Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


MAVZU: ABU ALI IBN SINO IJODIDA MATEMATIKA



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/95
Sana03.01.2022
Hajmi1,08 Mb.
#315777
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Bog'liq
matematika tarixi (1)

MAVZU: ABU ALI IBN SINO IJODIDA MATEMATIKA
1.
Ibn Sinoning asosiy ilmiy asarlari
2.
Ibn Sino asarlarida fizika va matematika fanlariga doir masalalar.
3.
«Donishnoma» asarida geometrik masalalari.
4.
«Donishnoma» asarida arifmetika masalalari.
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoroga yaqin Afshona (hozirgi Peshku tumanidagi Isfoniy
qishlog`i) qishlog`ida tug`ilgan. Otasi Abdullo o`sha zamonda hukmdor bo`lgan Somoniylar
davlatida soliq yig`uvchi bo`lgan.
Ibn Sinoning otasi ilm fanning qadrini bilgan kishi  edi. Ibn Sino besh yoshga etganda
ularning oilasi Buxoro shahriga ko`chib keladi. Buxoro shahri bu davrda O`rta Osiyoning fan va
madaniyat markazlaridan biri edi. Buxoroda Somoniylar davlatining so`nggi namoyondalaridan biri
bo`lgan Nux ibn Mansur hukmdorlik qilar edi.
Ibn Sino 10 yoshligida ko`p bilimlarni o`zlashtiradi, u o`zining o`tkir zehni va fanlarni
o`zlashtirishdagi qobiliyati bilan hammani hayratda qoldiradi. O`g`lining bunday zo`r qobiliyatini
ko`rgan Abdullo Buxoroning eng ko`zga ko`ringan olimlarini chaqirib ibn Sinoni uyda o`qitadi. Ibn
Sino ulardan falsafa, astronomiya, matematika, fizika kabi fanlardan dars oladi. Ko`p o`tmay uning
muallimlari o`z bilimlari bilan ibn Sinoni qondira olmay qolganliklariga iqror bo`ladilar. SHundan
so`ng ibn Sino o`sha zamonda ma`lum bo`lgan barcha fanlarni mustaqil o`rgana boshlaydi. U
meditsinadan tashqari matematika va astronomiya fanlariga juda ko`p qiziqadi.. Bu fanlar sohasida
yozilgan mashhur yunon olimlari Evklidning «Negizlar», Ptolomeyning «Almagest» asarlari va
boshqalarni mustaqil o`rganadi. Bu asarlardagi juda ko`p murakkab geometrik masalalarni mustaqil
hal qiladi. Qiyin geometrik jumlalarni mustaqil o`rganadi. U 16 yoshga etganda ko`zga ko`ringan
tabib va donishmand bo`lib taniladi va Buxoro amiri Nux ibn Mansurning kasalini davolaydi. SHu
xizmati evaziga amirdan saroy kutubxonasidan foydalanishini iltimos qiladi.
Ibn Sino 18 yoshida faqat Buxoroga emas, balki butun SHarqqa mashhur olim va tabib sifatida
taniladi.
Somoniylar o`z shon – shuhratlarini oshirish maqsadida san`at va fan ahllarini bir qadar
qo`llab-quvvatlasalar ham, xalq haddan tashqari og`ir soliqlar to`lashi va o`zaro urushlarga
tortilishlari bilan haddan tashqari ezilgan  edi. SHu sababli norozi bo`lgan xalq feodal
ekspluatatorlarga qarshi chiqa boshlaydi. Buning ustiga qoraxoniylar va G`azna hukmdorlari
somoniylar sulolasiga havf sola boshlaydi va 999 yilda qoraxoniylar Buxoroni ishg`ol qiladi. SHu
orada ibn Sinoning otasi vafot  etadi. Bu bilan ibn Sinoning hayotidagi tinch ijodiy osoyishtalik
yo`qoladi. SHu sababli 1004 yilda ibn Sino o`z ona vatanidan chiqib ketib Xorazm davlatining


31
poytaxti Urganch shahriga keladi. Xorazm shohi saroyida Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy,
Abu Nasr Iroq kabi olimlar bilan uchrashib, ular bilan birga ilmiy ishlar olib boradi.
Lekin bu tinchlik ham uzoqqa cho`zilmaydi. CHunki, G`azna hukmdori fan, madaniyatga
qarshi ulomo va dindorlar ta`siriga berilgan zolim Sulton Maxmud o`z shuhrati uchun olimlardan
foydalanish maqsadida Xorazm shoxidan olimlarni o`zining saroyiga yuborishini talab qiladi. Bu
havfdan qutulish maqsadida ibn Sino 1012 yilda Abu Sahl Masihiy bilan Xorazmdan yashirincha
ketib Xuroson chegarasidagi Obivard (hozirgi Turkmaniston davlati xududida) shaharchasiga,
undan Niso (hozirgi Ashxobod shahri yaqinida bo`lgan) shahriga, bu erdan Jurjon shahriga kelib
yashirin ilmiy ishlar olib boradi va xalq ommasini davolash bilan shug`ullanadi. Tez orada uning
shon-shuhrati Jurjon viloyatining hukmdori Qobusga etadi va u ibn Sinoga katta hurmat ko`rsatib
shu shaharda qolib ochiq ravishda ish olib borishga ijozat beradi. SHu shaharlik Abu Ubaydullo
Juzjoniy – ibn Sinoning eng iste`dodli shogirdi va sodiq do`sti bo`lib qoladi.
Ibn Sino Jurjonda o`zining mashhur «Tib qonunlari» asarining boshlang`ich bo`limlarini,
«Qisqartirilgan Almagest» va boshqa asarlarini yozadi.
Lekin bu erdagi ibn Sinoning tinch hayoti buziladi. Saroy o`zgarishi natijasija Qobus o`ldiriladi
va taxtga uning o`g`li o`tiradi. YAngi hukmdor ibn Sinoni Sulton Maxmudning qo`liga topshirishga
intiladi. Bundan habar topgan ibn Sino bu erdan ketib  eronning Mazandaron, Ray va boshqa
shaharlarida yashirincha yashab, keyin Hamadonga keladi. Hamadon hukmdori SHamsud Davla ibn
Sinoni davlat ishlaridan habardor  ekanligini bilib, o`ziga vazir qilib tayinlaydi. Ibn Sino davlat
ishlaridan bo`sh paytlarida ilmiy asarlar yozadi. SHamsud Davla vafot  etgandan so`ng, ibn Sino
to`la ravishda meditsina, falsafa, matematika va astronomiyadan asarlar yozadi.
Ibn Sino butun hayotini turli fanlar sohasida asarlar yozishga, kelajak avlodlar uchun ilmiy
meros qoldirishga sarflagan. Tadqiqotchi olimlarning yozishicha mehnatsevar, g`ayratli va katta
iste`dod egasi bo`lgan ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozgan. SHulardan atigi 240 tasigina hozirgi
davrgacha etib kelgan va turli davlatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda xolos.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish