8-sinf (Geometriya darslarida)
1. “Pifagor teoremasining ba’zi tatbiqlari” mavzusuni o`rganish jarayonida al-Xorazmiyning “Al-jabr val-muqobala” asariga murojaat qilamiz. Bu risolada al-Xorazmiy uchburchaklarni, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli va o`tmas burchaklilarga bo`lib, bu hollarni aniqlash maqsadida uchburchak katta tomonining kvadrati bilan qolgan ikki tomoni kvadratlari yig`indisi orasidagi munosabatdan foydalanadi. Xorazmiy Pifagor teoremasini xususiy holda teng yonli to`g`ri burchakli uchburchak uchun isbotlaydi.
U yozadi: to`g`ri burchakli uchburchakda, uning kichik tomonlari kvadratlarining yig`indisi, katta tomonining kvadratiga teng, o`tkir burchakli uchburchakda uning kichik tomonlari kvadratlarining yig`indisi katta tomonining kvadratidan katta bo`ladi. O`tmas burchakli uchburchakda uning kichik tomonlari kvadratlarining yig`indisi katta tomonining kvadratidan kichik bo`ladi.
«Bilki,—deb yozadi Xorazmiy.—har bir to`g`ri burchakli uchburchak shundayki, agar kichik tomonlarining har biri o`z-o`ziga ko`paytirilsa va bu ko`paytmalar qo`shilsa, bu katta tomonining o`z-o`ziga ko`paytmasiga teng bo`ladi».
2. “Aylana” mavzusini o`rgaishda Ali Qushchining “Astronomiyaga oid risola” kitobining kirish bo`limining birinchi qismi geometriyaga bag`ishlanganlini aytib, Ali Qushchining aylanaga bergan ta’rifini o`quvchilar diqqaiga havola etish mumkin:
Ali Qushchi yozadi: “Egri chiziq sirtni o`rab turganida, shu sirtda bir nuqta faraz qilinsa va bu nuqtadan egri chiziqqa tortilan hamma chiziqlar (kesmalari) teng bo`lsa, unday sirt doira deyiladi, egri chiziq esa aylana deyiladi. U nuqta markaz deyiladi. Tortilgan to`g`ri chiziqlar (kesmalari) dan har biri yarim diametr, doirani ikkiga bo`lib turgan har bir to`g`ri chiziq (kesma) vatar deyiladi. Doira aylanasining bo`lagi yoy deyiladi. Doira markazidan o`tgan chiziq diametr deyiladi”.
3. “Tashqi chizilgan aylana” mavzusini o`rganishda Abu Nasr Forobiyning “Geometrik yasashlar” kitobidagi quyidagi masalani ko`rib chiqish mumkin.
Masala: Berilgan ABC uchburchakka tashqi aylana chizish yoki bir to`g`ri chizikda yotmagan uch nuqtadan o`tgan aylana yasash.
Yechilishi: A va B nuqtalarni markaz qilib, ikki aylana chizamiz, ular D va E nuqtalarda kesishsin.
DE kesmani o`tkazamiz, A va C nuqtalarini ham markaz qilib, ikki aylana chizamiz, ular N va M nuqtalarda kesishsin. MN kesmani o`tkazamiz. ED va MN to`g`ri chiziqlar F nuqtada kesishsin. F nuqta A, B va C nuqtalardan o`tgan aylananing markazi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |