YAponiyaning ham kasb tanlashga yo‘llash o‘ziga xosligi mavjud. Kasbga yo‘naltirishni tashkil etish ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liqdir. YAponiyada ta’limning asosiy maqsadlaridan biri bu – o‘quvchilarni kasbga tayyorlashda, o‘quvchilarni kasbiy rivojlanishga o‘rgatish, kelajakdagi, Shaxs iy fazilatlariga mos va o‘zlari qiziqqan kasbiy rivojlanish yo‘llarini to‘g‘ri tanlay olish qobiliyatini o‘stirish hisoblanadi.
S.Fukuyama tomonidan o‘quvchilarni kasbni tanlashga tayyorligini shakllanishini baholovchi test ishlab chiqilgan. Bu test "B-test" (Rikiuata test) deb nom olgan. Muallif kasb tanlashning uchta asosiy omillar belgilaydi:
o‘z-o‘zini tahlil qilish,
kasblarni tahlil qilish,
professional sinovlar (o‘zini kasblarda sinab ko‘rish).
Rossiyaning kasb tanlashga yo‘llash ishlaridagi tajribalari ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Rossiyaning ta’lim tarixida yoshlarni kasb tanlashga tayyorlash muammosini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilgan va qaratilib kelmoqda. Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Rossiyada ham kasb tanlash muammosi ijtimoiy mehnatning taqsimlanishi va kasblar paydo bo‘lishi bilan birga yuzaga kelgan. Lekin, XIX asr oxiriga qadar, kasb tanlashga ilmiy muammo sifatida e’tibor qaratilmagan, chunki odatda yoshlar o‘z qiziqish yoki qobiliyatlarini hisobga olmay, ota-onalari kasbini tanlashga moyil bo‘lganlar. Kasb tanlash jarayoniga ilmiy nuqtai nazarda e’tibor qaratilmagan. SHu bilan birga yoshlarga kasb tanlashga tayyorlash faoliyatlarini olib boruvchi tashkilotlar ham bo‘lmagan.
Rossiyaning 2002 yilda joriy etilgan maxsus maktablar o‘quvchilari tomonidan kasbni mustaqil tanlashga tayyorlash doirasida olib borilayotgan ishlar sezilarli darajada ta’sir etdi. Maxsus kasbiy yo‘naltirishni maktabgacha va boshlang‘ich ta’limiga ham kiritish mumkin bo‘ldi. Kasbga yo‘naltirishning asosiy bosqichi umumiy ta’limning asosiy bosqichi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilar ta’lim olish yo‘nalishni tanlash bo‘yicha qaror qabul qiladilar hamda maxsus kasbiy ta’limni o‘zlashtiradilar, shuningdek, psixologik-pedagogik va Shaxs iy diagnostikaga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarda qabul qilgan Shaxs iy qarorlariga nisbatan xurmati shakllanadi, chunki u orqali yuqori sinfda maxsus kasbiy ta’limni olishga qaror qabul qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. .Kondakov I.M. “Diagnostika profеssionalno`x ustanovokpodrostkov” 1997y. 9-15 bet
2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil 26-27bet
3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik. 90 bet
4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik. 76-80 bet
5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil.6-bet
6.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010 4-8 bet
7 Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003
yil. 10-be
Do'stlaringiz bilan baham: |