6. Jargon so’zlar (frants. Jargon – buzilgan til) muayyan ijtimoiy tabaqa yoki kishilar guruhi tomonidan ishlatiladigan shartli so’zlar va iboralar. Jargon o’zbek tilida abdal tili deb ham yuritiladi. O’g’rilar, qimorbozlar, chayqovchilar, otarchilar, chapanilar, poraxo’rlar va boshqa guruhdagi odamlarning o’z jargonlari bo’lg’an. Ular o’zaro so’zlashuvda (boshqalardan sir saqlash uchun) sun’iy so’z va shartli iboralar, tilda mavjud bo’lgan so’zlarni shartli-kelishilgan ma’noda ishlatganlar. Masalan, otarchilar «soqqa», «yakandoz», «loy» kabi so’zlarni jargon sifatida qo’llashgan.
Jargon so’zlar adabiy tilni bulg’aydi. Ammo ular badiiy adabiyotda joyini topib ishlatilsa, xususan, hajviyada personajlar tilini tipiklashtirishda va indivi-dullashtirishda yozuvchiga juda qo’l keladi – xarakter qirralarini ochishga, obrazlarga tabiiylik va haqqoniylik ruhini baxsh etishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |