2.2. Минтақа экологиясига салбий таъсир кўрсатаётган бошқа
омилларнинг бартараф этиш тадбирлари
So‘nggi paytlarda Tojikiston rahbariyatining tashabbusi bilan Rog‘unda
boshlab yuborilgan ulkan GES qurilishi hamda uning keltirib chiqarishi mumkin
bo‘lgan mudhish oqibatlari haqida bot-bot gapirilmoqda. Bugungi kunda
dunyoda ishlab chiqarilayotgan umumiy elektr energiyasining 20 foizga yaqini
gidroelektrostantsiyalar – GESlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Tojikiston hukumati
tomonidan qurilishi mo‘ljallanayotgan Rog‘un GESining balandligi 350 metr,
ishlab chiqarish quvvati esa 3600 MVtni tashkil etadigan to‘g‘on dunyodagi eng
yirik hisoblanmish GESlardan ham suv bosimi yoki to‘g‘onining balandligi
bo‘yicha olti barobarga, quvvati bo‘yicha esa 144 barobarga ustunroqdir
34
. Shu
o‘rinda aytish kerak, katta gidroinshootlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri va
zarari borligi uchun Yevropada allaqachon ular xizmatidan voz kechish haqida
qatiy qarorga kelib bo‘lingan. Shuning uchun ham 1998 yildan beri mazkur
qit’ada ulkan to‘g‘onlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz
kechilmoqda.
Davlatlararo diplomatiyada manfaatlar muvozanati e’tiborga olinishi
xalqaro huquqning muhim tamoyillaridan sanaladi. Yuqoridagi muammoning
hal etilishida O‘zbekiston rahbari va hukumati xalqaro huquq normalaridan
kelib chiqqan holda, masalaga dunyo hamjamiyati e’tiborini qaratib kelmokda.
34
Mardonov I., Роғун ГЭС и – минтақа
халқлари келажагига таҳдид
/
Xalq so‘zi gazetasi 2011 yil 20
may soni.
40
Yurtboshimizning boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan oliy darajadagi qanday
uchrashuvi bo‘lmasin, albatta, ushbu muammoga alohida e’tibor beriladi.
Prezidentimizning Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkmaniston, AQSh, Yevropa
Ittifoqi va boshqa davlat hamda tashkilotlar rahbarlari bilan bo‘lgan
uchrashuvlaridagi muzokaralari bunga misoldir. Shuningdek, Yurtboshimiz
2010 yil 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining Ming yillik rivojlanish
maqsadlariga bag‘ishlangan oliy darajadagi yalpi majlisidagi nutqida ham
transchegaraviy daryolarda suv inshootlarini qurishga mo‘ljallangan har bir
loyiha xalqaro xolis ekspertiza natijalariga asoslangan hamda qo‘shni davlatlar
bilan kelishilgan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi zarurligini
ta’kidlagan edilar. Shuningdek, Prezidentimizning ulkan gidroinshootlar o‘rniga
kichik GES larni qurish har tomonlama samarali, arzon va ekologik jihatdan
xavfsiz ekanligi to‘g‘risidagi fikrlari xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in
qo‘llab-quvvatlangan. Masalan, Nyu-York davlat universiteti professori,
ekologiya muammolari bo‘yicha ekspert A. Koddermanning bu boradagi fikri
quyidagicha: “Men bugungi kunda yer yuzida iqlimning global o‘zgarishi tabiiy
ofatlar soni va ko‘lami kengayishiga sabab bo‘layotgan bir paytda insoniyatning
ulkan inshootlarni barpo etish bilan bog‘liq masalada o‘z mas’uliyatini keskin
oshirishi lozim, deb hisoblayman. Bu jahonda eng yirik – Rog‘un GESini
kurishga intilayotgan Tojikistonga ham taalluqlidir. Tojikiston bu ulkan
inshootni barpo etishdan voz kechishi lozim”
35
.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdi, O‘zbekiston rahbariyati va
hukumati ushbu muammoni xalqaro huquq normalari doirasida dunyo
hamjamiyati e’tiborini jalb etgan holda hal etishga harakat qilmoqda.
Shu o‘rinda masalaga taalluqli quyidagi ikki xalqaro Konventsiya –
Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda
foydalanish bo‘yicha Konventsiya (Xelsinki, 1992 yil 17 mart) va Xalqaro ochiq
35
Mardonov I., Роғун ГЭС и – минтақа
халқлари келажагига таҳдид
Xalq so‘zi gazetasi 2011 yil 20
may soni.
41
suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish huquqi to‘g‘risidagi
Konventsiya (Nyu-York, 1997 yil 21 may) normalarini ta’kidlab o‘tish
o‘rinlidir. Ushbu Konventsiyalarda transcheragaviy daryolardan qanday
foydalanish, vujudga kelgan muammolarni hal etish kabi masalalar belgilab
qo‘yilgan. Masalan, Nyu-York Konventsiyasining 6-moddasi 1-qismida xalqaro
suv oqimlaridan adolatli va oqilona foydalanish shartlari ko‘rsatilgan bo‘lib,
unga ko‘ra, o‘z hududidan xalqaro suv oqimlari o‘tadigan har bir davlatga
gidrogeografik, iqlimiy, ekologik va boshqa tabiiy xarakterga ega omillarni,
shuningdek, qo‘shni davlatlarning suvga bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojini,
transchegaraviy suv oqimlarining bir davlat tomonidan monopollashtirilishi yoki
xo‘jasizlarcha ishlatilishi oqibatida boshqa bir davlat ko‘radigan zarar va shunga
o‘xshash boshqa omillarni hisobga olib borishni belgilab beradi. Tojikiston
rahbariyati esa yuqorida qayd etilgan Konventsiyalarni imzolamaganligini
ro‘kach qilib, umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga zid ravishda
“iqtisodiy o‘sishga” qaratilgan rejalarini o‘jarlik bilan himoya qilishdan nariga
o‘tmadi.
Bundan tashqari, mintaqa ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yana
bir omillardan biri “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasi
(“Talko” DUK) chiqarayotgan tashlanmalar bo‘ldi. Ushbu korxona tomonidan
Surxondaryo
viloyatining
shimoliy
hududlarini
transchegaraviy
ifloslantirayotgani xususidagi masala keyingi yillardagi asosiy masalalar
qatoridan joy oldi. 1975 yilda ekologik standartlarga rioya etilmasdan, zamon
talablariga javob bermaydigan texnologiyalar asosida qurilgan mazkur korxona
atrof-muhitni zaharli birikmalar bilan zararlantiradigan manbaga aylandi.
«Tojikiston alyuminiy zavodi» davlat unitar korxonasi Dushanbe shahri
g‘arbidan oltmish kilometr uzoqlikda, Tursunzoda shahri yaqinida joylashgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u yiliga 350-400 ming tonna alyuminiy ishlab
chiqarish quvvatiga ega. Korxona O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan atigi
18 kilometr masofada joylashgani bois mamlakatimizning Surxondaryo
42
viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo‘rg‘on tumanlarining 1,1
million nafardan ortiq aholisi uning zararli ta’siri ostida qolmoqda. «Talko»ning
sanoat chiqindilari Surxondaryo viloyati atrof-muhiti va qishloq xo‘jaligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Birinchi navbatda, atmosfera havosi ifloslanmoqda.
«Talko» DUK atmosferaga har yili o‘rtacha 22-23 ming tonna zaharli moddalar
chiqarmoqda. Ularning asosiy tarkibini oltingugurt angidridi, azot oksidlari,
ftorli vodorod va boshqa zaharli moddalar tashkil qiladi
36
.
Ekologik me’yorlarga rioya etilmasdan, qoloq texnologiyalar asosida
qurilgan mazkur zavod faoliyati mintaqada ming yillar davomida shakllangan
ekotizim buzilishiga, aholi genofondi, o‘simlik va hayvonot olami uchun katta
xavf tug‘ilishiga sabab bo‘layotir
37
.
Ular orasida ftorli vodorod o‘ta xavfli bo‘lib, bu moddaning atmosferaga
chiqarilishi yiliga qariyb 122 tonnani tashkil etadi. SHamol yo‘nalishlari tahlili
shuni ko‘rsatadiki, ular, asosan, shimoliy hamda shimoli-sharqiy yo‘nalish
bo‘yicha esadi va buning natijasida zavod atmosferaga chiqarayotgan zaharli
moddalarning asosiy miqdori 18-19 soat ichida havo oqimi orqali Surxondaryo
viloyatining Sariosiyo, Uzun, Denov, Jarqo‘rg‘on va boshqa tumanlariga
tarqalib, bu erdagi hududlarni zaharlamoqda. Masalan, 2006 — 2011 yillarda
Sariosiyo tumani hududi atmosfera havosida ftorli vodorod tarkibi ruxsat etilgan
o‘rtacha yillik konsentratsiya miqdoridan 1,8-2 barobar oshganini ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, yozda ftorli vodorodning yuqori darajada quyuqlashishi kuzatilmoqda
va bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan konsentratsiya miqdoridan 3,4 barobar ko‘pdir.
Atmosfera havosida ftorli vodorod miqdori ko‘payib borayotgani oqibatida
tuproq, suv resurslari zararlanmoqda, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi,
chorvachilik mahsuldorligi pasayib ketmoqda, shuningdek, aholi salomatligi va
genofondiga salbiy ta’sir etmoqda.
36
Алихонов Б., Сангинов С., Ўзбекистон ҳудудларининг Тожикистондаги «Талко» давлат унитар
корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили/ “Халқ сўзи” газетаси.
37
Иванова А., Атроф-муҳитнинг трансчегаравий ифлосланиш муаммолари ва уларни ҳал
этиш йўллари/ ЎзА, 22.08.2013
43
Ayniqsa, tuproq ko‘p zararlanmoqda. «Talko» DUK zaharli chiqindilari
ta’siri ostida qolayotgan hududlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu erdagi tuproq
tarkibida katta miqdorda ko‘chib yuruvchi ftor to‘planganini ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda zararlanish manbaidan 150 kilometr radiusdagi hududlar suvda
eriydigan ftor bilan zaharlangan.
Qayd etilgan hududlarda ko‘p yillar mobaynida ftor to‘planib, kuchli ta’sir
ko‘rsatayotgani natijasida tuproq tarkibi butunlay o‘zgarib ketgan va bu holat
uning kimyoviy-biologik vazifasi buzilishi hamda ekologik vaziyatning
yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, «Talko» DUK chiqarayotgan
zaharli moddalar qishloq xo‘jalik ekinlari va chorvachilikka ham salbiy ta’sir
ko‘rsatayotgani tashvish uyg‘otadi.
Uzoq yillar mobaynida tuproq tarkibida yuqori konsentratsiyali suvda
eriydigan ftorning to‘plangani o‘simliklarning rivojlanishiga ham salbiy ta’sir
o‘tkazmoqda, buning natijasida sabzavot ekinlari hosildorligi hamda sifati
pasayib borayotgani kuzatilmoqda. Misol uchun, ftorli vodorod bilan kuchli
zararlangan Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari hududida sabzavot ekinlari
hosildorligi 46 foizga kamaygan.
Bundan tashqari, «Talko» DUK chiqarayotgan zaharli moddalar
urug‘larning unib chiqishi, daraxtlarning meva tugishi, o‘simliklarning o‘sishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, poliz ekinlari hosildorligi 24,4, sabzavotlar
hosildorligi 34, uzum hosildorligi 37,8 foizga kamayib ketgan. Meva-
sabzavotlarda ftoridlar quyuqligi ruxsat etilgan konsentratsiya miqdoridan 11-
19,
bug‘doyda 5-6,5 foizni tashkil etishi aniqlangani ham o‘ta
tashvishlanarlidir
38
.
Bundan tashqari, chorva mollarning tarkibida ftor yuqori bo‘lgan
o‘simliklarni iste’mol qilishi ularning organizmida jiddiy fiziologik o‘zgarishlar,
ya’ni kalsiy va yod balansi buzilishi, tishlarining qimirlab qolishi va tushishi,
38
Алихонов Б., Сангинов С., Ўзбекистон ҳудудларининг Тожикистондаги «Талко» давлат унитар
корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили/ “Халқ сўзи” газетаси.
44
naychasimon suyaklari qiyshayishi, bo‘g‘inlari shikastlanishi, flyuroz,
osteodistrofiya, osteoporoz, osteomalyasiya kasalliklarining paydo bo‘lishi, raxit
va boshqa kasalliklarga chalinishiga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, klinik
tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Sariosiyo tumanida 3-5 yoshdagi hayvonlarning
80-90 foizining tishlarida qora dog‘lar, ularning edirilishi, teshilishi va oqibatda
tushishi kuzatilmoqda. Ozuqa va biomateriallar tarkibida ftorning yuqori
darajada bo‘lishi hayvonlar organizmida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda va
bu ularning chala nasl berishi, muhitga chidamliligining pasayishi,
yaroqsizligiga va o‘lik nasl tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu tumanlarda
qoramollarning o‘rtacha solishtirma og‘irligi viloyatning boshqa tumanlariga
qaraganda 15-20 kilogrammga kam. Bundan tashqari, tadqiqotlar davomida
sutda ftor quyuqligi ruxsat etilgan konsentratsiya miqdoridan 9-13, go‘shtda
10,9 foizga oshgani aniqlandi. Eng xavfli tomoni shundaki, «Talko» DUK
atmosferaga chiqarayotgan moddalar aholi salomatligi va genofondiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Alyuminiy olishda ftorli vodoroddan tashqari, katta
miqdorda uglerod va oltingugurt oksidlarining zaharli gazlari ham ajralib
chiqadi. Ular insonda yiringli bronxit, o‘pkaning surunkali shamollashi, bosh
aylanishi, migren va qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, zaharli
chiqindilar
xotin-qizlarning
reproduktiv
salomatligiga
xavfli
ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Surxondaryo viloyatining ko‘rsatib o‘tilgan tumanlarida bolalar va katta
yoshli aholining patologik o‘zgarishlar bo‘yicha kasallanishi viloyat bo‘yicha
o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3 barobar yuqoridir.
1994 yil 17 noyabrda imzolangan Tojikiston alyuminiy zavodining salbiy
ta’siri zonasida ekologik ahvolni yaxshilash bo‘yicha hamkorlikka oid
O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo bitimi ham amalda bajarilmayotir
39
.
39
Иванова А., Атроф-муҳитнинг трансчегаравий ифлосланиш муаммолари ва уларни ҳал
этиш йўллари/ ЎзА, 22.08.2013
45
Ayni vaqtda 2011 yilda Uzun tumanida aholining umumiy kasallanishi
2006 yildagiga nisbatan 24,2, Sariosiyo tumanida 12,7 foizga, nafas olish
organlari kasalliklari soni 3,4, endokrin tizimi kasalliklari 2,8 barobar, ovqat
hazm qilish organlari 27,7, shuningdek, qon va qon hosil qilish organlari
kasalliklari 29,4 foizga oshgani qayd etildi.
«Talko» DUK ta’siri zonasida yashayotgan Sariosiyo tumani aholisi
salomatligini tekshirish natijalari umumiy kasalliklar tarkibida quyidagi
xastaliklar ko‘p uchrashini ko‘rsatdi:
— nafas olish organlari (2006 yildagi 24 foiz o‘rniga 2011 yilda 27,8 foiz);
— ovqat hazm qilish organlari (12,6 foiz o‘rniga 14,7 foiz);
— endokrin tizimi (11,2 foiz o‘rniga 14,1 foiz);
— qon va qon hosil qilish organlari (12,6 foiz o‘rniga 15,3 foiz) Atrof-
muhitning aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oqibatida yuqorida qayd
etilgan tumanlarda o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichlari ayollarda 68, erkaklarda
65 yoshni tashkil qilmoqda. Holbuki, respublikamiz bo‘yicha bu ko‘rsatkich
ayollarda 75, erkaklarda esa 72 yoshni tashkil etadi «Talko» DUK
chiqindilaridan ko‘p zarar ko‘rgan tumanlarda, masalan, Surxondaryo
viloyatining SHo‘rchi tumaniga nisbatan, homilaning tushib qolishi (2-2,5 marta
ko‘p), homila normal rivojlanmagani sababli abortlar (har ming nafar tuqqan
ayollarning 16 nafaridan 9 nafarida), muddatidan oldin tug‘ish (har ming
tuqqanayolning 34 nafaridan 13 nafarida), chala va vazni kam (2500 grammga
etmagan) bolalarning tug‘ilishi (tug‘ilgan har ming bolaning 35-45 nafaridan 26
nafarida) kuzatilmoqda.Ushbu tumanlarda homiladorlikning 95 foizi yuqori
darajadagi qalqonsimon bez, tanosil tizimi kasalliklari bilankechmoqda. Bundan
tashqari, «Talko» DUKning tarkibida ftor bor chiqindilarining ta’siri natijasida
homiladorlarni ultratovush orqali tekshirishda ularning homilasi rivojlanishida
tug‘ma nuqsonlar 2006 yildagi 0,6 foiz o‘rniga 2011 yilda 2,8 foizga (4,6
barobar) oshgan. Qonni biokimyoviy tekshirishlar esa bu ko‘rsatkich tegishincha
8,2 foizdan 14,8 foizga, ya’ni 1,8 marta oshganini ko‘rsatmoqda. 2006 — 2011
46
yillarda homilador ayollar skriningida 687 holatda homila rivojlanishida tug‘ma
nuqsonlar, ularning qoni biokimyoviy tekshirilganda esa, 979 holatda patologik
o‘zgarishlar mavjudligi aniqlandi
40
.
SHu bilan birga, monitoringga muvofiq, so‘nggi besh yilda Sariosiyo
tumanida o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar soni 7,7 barobar ko‘paygan. 2011 yilda
Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar soni viloyat
bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 27,3 foizga ko‘pdir.
Bundan tashqari, 2011 yilda ushbu tumanlarda:
—
16 yoshgacha bo‘lgan 3106 nafar nogiron bola ro‘yxatga olingan, bu
2006 yildagiga nisbatan 9,5 foiz, Sariosiyo tumanida esa 17,1 foiz ko‘pdir;
—
16 yoshdan katta 12655 nafar nogiron ro‘yxatga olingan, bu 2006
yildagiga nisbatan 1,5 barobar, Sariosiyo tumanida esa 1,6 barobar ko‘pdir.
«Talko» DUK tomonidan Uzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyati
aholisi salomatligi va atrof-muhitiga etkazilgan iqtisodiy zarar tahlil qilib
chiqildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2006 — 2011 yillarda viloyatning to‘rt tumani
(Sariosiyo, Uzun, Denov, Jarqo‘rg‘on) atrof-muhitiga etkazilgan ekologik-
iqtisodiy zarar 100,8 million dollar hajmida (ekologik-iqtisodiy zarar Engel
ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda hisoblab chiqildi) baholanmoqda. So‘nggi
besh yilda Surxondaryo viloyatining Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Uzun
tumanlari qishloq xo‘jaligiga etkazilgan iqtisodiy zarar 174,97 million dollar
hajmida
baholanmoqda,
jumladan:
—
qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi pasayishi hisobidan — 8,08 million
dollar;
—
sog‘ib olinadigan sut miqdori kamayishi hisobidan — 33,2 million
dollar;
—
chorva mollar vaznining kamayishi hisobidan — 133,7 million dollarni
tashkil etadi.
40
Алихонов Б., Сангинов С., Ўзбекистон ҳудудларининг Тожикистондаги «Талко» давлат унитар
корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили/ “Халқ сўзи” газетаси.
47
Hisob-kitoblarga muvofiq, aholi salomatligi va genofondiga har yili
etkazilayotgan iqtisodiy zarar 31,2 million dollardan oshmoqda. Jumladan, aholi
salomatligini tiklash va genofondini saqlashga Davlat byudjeti hisobidan 20,8,
aholi tomonidan 10,4 million dollar sarflanmoqda. SHular qatorida flyuoroz
kasalligini davolash xarajatlari 16,07, xotin-qizlar va bolalar salomatligini
mustahkamlash uchun 0,75, qon va qon hosil qilish organlari kasalliklarini
davolash uchun 4,8, endokrinologik va ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini
davolash uchun 3,3, nafas olish organlari kasalliklarini davolash uchun 3,9
million dollar yo‘naltirilmoqda. Bunda faqat 2007 — 2011 yillarda etkazilgan
iqtisodiy zarar miqdori 156 million dollardan ortiq bo‘lganini alohida qayd etish
joiz. 2007 — 2011 yillarda 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar, shuningdek,
16 yoshdan katta nogironlar ehtiyojlari uchun Davlat byudjetidan 28 million
dollar sarflandi.
SHu tariqa, «Talko» DUK tomonidan so‘nggi besh yilda Uzbekistonga
etkazilgan jami iqtisodiy zarar 447,3 million dollarni tashkil etdi. «Talko» DUK
faoliyatining xavfli oqibatlaridan tashvishga tushgan Surxondaryo viloyati
aholisi bundan bir yil avval mazkur korxona hamda xalqaro tashkilotlar
rahbariyati e’tiborini tortish maqsadida qator norozilik aksiyalarini o‘tkazgan
edi. Ular BMT Bosh Assambleyasi, YUNEP va Jahon sog‘liqni saqlash
tashkilotiga qarata «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar
korxonasining zararli ishlab chiqarishini zudlik bilan to‘xtatish, «Talko» DUKda
ushbu korxonaning unga tutash hududlar aholisiga, flora va faunasiga etkazgan
zararini aniqlash uchun nufuzli xalqaro mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda,
ekologik ekspertiza o‘tkazish, korxona to‘liq modernizatsiya qilinishi va
zamonaviy tozalash qurilmalari bilan jihozlanishi, korxonaning bir necha o‘n
yillik faoliyati davomida mintaqa aholisi salomatligiga va atrof-muhitga
etkazilgan zararni to‘liq qoplash majburiyatini yuklashdan iborat pozitsiyasi
bayon etilgan Murojaatni qabul qilgan edi. Surxondaryo viloyati aholisining 757
mingdan ortiq kishi imzolagan ushbu Murojaatida: «Biz ishonamizki, kindik
48
qoni to‘kilgan o‘z ona-erida xavfli sanoat ishlab chiqarishining zararli
chiqindilari tufayli sog‘lom atrof-muhitga ega bo‘lish huquqidan mahrum
bo‘layotgan odamlar taqdiri xalqaro hamjamiyatni befarq
qoldirmaydi»,
deb ta’kidlangan edi.
O‘zbekiston Ekologik harakati ushbu Murojaatni BMT Bosh kotibi Pan Gi
Mun, BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Axim SHtayner
va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori, doktor Margaret CHenga
yo‘lladi va ularni «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» DUK sanoat
chiqindilaridan zarar ko‘rayotgan mintaqa aholisi hamda atrof-muhitni himoya
qilishga chaqirdi.
Ushbu masalalar 2010 yil 16-17 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan
«O‘rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda
xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash» xalqaro konferensiyasida, shuningdek,
2011 yil 9 dekabrda «Ekologik xavfsizlik, salomatlikni muhofaza qilishning
dolzarb muammolari: ularni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni»
mavzuida o‘tgan xalqaro davra suhbatida atroflicha muhokama etildi.
Jamoatchilikni tashvishga solayotgan bu masalalar «Talko» DUK rahbariyatiga
ham bir necha marta etkazildi. Masalan, O‘zbekiston Ekologik harakati
korxonaning atrof-muhit va aholi salomatligiga etkazayotgan transchegaraviy
ta’siri masalasini muhokama etish, zararlash manbalari, shuningdek, ularning
ta’sir zonalarida birgalikda o‘lchash ishlarini o‘tkazish maqsadida 2011 yil
sentyabr va oktyabr oylarida korxona rahbariyatiga yo‘llagan maktublarida
O‘zbekiston ekologlarining «Talko» DUK vakillari bilan zavod hududida
uchrashuv o‘tkazishini taklif etdi
41
.
«Talko» DUK axborot-tahlil departamenti rahbari Igor Satarovning 2011
yil 8 sentyabrda «Ozodi» radiosiga bergan intervyusi korxonaga shunday taklif
bilan murojaat qilishga majbur etdi. U o‘z intervyusida O‘zbekiston Ekologik
41
Алихонов Б., Сангинов С., Ўзбекистон ҳудудларининг Тожикистондаги «Талко» давлат унитар
корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили/ “Халқ сўзи” газетаси.
49
harakati, go‘yoki, korxona ishlab chiqarish chiqindilarining transchegaraviy
ta’siri masalalarida «hech qanday tahlillar o‘tkazmasdan shubhali ma’lumotlarga
tayanayotgani» va «O‘zbekiston kompaniyaning har ikki tomon mutaxassislari
ishtirokida birgalikda o‘lchash ishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini rad
etgani»ni keltiradi.
«Talko» DUK boshqaruvchi direktori S.F. SHaripovdan olingan javobda
shunday deyilgan: «Talko» DUK ishlab chiqarish faoliyatining transchegaraviy
ta’siri bilan bog‘liq masalalar Tojikiston Respublikasi hukumat tuzilmalarining
doimiy nazoratida. «Talko» DUK davlat korxonasi hisoblanadi va shu sababli
atrof-muhitni muhofaza qilish, transchegaraviy ta’sir ko‘rsatishni baholash va
muhokama etish bo‘yicha korxona faoliyatini yaxshilashga oid takliflarimiz
Tojikiston Respublikasi hukumatiga taqdim etilgan. Tojikiston va O‘zbekiston
korxonalari faoliyatining atrof-muhitga transchegaraviy ta’sir ko‘rsatishi
masalalarini muhokama etishga doir biz va siz bildirgan takliflar yuzasidan
qarorlarni har ikki davlat hukumat tuzilmalari qabul qilish vakolatiga egadir».
«Talko» DUK boshqaruvchi direktorining javobi yuqorida tilga olingan
korxona axborot-tahlil departamenti rahbarining bayonotiga mutlaqo ziddir.
Ayni paytda 2012 yilning aprelida turli veb-saytlarda Tojikistonning «Talko»
ta’sir zonasidagi ekologik ahvolni birgalikda o‘rganish to‘g‘risidagi taklifiga
qaramay, O‘zbekiston ushbu tadbirlarda ishtirok etishdan ataylab bosh
tortayotgani haqidagi gaplar yana takrorlangan (www/ferghana.ru saytidagi
Tojikiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi bayonotiga tayangan holda
e’lon qilingan «Dushanbe Toshkentni Tojikistonda ijtimoiy qo‘zg‘olon ko‘tarish
bo‘yicha
ig‘vo
tarqatayotganlikda
ayblamoqda»
sarlavhali
maqola;
www.ariana.su
saytidagi P. Bolotovning «O‘zbekiston — Tojikiston
munosabatlaridagi tanglik» maqolasi;
www.avesta.tj
saytidagi Tojikistonning
Rossiyadagi elchixonasi rasmiy saytida joylashtirilgan press-relizga tayangan
«O‘zbekiston Tojikistondan hududining bir qismini berishni talab qilmoqda»
sarlavhali maqola shular jumlasidandir). Bizningcha, bunday pozitsiya
50
Tojikiston qo‘shni davlat hududlarining zararlanishi sababli yuzaga kelgan
muammolarni muhokama etish va hal qilish niyatida emasligidan, daromad
ketidan quvib, Tojikiston hamda O‘zbekiston fuqarolarining hayoti va
salomatligini xavf ostiga qo‘yishdan ham tap tortmasligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston hududlarining
Tojikiston
alyuminiy
zavodi
tomonidan
transchegaraviy zararlanish oqibatlarining tahlili natijasida quyidagi xulosalarga
kelish mumkin:
«Talko» DUK atmosferaga chiqarayotgan zararli moddalar ta’siri zonasida
joylashgan O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov
va Jarqo‘rg‘on tumanlarida ekologik vaziyat yildan-yilga murakkablashib
bormoqda, bu holat ushbu tumanlar aholisi salomatligi hamda genofondiga,
qishloq xo‘jaligi va chorvachiligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, O‘zbekiston
Respublikasiga katta ekologik-iqtisodiy zarar yetkazmoqda.
1.
«Talko» DUK O‘zbekiston Respublikasiga 447,3 million dollar
miqdorida etkazilgan zararni qoplashi zarur.
SHu bilan birga, «Talko» DUK tomonidan chiqarilayotgan zararli
moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida:
1)
Korxonaning odamlar hayotiga xavf solayotgan va atrof-muhitga zarar
etkazayotgan faoliyatini to‘xtatish;
2)
«Talko» DUKning atrof tabiiy muhitga ko‘rsatayotgan ta’sirini
baholash;
3)
«Talko» DUKda texnologik jarayonlar va gazni tozalash uskunalarini
to‘liq modernizatsiya qilish, «Talko» DUK chiqarayotgan zararli moddalarni
bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha texnik ishlar dasturi tadbirlarini izchil
amalga oshirish;
51
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, sovet mustabid tuzumi
hukmronligi sharoitida sun’iy tarzda yuzaga keltirilgan Orol fojeasi global
ahamiyat kasb etib, mintaqa doirasida hal etish mushkul bo‘lgan muammolardan
biriga aylandi. Bundan tashqari, so‘nggi paytlarda Tojikiston rahbariyatining
tashabbusi bilan Rog‘unda boshlab yuborilgan ulkan GES qurilishi hamda uning
keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mudhish oqibatlari haqida bot-bot
52
gapirilmoqda. Bugungi kunda dunyoda ishlab chiqarilayotgan umumiy elektr
energiyasining 20 foizga yaqini gidroelektrostantsiyalar – GESlar hissasiga
to‘g‘ri keladi. Tojikiston hukumati tomonidan qurilishi mo‘ljallanayotgan
Rog‘un GESining balandligi 350 metr, ishlab chiqarish quvvati esa 3600 MVtni
tashkil etadigan to‘g‘on dunyodagi eng yirik hisoblanmish GESlardan ham suv
bosimi yoki to‘g‘onining balandligi bo‘yicha olti barobarga, quvvati bo‘yicha
esa 144 barobarga ustunroqdir. Shu o‘rinda aytish kerak, katta
gidroinshootlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri va zarari borligi uchun
Yevropada allaqachon ular xizmatidan voz kechish haqida qatiy qarorga kelib
bo‘lingan. Shuning uchun ham 1998 yildan beri mazkur qit’ada ulkan
to‘g‘onlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechilmoqda.
Bundan tashqari, mintaqa ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yana bir
omillardan biri “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasi
(“Talko” DUK) chiqarayotgan tashlanmalar bo‘ldi. Ushbu korxona tomonidan
Surxondaryo
viloyatining
shimoliy
hududlarini
transchegaraviy
ifloslantirayotgani xususidagi masala keyingi yillardagi asosiy masalalar
qatoridan joy oldi. 1975 yilda ekologik standartlarga rioya etilmasdan, zamon
talablariga javob bermaydigan texnologiyalar asosida qurilgan mazkur korxona
atrof-muhitni zaharli birikmalar bilan zararlantiradigan manbaga aylandi.
«Tojikiston alyuminiy zavodi» davlat unitar korxonasi Dushanbe shahri
g‘arbidan oltmish kilometr uzoqlikda, Tursunzoda shahri yaqinida joylashgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u yiliga 350-400 ming tonna alyuminiy ishlab
chiqarish quvvatiga ega. Korxona O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan atigi
18 kilometr masofada joylashgani bois mamlakatimizning Surxondaryo
viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo‘rg‘on tumanlarining 1,1
million nafardan ortiq aholisi uning zararli ta’siri ostida qolmoqda. «Talko»ning
sanoat chiqindilari Surxondaryo viloyati atrof-muhiti va qishloq xo‘jaligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bunday noxush holatlarning oldini olish va uning aholi salomatligi va
53
yashash tarziga bo‘lgan salbiy tahdidlarini yumshatish borasida O‘zbekiston
hukumati katta kuch-g‘ayrat sarfladi. Xususan, bu borada amalga oshirilgan
tadbirlar natijasida Orolbo‘yida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy
ta’minlanganlik darajasi oshib, turmushi farovonlashdi. Aholi sog‘lig‘ini saqlash
borasida amalga oshirilgan ishlar tufayli mintaqada, xususan O‘zbekiston
tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy
viloyatidagi ahvol birmuncha yaxshilanishiga erishildi. Ammo, O‘zbekiston
tomonidan amalga oshirilgan bunday keng ko‘lamli tadbirlarga qaramasdan, bu
muammo global ahamiyat kasb etgani va ko‘lamining nihoyat darajada kengligi
bois bu borada amalga oshirilgan loyiha hamda dasturlarga qo‘shimcha tarzda
yana ko‘plab tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik
ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusidagi
xalqaro konferensiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlanganidek “Mintaqa
mamlakatlari Orol dengizi halokatining atrof-muhit va bu erda yashayotgan
aholi hayoti va faoliyatiga etkazayotgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va
gumanitar oqibatlarini bartaraf etish uchun etarlicha mablag‘ va moddiy-texnik
imkoniyatlariga ega emas. Shu bois Birlashgan Millatlar tashkiloti, boshqa
xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkor davlatlarning samarali
amaliy yordamisiz dunyo miqyosidagi ushbu muammoni hal etib bo‘lmaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |