Mavzu: Mehnat faoliyati


Asosiy qism Kasbiy motiv va



Download 37,68 Kb.
bet2/10
Sana26.02.2022
Hajmi37,68 Kb.
#472214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Asosiy qism
Kasbiy motiv va motivatsiya
Shaxs ning psixologik tuzilishi etarli darajada o‘rganilmagan. Uning psixologik tuzilishi quyidagi masalalarning hal qilinganligi darajasiga bog‘liq. Bizning davlatimizda bu masala etarli darajada hal qilingan. Psixolog olimlar Shaxs ning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin qiladilar. Masalan, atoqli rus psixologi S. L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, Shaxs psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega:

  1. yo‘nalganlik, u ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi;

  2. bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi;

  3. individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi.

K. K. Platonov ta’limotiga ko‘ra, Shaxs psixologiyasining tuzilishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Psixolog olimlarning yuqorida bayon qilgan fikrlarini meto- dologik asos qilib olgan holda, ichki ishlar idoralari xodimlari Shaxs ining psixologik tuzilishi quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:

  1. kasbiy yo‘nalganlik xodimning ehtiyojlari, qiziqishlari, e’tiqodlari, faoliyati va xulqining ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi;

  2. kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar xodimning hayotiy faoliyati jarayonida egallanadi;

  3. individual tipologik xususiyatlar xodimning temperamenti, irodasi va qobiliyatida aks etadi;

  4. mashqlar tizimi hayotni, faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.

Kasb tanlashga yo‘llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki Shaxs ning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan extiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:

  • mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash;

  • Shaxs ni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o‘z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o‘zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.

Kasb tanlashga yo‘llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil bo‘lib, Shaxs ga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb tanlashga yo‘llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:

  • kasb tanlashga yo‘llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;

  • iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va prognoz kilish orkali jamiyat va Shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;

  • Shaxs ni kasb tanlashga yo‘llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;

  • O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb tanlashga yo‘llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;

  • kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;

  • kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;

  • kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi;

  • kasb tanlashga yo‘llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga rioya etishligi.

Kasb tanlashga yo‘llash ishlarining asosiy ob’ekti:

  • umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o‘kuvchilari;

  • oliy o‘kuv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari;

  • ishdan bo‘shashi kutilayotganlar;

  • ish qobiliyati cheklangan Shaxs lar.


Download 37,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish