Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana27.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#413978
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari

 
 
 
II-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA EKOLOGIK 
MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH TADBIRLARI 
25
Каримов И.А. Узбекистан X X I аср бўсагасида: хавфсизликха таҳдид, бар-қарорлик шартлари ва 
тараққиёт кафолатлари. — Т., 1997, 124-бет. 


31 
2.1. Орол фожиасига қарши кураш 
 
Orol dengizi tabiatning noyob in’omi hisoblanadi. Mazkur mintaqada 
istiqomat qiluvchi o‘zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va turkmanlarning 
qadimiy tarixi Orol dengizi bilan bog‘liq tarzda kechgan. Orolbo‘yi mintaqasi 
yuqorida nomlari zikr etilgan xalqlarning shakllanish markazi hisoblangan. XIX 
asrning oxirida Peterburg fanlar akademiyasining a’zosi Orol dengizini keraksiz 
dengiz sifatida quritishni taklif qiladi. Chor hukumati uning bu be’manilikdan 
iborat bo‘lgan taklifini amalga oshirishga ulgura olmadi. Ammo uning 
mustamlakachilik siyosatini davom ettirgan sovet hukumati ushbu taklifni o‘ta 
ustomonlik va izchillik bilan hayotga tadbiq etdi. Sovet hukumatining boylik 
ortidan quvish yo‘lida olib borgan tadbirlari natijasi o‘laroq mintaqaning yirik 
daryolari hisoblangan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Chirchiq daryolarining 
suvlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida Orol fojeasini keltirib chiqardi. 1960 
yildan keyingi 20-30 yil davomida Amudaryo va Sirdaryoga har xil kimyoviy 
chiqindilarning tashlanishi bu fojea ko‘lamini yanada kengaytirdi. Orol 
dengizining suv hajmi 60 foizdan ortiq kamayib, quruqlikka aylangan qismi 2 
mln gektarni tashkil etdi
26
.
Orol muammosi olimlar va jamoatchilik tomonidan o‘z vaqtida muhokama 
qilinmadi, aksincha xaspo‘shlab kelindi. Mustabid tuzum Orol muammosini 
uzoq vaqt maxfiy saqlab keldi. Uning hukmron doiralari olimlar va 
jamoatchilikning tahlikali sadolariga o‘z vaqtida javob bermadi. 1986-1988 
yillarda mazkur muammoni hal etishga qaratilgan ikkita qaror qabul qilindi. 
Ammo 80-yillarning o‘rtalariga kelib ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir ohvolga 
tushib qolgan ittifoqning bu qarorlarni mablag‘ bilan ta’minlashga qurbi etmas 
edi. SHu sababdan bu qarorlar faqat “qog‘ozda” qolib ketdi
27
. Mazkur davrda 
Orol dengizi suvi kamayib, 1990 yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi
26
Жўраев Н, Каримов Ш.,//Ўзбекистон тарихи., Тошкент «Шарқ» 2011. 587- бет
27
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида., Тошкент «Шарқ» 2000 569 - бет 


32 
54 % kamaydi. Suv qirg‘oqdan 70 – 100 kilometrga chekingan joylarda
bo‘ronlar natijasida yiliga 50 – 70 mln tonnnagacha tuz atmosferaga
ko‘tarilgani kuzatilgan
28
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki yillarda Orolni 
qutqarish xalqaro jamg‘armasini va mintaqaning ikkita tuzilmasi – Barqaror 
rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiya va Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi 
suv xo‘jaligi komissiyasini tashkil etishning tashabbuskorlaridan bo‘ldi. 
Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari tomonidan 1993 yilda Orol 
muammolarini hal etish, Orol mintaqasini ekologik sog‘lomlashtirish va 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risidagi 
bitim imzolandi. SHu yili yanvar oyida O‘zbekiston, Turkmaniston, 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hamkorligida Orolni qutqarish xalqaro 
jamg‘armasi tashkil etildi. Orolbo‘yidagi bioxilmaxillikni saqlash, halokatning 
Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholi turmush tarziga hamda tabiatga halokatli 
tarzdagi ta’sirini kamaytirish Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ustuvor 
vazifalari sifatida belgilandi. BMT bosh assambleyasi va sessiyalari
kuzatuvchisi hisoblangan ushbu jamg‘arma keyingi yillarda Orol dengizi 
havzasidagi mamlakatlarga yordam berishga doir ikkita asosiy dasturni amalga 
oshirdi. Buning uchun 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 
O‘zbekiston Prezidenti BMT bosh assambleyasining 1993 yil 28 
sentyabrda bu masalani ko‘tarib chiqqan va va jahon hamjamiyati e’tiborini Orol 
dengizi 
muammosiga 
qaratgan 
edi. 
1995 
yilda 
Markaziy 
Osiyo 
mamlakatlarining ushbu sohada hamkorlikni kengaytirishni ko‘zda tutgan 
Nukus deklaratsiyasi imzolandi. Bu borada Orol dengizi havzasi bo‘yicha 
qo‘shma dastur amalga oshirildi.
O‘zbekiston Orol fojeasi asoratlarini kamaytirishga katta kuch sarflagan 
asosiy davlatlardan biriga aylandi. Xususan, OQXJ ning ta’sischilaridan biri 
sifatida O‘zbekiston uning faoliyatini mustahkamlanishiga alohida e’tibor 
28
Шаммов А. И. Экология: тревога нарастой. Л. Лениздат, 1989, с. 53. 


33 
qaratib keldi. Masalan, O‘zbekistonning 1997-1999 yillardagi raisligi davrida 
OQXJ huquqiy bazasini rivojlantirish, bu boradagi tadbirlarni amalga oshirish 
uchun xalqaro tashkilotlar va moliya muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish bo‘yicha ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirildi. 2000 yilning 
sentyabrida esa BMT ning Atrof muhit bo‘yicha dasturi huzurida Orol va 
Orolbo‘yi muammolari Kengashini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 
O‘zbekiston 2003 yil 6 mayda MDH davlatlari orasida birinchilardan 
bo‘lib “Suv va suvdan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida”gi qonunini qabul qildi. 
SHuningdek mamlakat hududidan oqib o‘tuvchi 8 ta daryo – Qashqadaryo
CHirchiq, Surxondaryo, Zarafshon, Qoradaryo, Norin, Amudaryo va Sirdaryolar 
hamda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 11 ta er osti chuchuk suvlari hosil 
bo‘ladigan hududlarni ifloslanishdan muhofaza qilish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasining 11 ta qarori qabul qilindi. 
Mamlakatda suvni tejashning bir qancha turlari yordamida bosqichma-
bosqich zarur bo‘lgan tadbirlar amalga oshirilishi boshlandi. Jumladan, har yili 5 
ming km. dan ortiq sug‘orish, 12 ming km kollektor-drenaj, 50 ming km ariq 
tarmoqlari tozalanib, 200 km. dan ortiq kanallar, 30 km lotok va 500 km 
kollektor tarmoqlari, 400 dan ortiq gidrotexnik inshootlar va boshqa ko‘pgina 
ob’ektlarni rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi
29

Mazkur muammoni hal etish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish 
ishlari keng miqyosda olib borildi. Xususan, Prezident Islom Karimov SHHTga 
a’zo davlatlar rahbarlarining 2007 yil avgustda Bishkekda bo‘lib o‘tgan 
majlisidagi ma’ruzasida mintaqa transchegara suv oqimlaridan foydalanish 
bo‘yicha O‘zbekistonning yuqoridagi tamoyillarga asoslangan nuqtai nazarini 
aniq bayon qildi. Bundan tashqari, 2008 yilning 12 mart kuni O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan «Orol muammolari, ularning aholi 
genofondi, o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri hamda oqibatlarini 
engillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-tadbirlari» mavzuidagi xalqaro 
29
 
www.agro.uz
 


34 
konferensiyasi uyushtirildi. Konferensiyada dunyoning 20 dan ortiq davlatidan, 
jumladan, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, 
YAponiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa davlatlardan, xalqaro va 
mintaqaviy tashkilotlardan, moliya institutlaridan vakillar va mutaxasislar 
ishtirok etgani uning nufuzini belgilab berdi. Mazkur konferensiyada ishlab 
chiqilgan harakat rejasi 2011-2015 yillarda Orol dengizi havzasidagi 
mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha uchinchi dasturning asosini tashkil 
qildi
30
. Jahon bankining ushbu dasturni amalga oshirishda ko‘mak berishi 
belgilandi.
2008 yilga kelib Orolbo‘yi hududiga kiradigan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Xorazm viloyatini umumiy ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishga 
qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar davom ettirildi. Xususan, Orol dengizi 
mintaqasidagi hududlarning ekologik ahvolini yaxshilash, er emirilishining 
oldini olish va qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, suv bilan ta’minlash, 
aholini sog‘lomlashtirish, fermerlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xalq 
hunarmandchiligini rivojlantirish orqali qo‘shimcha daromad olish uchun shart-
sharoit yaratish bo‘yicha qator maqsadli loyihalar bosqichma-bosqich ro‘yobga 
chiqarildi. O‘nlab zamonaviy ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari barpo 
etildi. 
2010 yildan boshlab «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo havzasida 
o‘rmonzorlarni saqlab qolish va muhofaza qilinadigan hududlar tizimini 
mustahkamlash» deb nomlangan loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 
Jumladan, To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo, Nukus, CHimboy, Kegeyli, 
Qo‘ng‘irot va Taxtako‘pir o‘rmon xo‘jaliklarining 47398 gektarlik 
o‘rmonzorlarni rivojlantirish, parvarishlash ishlari bajarildi
31
. Natijada barpo 
etilgan «yashil qalqon»lar cho‘llanishga qarshi samarali tizim ekanligini 
ko‘rsatdi. 
2011 yilda umumiy maydoni 68,7 ming gektarga teng Quyi Amudaryo 
30
Маметова М..//Саъй-ҳаракатларни мувофиқлаштириш йўлида., “Ўзбекистон овози” газетаси. 2014 
йил., 30-октябр, № 128. 2-бет. 
31
Ибрагимов А., //«Яшил қалқон» саҳроланишдан ҳимоя., Халқ сўзи., 2010 й 5-ноябр., 4-бет.


35 
davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Amudaryo deltasida lokal havzalar 
yaratishga oid loyiha amalga oshirildi. Natijada 5 ta suv chiqarish inshooti, 45 
kilometrlik damba qurildi. Suv yuzasi 70 ming gektarga teng muhandislik 
asosida boshqariladigan havza yaratildi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tomonidan Orolbo‘yi genofondini 
muhofaza qilish bo‘yicha xayriya jamoat fondi, Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligi huzurida irrigatsiya va drenaj bo‘yicha milliy qo‘mita, Moliya vazirligi 
huzurida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi 
tuzilib, ular tomonidan ko‘plab dasturlar amalga oshirildi. Natijada amalga 
oshirilgan dasturlarning samaradorligi ayniqsa keyingi yillarda har qachongidan 
ham ortdi. 
Keyingi yillarda tajribada sinalgan, qurg‘oqchilik va kasalliklarga chidamli 
meva navlarini ko‘paytirish tadbirlari ham olib borildi. Natijada mamlakat 
miqyosida intensiv bog‘lar yaratish ishlari boshlandi. 2010 yili Respublika 
rahbariyatining 
tashabbusi 
bilan 
intensiv 
texnologiyalar 
asosida 
parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos va shaftoli 
ko‘chatlari ilk bor Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelinib, asosan Toshkent 
hamda Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari er maydonlariga ekildi. 
Ushbu bog‘lar mamlakatning tuproq-iqlim sharoitiga tez moslashib, qisqa 
muddat — oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2011 yildan boshlab, mevali bog‘larning 
har bir gektaridan 50-70 sentnergacha hosil olishga erishildi. 
Intensiv bog‘larni yaratish tadbirlari yildan-yilga ko‘payib bordi. Masalan, 
2014 yilda respublikada jami 8 ming gektarlik bog‘lar yaratilgan bo‘lsa, 
shundan 5,6 ming gektarini intensiv bog‘lar tashkil etdi. Bundan tashqari, 4,1 
ming gektardagi yaroqsiz bog‘lar, 6,1 ming gektarlik tokzorlar rekonstruksiya 
qilindi. SHu va boshqa omillar Orolga borib quyiladigan suv hajmining nisbatan 
barqarorlashuvini ta’minladi. 
Umuman olganda O‘zbekiston 2004-2014 yillar davomida Orolbo‘yidagi 


36 
loyihalarga 1 milliard 200 million AQSH dollaridan ziyod mablag‘ ajratdi
32

Natijada suv manbalarini boshqarish va ulardan tejamkorlik bilan foydalanishga 
qaratilgan yuqorida keltirilgan tub islohotlar amalga oshirildi. Buning natijasida 
mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi aholi soni 20 mln dan 31 mlnga 
ko‘payishiga qaramasdan mamlakat bo‘yicha suv chiqarish hajmi yiliga 80-
yillardagi 64 millard kub metrdan 51 milliard kub metrga tushdi. Aholi jon 
boshiga suvdan foydalanish 3 ming kub metrdan 1,7 ming kub metrga tushdi. Bu 
esa Orolbo‘yiga daryo suvi oqimini ko‘paytirish imkonini berdi.
SHu bilan birga oxirgi yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 
masalalariga ham katta e’tibor berildi. Texnogen omillar ta’siri natijasida ilgari 
aniqlangan chuchuk er osti suv zahiralaridan 35-38% ichish uchun yaroqsiz 
holga kelib qoldi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari 
ichimlik suvi mahalliy manbalaridan deyarli mahrum bo‘ldilar. SHu sababdan 
ushbu hududlarga Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan toza ichimlik suvi 
etkazib beradigan yirik quvurlar tortildi. Natijada mintaqa aholisining toza 
ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi keskin ortdi. 
Ushbu yillar davomida Orol inqirozi ta’sir ko‘rsatgan xududlarda 740 ming 
gektar, dengizning qurigan tubida 310 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar 
barpo etildi. Bundan tashqari Orolning qurishi natijasida aholi sog‘lig‘iga 
etkazilgan zararni bartaraf etish tadbirlari ham keng miqyosda olib borildi. Bu 
borada hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya 
jamg‘armasi tomonidan katta ishlar amalga oshirildi. 1993 yilning 23 aprel kuni 
tashkil etilgan mazkur jamg‘arma o‘tgan yillar davomida o‘z tibbiy dasturlarini 
ishlab chiqib, asosan, respublikaning ekologik jihatdan noqulay bo‘lgan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy singari viloyatlariga 
«Salomatlik» poezdlari orqali ko‘mak berish vazifalarini amalga oshirishi yo‘lga 
qo‘yildi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tgan yillar davomida 
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston 
32
Махсумов С., Раҳимов О., // Мусаффор табиат, аҳоли саломатлиги ва фаровонлиги – пировард 
мақсад. Халқ сўзи, 2014 й, 30 октябр, № 210., 2 бет. 


37 
Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va 
respublikaning boshqa ekologik noqulay hududlariga jami 19 ta «Salomatlik» 
poezdlari jo‘natildi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatning 
ekologik noqulay hududlarida istiqomat qiluvchi aholi sog‘ligini muhofaza 
qilish bo‘ldi. «Salomatlik» poezdi tashkil etilgan 2000 yildan 2013 yilga qadar 
aholiga 4 million 681 ming AQSH dollari va 562 million so‘mdan ziyod 
muruvvat yordami ko‘rsatildi. 62 ming 248 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazilib, nogironlarga manzilli muruvvat yordamlari etkazib berildi. 
Qo‘shimcha tarzda 1997-2012 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida zamonaviy ambulator poliklinikalar bunyod 
etildi. 5,8 ming o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot muassasalari qurildi va 
rekostruksiya qilindi. 840 ta Qishloq vrachlik punkti faoliyat ko‘rsatdi. Natijada 
aholi salomatligini yaxshilashga doir olib borilgan islohotlar o‘z natijasini berdi. 
Ko‘rilgan choralar samarasi o‘laroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida nuqson 
bilan tug‘ilganlar soni 1997 yilga nisbatan 3,1 barobar onalar o‘limi 1997 
yildagiga nisbatan 2 barobar, bolalar o‘limi 2,4 marta qisqardi
33

Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston ekologik harakati ham faol ishtirok etib 
keldi. Dunyo tajribasida ilk marotaba mamlakat parlamentida Ekoharakat 
deputatlik o‘rinlari uchun 15 kvota berildi. Bu esa ekologiyaga oid tashkiliy 
huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qonunlar ijrosini muttasil 
ta’minlashda muhim tadbir bo‘ldi. «Ekologik nazorat to‘g‘risida» gi Qonun bu 
boradagi tadbirlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.
Yuqoridagi tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida Orol fojeasining 
oqibatlarini birmuncha bartaraf etishga erishildi. Ammo shunga qaramasdan 
Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish hajmi keyingi ellik yil 
davomida qariyb 5 barobar, Orol dengizining suvi qariyb 14 barobar kamaydi, 
uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25 marta ortdi..1960-2010 yillar davomida 
Orolga kelib qo‘shiladigan daryo suvlari qisqarishi natijasida uning suv yuzasi 8 
33
Маметова М..//Саъй-ҳаракатларни мувофиқлаштириш йўлида., “Ўзбекистон овози” газетаси. 2014 
йил., 30-октябр, № 128. 2-бет. 


38 
marta qisqardi. Suv sathi 53,4 metrdan 29 metrga pasayib qoldi. Bu jarayon 
Orolbo‘yi flora va faunasiga o‘nglab bo‘lmas darajada shikast etkazdi. Suvda 
yashaydigan jonzotlar va mavjud baliqlar qirilib ketdi. Dengiz bo‘yida 
yashovchi hayvonlarning ko‘p qismi yo‘q bo‘lib ketdi. O‘zining ulkan bioxilma-
xilligi bilan mashhur bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida o‘simliklar va yovvoyi 
hayvonlar turi ham keskin kamayib bordi. Xususan sut emizuvchilarning 12 turi, 
qushlarning 26 va o‘simliklarning 11 turi butkul yo‘q bo‘lish xavfi ostida qoldi. 
Umuman, o‘tgan davrda Orolbo‘yi bioxilma-xilligi genofondining yarmidan 
ortiq qismi boy berildi.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, sovet mustabid tuzumi 
hukmronligi sharoitida sun’iy tarzda yuzaga keltirilgan Orol fojeasi global 
ahamiyat kasb etib, mintaqa doirasida hal etish mushkul bo‘lgan muammolardan 
biriga aylandi. Bunday noxush holatlarning oldini olish va uning aholi 
salomatligi va yashash tarziga bo‘lgan salbiy tahdidlarini yumshatish borasida 
O‘zbekiston hukumati katta kuch-g‘ayrat sarfladi. Xususan, bu borada amalga 
oshirilgan tadbirlar natijasida Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy-
iqtisodiy ta’minlanganlik darajasi oshib, turmushi farovonlashdi. Aholi 
sog‘lig‘ini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar tufayli mintaqada, xususan 
O‘zbekiston tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro 
va Navoiy viloyatidagi ahvol birmuncha yaxshilanishiga erishildi. Ammo, 
O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan bunday keng ko‘lamli tadbirlarga 
qaramasdan, bu muammo global ahamiyat kasb etgani va ko‘lamining nihoyat 
darajada kengligi bois bu borada amalga oshirilgan loyiha hamda dasturlarga 
qo‘shimcha tarzda yana ko‘plab tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Orol dengizi 
mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni 
rivojlantirish» mavzusidagi xalqaro konferensiyasida so‘zlagan nutqida 
ta’kidlanganidek “Mintaqa mamlakatlari Orol dengizi halokatining atrof-muhit 
va bu erda yashayotgan aholi hayoti va faoliyatiga etkazayotgan ekologik, 


39 
ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlarini bartaraf etish uchun etarlicha 
mablag‘ va moddiy-texnik imkoniyatlariga ega emas. SHu bois Birlashgan 
Millatlar tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkor 
davlatlarning samarali amaliy yordamisiz dunyo miqyosidagi ushbu muammoni 
hal etib bo‘lmaydi”. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish