Mavzu: Matematika darslarida buyuk allomalarimiz ilmiy ma’rosidan foydalanish. Reja



Download 190,39 Kb.
bet6/14
Sana19.04.2022
Hajmi190,39 Kb.
#564397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sharq mutafakkirlari

Ali-Qushchi (1402-1474)
Ulug`bek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, Ulug`bekning yaqin shogirdi, mashhur olim Aloviddin ibn Muhammad Ali Qushchi 1402-yil Samarqandda tug`ilgan.
Ali Qushchi fanning turli sohalariga oid ko`plab asarlar yozib ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan.
1. «Hisob risolasi», bu asarni Qushchi 1425-yilda Samarqandda fors-tojik tilida yozgan. Bu asar uch qismdan iborat bo`lib, hindlar arifmetikasi (o`nlik sanoq sistemasi), astronomlar arifmetikasi (oltmishlik sanoq sistemasi) va geometriyadan iborat.
2. «Kasrlar haqida risola». Kasrlarga bag`ishlangan bu asar fors-tojik tilida 1430-yilda yozilgan. Unda oddiy va o`nli kasrlar haqida to`liq ma`lumot berilgan.
3. «Kitobul Muhammadiya». Asar arifmetika, algebra, geometriya va trigonometriya bo`limlarini o`z ichiga oladi. Ali Qushchi «Al-Muhammadiya» kitobining kirish qismida shuni bilish kerakki, deb yozadi, har bir son musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin. Qushchi asoslagan «musbat» va «manfiy» atamalari, ularning tatbiqi matematika tarixida katta ahamiyatga ega bo`lib, uning matematika fanini rivojlantirishga qo`shgan muhim hissasi sanaladi.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, uchburchaklarni yechish masalasida, birinchi marta kosinuslar teoremasini Koshiy va Qushchi ishlatganlar. Yevropada esa kosinuslar teoremasini uchburchaklarni yechishga 1593-yilda birinchi marta Viet tatbiq etgan.
Bu olimlar O`rta Osiyo xalqlari — o`zbek, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq va qirg`iz xalqlarining ota-bobolari hisoblanadi. Bu olimlarning ijodlarida shu narsa xarakterliki, ular bir qancha fanlar sohasida ilmiy ishlar olib borgan ensiklopedist olimlar bo`lganlar. Ular o`z nazariyalarini amalda tatbiq etib, tajriba va kuzatish metodlaridan keng foydalanishni boshlab berganlar.
Fan xazinasini bebaho javohirlar bilan boyitgan bu iste’dodli olimlar o`rta asrlarda hukm surgan, feodal tuzumiga xos bo`lgan turli qarama-qarshiliklar va katta qiyinchiliklarni yengib, ilmiy ishlar olib bordilar. Ular zolim podsholar zulmiga, fitnachi amaldor va ruhoniylarning qilmishlariga qahr va g`azab bilan qaradilar, ularga la’natlar o`qidilar, zolim podsholarga bo`ysun-maslik maqsadida o`zlarining turar joylarini o`zgartirib turishga majbur bo`ldilar.
Bu olimlar urushlarni qoraladilar va uni fan xazinasini boyitgan ajoyib asarlarni yo`q qiluvchi, fan va madaniyatni taraqqiyotdan to`xtatuvchi bir ofat deb bilar edilar. Shuning uchun ham ular hamma vaqt tinchlik tarafdori bo`lib, tinch va osoyishtalik sharoitida ilmiy ish olib borish uchun kurashdilar.
O`rta asrlarda yashab, ijodiy ish olib borgan bu olimlar jamiyat ishlarida, shuningdek fan va madaniyat sohasida ham adolat o`rnatishni orzu qilar edilar. Barcha xalqlarning tinch-totuv yashab, fan va madaniyatning taraqqiyoti uchun birgalikda ijodiy ishlar olib borishini istar edilar.



Download 190,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish