Mavzu: maxsus leksik boyliklar



Download 149 Kb.
bet10/12
Sana22.06.2021
Hajmi149 Kb.
#73346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Boymatova Charos maxsus leksik boyliklar

9. Antonim (yunon. anti – qarshi va onoma – nom) – bir-biriga qarama-qarshi, zid ma’nolarni ifodalovchi so’z va iboralar. Qish-yoz, issiq-sovuq, yaxshi-yomon, ko’p-oz, do’st-dushman, kecha-kunduz, dono-axmoq, keng-tor, achchiq-chuchuk, yosh-qari, katta-kichik, past-baland, aktiv-passiv, yolg’onchi-rostgo’y, olmoq-bermoq, mard-nomard, mehnatsevar-dangasa kabi bir-biriga zid ma’nolarni tashuvchi so’zlar antonimlardir. Antonimik munosabatga kirishgan ikki so’z antonimik juft so’z deb yuritiladi. Antonimik juft so’zlar, odatda, bir so’z turkumidan olinadi. Masalan, kecha-kunduz (ot), issiq-sovuq(sifat), ko’p-oz (ravish), olmoq-bermoq (fe’l) kabi5.

Antonimlar tarkib topishlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: a) leksik antonimlar – qarama-qarshi ma’noli so’zlardan tarkib topadi: dono-nodon, qish-yoz, kecha-kunduz kabi;

b) leksik-frazeologik antonimlar – qarama-qarshi ma’noli so’z va iboralardan tarkib topadi: quvnoq-dili siyoh, qizg’anchiq-qo’li ochiq...

v) frazeologik antonimlar – qarama-qarshi ma’noli iboralardan tuziladi: boshi osmonga yetdi-fig’oni falakka chiqdi, oq ko’ngilli-qora ko’ngilli6.

Antonimlar badiiy asar tilida muhim funktsiyani o’taydi: tasvir ob’ektini ichki ziddiyati bilan ochishga, voqea-hodisani bo’rttirib va yorqin qilib ifodalashga xizmat qiladi. Adabiy asar tilidagi obrazlilik va estetik ta’sirchanlikni ta’minlovchi vositalardan biri ham antonimlardir. Shuning uchun ham san’atkor yozuvchilar til boyligidagi antonimlarni chuqur bilishga va ulardan mahorat bilan foydalanishga hamisha astoydil intilishadi.

Antonimlar o’zbek mumtoz adabiyotida obrazli ifoda usuli sifatida tazod va tarsi san’atlarida keng qo’llanilgan. Masalan,

Ul pari mahjub bo’lg’ay deb meni devonadin,

Cho’g’dek chiqmon tunu kun go’shai vayronadin.

(Alisher Navoiy.)

Hozirgi zamon o’zbek shoirlari ham antonimlardan mahorat bilan foydalanishmoqda. Ba’zi misollar:

Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi,

Bir o’lkaki, qishlarida shivirlar bahor.

(Oybek.)

Yaxshi-yomon yashar axir, yashar tog’u tosh,

Yasharlar-ku goh e’tirof, e’tiroz etmay.

(Halima Xudoyberdiyeva.)



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish