Mavzu: Matematika darslarida buyuk allomalarimiz ilmiy ma’rosidan foydalanish. Reja



Download 190,39 Kb.
bet13/14
Sana19.04.2022
Hajmi190,39 Kb.
#564397
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sharq mutafakkirlari

9-sinf (Geometriya darslarida).
1. “Sinuslar teoremasi” mavzusini o`rganishda Abu Rayhon Beruniyning “Qonuni Mas’udiy” asariga to`xtalamiz. Bu asar matematika tarixida, ayniqsa trigonometriya tarixida katta ahamiyatga egadir.
Asarda tekislik trigonometriyasidagi sinuslar teoremasi ham isbot qilinadi.
“Aytamanki,  deb yozadi Beruniy,  ABC uchburchakda AB tomonining BC tomoniga nisbati ACB burchagi sinusining BAC burchagi sinusiga nisbati kabidir”.
Isboti: ABC uchburchakning tomonlarini o`z yo`nalishlarida davom ettiramiz. A uchini markaz qilib, radiusi 1 ga teng deb faraz qilingan aylananing HP yoyini chizamiz. So`ngra C nuqtani markaz qilib, shu radius bilan GD yoyni chizamiz.
HМAF, GKCD o`tkazamiz. U vaqtda sinА=HМ, sinС=GK bo`ladi.

ABE va АНМ uchburchaklarning o`xshashligidan:
(1)
СВЕ va CGK uchburchaklarning o`xshashligidan:
(2)
Agar (1) ni (2) ga bo`lsak,
(3)
proporsiya hosil bo`ladi. Demak, (3) proporsiyadan umumiy holda yozish mumkin. Teorema isbotlandi.


2. “Uchburchaklarni yechish” mavzusini o`rganishda o`quvchilarga uchurchaklarni yechish masalasida kosinuslar teoremasini birinchi marta Koshiy va Ali Qushchi ishlatganliklarini aytib o`tish mumkin.


3. “Ba’zi muntazam ko`pburchaklarni yasash” mavzusini o`rganish jarayonida Abu Nasr Forobiyning quyidai masalasini o`rganish mumkin:
Masala: Doiraga ichki chizilgan muntazam uchburchak yasash.
Yechilishi: Doira va uning markazi D berilgan bo`lsin.

AE diametrni o`tkazamiz. E nuqtani markaz qilib, ED masofada B va C nuqtalarni belgilaymiz. AB, AC, BC kesmalarni o`tkazamiz. ABC ichki chizilgan, teng tomonli (muntazam) uchburchak bo`ladi.


4. “Aylana uzunligi” mavzusini o`rganishda Muhammad al-Xorazmiyning “Al-jabr val-muqobala” asarining ikkinchi bo`limi geometriyaga bag`ishlanganligini aytib, Xorazmiy bu asarida aylana va doirani o`lchash haqida yozganligi ta’kidlanadi.
“Har bir doira shundayki, agar uning diametrini uch va yettidan birga ko`paytirsak, uni chegaralagan aylananing uzunligi hosil bo`ladi". Ya’ni aylana uzunligi L va diametri d bo`lsa: .
Bundan tashqari, Xorazmiy aylana uzunligini yana ikki xil topish mumkinligini yozadi: va .
Demak, Xorazmiy  soni uchun uch xil qiymatni , , oladi va ularning taqribiy ekanligini uqtiradi.
Ma’lumki, aylana uzunligining uning diametriga nisbati  harfi bilan belgilanadi. Bu sonni aniqlash yoki aylanani o`lchasah juda qadimiy muammo hisoblanadi. Uzoq vaqtlardan boshlab bu nisbatni aniqroq hisoblashga uringanlar va bu sohada ko`p olimlar, jumladan O`rta Osiyolik olimlar ham tadqiqot olib borganlar.
Masalan, Koshiy o`zining “Aylana haqida risola” asarida  ning qiymatini verguldan keyin 17 ta aniq raqam bilan topadi:
3,14159265358997932.
Taqqoslash uchun o`quvchilarga quyidagi jadvalni havola qilish mumkin:








Download 190,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish