari olimlar va
jamoatchilikning tahlikali sadolariga o‘z vaqtida javob bermadi. 1986-1988
yillarda mazkur muammoni hal etishga qaratilgan ikkita qaror qabul qilindi.
Ammo 80-yillarning o‘rtalariga kelib ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir ohvolga
tushib qolgan ittifoqning bu qarorlarni mablag‘ bilan ta’minlashga qurbi etmas
edi. SHu sababdan bu qarorlar faqat “qog‘ozda” qolib ketdi
27
. Mazkur davrda
Orol dengizi suvi kamayib, 1990 yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi
26
Жўраев Н, Каримов Ш.,//Ўзбекистон тарихи., Тошкент «Шарқ» 2011. 587- бет
27
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида., Тошкент «Шарқ» 2000 569 - бет
32
54 % kamaydi. Suv qirg‘oqdan 70 – 100 kilometrga chekingan joylarda
bo‘ronlar natijasida yiliga 50 – 70 mln tonnnagacha tuz atmosferaga
ko‘tarilgani kuzatilgan
28
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki yillarda Orolni
qutqarish xalqaro jamg‘armasini va mintaqaning ikkita tuzilmasi – Barqaror
rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiya va Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi
suv xo‘jaligi komissiyasini tashkil etishning tashabbuskorlaridan bo‘ldi.
Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari tomonidan 1993 yilda Orol
muammolarini hal etish, Orol mintaqasini ekologik sog‘lomlashtirish va
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risidagi
bitim imzolandi. SHu yili yanvar oyida O‘zbekiston, Turkmaniston,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hamkorligida Orolni qutqarish xalqaro
jamg‘armasi tashkil etildi. Orolbo‘yidagi bioxilmaxillikni saqlash, halokatning
Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholi turmush tarziga hamda tabiatga halokatli
tarzdagi ta’sirini kamaytirish Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ustuvor
vazifalari sifatida belgilandi. BMT bosh assambleyasi va sessiyalari
kuzatuvchisi hisoblangan ushbu jamg‘arma keyingi yillarda Orol dengizi
havzasidagi mamlakatlarga yordam berishga doir ikkita asosiy dasturni amalga
oshirdi. Buning uchun 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
O‘zbekiston Prezidenti BMT bosh assambleyasining 1993 yil 28
sentyabrda bu masalani ko‘tarib chiqqan va va jahon hamjamiyati e’tiborini Orol
dengizi
muammosiga
qaratgan
edi.
1995
yilda
Markaziy
Osiyo
mamlakatlarining ushbu sohada hamkorlikni kengaytirishni ko‘zda tutgan
Nukus deklaratsiyasi imzolandi. Bu borada Orol dengizi havzasi bo‘yicha
qo‘shma dastur amalga oshirildi.
O‘zbekiston Orol fojeasi asoratlarini kamaytirishga katta kuch sarflagan
asosiy davlatlardan biriga aylandi. Xususan, OQXJ ning ta’sischilaridan biri
sifatida O‘zbekiston uning faoliyatini mustahkamlanishiga alohida e’tibor
28
Шаммов А. И. Экология: тревога нарастой. Л. Лениздат, 1989, с. 53.
33
qaratib keldi. Masalan, O‘zbekistonning 1997-1999 yillardagi raisligi davrida
OQXJ huquqiy bazasini rivojlantirish, bu boradagi tadbirlarni amalga oshirish
uchun xalqaro tashkilotlar va moliya muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish bo‘yicha ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirildi. 2000 yilning
sentyabrida esa BMT ning Atrof muhit bo‘yicha dasturi huzurida Orol va
Orolbo‘yi muammolari Kengashini tuzish tashabbusi bilan chiqdi.
O‘zbekiston 2003 yil 6 mayda MDH davlatlari orasida birinchilardan
bo‘lib “Suv va suvdan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida”gi qonunini qabul qildi.
SHuningdek mamlakat hududidan oqib o‘tuvchi 8 ta daryo – Qashqadaryo,
CHirchiq, Surxondaryo, Zarafshon, Qoradaryo, Norin, Amudaryo va Sirdaryolar
hamda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 11 ta er osti chuchuk suvlari hosil
bo‘ladigan hududlarni ifloslanishdan muhofaza qilish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 11 ta qarori qabul qilindi.
Mamlakatda suvni tejashning bir qancha turlari yordamida bosqichma-
bosqich zarur bo‘lgan tadbirlar amalga oshirilishi boshlandi. Jumladan, har yili 5
ming km. dan ortiq sug‘orish, 12 ming km kollektor-drenaj, 50 ming km ariq
tarmoqlari tozalanib, 200 km. dan ortiq kanallar, 30 km lotok va 500 km
kollektor tarmoqlari, 400 dan ortiq gidrotexnik inshootlar va boshqa ko‘pgina
ob’ektlarni rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi
29
.
Mazkur muammoni hal etish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish
ishlari keng miqyosda olib borildi. Xususan, Prezident Islom Karimov SHHTga
a’zo davlatlar rahbarlarining 2007 yil avgustda Bishkekda bo‘lib o‘tgan
majlisidagi ma’ruzasida mintaqa transchegara suv oqimlaridan foydalanish
bo‘yicha O‘zbekistonning yuqoridagi tamoyillarga asoslangan nuqtai nazarini
aniq bayon qildi. Bundan tashqari, 2008 yilning 12 mart kuni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan «Orol muammolari, ularning aholi
genofondi, o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri hamda oqibatlarini
engillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-tadbirlari» mavzuidagi xalqaro
29
www.agro.uz
34
konferensiyasi uyushtirildi. Konferensiyada dunyoning 20 dan ortiq davlatidan,
jumladan, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya,
YAponiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa davlatlardan, xalqaro va
mintaqaviy tashkilotlardan, moliya institutlaridan vakillar va mutaxasislar
ishtirok etgani uning nufuzini belgilab berdi. Mazkur konferensiyada ishlab
chiqilgan harakat rejasi 2011-2015 yillarda Orol dengizi havzasidagi
mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha uchinchi dasturning asosini tashkil
qildi
30
. Jahon bankining ushbu dasturni amalga oshirishda ko‘mak berishi
belgilandi.
2008 yilga kelib Orolbo‘yi hududiga kiradigan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va Xorazm viloyatini umumiy ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishga
qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar davom ettirildi. Xususan, Orol dengizi
mintaqasidagi hududlarning ekologik ahvolini yaxshilash, er emirilishining
oldini olish va qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, suv bilan ta’minlash,
aholini sog‘lomlashtirish, fermerlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xalq
hunarmandchiligini rivojlantirish orqali qo‘shimcha daromad olish uchun shart-
sharoit yaratish bo‘yicha qator maqsadli loyihalar bosqichma-bosqich ro‘yobga
chiqarildi. O‘nlab zamonaviy ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari barpo
etildi.
2010 yildan boshlab «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo havzasida
o‘rmonzorlarni saqlab qolish va muhofaza qilinadigan hududlar tizimini
mustahkamlash» deb nomlangan loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Jumladan, To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo, Nukus, CHimboy, Kegeyli,
Qo‘ng‘irot va Taxtako‘pir o‘rmon xo‘jaliklarining 47398 gektarlik
o‘rmonzorlarni rivojlantirish, parvarishlash ishlari bajarildi
31
. Natijada barpo
etilgan «yashil qalqon»lar cho‘llanishga qarshi samarali tizim ekanligini
ko‘rsatdi.
2011 yilda umumiy maydoni 68,7 ming gektarga teng Quyi Amudaryo
30
Маметова М..//Саъй-ҳаракатларни мувофиқлаштириш йўлида., “Ўзбекистон овози” газетаси. 2014
йил., 30-октябр, № 128. 2-бет.
31
Ибрагимов А., //«Яшил қалқон» саҳроланишдан ҳимоя., Халқ сўзи., 2010 й 5-ноябр., 4-бет.
35
davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Amudaryo deltasida lokal havzalar
yaratishga oid loyiha amalga oshirildi. Natijada 5 ta suv chiqarish inshooti, 45
kilometrlik damba qurildi. Suv yuzasi 70 ming gektarga teng muhandislik
asosida boshqariladigan havza yaratildi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tomonidan Orolbo‘yi genofondini
muhofaza qilish bo‘yicha xayriya jamoat fondi, Qishloq va suv xo‘jaligi
vazirligi huzurida irrigatsiya va drenaj bo‘yicha milliy qo‘mita, Moliya vazirligi
huzurida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi
tuzilib, ular tomonidan ko‘plab dasturlar amalga oshirildi. Natijada amalga
oshirilgan dasturlarning samaradorligi ayniqsa keyingi yillarda har qachongidan
ham ortdi.
Keyingi yillarda tajribada sinalgan, qurg‘oqchilik va kasalliklarga chidamli
meva navlarini ko‘paytirish tadbirlari ham olib borildi. Natijada mamlakat
miqyosida intensiv bog‘lar yaratish ishlari boshlandi. 2010 yili Respublika
rahbariyatining
tashabbusi
bilan
intensiv
texnologiyalar
asosida
parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos va shaftoli
ko‘chatlari ilk bor Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelinib, asosan Toshkent
hamda Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari er maydonlariga ekildi.
Ushbu bog‘lar mamlakatning tuproq-iqlim sharoitiga tez moslashib, qisqa
muddat — oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2011 yildan boshlab, mevali bog‘larning
har bir gektaridan 50-70 sentnergacha hosil olishga erishildi.
Intensiv bog‘larni yaratish tadbirlari yildan-yilga ko‘payib bordi. Masalan,
2014 yilda respublikada jami 8 ming gektarlik bog‘lar yaratilgan bo‘lsa,
shundan 5,6 ming gektarini intensiv bog‘lar tashkil etdi. Bundan tashqari, 4,1
ming gektardagi yaroqsiz bog‘lar, 6,1 ming gektarlik tokzorlar rekonstruksiya
qilindi. SHu va boshqa omillar Orolga borib quyiladigan suv hajmining nisbatan
barqarorlashuvini ta’minladi.
Umuman olganda O‘zbekiston 2004-2014 yillar davomida Orolbo‘yidagi
36
loyihalarga 1 milliard 200 million AQSH dollaridan ziyod mablag‘ ajratdi
32
.
Natijada suv manbalarini boshqarish va ulardan tejamkorlik bilan foydalanishga
qaratilgan yuqorida keltirilgan tub islohotlar amalga oshirildi. Buning natijasida
mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi aholi soni 20 mln dan 31 mlnga
ko‘payishiga qaramasdan mamlakat bo‘yicha suv chiqarish hajmi yiliga 80-
yillardagi 64 millard kub metrdan 51 milliard kub metrga tushdi. Aholi jon
boshiga suvdan foydalanish 3 ming kub metrdan 1,7 ming kub metrga tushdi. Bu
esa Orolbo‘yiga daryo suvi oqimini ko‘paytirish imkonini berdi.
SHu bilan birga oxirgi yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash
masalalariga ham katta e’tibor berildi. Texnogen omillar ta’siri natijasida ilgari
aniqlangan chuchuk er osti suv zahiralaridan 35-38% ichish uchun yaroqsiz
holga kelib qoldi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari
ichimlik suvi mahalliy manbalaridan deyarli mahrum bo‘ldilar. SHu sababdan
ushbu hududlarga Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan toza ichimlik suvi
etkazib beradigan yirik quvurlar tortildi. Natijada mintaqa aholisining toza
ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi keskin ortdi.
Ushbu yillar davomida Orol inqirozi ta’sir ko‘rsatgan xududlarda 740 ming
gektar, dengizning qurigan tubida 310 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar
barpo etildi. Bundan tashqari Orolning qurishi natijasida aholi sog‘lig‘iga
etkazilgan zararni bartaraf etish tadbirlari ham keng miqyosda olib borildi. Bu
borada hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya
jamg‘armasi tomonidan katta ishlar amalga oshirildi. 1993 yilning 23 aprel kuni
tashkil etilgan mazkur jamg‘arma o‘tgan yillar davomida o‘z tibbiy dasturlarini
ishlab chiqib, asosan, respublikaning ekologik jihatdan noqulay bo‘lgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy singari viloyatlariga
«Salomatlik» poezdlari orqali ko‘mak berish vazifalarini amalga oshirishi yo‘lga
qo‘yildi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tgan yillar davomida
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston
32
Махсумов С., Раҳимов О., // Мусаффор табиат, аҳоли саломатлиги ва фаровонлиги – пировард
мақсад. Халқ сўзи, 2014 й, 30 октябр, № 210., 2 бет.
37
Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va
respublikaning boshqa ekologik noqulay hududlariga jami 19 ta «Salomatlik»
poezdlari jo‘natildi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatning
ekologik noqulay hududlarida istiqomat qiluvchi aholi sog‘ligini muhofaza
qilish bo‘ldi. «Salomatlik» poezdi tashkil etilgan 2000 yildan 2013 yilga qadar
aholiga 4 million 681 ming AQSH dollari va 562 million so‘mdan ziyod
muruvvat yordami ko‘rsatildi. 62 ming 248 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazilib, nogironlarga manzilli muruvvat yordamlari etkazib berildi.
Qo‘shimcha tarzda 1997-2012 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm,
Buxoro va Navoiy viloyatlarida zamonaviy ambulator poliklinikalar bunyod
etildi. 5,8 ming o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot muassasalari qurildi va
rekostruksiya qilindi. 840 ta Qishloq vrachlik punkti faoliyat ko‘rsatdi. Natijada
aholi salomatligini yaxshilashga doir olib borilgan islohotlar o‘z natijasini berdi.
Ko‘rilgan choralar samarasi o‘laroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida nuqson
bilan tug‘ilganlar soni 1997 yilga nisbatan 3,1 barobar onalar o‘limi 1997
yildagiga nisbatan 2 barobar, bolalar o‘limi 2,4 marta qisqardi
33
.
Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston ekologik harakati ham faol ishtirok etib
keldi. Dunyo tajribasida ilk marotaba mamlakat parlamentida Ekoharakat
deputatlik o‘rinlari uchun 15 kvota berildi. Bu esa ekologiyaga oid tashkiliy
huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qonunlar ijrosini muttasil
ta’minlashda muhim tadbir bo‘ldi. «Ekologik nazorat to‘g‘risida» gi Qonun bu
boradagi tadbirlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.
Yuqoridagi tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida Orol fojeasining
oqibatlarini birmuncha bartaraf etishga erishildi. Ammo shunga qaramasdan
Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish hajmi keyingi ellik yil
davomida qariyb 5 barobar, Orol dengizining suvi qariyb 14 barobar kamaydi,
uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25 marta ortdi..1960-2010 yillar davomida
Orolga kelib qo‘shiladigan daryo suvlari qisqarishi natijasida uning suv yuzasi 8
33
Маметова М..//Саъй-ҳаракатларни мувофиқлаштириш йўлида., “Ўзбекистон овози” газетаси. 2014
йил., 30-октябр, № 128. 2-бет.
38
marta qisqardi. Suv sathi 53,4 metrdan 29 metrga pasayib qoldi. Bu jarayon
Orolbo‘yi flora va faunasiga o‘nglab bo‘lmas darajada shikast etkazdi. Suvda
yashaydigan jonzotlar va mavjud baliqlar qirilib ketdi. Dengiz bo‘yida
yashovchi hayvonlarning ko‘p qismi yo‘q bo‘lib ketdi. O‘zining ulkan bioxilma-
xilligi bilan mashhur bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida o‘simliklar va yovvoyi
hayvonlar turi ham keskin kamayib bordi. Xususan sut emizuvchilarning 12 turi,
qushlarning 26 va o‘simliklarning 11 turi butkul yo‘q bo‘lish xavfi ostida qoldi.
Umuman, o‘tgan davrda Orolbo‘yi bioxilma-xilligi genofondining yarmidan
ortiq qismi boy berildi.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, sovet mustabid tuzumi
hukmronligi sharoitida sun’iy tarzda yuzaga keltirilgan Orol fojeasi global
ahamiyat kasb etib, mintaqa doirasida hal etish mushkul bo‘lgan muammolardan
biriga aylandi. Bunday noxush holatlarning oldini olish va uning aholi
salomatligi va yashash tarziga bo‘lgan salbiy tahdidlarini yumshatish borasida
O‘zbekiston hukumati katta kuch-g‘ayrat sarfladi. Xususan, bu borada amalga
oshirilgan tadbirlar natijasida Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy-
iqtisodiy ta’minlanganlik darajasi oshib, turmushi farovonlashdi. Aholi
sog‘lig‘ini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar tufayli mintaqada, xususan
O‘zbekiston tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro
va Navoiy viloyatidagi ahvol birmuncha yaxshilanishiga erishildi. Ammo,
O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan bunday keng ko‘lamli tadbirlarga
qaramasdan, bu muammo global ahamiyat kasb etgani va ko‘lamining nihoyat
darajada kengligi bois bu borada amalga oshirilgan loyiha hamda dasturlarga
qo‘shimcha tarzda yana ko‘plab tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Orol dengizi
mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni
rivojlantirish» mavzusidagi xalqaro konferensiyasida so‘zlagan nutqida
ta’kidlanganidek “Mintaqa mamlakatlari Orol dengizi halokatining atrof-muhit
va bu erda yashayotgan aholi hayoti va faoliyatiga etkazayotgan ekologik,
39
ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlarini bartaraf etish uchun etarlicha
mablag‘ va moddiy-texnik imkoniyatlariga ega emas. SHu bois Birlashgan
Millatlar tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkor
davlatlarning samarali amaliy yordamisiz dunyo miqyosidagi ushbu muammoni
hal etib bo‘lmaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |