Mavzu. Ma’naviy ideal va uning mohiyati. Reja kirish i-bоb. I. Bоb. Ma`naviy idealning islom dinidagi ta`limoti


Оilaviy munosabatlarni shakllantirshda ijtimoiy adolatning roli



Download 169,5 Kb.
bet5/7
Sana20.06.2022
Hajmi169,5 Kb.
#685479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Бакиев Диёр Тайёр

2.2. Оilaviy munosabatlarni shakllantirshda ijtimoiy adolatning roli.

Tarbiya -oiladan boshlanadi. Ona suti bilan kirgan xislatlar uzoq vaqt, hatto bir umr saqlanib qoladi. Oilada bolani oq ko’ngil, sofdil ezgulik tarafdori qilib o’stirish jarayonida u adolatli bo’lib o’sadi. Ba’zi olimlar (masalan L.M. Arxangelskiy, V.S. Pazenok) adolat tushunchasini sofdillik, ezgulik tushunchasi yoki me’zonining aniq, muayyan ko’rinishi deb biladilar. Ammo boshqa olimlar (masalan Z.A. Berbeshkina) adolatni faqat ezgulik, yaxshilik kabi axloqiy ongning eng umumiy ko’rinishi deb hisoblaydi. Arastu (Aristotel) ham o’zi vaqtida Aflotunning ezgulik oliy ibtido degan g’oyasini tanqid qilgan edi. Arastu haqqoniy ta’kidlaganidek, ezgulik ma’lum va mutloq tushuncha emas. O’z-o’zicha mangu ezgulik yo’q: doimo qanday ezgulik? – deb so’rash kerak bo’ladi.


Adolatning ezgulikdan, adolatsizlikning yovuzlikdan farqlari quyidagilardir:1 1. Ifodalanish shakliga ko’ra, adolat-yaxshilik qilish va yaxshilik talab qilishdir. Ezgulik esa, faqat yaxshilik qilish, buning evaziga hech narsa talab qilmaslik. 2. Adolat qilmish-qidirmish, jinoyat va jazo, huquqlar va mas’uliyat, burchlar.. o’zaro mutanosib bo’lishini talab qiladi. Ezgulik esa birovlarga berish bilan olish o’rtasida mutanosiblik bo’lishini talab etmaydi. Ammo shularga qaramay, oilada bolalarga adolat tuyg’usini yaxshilik bilan uzviy bog’liq holda singdirish zarur. Oilada bola yoki o’smir adolatsizlik ko’rganida, uni his etganida norozilik bildirish, adolatsizlikni yo’qotishni talab qilishni o’rganadi. Oilada ko’p uchraydigan adolatsizlik turlaridan biri ota-onalarining haddan ziyod nufus talabchanligi, yakka hokimlikka moyilligidir. Buning ko’rinishlari, afsuski, juda ko’p, xilma-xil bo’lib, ota yoki onaning murosasizligi o’zini bosolmay, g’azabini sochishi, shafqatsizlikkacha yetib borishi. Oilada ko’p kaltak yegan, qo’rqitilgan bolalardan adolat tuyg’usi zaif bo’ladi yoki bo’lmaydi. Ota yo ona har qancha yoshi ulug’ bo’lsa ham, bolalarning sof dil insonparvar, ma’nan barkamol o’sishiga jiddiy e’tibor berishlari zarur.
Bolalarni sevish, bolajonlik-oilaga quvonch keltiradi. Ammo u me’yoridan oshsa, oqilona emas, ko’r-ko’rona bo’lsa, adolatsizlikka aylanadi. Bola oilada diqqat-e’tibor markazi emas, balki oilaning to’la huquqli a’zosidir. Bolaga faqat shunday yondashish, oila a’zolarining o’zaro mehribonchiligi, o’zaro burchlarini his etishlari haqiqiy adolat tuyg’usini uyg’otadi.
Oilaning “ijtimoiy ongi” balandligi ham muhimdir. Oila a’zolari mamlakatda va jahonda yuz berayotgan voqealar haqida mustaqil, xolis va adolatli fikr yurita olsinlar. Inson ma’naviy kamoloti, hayotiy maqsadlar oilada shakllanadi. A.I. Gersen aytganidek, “Oila jamiyatning birinchi hujayrasi, adolatning ilk bog’chasidir...”21. Bola hayotdagi dastlabki qadamlaridanoq adolat va adolatsizlikni idrok eta boshlaydi.
Ota-onalargina emas, pedagog va tarbiyachilar ham buni yaxshi bilishlari kerak. Pedagog qo’lida bola qalbiga va ongiga ta’sir etuvchi qudratli qurol bor. Muallim bolaning bilimlari va xulqini baholash huquqiga ega. Har gal biror o’quvchiga baho qo’yganda dangasa bolani koyiganida yoki a’lochi bolani boshqalarga namuna, o’rnak qilib ko’rsatganda o’quvchilar uning adolatli yoki adolatsiz ish tugayotganini ko’rib turadilar.
Muallim o’zi ham odil bo’lib, bolalar jamoasida ham adolat ruhini o’rnatganida yosh qalblarda naqshlanib qolishi mumkin,-deydi faylasuf V.Ye. Davidovich.
Afsuski, bolalarning barcha jamoalari, guruhlari va uyushmalarida ham adolat ta’minlangan deb bo’lmaydi. Rolan Bikovning mashhur “CHuchelo” filmda pedagoglar o’smirlar ichki dunyosiga beparvoligi tufayli ular shafqatsizlik qilib, jinoyatga qo’l uradilar. Faqat maktablarda emas, balki oliy o’quv yurtlarida ham adolatsizlik ko’rinishlari uchrab turadi. Bu, ayniqsa, kirish va boshqa imtihonlar paytida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ba’zam muallimlarning o’zlari birovni baholashdan ko’ra o’zaro axloqiy yo’l tanlashda xato qiladilar. Bunga misollar ko’p1.
Albatta, jamiyatda adolat o’zidan-o’zi joriy etilib qolmaydi. Adolat shiorini aytish yoki yozib qo’yish bilan ish ham bitmaydi. Har bir inson o’zi hayotida adolatni himoya qilishi va adolatsizlikka qarshi chiqa olishi zarur, bo’lgan holatlarga tushadi. Ana shunday nozik holatlarda birovlarning pand-nasihati emas, balki insonning ichki ma’naviy olami go’zalligi, sofligi yoki xunukligi, nopokligi yoki loqaydligi bilinib qoladi. Bunday lahzalarda odam tanlagan ma’naviy axloqiy yo’l orqali ma’naviy dunyosi qanday bo’lishini belgilaydi. Inson adolatparvar bo’lishi uchun doimo va faol ravishda ulg’ayib, kamol topib borishi kerak. SHu ma’naviy ulg’ayish-adolatparvarlik shartidir.
Adolatga intilish va adolatsizlikni rad etish insonning vijdoni, iymoni mukammalligiga ham bog’liqdir. Adolatli bo’lish uchun odam o’z xatti-harakatlarini, fe’l-atvorini vijdon, iymon mezoni bilan o’lchashi zarur. Inson o’z qilmishlari yaxshi yoki yomonligini o’zi anglashi va baholashi, vijdonan, xolis hukm chiqarish lozim. Odam o’z xatolarini qanchalik chuqur anglasa, vijdon hukmi qanchalik qattiq bo’lsa, qilgan gunohlariga tavba qilishi-adolat tuyg’usi shunchalik kuchlidir.
Insoning vijdoni pok va faol bo’lishi adolat tuyg’usi va tushunchasi qanchalik rivojlanganiga bog’liq. Xolislik, yomonlikdan nafratlanish, haqiqatni sevish, odamlarga xayrixohlik, insonparvarlik adolat tuyg’usining tarkibiy qismlaridir. YOki bularning hammasi, adolat tuyg’usi bilan birlikda, vijdon, iymonning tarkibiy qismlaridir. Agar insonda mana shu hislar rivojlanmagan yoki yo’q bo’lsa, bunday odam o’zining xatolari va kamchiliklarini tan olmaydi, ularni adolatli baholay bilmaydi. Binobarin, vijdon adolat tuyg’usining kuchli bo’lishini talab qiladi. Ammo bu ikkala xislat-vijdon va adolat bir xil tushunchalar degani emas. Bular o’rtasidagi aloqadorligi umumiyligi va farqlari axloqiy ongi ma’naviy kamolot darajasiga bog’liq.
Ba’zi olimlarning “Vijdon kuchli hissiyotli tuyg’u sifatida ijtimoiy psixologiya sohasiga, adolat esa ko’proq axloqiy tuyg’u sifatida mafkuraga yaqindir” degan fikrlari munozaralidir. Bizningcha, adolat ham qalbga kuchli ta’sir qiluvchi, ehtirosli tuyg’udir. I. Kantning mana bu so’zlari fikrimizning isbotidir: “Adolatsizlik boshqa barcha narsalardan ko’proq g’azabimizni qo’zg’otadi, yomonlikning boshqa barcha ko’rinishlari uning oldida hech nimadir”.
Demak, ijtimoiy adolat ko’pincha ijtimoiy-iqtisodiy muammo bo’lishi bilan birga, uning axloqiy jihatlari ham borki, ijtimoiy adolatning har qanday buzilishi jamiyat hayotining ma’naviy-axloqiy muhitiga yomon ta’sir ko’rsatadi.
Mana shuning uchun ham jamiyat hayotida va fuqarolarda, xususan, yoshlarda adolat tuyg’usini shakllantirishda axloqiy-ma’naviy ta’sir vositalaridan unumli foydalanish kerak bo’ladi:
yo) YOshlarda ijtimoiy adolat kim tomonidan buzilsa ham, uni rad etish tuyg’usini, avvalo shaxsiy axloq sifati qilib shakllantirish zarur;
i) Inson doimo o’z ongini, tobora yuksakroq ma’naviy qadriyatlar asosida, yangicha yuksak ma’naviyat, yangicha fikrlash tarzi sifatida tarbiyalab, qayta ko’rib borishi zarur.
SHu ma’noda sotsiologlar, psixologlar, pedagoglar, faylasuflar oldida ma’naviy yangilanishni ta’minlashni, tarbiya, ma’rifat sohasining qudratini oshirishni nazariy asoslash vazifasi qo’yilmoqda.
Bu muhim vazifa o’z navbatida etika-axloq ta’limining mavqeini oshirishni taqozo qiladi. Bu ishlarga, afsuski, ba’zi olimlar loqaydlik bilan qaramoqdalar. SHuning uchun oqqush, qisqichbaqa va cho’rtanbaliq masalidagi kabi, arava joyidan siljimay, yuk turgan joyida qolib ketmoqda: goho bu fanga soatlar yetishmaydi, goho yetuk mutaxassislar topilmaydi. Eng yomoni, ayrim olimlar va oliy o’quv yurtlarining rahbarlari maktablarimizda axloqiy ta’lim bo’shashib ketganligining yomon oqibatlarini yetarli tasavvur qilolmayaptilar.
Qizig’i shundaki, maktablarda benzolning kimyoviy tarkibini, chuvalchanglarning tuzilishini, Napoleonning hayoti sanalarini umr bo’yi yodida saqlab qolsin, deb ko’p qayg’uramizu, bolalar va o’smirlarga or-nomus, inson qadri, burch va mas’uliyat, hamdardlik, go’zallik va xunuklik ma’nolarini o’rgatishga unchalik e’tibor bermaymiz. Avvalgi ilmiy ma’lumotlarni odam har qachon entsiklopedik lug’atdan topib olish mumkin, ammo keyingilarni-insoniy fazilatlarni lug’atlardan, ma’lumotnoma-spravochniklardan o’rganmaydi, balki yetuk pedagogning qalb qo’ridan topadi.
Jahon kinematografining 100 yilligi bayram qilindi. Kino san’ati “Oltin fondi”ga kirgan dastlabki fil’mlardan biri “His-tuyg’ular tarbiyasi” deb atalar ekan. Demak, maktab avvalo bolalarda pokiza his-tuyg’ularni, ma’naviyatni tarbiyalash kerak degan g’oya faqat bugun tug’ilgani yo’q. Ammo mustabid tuzum davrida har bir fuqaro davlat va partiya mexanizmining bir vinti, parragi bo’lishi kerak edi, ma’naviyati yuksak, mustaqil fikrlovchi insonlar bu tuzumga yot unsur hisoblanib, jazoga tortilar edi. U paytlarda ham jismoniy, ham ruhiy, ma’naviy terror-zulm avjiga chiqqan, inson erki va qadri, huquqlari qattiq cheklangan edi.
Ammo xalqimiz har qanday og’ir sharoitlarda ham o’zligini yo’qotmay, ma’naviy qadriyatlarni, diyonat va iymon, e’tiqodini yo’qotmadi. Sovet davlati va KPSS o’z dasturida yangi insonni, yetuk shaxsni tarbiyalash shiorini e’lоn qilgan bo’lsa-da, amalda har bir inson xalqlar va millatlarni birlashtirib, qo’shib, yagona sovet xalqi degan bahonada qiyofasizlantirish, manqurtlashtirish jarayoni davom etdi. Ilm va amal, so’z va ish, nazariya va hayot o’rtasida katta uzilish paydo bo’ldi. Gumanizm, insonparvarlik ideallari haqida og’iz ko’pirtirib gapirilsa ham, amalda insoniy ideallar oyoq osti qilinar edi. Mustaqillik sharoitida bu ma’naviy inqirozni yengib o’tish xalq, millat qadrini, ma’naviy boyliklarni tiklash vazifasi kun tartibiga qo’yildi. Ilgari faqat adabiyot san’at, publistikaning vazifasi deb hisoblanuvchi ma’naviyat muammolari endi davlat siyosatining, ilm-fan, falsafaning ham nazariy va amaliy vazifalariga aylandi.
Bu sohada Respublikamiz Prezidentining ma’naviyat ta’rifini yanada ravshanroq qilib aytish ibratlidir: “Xalqimizning tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosining o’zi bir katta xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim. Ajdodlar vasiyatiga sodiq va munosib bo’lmog’imiz kerak.
Modomiki, ildizlarimiz shu qadar chuqur ketgan ekan, demak, istiqlol imoratini ham ana o’shanga yarasha yuksaklarga ko’tarishga ma’naviy poydevorimiz yetarlidir”1.
Ma’naviy inqirozdan chiqish uchun millatimiz, xalqimizning ma’naviy qadriyatlarini tiklash uchun milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotga tatbiq etish kerak. Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirish lozim.
Faylasuf olima A.CH. Geldieva aytishicha, “Avvallari ma’naviyat deganda ijobiy axloqiy sifatlar (mehr-shafqat, xayrixohlik, yaxshilik, halollik, vijdon kabi fazilatlar) yig’indisi ko’rib chiqiladigan bo’lsa, endi uning ma’nosi, mohiyati kengayib,
inson, xalq, millatning ijodiy bunyodkorlik faoliyatini gullab-yashnatish maqsadida o’z qadriyatlarini anglash bilan birga insonlar, xalqlar, millatlarning qadriyatlarini ham hurmatlash, madaniyati-ma’naviyat problemasiga aylandi”1.
Prezidentimiz yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berar ekan, ham jismoniy, ham ma’naviy sog’lom avlodni yetishtirish vazifasini qo’ydi: “Biz naslimizning kelajagi-sog’lom avlod uchun kurash boshladik. SHu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg’arma tuzdik. Bu bejiz emas. Sog’lom deganda biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni ham ko’zda tutganmiz. CHunki har taraflama sog’lom avlodga ega bo’lgan xalqni hech qachon yengib bo’lmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog’imiz shart”.

Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish